08.10.2015 yildagi 286-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.11.2017 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xizmat toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda metodik yordam koʻrsatishni va koʻmaklashishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy nizom

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ularga idoraviy mansub tashkilotlarda idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Funksiyalariga tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashni tashkil qilish va (yoki) muvofiqlashtirish, shuningdek oʻzlariga idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyati atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirish bilan bogʻliq boʻlsa, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan idoraviy ekologik nazoratni yuritish majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Idoraviy ekologik nazorat sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy majburiyatlari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari idoraviy ekologik nazorat sohasida idoraviy mansub tashkilotlarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida quyidagilarni amalga oshirishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, aniqlash va unga chek qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning ifloslanishiga, oʻzlariga foydalanishga berilgan tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi majburiyatlar bajarilishini, idoraviy ekologik dasturlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati natijasida atrof muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va oʻz vakolati doirasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuklangan majburiyatlarni amalga oshirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazorat sohasidagi ichki idoraviy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik normativlar oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va ularga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha ishlab chiqarish tadbirlari rejalari va dasturlar ishlab chiqilishini hamda bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlarda atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishi va oqizilishi, atrof muhit va tabiiy resurslarning holati ustidan uzluksiz kuzatish tizimi yaratilishiga koʻmaklashadi hamda ular ishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xizmatlar xodimlari tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlarda ishlab chiqarish ekologik nazorati olib borilishiga metodik yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan, shuningdek idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish boʻyicha majburiyatlar bajarilmasligida aybdor boʻlgan xodimlarni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Idoraviy ekologik nazorat obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Idoraviy ekologik nazorat obyektlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi tabiiy va texnogen manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Idoraviy ekologik nazorat subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari idoraviy ekologik nazorat subyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari nomidan idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining nizomiga (ustaviga) muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining boshqaruv organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil qilingan ekologik xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining boshqaruv organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ichki idoraviy hujjatlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati masalalari boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va tushuntirishlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlar idoraviy ekologik xizmat va (yoki) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirayotgan xodimlari oʻrtasidagi nizolarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining xodimlari, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining ekologik xizmati faoliyatni mehnat shartnomalariga, lavozim yoʻriqnomalariga va boshqa idoraviy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Idoraviy ekologik nazoratning shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar idoraviy ekologik nazoratning shakllari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlarni tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Idoraviy ekologik nazorat atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni hisobga olish, atrof muhit hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil etish, baholash va prognoz qilish yoʻli bilan ham amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Idoraviy ekologik nazoratning normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilmagan shakllari qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, tadbirlar rejalari va dasturlarning amalga oshirilishini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, tadbirlar rejalari va dasturlarning amalga oshirilishini tekshirish (keyingi oʻrinlarda tekshirish deb ataladi) rejali tekshirish, rejadan tashqari tekshirish va nazorat tartibidagi tekshirish shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tekshirish tekshirilayotgan tashkilotning tegishli ish vaqtiga toʻgʻri keladigan vaqt davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tekshirilayotgan tashkilotning ishlab chiqarish boʻlinmalari, sexlari, shuningdek xizmatlari va maʼmuriyatining ish vaqti rejimlari tekshirish oʻtkazish vaqtiga toʻgʻri kelmagan hollarda ishlab chiqarish boʻlinmalari, sexlar, shuningdek xizmatlar va maʼmuriyatning ish vaqti tekshirishni oʻtkazish vaqti deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tekshirishni amalga oshirishning muddati va davriyligi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tekshirish oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari yoxud uning kollegial boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni amalga oshirishning yillik va (yoki) istiqbolli rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik va (yoki) istiqbolli tekshirish rejasi asosida va uni bajarish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi rahbari yoki uning oʻrinbosarining tekshirish muddati, ijrochilar va oʻrganishga doir masalalar doirasi koʻrsatilgan tekshirishning maqsadi toʻgʻrisida qabul qilgan buyrugʻi (farmoyishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tekshirish idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi buzilgan holatlarda yuridik va jismoniy shaxslardan asoslangan shikoyatlar tushganda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli qarorlari bilan, shuningdek avariya, favqulodda vaziyatlar va ruxsat etilmagan atrof muhitni ifloslantirish xavfi yuzaga kelgan vaziyatlarda ham tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tekshirish davomida quyidagilar oʻrganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati tartibida amalga oshirilgan oxirgi tekshirish hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma va normativ hujjatlar (atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirishni meʼyorlash boʻyicha materiallar, yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjatlari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, kon ajratmasi dalolatnomalari, litsenziyalar va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan obyekt hududida boshqa tabiatdan foydalanuvchilarning mavjudligi va faoliyatni amalga oshirishning asoslari, shuningdek ular tomonidan tegishli faoliyat boʻyicha shartnoma shartlariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning idoraviy monitoringi materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologik nazorat organlari koʻrsatmalarining bajarilishi holati, atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha harakat dasturlari, atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha tarmoq va hududiy dasturlar va ushbu ishlab chiqarish obyektiga tegishli boʻlgan boshqa rejalar va tadbirlar, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish boʻyicha rejalar va tadbirlar amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha hisobot maʼlumotlarining ishonchliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek atrof muhit ifloslantirilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etishning holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqova suvlarni tozalash obyektlarining va atmosferaga chiqarishning, ifloslantiruvchi moddalar atrof muhitga chiqarilishi va oqizilishi ustidan nazorat qiluvchi asbob-uskunalar, priborlar va qurilmalarning holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va obyektlar rejimining taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit muhofazasi mablagʻlarining shakllantirilishi va sarflanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaviy va amaldagi koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish maydonlari va sexlarning joylashtirilishi, ishlab chiqarish texnologik sxemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilishning holati (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish, oqizish hamda ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarining manbalari, tarkibi, hajmlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy resurslarning, shu jumladan oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarining qayta tiklanishi va ularning sifati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan foydalanganlik va atrof muhitni ifloslantirganlik uchun toʻlovlar toʻlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan obyektdagi tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga oid boshqa materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Avariyalar, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va ular xavf solganda, atrof muhit ruxsat berilmagan holda ifloslantirilganda, tabiiy resurslardan foydalanish buzilganda yuridik va jismoniy shaxslarning shikoyatlari boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlarining tegishli qarorlariga koʻra ularning paydo boʻlishi sabablari va shart-sharoitlar bilan bogʻliq holatlar oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tekshirilayotgan tashkilotning obyektlarida namunalar olish tabiiy muhitni ifloslantirish manbalari mavjud boʻlganda, chiqindilar joylashtirilganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Atmosfera havosiga zararli moddalarni chiqarish, oqova suvlarni oqizish manbalaridan, tuproqdan namunalar olish va ulardagi zararli moddalar miqdorini tahlil qilish davlat ekologik nazorati organlarida qoʻllaniladigan metodikalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ifloslantiruvchi moddalar emissiyasini baholash olingan koʻrsatkichlarni belgilangan ekologik normativlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Atrof muhitning idoraviy ekologik nazoratini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Atrof muhitning idoraviy ekologik nazorati quyidagi tizimda yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tabiiy obyektlar, ifloslantirish manbalari, xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar boʻyicha, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fon monitoringi shaklida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan ichki idoraviy hujjatlarda belgilangan tartibda atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan ichki idoraviy monitoring.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, agar ularga idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirish bilan bogʻliq boʻlsa, atrof muhit va tabiiy resurslar holati ustidan ichki idoraviy ekologik nazoratni yuritish majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Idoraviy mansub tashkilotlarni nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari idoraviy mansub tashkilotlarda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oʻz vaqtida oldini olish, aniqlash va chek qoʻyish, shuningdek atrof muhitni ifloslantirish, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash maqsadida idoraviy mansub tashkilotlarni nazorat qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Idoraviy mansub tashkilotlarni nazorat qilish ularning faoliyati bilan tezkor tanishish imkoniyatini taʼminlovchi aylanib chiqish, koʻzdan kechirish va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nazorat qilish ichki idoraviy ekologik nazorat uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladigan namunalarni olish, foto va video tasvirlar hamda hujjatlashtirishning boshqa usullari bilan birgalikda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan nazorat qilinganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamoatchilik ekologik nazoratining inspektorlari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nazorat qilishning muddati, davriyligi va boshqa shartlari ichki idoraviy hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Idoraviy ekologik nazorat natijalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tekshirish yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u tuzilgan sana va joy;

tekshirishni amalga oshirishda qatnashgan shaxslarning, shuningdek nazorat qilinadigan tashkilot vakillarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hujjatlarning rekvizitlari koʻrsatilgan holda tekshirishni oʻtkazishning asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishning amalda boshlangan va yakunlangan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish uchun qoʻyilgan savollar roʻyxati va ularga javoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari talablari, davlat idoraviy, ishlab chiqarish ekologik nazorati organlarining koʻrsatmalari va tavsiyalari, ruxsat beruvchi va normativ hujjatlar bajarilmasligi yoki buzilishi holatlari, oxirgi kalendar yil mobaynida tegishli sohada lavozim majburiyatlari bajarilmasligi munosabati bilan xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish, shuningdek tashkilotlarning mansabdor shaxslarini tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida huquqni buzishlar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish holatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining aniqlangan holatlari boʻyicha choralar koʻrish uchun takliflar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma tekshirishni amalga oshirishda qatnashayotgan shaxslar va nazorat qilinadigan tashkilotning vakillari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agar nazorat qilinadigan tashkilotning vakili dalolatnomani imzolashni rad etsa, u holda dalolatnomada tegishli yozuv qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Dalolatnomaga tushuntirish va maʼlumotnoma materiallar, tushuntirishlar va mulohazalar, nazorat qilinadigan tashkilot vakilining eʼtirozlari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Nazorat qilinadigan tashkilotning rahbari idoraviy ekologik nazorat natijalari boʻyicha dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda unda bayon qilingan holatlarning ishonchliligi masalasi dalolatnomaga ilova qilinadigan materiallarni va nazorat qilinadigan tashkilotning rahbarining imzolashni rad etishni yozma asoslashini oʻrganib chiqish yoʻli bilan idoraning rahbari tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Nazorat qilish yakunlari boʻyicha maʼlumotnoma tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u tuzilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilishda qatnashgan shaxslarning, shuningdek nazorat qilinadigan tashkilot vakillarining lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hujjatlarning rekvizitlari koʻrsatilgan holda nazorat qilishni amalga oshirishning asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilishning amalda boshlangan va tamom boʻlgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish uchun qoʻyilgan savollarga javoblar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnoma nazorat qilishni amalga oshirishda qatnashgan shaxslar va nazorat qilinuvchi tashkilotning vakillari tomonidan, agar ular nazorat qilishda hozir boʻlsalar, imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotnomaga tushuntirish va maʼlumotnoma materiallar, tushuntirishlar va mulohazalar, nazorat qilingan tashkilotlarning vakili (vakillari), kino-foto hujjatlar ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Atrof muhitni idoraviy ekologik nazorat qilish jarayonida namunalar olish dalolatnomalari, oʻlchash bayonnomalari, maʼlumotnoma, tahliliy hujjatlar va boshqa hujjatlar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishi aniqlangan taqdirda, shuningdek fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining mansabdor shaxsi tegishli choralar koʻrish uchun idoraviy mansub tashkilotning rahbariga takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari idoraviy ekologik nazorat natijalari boʻyicha oʻz nizomiga (ustaviga), shuningdek idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlariga (ustavlariga) muvofiq amalga oshirishning boshqa choralarini koʻrishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aholining, aholi punktlarining, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalar xavfsizligiga tahdid soluvchi atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalariga xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Idoraviy ekologik nazoratni amalga oshirishga aralashish, teng ravishda idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslarga qandaydir shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatish, ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Idoraviy mansub tashkilot bilan idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslar oʻrtasida yuzaga keladigan idoraviy ekologik nazorat sohasidagi nizolar tegishli idoraning boshqaruvchi organi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Bir tomondan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan, ikkinchi tomondan ekologik nazoratning boshqa subyektlari oʻrtasida yuzaga keladigan idoraviy nazorat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Idoraviy ekologik nazorat sohasidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Namunaviy nizom “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishning asosiy talablari va tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tabiatdan foydalanishning majburiy sharti hisoblanadi va “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishlab chiqarish ekologik nazorati xoʻjalik yurituvchi subyektning ekologik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xizmat departament, boshqarma, boʻlim yoxud boshqa shaklda tashkil qilinadi, shuningdek bir xodimdan iborat boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlari mehnat shartnomasida, lavozim yoʻriqnomalarida nazarda tutilgan lavozim majburiyatlariga hamda boshqa ichki hujjatlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish ekologik nazorati sohasidagi asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish ekologik nazorati sohasida quyidagilarga majburdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning ifloslanishiga, ularga berilgan tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi majburiyatlarni, ishlab chiqarish ekologik rejalari va dasturlar bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati oqibatida atrof muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanish va vakolat doirasida koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻzlariga yuklangan majburiyatlarni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazorat sohasidagi ichki hujjatlarni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish dasturlarini tasdiqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik normativlar oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va ularga rioya etilishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha ishlab chiqarish tadbirlari va dasturlar ishlab chiqilishini va bajarilishini taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga zararli moddalar chiqarilishi va oqizilishini, atrof muhitning hamda ularga egalik qilish yoki foydalanish uchun berilgan tabiiy resurslarning holatini uzluksiz kuzatish tizimini yaratadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xizmatlar xodimlarining malakasini oshirishni taʼminlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga va ekologik nazoratni amalga oshirishga qaratilgan majburiyatlar bajarilmasligida aybdor boʻlgan xodimlarni intizomiy va moddiy javobgarlikka tortadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ishlab chiqarish ekologik nazorati subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish ekologik nazoratining subyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar xoʻjalik yurituvchi subyekt nomidan ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning taʼsis hujjatlariga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari va/yoki rahbarlik qiluvchi organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomalariga, lavozim yoʻriqnomalari va boshqa ichki hujjatlarga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyekt xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan ekologik xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari va/yoki rahbarlik qiluvchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi lavozim yoʻriqnomalarini va boshqa ichki hujjatlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ekologik nazorati amalga oshirilishini va moddiy-texnik taʼminlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ekologik nazoratining boshqa subyektlari bilan xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish boʻlinmalari oʻrtasidagi nizolarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish ekologik nazorati jarayonida aniqlangan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda atrof muhit muhofazasi masalalari boʻyicha hisobotlar fuqarolar yigʻinlariga topshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.Xoʻjalik yurituvchi subyekt xodimlari, shuningdek ekologik xizmat faoliyatni mehnat shartnomalari, lavozim yoʻriqnomalari va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ishlab chiqarish ekologik nazoratining shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar ishlab chiqarish ekologik nazorati shakllari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhit holatini hamda atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa boʻlinmalari tomonidan atrof muhitga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori taʼsirni tartibga soluvchi ekologik normativlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa boʻlinmalarini nazoratdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllardan ham foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Atrof muhit holatini hamda atrof muhitning ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Atrof muhit holatini kuzatib borish xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati tabiiy muhit obyektlariga: atmosfera havosi, yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga bevosita taʼsir zonasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatish paytida obyektlarning son va sifat koʻrsatkichlari oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Atrof muhitning ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatib borish koʻzdan kechirish, shuningdek fan, texnika yutuqlari, axborot tizimlari, aloqa tarmoqlari va axborot-telekommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kuzatishning davriyligi va davomiyligi atrof muhit va uning obyektlari holatini xolisona aks ettiruvchi maʼlumotlar toʻplanishini hamda atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlar yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik choralari oʻz vaqtida koʻrilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini yuritish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Faoliyati atrof muhit ifloslanishi bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan (belgilangan) metodikalarga va davriylikka muvofiq ifloslantiruvchi manbalar boʻyicha ifloslantiruvchi moddalar amalda chiqarilishi va oqizilishini asboblar yordamida oʻlchashlari shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar ifloslantiruvchi moddalarning amaldagi chiqarilishi va oqizilishini ushbu ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilgan attestatsiyadan oʻtkazilgan laboratoriyalari kuchlari bilan mustaqil, shuningdek shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning ixtisoslashtirilgan attestatsiyadan oʻtkazilgan ekologik laboratoriyalari kuchlari bilan asboblar yordamida oʻlchashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Atrof muhitga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori taʼsirni tartibga soluvchi ekologik normativlarning belgilangan meʼyorlardan oshgan holatlari aniqlanganda xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagilarga majburdir:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu haqda zudlik bilan oʻzining yuqori turuvchi tashkilotiga va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlariga xabar qilish;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa boʻlinmalarini nazoratdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mansabdor shaxslar va vakolatli organlar xoʻjalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va boshqa boʻlinmalarida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oʻz vaqtida oldini olish, aniqlash va ular buzilgan hollarda ularga barham berish, shuningdek ulardagi atrof muhit ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi hamda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash maqsadida ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiradilar va ularni nazorat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nazorat qilish xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tegishli faoliyati bilan tezkor tanishish imkoniyatini taʼminlovchi aylanib chiqish, koʻzdan kechirish va boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qilish ichki idoraviy ekologik nazorat uchun nazarda tutilgan tartibda namunalarni olish, foto va video tasvirlar hamda hujjatlashtirishning boshqa usullari bilan birgalikda olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nazoratni amalga oshirishning davomiyligi, davriyligi va boshqa shartlari xoʻjalik yurituvchi subyektning ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nazorat qilishda xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ekologik nazoratning jamoatchilik inspektorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalarini rasmiylashtirish va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.Tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlari talablari buzilishi, shu jumladan atrof muhitga zararli taʼsirning belgilangan bunday talablar buzilishi xavfi mavjud boʻlgan hollarda davlat ekologik ekspertizasi va ekologik audit natijalari boʻyicha dalolatnoma va tavsiyalar bildirilgan maʼlumotnoma tuziladi va ular tegishli choralar koʻrish uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalari boʻyicha hisobot tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishga aralashish, ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli shaxslarga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatish, ular faoliyatiga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishlab chiqarish ekologik nazorati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish boʻyicha talablar buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xizmat toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Ekologik xizmat toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar ekologik xizmatlarining maqomini, ularni tashkil qilishga va ularning faoliyatini taʼminlashga doir asosiy talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tegishli organning, xoʻjalik yurituvchi subyektning ular faoliyatining oʻziga xos xususiyatini hisobga oluvchi ekologik xizmati toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekologik xizmat faoliyati tabiatdan foydalanish, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish va boshqa salbiy taʼsir bilan bogʻliq boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, ushbu Namunaviy nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologik xizmat – davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining korxona va tashkilotlari tizimida, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida atrof tabiiy muhit muhofazasini va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashni nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, xoʻjalik yurituvchi subyekt boshqaruv apparatining tarkibiy boʻlinmasi yoxud alohida mansabdor shaxsidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologik xizmat oʻz faoliyatida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boshqa tarkibiy boʻlinmalarining tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish faoliyatidagi vazifalarini ularning oʻrniga bajarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekologik xizmatlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Namunaviy nizomga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hujjatlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektning mahalliy hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekologik xizmat oʻz faoliyati davomida oʻz vakolatlari doirasiga kiradigan barcha masalalar boʻyicha davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organi xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga yoxud uning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish masalalariga mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ekologik xizmatning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekologik xizmatning asosiy vazifalari quyidagilarni tashkil qilish va taʼminlashdan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini taʼminlash hamda moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va koʻrilayotgan tegishli chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekologik xizmat oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hamda idoraviy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori taʼsirni tartibga soluvchi ekologik normativlarni ishlab chiqadi yoki ularni ishlab chiqishda hamda atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga doir tadbirlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda atrof muhit va tabiiy resurslar holatini kuzatish tizimining ishlashini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tasarrufidagi, shuningdek ular tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda uslubiy yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik nazoratning boshqa subyektlariga ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqishda va amalga oshirishda yordam koʻrsatish, ekologik nazorat jarayonida aniqlangan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etishni tashkillashtirishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ekologik xizmatning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekologik xizmat oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish yuzasidan idoraviy va mahalliy qonun hujjatlarini ishlab chiqish hamda xoʻjalik va davlat boshqaruvi organi, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga tasdiqlash uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy hamda ishlab chiqarish ekologik nazorati xizmatlarini hamda ularning tabiatni muhofaza qilish va resurslarni saqlash faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruv apparatining tarkibiy boʻlinmalari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tasarrufidagi yoki ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlardan ularning vakolatiga oid masalalar boʻyicha zarur hujjatlar, maʼlumotlar va boshqa materiallarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekologik xizmat ushbu Namunaviy nizom, shuningdek ekologik nazorat sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, idoraviy hujjatlar bilan oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekologik xizmatga bevosita unga yuklangan vazifalar bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlarni yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ekologik xizmat faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekologik xizmatni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rahbar boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekologik xizmat xodimlari oʻrtasida vazifalar taqsimoti mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekologik xizmat faoliyatini nazorat qilish davlat va xoʻjalik boshqaruvi organining, xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari, uning oʻrinbosari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ekologik xizmatning tuzilmasi va shtatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekologik xizmatning tuzilmasi va xodimlari soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik xizmatning tashkiliy tuzilmasi va xodimlari soni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan ushbu tarmoqda (sohada) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir ishlar hajmidan kelib chiqqan holda, mehnat qonunchiligiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekologik xizmatda ishlash uchun ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida maxsus bilimga va ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mehnatni tashkil etish va ekologik xizmat xodimlariga ish haqi toʻlash mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-oktabrdagi 286-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom

1. Ushbu Nizom ekologik audit tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish va ekologik auditni oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekologik audit — ekologik auditorlar (ekologik auditorlik tashkilotlari) tomonidan, “Ekologik ekspertiza toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, mazkur Nizom va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda atrof muhitning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi korxonalar va boshqa obyektlar (keyingi oʻrinlarda ekologik audit obyekti deb ataladi) faoliyatining mustaqil ekologik ekspertizasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar ekologik auditning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning ekologik xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning tabiatni muhofaza qilish faoliyatini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning atrof muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish yoʻllari va usullarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot tomonidan ekologik toʻlovlarning hisoblanishi va toʻlanishi toʻgʻriligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish zarurligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan xoʻjalik-ishlab chiqarish faoliyatining va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini va jihozlarni tatbiq etish zaruriyatini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekologik audit xoʻjalik va boshqa faoliyat obyekti egasining (keyingi oʻrinlarda buyurtmachi deb ataladi) qaroriga binoan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologik audit buyurtmachi mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyurtmachining ekologik audit oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori (buyrugʻi yoki farmoyishi), shuningdek buyurtmachi va ekologik auditorlik tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomalar ekologik auditni oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekologik audit oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlarda uni oʻtkazishning sabablari va davri, tashkilotning atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish boʻyicha faoliyati bilan bogʻliq savollar roʻyxati, ekologik auditni tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli sharoitlar yaratish zaruriyati, auditorlik xizmatlari uchun toʻlov miqdori va shartlari, masʼul xodimlar va boshqa masalalar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekologik auditni oʻtkazish muddati buyurtmachi va ekologik auditorlik tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada belgilangan muddatda ekologik audit obyektini toʻliq tahlildan oʻtkazish va buyurtmachiga xolisona va mufassal xulosa (hisobot) taqdim etish taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ekologik auditorlik tashkilotiga va ekologik auditorga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekologik auditni amalga oshirishga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan va shtatida uch nafardan kam boʻlmagan, ekologik auditor (keyingi oʻrinlarda ekologik auditor deb ataladi) sertifikati bor mutaxassislarga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekologiya, biologiya, kimyo sohasida oliy maʼlumotga ega boʻlgan va ekologiya hamda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida uch yildan kam boʻlmagan amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, ekologik audit boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan va ekologik auditor sertifikatini olgan jismoniy shaxs ekologik auditor boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ekologik audit boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtkazish tartibi, shuningdek ekologik auditor sertifikati namunasi va uni berish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ekologik auditni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Buyurtmachining ekologik audit obyektlarini kompleks oʻrganish ishlari ekologik auditorlik tashkilotining ekologik auditori tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shartnoma tuzilgandan soʻng ekologik auditorlik tashkiloti, zarur tadbirlarni koʻrsatgan holda, uni oʻtkazish bosqichlari koʻrsatilgan ekologik audit oʻtkazish rejasini ishlab chiqadi va buyurtmachi bilan kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buyurtmachi ekologik auditni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan quyidagi shart-sharoitlarni taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakilini tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hujjatlar va materiallarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditor ishlashi uchun (imkoniyat mavjud boʻlganda) xona ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit obyektlari, tegishli jihozlar, oʻlchash asboblari va ekologik audit obyektlari bilan bogʻliq boshqa mol-mulklardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekologik auditorlik tashkilotlari tomonidan ekologik audit doirasida quyidagilar aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektning komplekslari, sexlari, uchastkalari, agregatlari va boshqa obyektlarida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida texnik tartibga solishga doir qonun va normativ hujjatlar talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni taʼminlashga doir davlat va boshqa ekologik dasturlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitning ifloslanishiga, foydalanishga berilgan tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi va fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solishi mumkin boʻlgan vaziyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan ekologik normativlarning mavjudligi va ularning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida texnik tartibga solishga doir qonun va normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatdan va yer qaʼridan foydalanish sohasidagi ruxsatnoma hujjatlarida belgilangan meʼyorlarga, shuningdek atrof muhitga taʼsir koʻrsatishning ekologik normativlariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari va oqovalarini ifloslantiruvchi moddalardan tozalash asbob-uskuna, jihoz va inshootlarning oʻlchash asboblari mavjudligi, ularning aniq va samarali ishlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring, hisobga olish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish masalalari boʻyicha belgilangan hisobotlarning tuzilishi hamda kompensatsiya toʻlovlarining toʻlanishi boʻyicha maʼlumotlarning haqqoniyligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlari buyurtmachiga xolisona va mufassal xulosa (hisobot) taqdim etish uchun ekologik audit obyektining tabiatni muhofaza qilish faoliyatiga oid boshqa maʼlumotlarini ham oʻrganishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekologik auditorlik tashkiloti obyekt faoliyatining ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash uchun oʻlchash, namunalarni olish va tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlchash, namunalar olish va tahlil qilish ishlari ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli organlar tomonidan, belgilangan normativ va uslublarga muvofiq holda oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekologik auditorlik tashkiloti obyektning atrof muhitga taʼsirini baholashni davlat ekologik ekspertizasi uchun belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ekologik audit boʻyicha ishlarning natijalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ekologik audit natijalari boʻyicha hisobot xulosa shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ekologik audit natijalari boʻyicha xulosada quyidagilar aks ettirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit oʻtkazishning maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning tabiatni muhofaza qilish faoliyati tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning tabiatni muhofaza qilish faoliyatidagi kamchiliklari, ularning paydo boʻlish sabablari va sharoitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoida buzilishlarini bartaraf etish uchun taklif etilayotgan tadbirlar roʻyxati, shuningdek ularni bajarish sabablari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik talablarga rioya etilishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash va modernizatsiyalash boʻyicha tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan qoʻyilgan, tashkilotning atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish boʻyicha faoliyati bilan bogʻliq savollarga javoblar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ekologik audit xulosasi ikki nusxada tuziladi, ularning bir nusxasi buyurtmachiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi auditorlik tashkilotida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 41-son, 525-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; 21.08.2023-y., 09/23/402/0632-son)