Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 20-oktabrda 1528-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3428, 20.04.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 10-sentabrdagi 19/5-son qarori (roʻyxat raqami 1528, 2005-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 363-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-oktabr,
29/2-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 10-oktabrdagi 29/2-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 58-bandning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“58. Banklar moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishi boʻyicha mazkur boʻlimda belgilangan qoidalardan foydalangan holda, shuningdek Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) va ushbu Nizomning 13-ilovasiga muvofiq koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar summasini baholaydilar.”.
2. 13-ilovaning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Banklar, moliyaviy aktivlarni tasniflash va baholashda Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) belgilangan talablarga rioya etishlari shart.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 42-son, 543-modda)