Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimining
Qarori
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Samarqand viloyati Tayloq tumani hokimining 2015-yil 13-avgustdagi 530-q-sonli “Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Samarqand viloyat hokimining 2014-yil 3-iyuldagi 129-Q sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-iyundagi PQ-2194-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda tuman iqtisodiyoti tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2014/2015yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashiga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Samarqand viloyat hokimining 2014-yil 3-iyuldagi 129-Q-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-iyundagi PQ-2194-sonli “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur qarori bilan, 2014-yilning 1-martida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bosh vazir oʻrinbosarlari rahbarligida uchta ishchi guruhning tarkibi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinganligi;
koʻp xonadonli uylarni kuz-qish mavsumida ishlashga tayyorlash, umumiy foydalanish joylarini, lift uskunalarini tartibga keltirish va tegishli holda saqlash, mahalla hududida sanitariya holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (B.I. Zakirov);
ijtimoiy soha obyektlarini, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yonilgʻi-energetika resurslari: tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi bilan oʻz vaqtida taʼminlash ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi (Gʻ.I. Ibragimov);
kuz-qish davrida ijtimoiy soha obyektlarini barqaror ishlashga tayyorlashni tashkil etish, obyektlarning sanitariya holatini va obodonlashtirish ishlarini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi (A.I. Ikramov);
Bunda:
2014/2015-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondining barqaror faoliyat yuritishi uchun har bir ishchi guruhining aniq vazifalari belgilanganligi;
har bir hudud doirasida, shu jumladan respublikaning 28 ta yirik shaharlari va tumanlarida qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi, tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, tasdiqlanganligi, masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, tijorat banklari rahbarlari ularga biriktirib qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2014/2015-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashiga tayyorlash boʻyicha tadbirlari 1-ilovaga* muvofiq;
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari, asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari va texnik tuzni hududlar boʻyicha 2014/2015yillar kuz-qish davri uchun tayyorlash topshiriqlari 2-ilovaga* muvofiq;
2014/2015-yil kuz-qish mavsumida hududlar boʻyicha aholi ehtiyojlari uchun koʻmir jamgʻarish va budjet sohasi uchun koʻmir yetkazib berish topshirigʻi 3 va 3a-ilovalarga* muvofiq;
tuman iqtisodiyot tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
4. Qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini raislari rahbarligida iqtisodiyot tarmoqlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtiruvchi hududiy komissiyalari tuzilsin.
5. Tuman komissiyasi (S. Doʻsmurodov) kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari, qozonxonalar, maktabgacha tarbiya muassasalari, umumtaʼlim maktablari, oʻquv yurtlari sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin va shu yilning 25-iyulidan kechikmay ushbu masala boʻyicha komissiyasining maxsus majlisini oʻtkazsin.
6. Qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini raislari, shuningdek masʼul tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2014/2015-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlaydigan tadbirlar hamda ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Tuman komissiyasi (S. Doʻsmurodov) tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2014/2015-yil kuz-kish davriga tayyorlash va ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan zarur tashkiliy tadbirlar kompleksi belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin.
8. Tuman hokimining oʻrinbosarlari (S. Doʻsmurodov, Gʻ. Quliyev) mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar ekanligi qayd qilinsin
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi
Hokim P. AXMEDOV
Tayloq sh,
2014-yil 23-iyul,
416-q-son