Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2017 28.10.2015 yildagi PQ-2422-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.10.2017
Hujjat 03.10.2016 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-sonli Farmonini ijro etish yuzasidan hamda tarmoqni yagona paxta kompleksi sifatida boshqarish tizimini optimallashtirish, buning asosida paxta tolasini qabul qilish, qayta ishlash va eksport qilish borasidagi faoliyatni samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar aksiyadorlik jamiyatlarining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzpaxtasanoat” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosini qabul qilish va qayta ishlash, tayyor mahsulot sifatida jahon bozorida raqobatdosh yuqori sifatli paxta tolasini ishlab chiqarish va uni paxta terminallariga oʻz vaqtida yuklab joʻnatish, shuningdek texnik chigitlarni tayyorlash va ularni yogʻ zavodlariga yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklaridan qabul qilinadigan paxta xomashyosi va tayyor paxta mahsulotlari (paxta tolasi va chigit)ning miqdori va sifatini qatʼiy va aniq hisob-kitob qilishni taʼminlash, paxta xomashyosini qayta ishlashda noishlab chiqarish nobudgarchiliklarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tozalash tarmogʻi korxonalari tomonidan paxta tolasi va chigitning chiqishiga belgilangan davlat standartlari va meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash, ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining sifatini jahon bozori talablaridan kelib chiqqan holda oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan navlarni joylashtirishdan kelib chiqqan holda yuqori sifatli urugʻlik chigit tayyorlash va uni paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga oʻz vaqtida yetkazib berishni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalar va kontraktlarga muvofiq xarid qilinayotgan paxta xomashyosi va joʻnatilayotgan paxta mahsuloti uchun uni yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtani qayta ishlovchi korxonalarga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda koʻmak berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzpaxtaeksport” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxtani qayta ishlovchi korxonalar tomonidan paxta terminallariga yetkazib berilayotgan paxta tolasini qabul qilishni taʼminlash, uni qatʼiy va aniq hisobga olgan holda, tolaning sifat xususiyatlari boʻyicha laboratoriya tadqiqotlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasi va boshqa paxta mahsulotlarini saqlashning zamonaviy talablarga javob beradigan tizimini tashkil qilish, ularning sifati pasayishi va nobud boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon va mintaqaviy paxta bozorlari konyunkturasini oʻrganish boʻyicha tizimli marketing tadqiqotlari olib borish, ulardagi tendensiyalardan kelib chiqib, paxta tolasini eksportga va ichki isteʼmolchilarga sotish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorining konyunkturasidan kelib chiqqan holda, paxta tolasini yetkazib berish toʻgʻrisida eksport shartnomalari tuzilishini tashkil qilish hamda ularning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan shartnomalar va kontraktlarga muvofiq eksportga yetkazib berilayotgan paxta tolasi uchun tolani ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar bilan oʻz vaqtida hisob-kitoblarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Oʻzpaxtayogʻ” AJ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik chigitni qabul qilish va qatʼiy hisobga olish, ularning sifatini amaliy nazorat qilish, tarmoq korxonalari paxta yogʻi chiqishining belgilangan meʼyorlariga, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotishda tegishli tartibga rioya etishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki isteʼmol bozorini yanada toʻldirish uchun sifatli paxta yogʻi va boshqa yogʻ-moy mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ilgʻor texnika va texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda yogʻ zavodlariga koʻmak berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 70 kishidan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 43 kishidan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi, uning yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi hamda “Oʻzpaxtasanoat” AJ tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar roʻyxati 3, 3a va 3b-ilovalarga* muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtaeksport” AJning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 31 kishidan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi, “Oʻzpaxtaeksport” AJ paxta terminalining namunaviy tuzilmasi 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 23-sentabrdagi PF-4847-sonli Farmoni tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 458-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtayogʻ” AJning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 30 kishidan iborat boʻlgan ijro etuvchi apparati tuzilmasi hamda “Oʻzpaxtayogʻ” AJ tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlari roʻyxati 5 va 5a-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari, shu jumladan “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtaeksport” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ bosh direktorlari kompaniyaning kuzatuv kengashi tomonidan saylanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimlarga tasdiqlanadilar va maqomi boʻyicha tegishli ravishda vazir hamda vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtaeksport” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ bosh direktorlarining oʻrinbosarlari jamiyatlar aksiyadorlarining umumiy yigʻilishlarida saylanib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimlarga tasdiqlanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJ “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtaeksport” AJ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tashqi iqtisodiy kompaniyalarining paxta tolasini sotish boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtayogʻ” AJ hukumatlararo bitimga muvofiq soya loviyasini xarid qilish uchun jalb etilgan AQSh Qishloq xoʻjaligi vazirligining kreditlarini toʻlash bilan bogʻliq majburiyatlari boʻyicha Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha “Oʻzpaxtasanoat” AJning paxtani qayta ishlash korxonalari tayyor mahsulotlar (paxta tolasi va texnik chigit) ishlab chiqaruvchi sifatida paxta tolasi va chigit ishlab chiqarish, terminallarda paxta tolasini bir yoʻla saqlash, qayta ishlash va paxta yogʻi ishlab chiqarish quvvatlarining bir-birlariga muvofiqligini hisobga olgan holda 6-ilovaga* muvofiq “Oʻzpaxtaeksport” AJning paxta terminallariga va “Oʻzpaxtayogʻ” AJning yogʻ zavodlariga biriktirib qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoat” AJning paxtani qayta ishlash korxonalariga paxta tolasi va texnik chigitni tayyor mahsulot sifatida ularga biriktirilmagan paxta terminallari va yogʻ zavodlariga yetkazib berishi qatʼiyan taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Hususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va uning hududiy aksiyadorlik birlashmalari, shuningdek xolding kompaniyasi tarkibiga oʻtkazilayotgan birlashma va korxonalarning mulkini belgilangan tartibda baholash, yangi aksiyalar chiqarish va ularni joylashtirishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi korxonalarini kooperatsion aloqalarni saqlab qolish va oziq-ovqat tovarlarini keng assortimentda ishlab chiqarish uchun tizimli ravishda yogʻ-moy mahsulotlari bilan zarur hajmda taʼminlab tursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzpaxtaeksport” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ, “Oʻzpaxtasanoat” AJ hududiy filiallari ijro etuvchi apparatlarining joriy taʼminoti va ularning faoliyatini moliyalashtirish paxta mahsulotlari va paxta yogʻini sotishdan olinadigan vositachilik tushumlari, ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatidan tushadigan dividendlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 27-oktabrdagi PF-4761-sonli Farmoni bilan tuzilgan Hukumat komissiyasi (Sh.Mirziyoyev) bir oy muddatda “Oʻzpaxtaeksport” AJga oʻtkazilayotgan paxta terminallari uchun tashqi savdo kompaniyalari bilan, shuningdek filiallarga aylantirilayotgan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining aksiyadorlari bilan oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilishni taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 8a-uy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzpaxtaeksport” AJ, “Oʻzpaxtayogʻ” AJ, “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 8-uy manzilida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2422-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 558-modda; 2016-y., 39-son, 458-modda, 46-son, 527-modda; 48-son, 547-modda)