30.12.2010 yildagi 151-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.12.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Senat Kengashi qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi 2.2-bandining 2.2.1-kichik bandini ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Senat Kengashi qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Harakat dasturining 8.4, 9.1, 9.2, va 9.3-bandlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi 199-I-sonli Qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 151-II-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Senat Kengashi qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Senat Kengashi qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat faoliyati boʻyicha ish rejasini tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilish amaliyotini oʻrganish, oʻrganish natijalarini Senat qoʻmitalari tomonidan koʻrib chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan Senat, Senat Kengashi qarorlari, Senat qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari (bundan buyon matnda qonun deb yuritiladi), Senat, Senat Kengashi qarorlarining va Senat qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining ijro etilishi ustidan nazorat tegishincha Senat qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Senat qoʻmitalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yagona huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash maqsadida normalari amaliyotda qoʻllanilmayotgan qonunni, shuningdek qonun hujjatlaridagi nuqsonlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonun ustuvorligini taʼminlash uchun qabul qilingan qonun osti hujjatlarining qonun normalariga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunning ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qonunning ijro etilishida yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) eng dolzarb mintaqaviy muammolarni aniqlash va ularni hal qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Senat qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan oʻtkazilgan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar, shuningdek fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha olingan axborotni amalda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining nazariy bilimlari hamda amaliy koʻnikmalari darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) jamiyatda huquqiy madaniyatni va huquqiy ongni oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Senat, Senat Kengashi qarorlari hamda Senat qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun soʻzsiz ijro etilishini, uning moddiy-protsessual normalari amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek qonunning ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat dasturlari, Senatning, Senat Kengashining qarorlari, shuningdek Senat qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan ularning nazorat faoliyati natijalari boʻyicha mamlakatni va mintaqalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) joylardagi ishlarning holatini oʻrganish natijalari boʻyicha mintaqalarning dolzarb muammolarini hal qilish uchun aniq, har tomonlama puxta takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat faoliyati boʻyicha ish rejalarini tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Senat qoʻmitalari (komissiyalari) nazorat faoliyati boʻyicha ishni oʻz rejalariga, shuningdek Senat, Senat Kengashi va Senat Raisi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat faoliyati boʻyicha ish rejalarini ishlab chiqish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish Senat Raisi yoki uning topshirigʻiga muvofiq Senat Raisining oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat faoliyati boʻyicha ish rejalari Senat Kengashi tomonidan kelgusi yilning 1-yanvarigacha tasdiqlanadi. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat faoliyati boʻyicha ish rejalarini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan Senat Kengashi qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat faoliyati boʻyicha ish rejalari mamlakat va mintaqalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, davlat dasturlari, Senatning harakat dasturlari, Senat qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan oʻtkazilgan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarning natijalari amalga oshirilishi zarurligini hisobga olgan holda, shuningdek Senat Kengashi va Senat Raisining topshiriqlari asosida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qonunning ijro etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Qonunning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi amaliyotini oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonunning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi amaliyotini oʻrganish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish tartibi Senat qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganishga tayyorgarlik Senat qoʻmitasi tomonidan qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganishni oʻtkazish rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Senat qoʻmitasi qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganishni oʻtkazish rejasini tayyorlash jarayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijro etilishi amaliyotini oʻrganish nazarda tutilayotgan qonun normalarining tahlilini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunning amal qilish doirasini hamda qonun bilan tartibga solinadigan munosabatlarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, ekspertlik va boshqa xulosalarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tegishli qonun osti va idoraviy normativ hujjatlarning dastlabki tahlilini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganishni oʻtkazish rejasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) savolnoma tuzish va uni yuborish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishchi guruh tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) joylarga chiqishning taxminiy sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish oʻtkaziladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish tamomlanadigan taxminiy sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Senat qoʻmitasi qarorining loyihasini tayyorlash muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Senat qoʻmitasi majlisini oʻtkazish tartibi va joyi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Savolnoma tuzishdan asosiy maqsad:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganishda Senat qoʻmitasi faoliyatining yoʻnalishlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonun bilan tartibga solinadigan munosabatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunning ijro etilishi bilan bogʻliq boʻlgan amaldagi holatning qonun normalariga muvofiqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qonun amal qiladigan shaxslar doirasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonun normalarini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qonun normalarini amalga oshirish mexanizmi qay darajada ishlab chiqilganligini, shu jumladan qonunni ijro etish uchun qabul qilingan qonun osti hujjatlarining mavjudligini, amaldagi qonun osti hujjatlarining qonun normalariga muvofiqligini, qonun osti hujjatlarida qonun normalarining qanchalik toʻla amalga oshirilganligini va hokazolarni aniqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Savolnomani tuzish ijro etilishi amaliyotini oʻrganish rejalashtirilgan tegishli qonun normalarini tahlil qilish natijalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Senat qoʻmitasi tomonidan tuzilgan savolnoma oldindan tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuboriladi. Savolnoma qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish rejalashtirilgan mintaqada ishlayotgan senatorlarga va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari vakillariga ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qonunning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi amaliyotini bevosita oʻrganish uchun Senat qoʻmitasi tomonidan ishchi guruh tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishchi guruh tarkibiga Senatning tegishli qoʻmitasi aʼzolari — senatorlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar, ommaviy axborot vositalarining va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, olimlar, mutaxassislar va ekspertlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Eng dolzarb mintaqaviy muammolarni aniqlash va mintaqalarni rivojlantirish masalalarini hal qilish uchun qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganishda ishchi guruh tarkibiga joylarda ishlayotgan senatorlar, shuningdek tegishli mintaqa xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Senat qoʻmitasining raisi yoki Senatning tegishli qoʻmitasi aʼzosi — senator ishchi guruh rahbari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari ishchi guruh joʻnab ketadigan sana haqida oldindan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishchi guruh rahbari ishchi guruhning har bir aʼzosi uchun ish uchastkasini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ishchi guruh aʼzolari ishchi guruh rahbari bilan kelishgan holda qonunning ijro etilishi amaliyoti oʻrganiladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organi (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) mansabdor shaxslaridan zarur materiallar va hujjatlarni, shuningdek boshqa maʼlumotlarni talab qilib olishlari mumkin. Ishchi guruhning har bir aʼzosi oʻzi amalga oshirgan ishlar haqida axborot tayyorlaydi, bu axborot keyinchalik umumiy maʼlumotnomaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishchi guruh oʻrganilishi kerak boʻlgan masalalar soniga qarab kichik guruhlarga boʻlinishi mumkin. Ishchi guruh rahbari ishchi guruh aʼzolari orasidan kichik guruh rahbarini tayinlaydi. Har bir kichik guruh oʻz ishining natijalari haqida alohida maʼlumotnoma tayyorlaydi. Kichik guruhlar tayyorlagan maʼlumotnomalar asosida umumiy maʼlumotnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ishchi guruh oʻtkazgan oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotnomada quyidagi axborot koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunni ijro etish uchun tashkilot tomonidan qabul qilingan (ishlab chiqilgan) qonun osti va idoraviy normativ hujjatlar toʻgʻrisida (agar bunday hujjatlar qabul qilinmagan boʻlsa, sababi koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashkilot tomonidan qabul qilingan (ishlab chiqilgan) qonun osti va idoraviy normativ hujjatlarning qonun normalariga muvofiqligi hamda ularda qonun normalari qanchalik toʻla amalga oshirilganligi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunchilikda qonunni ijro etishga toʻsqinlik qilayotgan ziddiyatlar va nuqsonlar mavjudligi toʻgʻrisida, shu jumladan ularni bartaraf etish uchun koʻrilgan chora-tadbirlar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni tahlil qilish natijalari haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) aniqlangan kamchiliklar haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) boshqa axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishchi guruh tomonidan tayyorlangan umumiy maʼlumotnoma ishchi guruh rahbari, ishchi guruh aʼzolari va tashkilotning tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish natijalarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish natijalarini koʻrib chiqish Senat qoʻmitasining majlisida amalga oshiriladi. Senat qoʻmitasi majlisi davomida ishchi guruh aʼzolari tomonidan tayyorlangan axborot muhokama qilinadi. Zarurat boʻlganda, qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish natijalarini koʻrib chiqish Senat qoʻmitasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashining qoʻshma majlisi — “Birlashgan sessiya”da amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Senat qoʻmitasining majlisi, agar unda qoʻmita tarkibining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish natijalari koʻrib chiqilayotganda Senat qoʻmitasining majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda, Senat qoʻmitasi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish natijalari koʻrib chiqilayotganda Senat qoʻmitasining majlisiga manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar, ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, olimlar, mutaxassislar va ekspertlar taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish natijalari koʻrib chiqilayotganda Senat qoʻmitasining majlisida ishchi guruh aʼzolari va qonunning ijro etilishi amaliyoti oʻrganilgan tashkilot rahbari hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Senat qoʻmitasi koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorni uning aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi. Senat qoʻmitasi qarori ushbu qoʻmitaning raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish natijalari boʻyicha qabul qilingan Senat qoʻmitasining qarori tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga u qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yuboriladi. Senat qoʻmitasining qarori ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Senat qoʻmitasining qarori asoslantiruvchi va qaror qiluvchi qismlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Senat qoʻmitasi qarorining asoslantiruvchi qismida qonunning ijro etilishi amaliyotini oʻrganish jarayonida aniqlangan ijobiy va salbiy jihatlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Senat qoʻmitasi qarorining qaror qiluvchi qismi quyidagilarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunning ijro etilishi yuzasidan qabul qilingan qonun osti va idoraviy normativ hujjatlarni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash haqidagi tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Senat qoʻmitasining qarori koʻrib chiqish uchun yuboriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Senat qoʻmitasining qarorida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qarorni koʻrib chiqish natijalari yoki koʻrilgan choralar toʻgʻrisida Senat qoʻmitasiga axborot taqdim etish muddatlari koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Agar Senat qoʻmitasining qarorida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qarorni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etish muddatlari koʻrsatilgan boʻlmasa, u holda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari uzogʻi bilan bir oylik muddatdan kechiktirmasdan Senat qoʻmitasiga uning qarorini koʻrib chiqish natijalari yoki koʻrilgan choralar haqida axborot berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Senat, Senat Kengashi qarorlari va Senat qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining ijro etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Senat, Senat Kengashi qarorlarining ijro etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Senatning, Senat Kengashining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga taalluqli qarori koʻrib chiqilishi va ijro etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Senat, Senat Kengashi qarorining ijro etilishini nazorat qilish, qoida tariqasida, Senat qoʻmitalaridan (komissiyalaridan) biriga (bundan buyon matnda Senatning masʼul qoʻmitasi deb yuritiladi) yuklatiladi. Senatning masʼul qoʻmitasi raisi Senat, Senat Kengashi qarorining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Senatning masʼul qoʻmitasi Senat, Senat Kengashi qarori ijro etilishining borishi haqida Senat Raisiga yilning har choragida axborot taqdim etadi, agar boshqacha qoida belgalanmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Senat, Senat Kengashi qarorining ijro etilishini nazorat qilishni tashkil qilish maqsadida Senatning masʼul qoʻmitasi Senat, Senat Kengashi qarorining ijro etilishi bilan bogʻliq boʻlgan, ijro amaliyotini oʻrganish boʻyicha savolnoma tayyorlash uchun zarur materiallar va maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Olinayotgan axborotni tahlil qilish natijalariga qarab, Senatning masʼul qoʻmitasi tomonidan Senat, Senat Kengashi qarorining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish shakli belgilanadi va ijro amaliyotini oʻrganish boʻyicha savolnoma tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Savolnoma tuzishdan maqsad Senat, Senat Kengashi qarori ijro etilishining borishi toʻgʻrisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan toʻliq axborot olishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Savolnoma tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xat bilan yuboriladi, unda ijro etish toʻgʻrisida axborot taqdim etish muddatlari aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Senatning masʼul qoʻmitasi tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan Senat, Senat Kengashi qarorining ijro etilishi natijalari boʻyicha kelayotgan axborotni umumlashtirish va tahlil qilish ishlari olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Zarurat boʻlganda, Senatning masʼul qoʻmitasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan qoʻshimcha hujjatlar, xulosalar, statistik va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan kelayotgan axborotni umumlashtirish va tahlil qilish yakunlari boʻyicha Senatning masʼul qoʻmitasi tomonidan tahliliy maʼlumotnoma tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Senat, Senat Kengashi qarori ijro etilishining borishi toʻgʻrisidagi axborot Senat Kengashida koʻrib chiqish uchun kiritiladi. Senat Kengashining majlisida Senat masʼul qoʻmitasi raisining axboroti eshitiladi, u Senat, Senat Kengashi qarori ijro etilishining borishi toʻgʻrisida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Senat, Senat Kengashi qarorining ijro etilishi toʻgʻrisidagi axborot Senatning navbatdagi yalpi majlisida ham eshitilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Senatning yalpi majlisida yoki Senat Kengashining majlisida Senat, Senat Kengashi qarorining ijro etilishi uchun masʼul boʻlgan tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axboroti eshitilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga doir Senat, Senat Kengashi qarorining ijro etilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmagan yoki axborot toʻliq taqdim etilmagan yoxud davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan Senat, Senat Kengashi qarori ijro etilmagan taqdirda Senatning masʼul qoʻmitasi Senat Kengashida koʻrib chiqish uchun parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisida yoki parlament eshituvlarini oʻtkazish tashabbusi haqida takliflar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Parlament soʻrovini yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 29-iyundagi 199-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Senat aʼzosi tomonidan parlament soʻrovini yuborish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Parlament eshituvlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 8-iyuldagi 73-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan parlament eshituvlarini tayyorlash, tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament eshituvlari oʻtkazilganida materiallar tayyorlash maqsadida parlament eshituvlarini tashkil etish uchun masʼul Senat qoʻmitasi yoki komissiyasi (qoʻmitalari yoki komissiyalari) tomonidan Senat, Senat Kengashi qarorining ijro etilishini oʻrganish joylarga chiqib amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Senat, Senat Kengashi qarorining ijro etilishini joylarga chiqib oʻrganish ushbu nizomning 11 — 26-bandlari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Oʻrganish yakunlari boʻyicha Senatning masʼul qoʻmitasi tomonidan Senat, Senat Kengashi qarori ijro etilishining borishi haqida axborot tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Senat qoʻmitasi (komissiyasi) qarorlarining ijro etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuboriladigan Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) qarorlari ular tomonidan koʻrib chiqilib, natijalari yoki koʻrilgan choralar haqida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, uzogʻi bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Senat qoʻmitasi (komissiyasi) qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qoida tariqasida, Senat qoʻmitasining (komissiyasining) raisi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Senat qoʻmitasining (komissiyasining) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti Senat Kengashining majlisida eshitilganida Senat qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan ular qabul qilgan qarorlarning ijro etilishi natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Senat qoʻmitasi (komissiyasi) qarorining ijro etilishi yoki koʻrilgan choralar haqidagi axboroti Senat qoʻmitasining (komissiyasining) majlisida muhokama qilinadi. Senat qoʻmitasi (komissiyasining) majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda, Senat qoʻmitasi (komissiyasi) yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Senat qoʻmitasining (komissiyasining) majlisida Senat qoʻmitasi (komissiyasi) qarorining ijro etilishi natijalari muhokama qilinganida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axboroti eshitiladi. Majlisga manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar, ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, olimlar, mutaxassislar va ekspertlar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Zarur boʻlganda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axboroti Senat qoʻmitasi (komissiyasi) va xalq deputatlari mahalliy Kengashining qoʻshma majlisida — “Birlashgan sessiya”da koʻrib chiqilishi va muhokama qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Senat qoʻmitasi (komissiyasi) qarorining ijro etilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etilmagan yoki toʻliq axborot taqdim etilmagan yoxud davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tegishli choralar koʻrilmagan taqdirda Senat qoʻmitasi (komissiyasi) Senat Kengashida koʻrib chiqish uchun parlament soʻrovini yuborish yoki parlament eshituvlarini oʻtkazish tashabbusi haqida takliflar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Parlament eshituvlari oʻtkazilganida materiallar tayyorlash maqsadida parlament eshituvlarini tashkil etish uchun masʼul Senat qoʻmitasi yoki komissiyasi (qoʻmitalari yoki komissiyalari) tomonidan Senat qoʻmitasi (komissiyasi) qarorining ijro etilishini oʻrganish joylarga chiqib amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Senat qoʻmitasi (komissiyasi) qarorining ijro etilishini joylarga chiqib oʻrganish ushbu nizomning 11 — 26-bandlari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Oʻrganish yakunlari boʻyicha Senat qoʻmitasi (komissiyasi) qarori ijro etilishining borishi toʻgʻrisida axborot tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Senat qoʻmitasi (komissiyasi) oʻzi qabul qilgan qarorlarda koʻrsatilgan tavsiyalar amalga oshirilishini taʼminlash uchun qarorlarni qabul qilish amaliyotini umumlashtirish boʻyicha ishni olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Qonun, Senat, Senat Kengashi qarorlari va Senat qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi ustidan Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazoratni amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatini tashkiliy, axborot, moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Senat Devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Qonun, Senat, Senat Kengashi qarorlari va Senat qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi ustidan Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazoratni amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatini taʼminlash deganda Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish, Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat faoliyati boʻyicha materiallarni umumlashtirish va tahlil qilishga, Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) majlislarini yoki ishchi guruhlar majlislarini oʻtkazishga koʻmaklashish, shuningdek Senatning, Senat Kengashining qarori yoki Senat qoʻmitasi (komissiyasi) qarorining loyihalarini tayyorlash tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Senat Devoni boʻlimlarining faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining 2010-yil 22-iyuldagi 85-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 547-modda)