Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2020 27.10.2015 yildagi 305-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2020
Hujjat 07.09.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining samarali faoliyatini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi 460-sonli “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 30-sentabrdagi PQ-2414-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek xalqaro standartlarga muvofiq korporativ boshqaruv va menejment sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ularning professional saviyasini oshirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni ilmiy-metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-noyabrdan chiqariladi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 07/18/3930/1850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining magistraturasini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat diplomining namunasi 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining oʻquv kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat sertifikatining namunasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) muassisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PQ-3720-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 07/18/3720/1218-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz faoliyatini moliyalashtirish muassisning mablagʻlari, magistratura talabalarini va oʻquv kurslari tinglovchilarini oʻqitganlik uchun toʻlov, respublika tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PQ-3720-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 07/18/3720/1218-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning magistraturasiga xoʻjalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik subyektlarining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan 40 yoshgacha yoshdagi, oliy maʼlumotga (diplomli mutaxassis, bakalavr) va oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlari va mutaxassislari test sinovlari yoʻli bilan ochiq tanlov asosida qabul qilinadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda xoʻjalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tadbirkorlik subyektlarining magistr darajasiga ega yoki diplomli mutaxassis boʻlgan rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maxsus taʼlim dasturlari boʻyicha amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda oʻqish davrida magistratura tinglovchilarining ular egallab turgan ish oʻrinlari (lavozimlari) va ish haqi saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-metodik rahbarlik va taʼlim jarayonini yuritish tuziladigan shartnomalar asosida Markazning xorijiy hamkorlari bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga Markaz Vasiylik kengashining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PQ-3720-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 07/18/3720/1218-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda Magistrlar tayyorlash boʻyicha davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq Markazda oʻqitiladigan fanlarning oʻquv rejalari, dasturlari va roʻyxatini bir oy muddatda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yildan boshlab bitiruvchilarning doimiy ravishda yangilanadigan maʼlumotlar bazasi faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin, ularning kasbiy oʻsishi va tadbirkorlik sohasidagi yutuqlarining tizimli monitoringini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markazga pulli asosda konsalting xizmatlari koʻrsatishga, shu jumladan ilgʻor xorijiy va milliy tajribani umumlashtirish asosida tegishli tavsiyalar bergan holda tashkilotlarda seminarlar, treninglar va forumlar, korporativ boshqaruv va menejment tizimlari diagnostikasini tashkil etishga, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida qoʻllanmalarni va ichki korporativ hujjatlarni ishlab chiqishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning respublika mintaqalaridan ishtirokchilar va xorijiy ilmiy-taʼlim muassasalari bilan videokonferensiyalar va masofaviy treninglar oʻtkazish uchun “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga ulanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy litsenzion axborot-kutubxona resurslari fondlariga doimiy ravishda elektron ulanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Toshkent shahri hokimligi yigʻimlar va boshqa toʻlovlar undirmasdan bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tugatilgan Oliy biznes maktabining va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Respublika biznes maktabining Markazga oʻtayotgan avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tugatilgan Oliy biznes maktabining koʻchmas mol-mulkiga kadastr hujjatlarini Markazga qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi bir hafta muddatda Markazning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 27-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 07/18/3930/1850-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 07/18/3930/1850-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 07/18/3930/1850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi magistraturasini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat diplomi namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎(titul varagʻi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING TASVIRI




‎‎KORPORATIV BOSNQARUV ILMIY-TA`LIM MARKAZI

‎‎_____________________________________________________________________

‎‎CORPORATE GOVERNANCE SCIENCE & EDUCATION CENTER



Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(1-bet)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

KORPORATIV BOSNQARUV ILMIY-TA`LIM MARKAZI‎‎

‎‎MAGISTR DIPLOMI

‎‎MBA № 000000

‎‎Davlat attestatsiya komissiyasining

‎‎20___ yil “___” _________ dagi ______ sonli qaroriga binoan

‎‎___________________________________________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎


‎‎Biznes boshqaruvi magistri

‎‎darajasi berildi

‎‎Davlat attestatsiya
‎‎komissiyasi raisi
‎‎Direktor

‎‎M.O` Qayd raqami № _________

‎‎Toshkent sh., “____” _________ 20___ yil

‎‎(berilgan sana)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(2-bet)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

CORPORATE GOVERNANCE SCIENCE & EDUCATION CENTER‎
‎‎

‎‎MASTER`S DIPLOMA

‎‎MBA № 000000

‎‎In accordance with the decision of the State Attestation Commission

‎‎№ ______ of “____” ______ 20 ____


‎‎___________________________________________

‎‎Is awarded degree of



‎‎Master of Business Administration





‎‎Chairman of the State
‎‎Attestation Commission
Director‎‎

‎‎P.S. Registration № _______

‎‎Tashkent “____” ______ 20 ____

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(3-bet)‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING TASVIRI

‎‎Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi

‎‎DIPLOMGA ILOVA ____________

‎‎(ushbu ilova diplomsiz kuchga ega emas)

________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____-yil va 20____-yillarda Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazida quyidagi mutaxassislik boʼyicha taʼlim oldi:‎‎
‎‎________________________________________________________________
‎‎Oʼqish davomida quyidagi fanlar oʼzlashtirildi:‎

T.R.‎

Oʼquv rejasiga muvofiq fanlar nomi ‎

Oʼquv rejada belgilangan soatlar miqdori‎

Toʼplangan reyting ballari‎

‎‎I. UMUMUIY FANLAR

‎1.

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

‎‎II. MUTAXASSISLIK FANLARI

1.‎

2.‎

3.‎

4.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(4-bet)‎

T.R.‎

Oʼquv rejasiga muvofiq fanlar nomi ‎

Oʼquv rejada belgilangan soatlar miqdori‎

Toʼplangan reyting ballari‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

‎‎III. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI

1.‎

2.‎

3.�

4.‎

5.‎

6.‎

Direktor‎
Oʼquv jarayonini tashkillashtirish boʼyicha direktor oʼrinbosari‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(5-bet)‎

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING TASVIRI

‎‎Scientific and educational centre for Corporte Governance

‎‎ATTACNMENT TO DIPLOMA __________

‎‎(not valid without diploma)

‎‎________________________________________________________________

‎‎(full name)

‎‎Stydied from 20_____ to 20____ in the scientific and educational centre for corporate governance on the speciality
‎‎________________________________________________________________
‎‎During the training process stydied the following subjects and received rating points:

№‎

Subjects title‎

Quantity of hours, set by training plan ‎

Received rating points‎

‎‎I. GENERAL SUBJECTS

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

‎‎II. SPECIAL SUBJECTS

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(6-bet)‎

№‎

Subjects title‎

Quantity of hours, set by training plan ‎

Received rating points‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

‎‎III. FINAL EXAMINATION

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

‎‎
‎‎Director
‎‎Deputy Director responsible for educational process
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining oʻquv kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat sertifikati namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎(titul varagʻi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING TASVIRI





‎‎KORPORATIV BOSNQARUV ILMIY-TA`LIM MARKAZI

‎‎_____________________________________________________________________

‎‎CORPORATE GOVERNANCE SCIENCE & EDUCATION CENTER




Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎1-bet

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

KORPORATIV BOSNQARUV ILMIY-TA`LIM MARKAZI‎‎

‎‎SERTIFIKATI

‎‎№ 000000




‎‎____________________________________________________

‎‎____________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)


‎‎“_______________” yo`nalishi bo`yicha o`quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatdi




‎‎Direktor

‎‎M.O` Qayd raqami №_______

‎‎Toshkent sh., “__” ______ 20__ yil

‎‎(berilgan sana)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎(2-bet)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎CORPORATE GOVERNANCE SCIENCE & EDUCATION CENTER

‎‎CERTIFICATE

‎‎№ 000000

‎‎____________________________________________________

‎‎____________________________________________________

‎‎successfully completed the course “_______________”






‎‎Director

‎‎P.S. Registration № _______

‎‎Tashkent “__” ______ 20 __

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining” soʻzlari “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-yanvardagi 21-son qarori bilan tasdiqlangan Davriy bosma nashrlarning majburiy nusxalari yuboriladigan muassasa va tashkilotlarning roʻyxatidagi “Korporativ boshqaruv markazi” soʻzlari “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Magistratura toʻgʻrisidagi Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabiga” soʻzlari “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markaziga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Korporativ boshqaruv markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2003-yil 4-iyuldagi 304-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 35-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 18-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” 2008-yil 22-iyuldagi OʻRQ-163-son hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida 2008-yil 26-sentabrdagi OʻRQ-183-son qonunlari)” 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 79-modda) ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oliy biznes maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 19-fevraldagi 48-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oliy biznes maktabi faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 8-oktabrdagi 282-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 31-dekabrdagi 375-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 2-apreldagi 79-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 43-son, 549-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son; 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son, 15.05.2018-y., 07/18/3720/1218-son, 07.09.2018-y., 07/18/3930/1850-son)