21.07.2005 yildagi 54-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-martda qabul qilingan “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-24-sonli Qarorini bajarish dasturining ayrim yoʻnalishlariga doir takliflarni amalga oshirish yuzasidan Oliy Majlis Senati qoʻmitalarining rejasi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalashning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qoʻshma majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni amalda roʻyobga chiqarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalashning huquqiy bazasini takomillashtirish, davlat hokimiyatining qonunchilik hamda boshqa tarmoqlari tizimida oʻzaro bir-birini tiyish va muvozanatni saqlashning samarali tizimini yaratish masalalari boʻyicha tadbirlar rejasi tasdiqlansin (1-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish hamda qonunchilik texnikasining zamonaviy usullarini oʻrganish masalalari boʻyicha tadbirlar rejasi tasdiqlansin (2-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining faoliyatida umumdavlat va mintaqaviy manfaatlar mutanosibligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish dasturi tasdiqlansin (3-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi M. ShARIFXOʻJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 21-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005-yil 21-iyuldagi 54-I-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalashning huquqiy bazasini takomillashtirish, davlat hokimiyatining qonunchilik va boshqa tarmoqlari tizimida oʻzaro bir-birini tiyish va muvozanatni saqlashning samarali tizimini yaratish masalalari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Oʻtkazish muddati

Masʼul qoʻmita

I. Konferensiyalar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati demokratik hokimiyat tizimida: qonunchilik faoliyati, parlament nazorati, mintaqalar bilan funksional aloqalar

2005-yilning III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

2.

Jahonning rivojlangan mamlakatlarida davlat hokimiyati turli darajadagi organlarining oʻzaro bir birini tiyish va muvozanatni saqlash tizimining hamda oʻzaro hamkorligining qiyosiy-huquqiy tahlili

2005-yilning IV choragi

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

3.

Axborot erkinligini taʼminlash — demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va aholining siyosiy faolligini oshirishning muhim sharti

2005-yilning IV choragi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

4.

Xususiy tadbirkorlik sohasidagi qonunlarning havola qiluvchi normalari va idoraviy norma ijodkorligini takomillashtirish muammolari

2006-yilning II choragi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

5.

Xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotajovuz tahdidi va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan boshqa transmilliy tahdidlarga qarshi kurash muammolari

2006-yilning II choragi

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

6.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish samaradorligini qonunchilik yoʻli bilan taʼminlash

2006-yilning IV choragi

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

II. Seminarlar

1.

Yuridik ilm-fan ahvoli va uning amaliyot bilan aloqasi

2005-yilning III choragi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ahvoli hamda qonun hujjatlarining shu sohaga doir qismining ijro etilishi

2005-yilning IV choragi

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, xalq deputatlari Kengashlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mintaqaviy muammolarni hal qilishdagi roli

2006-yilning I choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

4.

Mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy tashabbuslari va Markaziy Osiyoda parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish

2006-yilning I choragi

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

5.

Oʻzbekistonning suv resurslaridan samarali foydalanilishini taʼminlash: muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari

2006-yilning I choragi

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

6.

Iqtisodiy sanksiyalarni qoʻllanishga doir qonun hujjatlarini yanada liberallashtirish: zaruriyat va istiqbollar

2006-yilning III choragi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

III. Davra suhbatlari

1.

Fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish va ularni moddiy-texnika resurslari hamda texnika bilan taʼminlash yuzasidan bozor infratuzilmasini shakllantirishni qonunchilik yoʻli bilan taʼminlash masalalari

2005-yilning III choragi

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

2.

Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish — iqtisodiy islohotlarning samaradorligini taʼminlashning muhim omili

2005-yilning IV choragi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

3.

Ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada liberallashtirishning qonunchilik asoslari

2006-yilning II choragi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

4.

Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlarining oʻzaro aloqa hamda hamkorligi: oʻzaro bir-birini tiyish va muvozanatni saqlash tizimi

2006-yilning III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

5.

Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida qonunchilikning taʼminlanishi: qonun hujjatlari va amaliyot

2006-yilning III choragi

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

6.

Xalqaro parlamentlararo hamkorlik va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ilgari surish

2006-yilning IV choragi

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005-yil 21-iyuldagi 54-I-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish hamda qonunchilik texnikasining zamonaviy usullarini oʻrganish masalalari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga

oshirish

shakli

Bajarish

muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining hamda Senat Devonining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini koʻrib chiqishga qaratilgan ishlarini tashkil etishga doir tavsiyalar tayyorlash

tarqatma

material

2005-yilning III choragi

Senat qoʻmitalari

2.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Senat qoʻmitalari qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga doir tavsiyalar tayyorlash

tarqatma

material

2005-yilning III choragi

Senat qoʻmitalari

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishga doir tavsiyalar tayyorlash

tarqatma

material

2005-yilning III choragi

Senat qoʻmitalari

4.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi

seminar-trening

2005-yilning III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Toshkent davlat yuridik instituti bilan hamkorlikda)

5.

Qonunchilik texnikasining zamonaviy usullari

seminar-trening

2005-yilning III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining nazorat qilish sohasidagi vakolatlari va ularni amalga oshirish tartibi

seminar-trening

2005-yilning IV choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti

7.

Mahalliy Kengashlar deputatlarini Senatning mintaqaviy muammolarni hal qilish borasidagi faoliyatidan xabardor etib borish masalalari yuzasidan Senat aʼzolarining ular bilan uchrashuvlarini oʻtkazish usullari

seminar-trening

2005-yilning IV choragi

Senat qoʻmitalari, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti

8.

Xalqaro normalarning milliy qonun hujjatlariga singdirilishini taʼminlash

seminar-trening

2006-yilning I choragi

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi (Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Toshkent davlat yuridik instituti bilan hamkorlikda)

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati faoliyatida mamlakat ilmiy salohiyatidan foydalanish masalalari

seminar-trening

2006-yilning I choragi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bilan hamkorlikda)

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan mintaqaviy muammolarni ularni oʻrganib chiqish asosida umumdavlat manfaatlarini hisobga olgan holda hal qilish mexanizmlari

seminar-trening

2006-yilning II choragi

Senat qoʻmitalari (Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bilan hamkorlikda)

11.

Kelishuv tartib-taomillari

seminar-trening

2006-yilning II choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (Toshkent davlat yuridik instituti bilan hamkorlikda)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2005-yil 21-iyuldagi 54-I-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining faoliyatida umumdavlat va mintaqaviy manfaatlar mutanosibligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan hamkor va mutanosib faoliyatining tashkiliy-huquqiy mexanizmini takomillashtirish

Quyidagilarni ishlab chiqish:

a) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining namunaviy Reglamentini;

b) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari haqidagi namunaviy nizomni;

v) xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari faoliyatini tashkil etishga doir tavsiyanomalarni.

2005-yilning III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining majlislarida mintaqaviy rivojlanish masalalarini koʻrib chiqish

Tashkiliy tadbirlar

2005-yilning III choragidan eʼtiboran

Senat qoʻmitalari

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining sayyor majlislarini oʻtkazish

Tashkiliy tadbirlar

2005-yilning III choragidan eʼtiboran

Senat qoʻmitalari

4.

Senat tomonidan nazorat qilish sohasidagi vakolatlarning amalga oshirilishi maqsadidan kelib chiqib tuzilgan ishchi guruhlari faoliyatida ishtirok etishga joylarda ishlovchi senatorlarni, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarini jalb qilish

Tashkiliy tadbirlar

2005-yilning III choragidan eʼtiboran muntazam ravishda

Senat qoʻmitalari

5.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senatning va Senat qoʻmitalarining qarorlari ijro etilishini taʼminlash maqsadida mahalliy davlat hokimiyati organlari qabul qilgan qarorlarni oʻrganish

Tashkiliy tadbirlar

2005-yilning III choragidan eʼtiboran muntazam ravishda

Senat qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

6.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senatning va Senat qoʻmitalarining qarorlari ijro etilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi

Tavsiyanomalar tayyorlash va tashkiliy tadbirlar oʻtkazish

2006-yilning 1 choragidan eʼtiboran

Senat qoʻmitalari

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining majlislarida ayrim mintaqaviy muammolarni muhokama qilish

Tashkiliy tadbirlar

2005-yilning III choragidan eʼtiboran

Senat qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

8.

Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida qabul qiingan qarorlarni tushuntirish maqsadida uchrashuvlar oʻtkazish, shu jumladan mahalliy Kengashlar deputatlari bilan uchrashuvlar uyushtirish uchun hududlarga borishi

Tashkiliy tadbirlar

2005-yilning II choragidan eʼtiboran

Senat qoʻmitalari

9.

Mintaqaviy muammolar muhokamasiga bagʻishlangan seminarlar, konferensiyalar va davra suhbatlarida joylarda ishlayotgan senatorlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari raislarining ishtirokini taʼminlash

Tashkiliy tadbirlar

2005-yilning III choragidan eʼtiboran

Senat qoʻmitalari

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari bilan axborot taʼminoti yoʻnalishidagi hamkorligi

Axborot materiallarini yuborib turish va umumlashtirib borish

Doimiy

ravishda

Senat qoʻmitalari

11.

Senatorlarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati faoliyatini yoritish maqsadida televideniye va radio orqali chiqish, gazetalar uchun materiallar tayyorlash

Vaqti-vaqti

bilan

Senat qoʻmitalari

12.

Senat aʼzolari tomonidan fuqarolar qabulini amalga oshirish

Tashkiliy tadbirlar

Fuqarolar

murojaat

etishiga

qarab

Senatorlar

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 7-son, 259-modda)