13.09.2011 yildagi O‘RQ-295-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATINI TEKShIRIShLAR QISQARTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 27-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662–II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda) 30-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek fermer xo‘jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 717–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “belgilangan namunadagi maxsus guvohnoma” degan so‘zlar “tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnoma, shaxsiy guvohnoma” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqarilgan, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi va tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 101-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni o‘tkazish muddatlari o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda maxsus vakolatli organning qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning 9 va 12-moddalarida nazarda tutilgan tekshirishni o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni o‘tkazish boshlangan payt hisoblanadi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan uning o‘zi va tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt mazkur dalolatnomani imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni o‘tkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektga topshirilgan kun tekshirishni o‘tkazish tugagan kun hisoblanadi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani (ma’lumotnomani) olishdan bosh tortganda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi bu haqda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan e’tiboran tekshirish tugagan hisoblanadi. Bu holda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) bir nusxasi xo‘jalik yurituvchi subyektga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 16-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan tekshirish tugagan kuni tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) bir nusxasini olish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 17-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tekshirishlar natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektda qoldirish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “ikkinchi — beshinchi” degan so‘zlar “ikkinchi — oltinchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — o‘n ikkinchi qismlari tegishincha yettinchi — o‘n uchinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi qismining ikkinchi jumlasi “bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi tekshirish tugagan kuni tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 40-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga ushbu shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni o‘tkazish rejasidan ko‘chirma yoki shu organ qabul qilgan rejadan tashqari yoxud muqobil tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi hamda tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnomasi va shaxsiy guvohnomasi bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 558–II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda) 25-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek xususiy korxonalar — kichik tadbirkorlik subyektlarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 13-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-295-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 37-son, 374-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)