Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 13.08.2015 yildagi 530-q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Hujjat 13.08.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Camarqand viloyat hokimining 2015-yil 11-iyuldagi 147-q sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ–2367-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda tuman iqtisodiyoti tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini hamda uy-joy fondini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Camarqand viloyat hokimining 2015-yil 11-iyuldagi 147-Q-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ–2367-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror bilan 2015-yilning 18-martida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari rahbarligida uchta ishchi guruhning tarkibi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uylarni kuz-qish mavsumida ishlashga tayyorlash, umumiy foydalanish joylarini, lift uskunalarini tartibga keltirish va tegishli holda saqlash, mahalla hududida sanitariya holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (B.I. Zakirov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yonilgʻi-energetika resurslari: tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan oʻz vaqtida taʼminlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Gʻ.I. Ibragimov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuz-qish davrida ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ishlashga tayyorlashni tashkil etish, obyektlarning sanitariya holatini va obodonlashtirish ishlarini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi (A.I. Ikramov);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015/2016-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondining barqaror faoliyat yuritishi uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir hudud doirasida, shu jumladan respublikaning 28 ta yirik shaharlari va tumanlarida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi, tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul ijrochilar – vazirliklar, idoralar, tijorat banklari rahbarlari ularga biriktirib qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashiga tayyorlash boʻyicha tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari, asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari va texnik tuzni hududlar boʻyicha 2015/2016-yillar kuz-qish davri uchun tayyorlash topshiriqlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015/2016-yil kuz-qish mavsumida hududlar boʻyicha aholi ehtiyojlari uchun koʻmir jamgʻarish va budjet sohasi uchun koʻmir yetkazib berish topshirigʻi 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyot tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda muhandislik kommunikatsiyalar, texnologik asbob uskunalar, ijtimoiy soha obyektlarini 2015/2016-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qoʻyish, kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari, asosiy yoqilgʻi energetika resurslarini kuz-qish davri uchun tayyorlash topshiriqlarining bajarilishi boʻyicha rejalashtirilayotgan tadbirlar 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini raislari rahbarligida iqtisodiyot tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalari tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman komissiyasi (A. Karimov) kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, qozonxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumtaʼlim maktablari, oʻquv yurtlari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin va shu yilning 30-iyulidan kechikmay ushbu masala boʻyicha komissiyasining maxsus majlisini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini raislari, shuningdek masʼul tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlaydigan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman komissiyasi (A. Karimov) tuman iktisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2015/2016-yil kuz-qish davriga tayyorlash va ularning barqaror ishlashini taʼminlash buyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan zarur tashkiliy tadbirlar kompleksi belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman hokimining 2014-yil 23-iyuldagi 416-Q-sonli “Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (A. Karimov, D. Musinov) mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar ekanligi qayd qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim P. AXMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayloq sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
530-q-son