24.12.1998 yildagi 717-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.05.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan muassasalar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror nazorati tartibida amalga oshiriladigan davlat nazorati tegishli qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq tekshiruvi orqali amalga oshiriladigan davlat nazoratining oʻziga xos xususiyatlari soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar — xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish — xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan qonunlar hamda oʻz faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlarni qayd etish daftari — oʻtkazilgan tekshirishlar toʻgʻrisidagi axborot yozib qoʻyiladigan maxsus daftar;
(Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq, 3-modda toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) — soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini oʻrganish va taqqoslash
(3-moddaning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi OʻRQ-26-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil tekshirish — operatsiyalar birligi tufayli oʻzaro bogʻliq boʻlgan va turli xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi yoki bir xoʻjalik yurituvchi subyektning turli boʻlinmalaridagi hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruv;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat tartibida tekshirish — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ilgarigi tekshirishda koʻrsatilgan qoidabuzarliklarni bartaraf etishi ustidan nazorat qiluvchi organlar amalga oshiradigan tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish, shu jumladan taftish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idora qaramogʻidagi organlarni tekshirishdan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek idora qaramogʻidagi organlarni tekshirishdan oʻtkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashmaslik.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Tekshiruvchi mansabdor shaxslarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishiga tekshirishlarni oʻtkazishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma, shaxsiy guvohnoma va ushbu Qonunning 9 va 12-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgani taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlar jalb etilgani taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan nazorat qiluvchi organ va auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspert oʻrtasidagi shartnomaning koʻchirma nusxasi albatta taqdim etiladi. Shartnomada auditor va (yoki) ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Auditor va (yoki) ekspert xulosasining toʻgʻriligi va uning Qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvlari va ekspertizalarni oʻtkazish xarajatlari nazorat qiluvchi organlar hisobiga amalga oshiriladi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi va u chiqargan qarorlarning xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishga doir qismi nazorat qiluvchi organlar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Maxsus vakolatli organning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari boʻyicha nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning, shu jumladan kompleks tekshiruvlar hamda taftishlarning nazorat qiluvchi organlar bir-birining ishini takrorlashiga yoʻl qoʻymaydigan muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar oʻtkazishning muvofiqlashtiruvchi rejalariga rioya qilishini nazorat qilish hamda rejadan tashqari tekshiruvlar maxsus vakolatli organ bilan kelishmay oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli organni tuzish va uning faoliyat koʻrsatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Tekshirishlarni oʻtkazish uchun asos
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxs boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tekshirish, shu jumladan moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar uchun, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, quyidagilar asos boʻladi:
(9-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi OʻRQ-26-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi tomonidan berilgan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni oʻtkazishning muvofiqlashtiruvchi rejasidan koʻchirma;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqarilgan, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi va tekshirishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻi.
(9-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish uchun qoʻzgʻatilgan jinoiy ish mavjudligi asos boʻladi. Bunda tekshiruvga xoʻjalik yurituvchi subyektning faqat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi bilan bogʻliq faoliyati qamrab olinishi mumkin boʻlib, bu haqda tekshiruvni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniqlaganida esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi OʻRQ-26-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliya va soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlarni oʻrganish hamda tahlil etish asosida oʻtkaziladigan kameral nazorat natijalari boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati organlari tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlarining-yuridik shaxslarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning yuridik shaxs tugatilish jarayonida ekanligi toʻgʻrisidagi bildirishi asosida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi, tekshirish muddati oʻttiz kalendar kunidan oshmasligi kerak.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi OʻRQ-127-sonli Qonuni asosida toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻliq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar davlat soliq xizmati organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan boʻlinmalari tomonidan mazkur boʻlinmalar boshliqlarining buyruqlari asosida oʻtkazilib, keyinchalik bu haqda maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi qisqa muddatli tekshiruv oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-sentabrdagi OʻRQ-256-sonli Qonuniga beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 314-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Tekshirishlar davriyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar maxsus vakolatli organning qaroriga binoan rejali tartibda koʻpi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va ushbu Qonunning 101-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan normalar va qoidalarga oʻz vaqtida hamda toʻla hajmda rioya etuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi, ushbu Qonunning 101-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan koʻpi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi OʻRQ-26-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-modda. Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar davriyligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan toʻrt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz toʻlanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(101-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
(101-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi OʻRQ-26-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-modda. Tadbirkorlik subyektini rejali tekshiruv oʻtkazish boshlanishi haqida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organ rejali tekshiruv oʻtkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni oʻtkazish boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subyektini tekshiruvdan oʻtkazish muddatlari va predmetini koʻrsatgan holda, yozma shaklda xabardor qilishi shart.
(102-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Tekshiruvlar muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni oʻtkazish muddatlari oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda maxsus vakolatli organning qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 9 va 12-moddalarida nazarda tutilgan tekshirishni oʻtkazish uchun asos boʻladigan hujjatlar tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi. Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektning mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni oʻtkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnoma (maʼlumotnoma) tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektga topshirilgan kun tekshirishni oʻtkazish tugagan kun hisoblanadi. Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani (maʼlumotnomani) olishdan bosh tortganda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi bu haqda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaga (maʼlumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan eʼtiboran tekshirish tugagan hisoblanadi. Bu holda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) bir nusxasi xoʻjalik yurituvchi subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Rejadan tashqari tekshiruv
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejadan tashqari tekshirish uchun maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan obyekt nomini, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshiruv oʻtkazish maqsadi, muddatlari hamda uni oʻtkazish sabablarining asosliligi koʻrsatilgan holda rejadan tashqari tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisida chiqargan qarori, shuningdek tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruvni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrugʻi asos boʻlib xizmat qiladi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejadan tashqari tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvlarni oʻtkazish zarurati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlaridan kelib chiqqanda;
(12-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-274-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organga xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar kelib tushganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldi olinayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek qoʻshni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli vujudga kelganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish soliq organlari hamda boshqa nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ularning xoʻjalik faoliyatini taftish qilish bilan bogʻliq boʻlmagan holda tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ularning xoʻjalik faoliyatini taftish qilish bilan bogʻliq boʻlmagan holda tekshirish tegishli nazorat qiluvchi (yongʻinga qarshi, sanitariya, veterinariya, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, qoida tariqasida, bir marta oʻtkaziladigan kompleks tekshiruv davomida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks tekshiruvlar maxsus vakolatli organ tasdiqlagan rejalar asosida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-modda. Muqobil tekshirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muqobil tekshirishlar jinoyat ishlari yuzasidan tergov olib borish jarayonida tekshirish tayinlash toʻgʻrisidagi qaror asosida yoxud nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muqobil tekshirishlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarga bormasdan turib amalga oshiriladi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muqobil tekshirishlarga ularning tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt bilan oʻzaro munosabatlari yuzasidangina yoʻl qoʻyiladi, ulardan muqobil tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan moliya-buxgalteriya hujjatlarini yoki boshqa hujjatlarni talab qilib olish taqiqlanadi
(141-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi OʻRQ-26-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
(141-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Nazorat tartibida tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibida tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli organ belgilagan tartibda bir ish kuni ichida amalga oshiriladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatlari tekshirilishi toʻgʻrisidagi tegishli axborotga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari qarorini, tekshirish oʻtkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish oʻtkazish uchun asosga ega boʻlmagan shaxslarning tekshirish oʻtkazishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarni bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik;
(16-moddaning birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan tekshirish tugagan kuni tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomaning (maʼlumotnomaning) bir nusxasini olish.
(16-moddaning birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchilarning qonuniy talabiga binoan tekshirish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni tekshirish obyektlariga kiritishga, tekshiruvchilarga oʻz vazifalarini bajarishlari uchun koʻmaklashishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chogʻida nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chogʻida oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tekshirish oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi masalani qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvga auditorlik tashkilotlarini va (yoki) ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish;
(17-moddaning birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy yoki maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejali tekshirishlarni oʻtkazish muddatini koʻchirish toʻgʻrisida, basharti bunga obyektiv asoslar boʻlsa, maxsus vakolatli organga taqdimnoma kiritish.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-apreldagi 82-II-son Qonuniga muvofiq 17-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshi bilan toʻldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining qonuniy talablari tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish chogʻida oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga tekshirish oʻtkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishlashiga xalal bermaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlarni qayd etish daftariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozib qoʻyish;
(Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq 17-moddaning uchinchi qismi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirildi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlar natijalarini dalolatnoma (maʼlumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni tekshirilayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektda qoldirish;
(17-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-295-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni koʻrish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashmaslikni kafolatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular oʻzlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bogʻliq chora-tadbirlarni koʻrishlari mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining aʼzosi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari soʻroviga koʻra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat berish shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudga shikoyat berilganida ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni yoki qarorni ijro etish sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻxtatib turiladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan harakatlar yoki qarorlar bundan mustasno. Xoʻjalik yurituvchi subyekt sudga shikoyat berganligi toʻgʻrisida nazorat qiluvchi organni tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
717-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 8-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2006-y., 12-13-son, 100-modda; 2007-y., 50-51-son, 506-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2010-y., 37-son, 314-modda, 51-son, 485-modda; 2011-y., 37-son, 374-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son)