ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Senatning xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan hamkorlik harakatlarining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini nazarda tutuvchi quyidagi hujjatlarni qonunchilik hokimiyati islohotlarini inobatga olgan holda ishlab chiqish, qabul qilish va takomillashtirish (kelishuvga binoan): 1) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining namunaviy reglamentini; 2) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari haqidagi namunaviy nizomni; 3) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari faoliyatini tashkil etishga doir tavsiyanomalarni. |
Senat Kengashining Qarori (kelishuvga binoan) |
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi |
|
2. |
Senatning nazorat qilish sohasidagi vakolatlarini amalga oshirish uchun shakllantirilgan ishchi guruhlari faoliyatida ishtirok etishga joylardagi senatorlarni hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarini jalb etish |
Rejaga muvofiq (kelishuvga binoan) |
Senat qoʻmitalari |
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining dasturiy nutq va maʼruzalariga muvofiq chora-tadbirlar ishlab chiqishga bagʻishlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari oʻtkazayotgan majlislarda Senat aʼzolarining ishtirok etishi |
Rejaga muvofiq |
Senat qoʻmitalari |
|
4. |
Oliy Majlis Senatining qarorlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga yuborish |
Qabul qilinishiga qarab |
Senat Devoni |
|
5. |
Senat qoʻmitalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesidan, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar va shaharlar Kengashlaridan ularning tashkiliy-huquqiy faoliyati toʻgʻrisida axborotlar olishi, shuningdek ularga Senatning hamda Senat qoʻmitalarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborot materiallarini yuborishi |
Zaruratga qarab |
Senat qoʻmitalari |
|
6. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida Senat aʼzolarining soʻzga chiqishi hamda ularning mahalliy ommaviy axborot vositalarida chiqishi |
Muntazam ravishda |
Senat qoʻmitalari |
|
7. |
Senatda doimiy asosda ishlayotgan senatorlarning mintaqalarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida qabul qilingan qarorlarni tushuntirish maqsadida uchrashuvlar tashkil etish, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, mahalliy Kengashlarning deputatlari bilan uchrashuvlar tashkil etish uchun borishi |
Rejaga muvofiq |
Senat qoʻmitalari |
|
8. |
Senatning ilmiy-amaliy seminarlar, treninglar, davra suhbatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy Kengashlar bilan birgalikda oʻtkazishi |
Rejaga muvofiq |
Senat qoʻmitalari |
|
9. |
Senat aʼzolari tomonidan fuqarolarning qabul qilinishi |
Senat Reglamentiga muvofiq |
Senatorlar |