Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2002 25.04.1995 yildagi 146-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2002
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MURUVVAT YoRDAMI DASTURLARINI MUVOFIQLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-iyuldagi 268-sonli “Muruvvat yordamidan va beg‘araz texnik ko‘makdan maqsadli foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, hisobga olish, transportda tashish, qo‘riqlash, omborga joylashtirish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilishni takomillashtirish, shuningdek, muruvvat yordami bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi muruvvat yordami bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi va komissiyaning doimiy ishlovchi ishchi guruhi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika komissiyasiga muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, taqsimlash, ularning sanitariya va bojxona xavfsizligi nazoratiga rioya qilinishini tashkil etish, shuningdek, muruvvat yordami ko‘rsatuvchi xalqaro xayriya tashkilotlarining dasturlarini muvofiqlashtirish yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari muruvvat yordami komissiyalarini tuzsinlar va ularga muruvvat yordamini qabul qilish, transportda tashish, taqsimlash va nazorat qilishning belgilangan tartibini amalga oshirishni ta’minlash mas’uliyatini yuklasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi binosida Respublika komissiyasi ishchi guruhining faoliyat ko‘rsatishi uchun joy, zarur asbob-uskunalar va aloqa vositalari ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashqi ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2001-y., 9-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyatini muruvvat yordami dasturlari va ijtimoiy sohada beg‘araz texnikaviy ko‘maklashish doirasida amalga oshirayotgan xalqaro tashkilotlarni, ularning xodimlarini diplomatik korpusning texnik xodimlariga tenglashtirilgan holda, akkreditatsiyadan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasiga yangidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan xalqaro xayriya va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar ro‘yxatini o‘z vaqtida taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muruvvat yuklarini transportda tashishda qo‘riqlash va kuzatib borish tadbirlarini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muruvvat yordami dasturlari va ijtimoiy sohada beg‘araz texnikaviy ko‘maklashish doirasida ishlovchi chet el fuqarolarining milliy pasportlarini haq olmasdan ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Adliya vazirligi xalqaro xayriya kompaniyalarini belgilangan tartibda jamoat tashkilotlari sifatida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasiga muruvvat yordami yo‘li bilan keltirilayotgan dori-darmonlar va tibbiy texnika birinchi navbatda berilishi kerak bo‘lgan muassasalar ro‘yxatini har yili taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy muruvvat yordami yuklarini “Dori-darmon” uyushmasi va “O‘ztibbiytexnika” respublika ishlab chiqarish birlashmasi omborlariga joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqatdan iborat muruvvat yordami yuklarini sanitariya-bakteriologiya nazoratidan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Mehnat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qizil Yarim oy jamiyati Markaziy qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi, O‘zbekiston bolalar jamg‘armasi, “Mahalla” va “Ekosan” xayriya jamg‘armalari, Nogironlar jamiyati, Chernobilchilar jamiyati, Afg‘onistonda jang qilganlar jamiyati, boshqa jamoat tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasini xalqaro xayriya tashkilotlari va jamg‘armalari bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan dasturlar haqida xabardor qilib tursinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasiga ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan muassasalar ro‘yxati va shaxslar sonini har yili taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zbeksavdo” davlat-aksionerlik uyushmasi muruvvat yordami yo‘li bilan keltirilayotgan oziq-ovqat va sanoat yuklarini o‘z bo‘linmalari omborlariga bepul joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muruvvat yordami yuklari poshlinasiz keltirilishiga ruxsat berilsin, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “O‘ztashqitrans” respublika tashqi savdo birlashmasi ularni haq olmasdan birinchi navbatda deklaratsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi muruvvat yordami dasturlari va ijtimoiy sohada beg‘araz texnikaviy ko‘maklashish doirasida xalqaro tashkilotlarda ishlayotgan mutaxassislarga mehmonxonalarda yashaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflarga muvofiq qo‘llashga ruxsat bersinlar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi muruvvat yuklarini aniq oluvchilarga o‘z vaqtida yetkazib bersinlar. Transport xizmatlari haqi muruvvat yordamini oluvchi tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan to‘lansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-fevraldagi 50-F-son farmoyishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari I. X. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)