Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.10.2015 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015 — 2017-yillarda pensiya taʼminotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalar oladigan 2,7 milliondan ortiq pensionyerlar va 237 ming fuqarolar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini ifodalaydigan, uning vositasida pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, hisob-kitob qilish, qayta hisob-kitob qilish, shuningdek har oyda tayinlash jarayonlarini avtomatlashtirish taʼminlanadigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi — “Pensiya” dasturiy majmui joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Pensiya” dasturiy majmui negizida uni yanada takomillashtirish va funksional kengaytirish yoʻli bilan keksa kishilar uchun pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlashning eng qulay tizimini nazarda tutuvchi, maʼlumotnomalar va tasdiqlovchi hujjatlarni qogʻoz shaklida olishni istisno etuvchi, shuningdek pensiyalar va nafaqalar toʻlashga mablagʻlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi pensiya taʼminotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda “Nafaqa” yagona axborot tizimi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2015 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi pensiya taʼminotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimini joriy etish reja-jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar va idoralar tasdiqlangan 2015 — 2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi pensiya taʼminotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimini joriy etish reja-jadvali toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi “Nafaqa” yagona axborot tizimini joriy etish tugallangandan keyin 2018-yil mobaynida “Nafaqa” yagona axborot tizimi faoliyat koʻrsatishini yanada qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan server asbob-uskunalarini xarid qilish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tender savdolari oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 19-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 42-son, 536-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda)