11.09.2001 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Portugaliya Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkiyoqlama soliq solishni oldini olish va daromad soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Portugaliya Respublikasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish va daromad soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida Konvensiya tuzishni istab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Tatbiq etiladigan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Tatbiq etiladigan soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlat yoki uning boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyatlari nomidan undirilayotgan daromad soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumiy daromaddan yoki daromad yoxud daromadning bir qismidan, shu jumladan koʻchar va koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlardan, hamda korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki mukofotlarning umumiy miqdoridan, shuningdek kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan barcha soliqlar daromad soligʻi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiya qoʻllaniladigan amaldagi soliqlar, jumladan quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) fuqarolarning daromadlaridan olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin, “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Portugaliya Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq (Imposto sobre o Rendimento das Pessoas Singulares — IRS);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) korporativ daromadlardan olinadigan soliq (Imposto sobre o Rendimento das Pessoas Colectivas — IRC); va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) korparativ daromadlardan olinadigan soliqdan olinadigan qoʻshimcha mahalliy soliq (Derrama);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Portugaliya soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Konvensiya imzolangan sanadan soʻng undiriladigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritilgan har qanday bir xil yoki mohiyati boʻyicha oʻxshash soliqlarga nisbatan ham ushbu Konvensiya qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari oʻzlarining tegishli soliq qonunchiligiga kiritilgan barcha muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun, agar matn mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasi va geografik nuqtai nazardan qoʻllanilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻz ichiga qamrab olishini, shuningdek, hududiy suvlari, hamda tuproq osti va tabiiy resurslarni tadqiqot qilish va qazib olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi oʻz milliy qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq suveren huquqlari va yurisdiksiyasini amalga oshirishi mumkin boʻlgan har qanday hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Portugaliya” atamasi Yevropa mintaqasida joylashgan Portugaliya Respublikasini, Azor va Madeyra arxipelagini, Portugaliya Respublikasining xalqaro huquqqa va Portugaliya qonunchiligiga muvofiq, dengiz osti tabiiy resurslarini va tuproq osti va tutash suvlarini ishlab chiqishga nisbatan oʻz yurisdiksiya va suveren huquqlarni amalga oshirishga ega boʻlgan hududiy dengizni va hududiy dengizdan tashqari boʻlgan har qanday hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnga bogʻliq ravishda Oʻzbekiston va Portugaliyani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniya va shaxslarning har qanday boshqa birlashmasini oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “kompaniya” atamasi soliqqa tortish maqsadlarida korporativ birlashma sifatida qaraladigan har qanday korporativ birlashmani yoki boshqa har qanday tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “Bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” atamasi tegishlicha bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boshqaruvi ostida ish yuritayotgan korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “xalqaro tashish” atamasi bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan korxona tomonidan foydalaniladigan dengiz, havo kemalarida yoki yoʻl transporti vositalarida har qanday tashishni anglatadi, qachonki, dengiz, havo kemalari yoki yoʻl transporti vositalarining boshqa Ahdlashuvchi Davlat punktlari oʻrtasida alohida foydalanilishi bundan mustasnodir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “vakolatli idora” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qoʻmitasining Raisi yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Portugaliyaga nisbatan — Moliya vazirini, Soliqqa tortish Bosh direktori yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “milliy shaxs” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Ahdlashuvchi Davlatning fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlari boʻyicha oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxsni, shirkat, assotsiatsiyani yoki boshqa birlashmani anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlat tomonidan har qanday vaqtda qoʻllanilganda, unda belgilanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan boshqa maʼno kelib chiqmasa, u ushbu Davlat qonunchiligi boʻyicha, oʻsha paytda ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan shunday maʼnoga ega boʻladi, bunda oʻsha Davlatning tatbiq etiladigan soliq qonunlariga muvofiq har qanday maʼno oʻsha Davlatning boshqa qonunlariga muvofiq ushbu atamaning maʼnosidan ustunlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Rezident
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi, ushbu Davlatning qonunchiligi boʻyicha oʻzining turar joyi, doimiy boʻlish joyi, yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan joyi, boshqaruv joyi yoki boshqa har qanday shunga oʻxshash mezonlarga asosan ushbu Davlatda soliq toʻlovchi hisoblangan har qanday shaxsni, shuningdek shu Davlatni, uning har qanday boʻlinmasini yoki mahalliy hokimiyat idorasini qamrab oladi. Biroq atama ana shu Davlatdagi manbalardan daromad olayotgani uchun soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan har ikkalasining rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi joylashgan Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikkala Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyiga ega boʻlsa, faqat shaxsiy va iqtisodiy aloqalari chuqurroq boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar shaxsning hayotiy manfaatlar markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa, yoki Davlatlardan hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyi boʻlmasa, u odatda yashaydigan Davlatining rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) agar shaxs odatda har ikkala Davlatda yashasa yoki odatda ularning hech birida yashamasa, faqat u milliy shaxsi hisoblangan Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa yoki hech biriniki boʻlmasa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari bu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlarning har ikkalasining rezidenti boʻlsa, unda u faqat uning samarali boshqarish joyi joylashgan oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Doimiy muassasa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “doimiy muassasa” atamasi korxona faoliyatini toʻliq yoki qisman amalga oshiradigan doimiy faoliyat joyini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Doimiy muassasa” atamasi, jumladan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ofis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ustaxona; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Doimiy muassasa” atamasi, shuningdek quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilish maydonchasi, montaj yoki yigʻuv obyekti, faqat, agar ular 9 oydan koʻproq mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) korxona tomonidan ana shu maqsadlarda yollab olingan, xizmatchi yoki boshqa shaxslar orqali korxonaning xizmat koʻrsatishi, jumladan maslahatli xizmatlar koʻrsatishi, faqat qachonki, shu turdagi faoliyat (shunday yoki u bilan bogʻliq boʻlgan obyekt) mamlakat hududida 12 oylik davr mobaynida jami 9 oydan koʻproqni tashkil etuvchi davr yoki davrlar mobaynida amalga oshirilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inshoatlardan shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlarni faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasini faqat saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasini boshqa korxona tomonidan faqat qayta ishlash maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy faoliyat joyining faqat tovar yoki buyumlar sotib olish yoki ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadlari uchun ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doimiy faoliyat joyining ushbu korxona uchun faqat boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadlari yoʻlida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) doimiy faoliyat joyining (a)dan (e)gacha boʻlgan kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday uygʻunlashuvi uchungina bunday doimiy faoliyat joyining faoliyati ana shu uygʻunlashuv natijasi, tayyorgarlik hamda yordamchi tusda boʻlgan taqdirda saqlab turilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1 va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, agar ushbu moddaning 7-bandi tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatda korxonasi nomidan ish yuritsa va odatda korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda shu vakolatni amalga oshirsa, bunda bu korxona ushbu Davlatda ana shu korxona uchun ushbu shaxs tomonidan koʻrsatilgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi, agar, faqat ushbu shaxsning faoliyati 4-bandda eslatib oʻtilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolmasa, agar faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, shu bandning qoidalariga muvofiq, bu doimiy faoliyat joyidan doimiy muassasa hosil qilmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta korxonasi, qayta sugʻurta qilish hollaridan tashqari, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi, agar u ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida sugʻurta mukofotlarini yigʻsa yoki u yerda 7-bandga taalluqli boʻlgan mustaqil maqomli agentdan farq qiluvchi shaxs orqali tavakkalchiliklarni sugʻurta qilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxona Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati doirasida ish yuritishi sharti bilan Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki nazorat qilinsa yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyalarning birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadi (jumladan qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatning soliq qonunchiligiga muvofiq maʼnoga egadir. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulkchilikka taalluqli umumiy qonunchilikning qoidalari bilan huquqi belgilangan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, chorva, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligida ishlatiladigan vositalarni, koʻchmas mulk uzufruktini va minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi; dengiz kemalari, havo kemalari va yoʻl transporti vositalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki har qanday boshqa shaklda foydalanishdan olingan daromadga, shuningdek koʻchar mulkdan olingan daromadga yoki koʻchmas mulkdan olingan daromadga oʻxshagan koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlatning soliq qonunchiligi boʻyicha koʻchmas mulkdan foydalanish yoki foydalanish huquqidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlardan olingan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1 va 3-band qoidalari korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadiga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishda ishlatiladigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi, agar, faqat korxona oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, faqatgina:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) doimiy muassasa faoliyatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ana shu boshqa Davlatda doimiy muassasa orqali mollar yoki shunga oʻxshagan mahsulotlarning sotilishiga taalluqli boʻlishi mumkin boʻlgan qismigina soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasa alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib, doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi shu doimiy muassasaga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy muassasa daromadini aniqlashda, ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan, jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatda yoki har qanday boshqa yerdagi faoliyat maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foydani korxona oladigan umumiy foyda miqdorini uning turli boʻlinmalariga proporsional taqsimlash asosida aniqlash odatdagi amaliyot ekanligiga qaramay, ushbu moddaning 2-bandidagi hech bir narsa, amaliyotda taʼkidlanganidek, Ahdlashuvchi Davlatga shunday taqsimlash asosida soliq solinadigan foydani aniqlashga xalaqit bermaydi, biroq taqsimlashning tanlangan usuli shunday boʻlishi lozimki, natija ushbu moddada mavjud boʻlgan tamoyillarga muvofiq kelishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Doimiy muassasa tomonidan korxona ehtiyoji uchun tovar yoki buyumlarning xarid qilishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga taalluqli boʻlgan foyda, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar foyda, ushbu Konvensiyaning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, unda bu moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Dengiz kemalari va havo transportidan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan korxonaning xalqaro tashishlarda dengiz kemalari, havo kemalari yoki yoʻl transporti vositalaridan foydalanishdan olgan foydalari, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar tashishni amalga oshiruvchi tashkilotning rahbar idorasi dengiz kemasining sahnida joylagan boʻlsa, bunda u dengiz kemasining hisobda turgan porti joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan deb hisoblanadi, yoki, agar oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda bunday hisobda turadigan port boʻlmasa, kemaning kapitani rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari, shuningdek transport vositalaridan foydalanish asosida yoʻlda, qoʻshma faoliyat yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olinadigan foydaga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Birlashgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi, boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ayni shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa, va har qanday holatda korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mutlaqo mustaqil boʻlgan korxonalar oʻrtasida boʻladigandan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, lekin bu sharoitlar mavjudligi tufayli korxonalarning birida shunday munosabatlar natijasida toʻplangan, lekin shunday munosabatlar tufayli zarur hajmda boʻlmagan foyda ushbu korxona foydasiga tegishli tarzda qoʻshilishi va tegishli tarzda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qachonki, Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladigan foydani - shuningdek soliqlarni kiritsa, va shu tariqa kiritilgan foyda, birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga hisoblanadigan foyda boʻlsa, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan sharoit, ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi kabi boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat shu Davlatga tegishli foydadan olinadigan soliq miqdoriga zarur tuzatishlar kiritadi, qachonki, ana shu boshqa Davlat ana shu tuzatishni toʻgʻri deb qarasa. Bunday tuzatishni belgilashda ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratishi kerak va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashuvlarni boshlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Dividendlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlangan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday dividendlar, shuningdek ularni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, biroq, agar dividendlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, unda bunday tarzda olinadigan soliq miqdori, dividendlar umumiy miqdorining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu band dividendlar toʻlaydigan kompaniya foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-band qoidalariga qaramay, agar amaldagi egasi dividendlar toʻlangunga qadar 2 yillik davr mobaynida dividendlarni toʻlayotgan kompaniya hissadorlik kapitalining (umumiy kapitalining) eng kamida 30 foiziga bevosita egalik qilayotgan kompaniya boʻlsa, bunday tarzda olinadigan soliq miqdori, shunday dividendlarning 10 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Dividendlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganida, aksiyalardan yoki foydada ishtirok etish huquqini beruvchi, qarz talablari hisoblanmagan boshqa huquqlardan olinadigan foydani, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq, aksiyalardan olinadigan daromad kabi xuddi shunday soliq boshqaruviga taalluqli boʻlgan boshqa korporativ huquqlardan olinadigan daromadlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar dividendlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgani xolda, dividendlar toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda unda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan samarali ravishda bogʻliq boʻlsa, 1, 2 va 3-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda sharoitga qarab, 7 yoki 14-moddalarning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlarni soliqqa tortmasligi mumkin, qachonki dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki qachonki dividendlar toʻlanadigan xolding shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi soliqqa tortilishga duchor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Foizlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday foizlar ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda, shu Davlatning qonunlariga muvofiq ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo, agar foizlarning amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunday tarzda olinadigan soliq foizlar yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-band qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlatda vujudga keladigan foizlar, ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqdan ozod qilinadi, agar foizlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekistonda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Portugaliyada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Portugaliya Respublikasi Hukumati, boʻlinma yoki mahalliy hokimiyat idorasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Bosh depozit banki (Caixa Geral de Depositos — CGD);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Investitsiya, savdo va turizm boʻyicha Portugaliya tashkiloti (ICEP — lnvestimentos, Comercio e Turismo de Portugal).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda ipoteka taʼminotidan, va debitorlik foydasida ishtirok etishdan qatʼi nazar, va xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlaridan olinadigan daromad va obligatsiya yoki qarz majburiyatlaridan olinadigan daromad, shu jumladan ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan mukofot va yutuqlarda qatnashish huquqidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadni bildiradi. Toʻlov muddati choʻzib yuborilganligi uchun jarimalar (jarima) ushbu modda maqsadlari uchun foizlar sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda faoliyat olib borayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatan ham bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda vaziyatga qarab, ushbu Konvensiyaning 7 yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foizlar Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi, qachonki toʻlovchi ana shu Davlatning rezidenti boʻlsa. Biroq, qachonki, foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻladimi yoki yoʻqmi, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasa yoki doimiy bazaga ega boʻlib, shu tufayli foizlarni toʻlashga nisbatan qarz vujudga kelgan boʻlsa va shunday qarzlar shunday doimiy muassasa yoki doimiy bazaga toʻlanayotgan boʻlsa, bunday holda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi, yoki ular ikkalasi va qandaydir boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foizlar miqdori toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalari inobatga olingan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliq olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Royalti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq, bunday royaltilar, shuningdek ular hosil boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda va shu Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo agar royaltining haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, soliq royaltilar yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Royalti” atamasidan ushbu moddada foydalanilganda, adabiyot, sanʼat yoki fan asarlariga, shu jumladan kinofilm va filmlarga yoki radioaloqa va televideniye uchun yozuvlarga har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki modellar, sxema, kompyuter dasturlari, maxfiy formula yoki jarayonga, yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy uskuna yoki tajribaga nisbatan axborotga boʻlgan har qanday mualliflik huquqidan foydalanishi yoki foydalanish huquqi uchun olinadigan har qanday turdagi toʻlovlarni bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar royaltining haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa yoki undagi baza orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali shaxsiy xizmatlarni amalga oshirsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk amalda shunday doimiy muassasa yoki doimiy bazaga bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, 7-modda yoki 14-moddalarning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar, royalti toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, royalti shu Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq, agar, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, har qanday Davlatda royaltini toʻlash majburiyati zimmasiga tushgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlov xarajatlarini toʻlasa, bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan shu Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi bilan amalda ega shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkalasi va boshqa biron bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, foydalanish huquqiga yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori toʻlovchi va amalda shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirdagidek, ushbu moddaning qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda toʻlovning ortiqcha qismiga ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olib, har bir Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligiga muvofiq avvalgidek soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Kapitalning oʻsishidan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining 6-moddada eslatib oʻtilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlariga, ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan yoki koʻchar mulkdan olgan yoki Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida bemalol foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazaga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan olgan daromadlariga, bunga shu doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olgan daromadini ham qoʻshib, ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan korxonaning, shunday korxona tomonidan xalqaro tashishlarda foydalanadigan dengiz kemasi, havo kemasi yoki yoʻl transporti vositalarini begonalashtirishdan oladigan daromadlari, yoki shu transport vositalarini ekspluatatsiya qilish uchun foydalaniladigan koʻchar mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari, faqat ana shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan, asosan bevosita yoki bilvosita koʻchmas mulkdan tashkil topgan yoki kompaniyaning aksiyalarini, hissadorlik kapitalini begonalashtirishdan olgan daromadlari ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1, 2, 3 va 4-bandlarda sanab oʻtilmagan har qanday boshqa mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlarga faqat mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezident boʻlgan oʻsha Davlatda soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining kasb xizmatlarini koʻrsatish yoki boshqa mustaqil turdagi faoliyatlardan olgan daromadiga faqat ana shu Davlatda soliq solinadi, quyidagi hollar bundan mustasnodir, qachonki, daromad, shuningdek boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar u oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadlari uchun boshqa Davlatda uning uchun muntazam qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa, bunday holda uning daromadi ana shu boshqa Davlatda faqatgina ana shu doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina soliqqa tortilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlib turishi tegishli moliya yilida boshlanayotgan yoki tugayotgan. har qanday oʻn ikki oylik davrda mobaynida jami 183 kundan oshadigan davr yoki davrlarni tashkil etsa; bunday holda uning daromadi uning faoliyati ushbu boshqa Davlatda amalga oshirilgan qismigagina soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kasb xizmatlari” iborasi, asosan mustaqil ilmiy, adabiy, artistlik, maʼrifiy yoki oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek, shifokorlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgaltyerlarning mustaqil faoliyatini ham qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Yollanma shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyaning 16, 18, 19, 20 va 21-moddalari qoidalariga muvofiq, Davlat rezidentining yollanma ish boʻyicha oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlariga, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat mana shu Davlatda soliq solinadi. Agar yollanma ish shu tariqa bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlariga ana shu boshqa Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma ish boʻyicha oladigan taqdirlash haqlariga faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliq solinadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oluvchi, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday 12 oylik davr doirasida, jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib tursa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdirlash haqlari boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlansa, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) taqdirlash haqlari boʻyicha xarajatlarni yollovchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning avvalgi bandlari qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan korxona tomonidan xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz, havo kemalari bortida yoki yoʻl transporti vositalarida amalga oshiriladigan yollash boʻyicha ishga nisbatan oladigan taqdirlash haqlari, ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaning direktorlar Kengashi yoki kuzatuvchi Kengash yoki kompaniyaning shunga oʻxshash idorasining aʼzosi sifatida oladigan direktorlar gonorarlari va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay bir Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda teatr, kino, radio yoki televideniya artisti, yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida, yoki sportchi sifatida uning shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilsa, 7, 14 va 15-moddalar qoidalariga qaramay, ushbu daromadga sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliq solinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1 va 2-band qoidalari, agar Davlatga boʻlgan tashrif toʻlaligicha Davlatlarning biri yoki har ikkalasining jamoat jamgʻarmalari yoki ularning mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlansa, sanʼat xodimlari yoki sportchilar tomonidan ushbu Davlatda amalga oshiriladigan faoliyatidan olinadigan daromadga taalluqli boʻlmaydi. Bunday holatda daromad ushbu sanʼat xodimi yoki sportchi rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Pensiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-moddaning 2-bandi qoidalariga muvofiq Davlatning rezidentiga yollash boʻyicha avvalgi ish munosabati bilan toʻlanadigan pensiya va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Hukumat xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) Bir Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat idorasi tomonidan ana shu Davlatga yoki boʻlinma yoki mahalliy hokimiyat idorasiga koʻrsatgan xizmatiga nisbatan har qanday jismoniy shaxsga toʻlanadigan pensiyadan boshqa, ish haqi, maosh va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq bunday maosh, ish haqi va boshqa shunga oʻxshash taqdirlash haqlari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar xizmatlar ana shu Davlatda koʻrsatilayotgan boʻlsa va jismoniy shaxs shu Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ana shu Davlatning fuqarosi boʻlsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) faqat shu xizmatni amalga oshirish maqsadida shu Davlat rezidenti boʻlmagan boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. a) Davlat yoki uning boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyat idorasi yoki ular tomonidan tashkil etilgan fondlar tomonidan yoki undan tashqari har qanday jismoniy shaxsga ana shu Davlatga yoki va uning siyosiy yoki maʼmuriy-hududiy yoxud mahalliy hokimiyat idoralariga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan toʻlanadigan har qanday pensiya faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) biroq, bunday pensiya faqat ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi agar jismoniy shaxs ana shu Davlatning rezidenti va fuqarosi boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 15, 16, 17 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning boʻlinmasi, yoxud mahalliy hokimiyat idorasi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan maosh, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Studentlar va amaliyotchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlardan biriga kelgunga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqat oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadlaridagina yashab turgan student yoki amaliyotchining yashash, oʻqish va maʼlumot olish uchun moʻljallanib oladigan toʻlovlariga mana shu Davlatda, agarda bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlsa, soliq solinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Professorlar, oʻqituvchilar va tadqiqotchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlatga Davlatning oʻzi tomonidan, uning boʻlinmasi yoki mahalliy hokimiyati tomonidan tan olingan universitet, kolledj, maktab, ilmiy tadqiqot institutida yoki shunga oʻxshash muassasalarda, boʻlinmalarda yoki mahalliy hokimiyat idoralarida oʻqitish yoki ilmiy tadqiqot maqsadlari uchun vaqtinchalik tashrif bilan kelgan, va shunday tashrifdan oldin boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan yoki boʻlib turgan professor, oʻqituvchi yoki ilmiy xodim birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda ikki yildan oshmaydigan davrda shunday oʻqitish yoki ilmiy tadqiqot faoliyati uchun oladigan taqdirlash haqlari yuzasidan, agar bu daromad chetdan olingan boʻlsa, soliqdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu modda tadqiqot faoliyatidan olinadigan daromadga tatbiq etilmaydi, agar ana shunday faoliyat jamoat manfaati yoʻlida emas, balki birinchi navbatda muʼayyan shaxs yoki shaxslarning xususiy foydasi uchun olib borilayotgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Konvensiyaning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromad turlariga, daromadlarning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Davlatda soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band qoidalari 6-moddaning 2-bandida aniqlangan koʻchmas mulkdan olingan daromad deb hisoblanmaydigan daromadga nisbatan, agarda bunday daromadni oluvchi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki u yerda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, qoʻllanilmaydi. Bu holatda, vaziyatga qarab ushbu Konvensiyaning 7 yoki 14-moddalari qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ikkiyoqlama soliq solishni bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qachonki, Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq daromad olayotgan boʻlib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlsa, birinchi eslatib oʻtilgan Davlat ushbu rezidentning daromad soligʻidan ana shu boshqa Davlatda toʻlangan daromad soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday chegirmalar, biroq, bunday holatda ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadga taalluqli boʻlgan chegirmani hisoblab chiqilgan daromad soligʻi qismidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qachonki, ushbu Konvensiyaning qandaydir qoidasiga muvofiq, Davlat rezidenti tomonidan olingan daromad ana shu Davlatda soliqdan ozod etilsa, bu Davlat shu rezidentning daromadi miqdorini hisoblashda daromadga soliq solishdan chiqarib tashlangan miqdorni hisobga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-bandda eslatib oʻtilgan va Ahdlashuvchi Davlatda toʻlangan soliq, chegaralangan vaqt davri mobaynida ana shu Davlatning qonunchiligiga muvofiq iqtisodiy hamkorlikka koʻmak berish maqsadida berilgan soliq chegirmalari, ozod etish yoki boshqa soliq imtiyozlari boʻlmagan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan soliq ushbu Konvensiyaga muvofiq toʻlanadigan soliq deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning qoidalari faqat ushbu Konvensiyaning amal qilish vaqtining, birinchi yetti yillik davrda, 7 va 10-moddalarda koʻrsatilgan daromadlarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Kamsitmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining milliy shaxslari, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, ana shu boshqa Davlat fuqarolarini ayni bir xil sharoitlarda, xususan yashash joyiga nisbatan solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgandan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliq solishdan koʻra mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, shuningdek bir yoki har ikkala Davlatning rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasiga soliq solish ushbu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi ana shu boshqa Davlat korxonalariga soliq solishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Ushbu qoida bir Ahdlashuvchi Davlatni boshqa Davlat rezidentiga soliq solish maqsadlarida oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik mavqeyi yoki oilaviy majburiyatlari asosida beradigan har qanday shaxsiy imtiyozlari, ozod qilish va chegirmalar berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 7-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoʻllaniladigan hollardan tashqari, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga bunday korxonaning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlash maqsadida toʻlaydigan foizlar, royaltilar va boshqa toʻlovlari, agar bunday toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlanganida qoʻllaniladigan shunday shartlar kabi chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining kapitali toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlsa, yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinsa, birinchi eslatilgan Davlatda, birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinayotgan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq yoki unga aloqador holatlar, boshqa yoki soliq solishdan koʻra mushkulroq holatlarga duchor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu modda qoidalari 2-modda qoidalariga qaramay, har qanday turdagi soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Oʻzaro kelishuv protseduralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar shaxs Davlatlardan biri yoki har ikkalasining harakati unga ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliq solishiga olib keladi yoki olib kelishi mumkin deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga, yoki agarda uning holati ushbu Konvensiyaning 24-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Konvensiya qoidalariga nomuvofiq soliq solinishiga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab ikki yil mobaynida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiyaga muvofiq kelmaydigan soliq solinishini oldini olish maqsadlarida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlarning milliy qonunlarida har qanday vaqt cheklashlariga qaramay bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik yoki ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal qilishga harakat qiladilar. Ular Konvensiyada nazarda tutilmagan holatlarda ham ikki tomonlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadlarida bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bir-birlari bilan bevosita aloqada boʻlib turishlari mumkin, jumladan avvalgi bandlarning maʼnolarida kelishuvga erishish maqsadida ularning oʻzlaridan yoki ularning vakillaridan tashkil topgan qoʻshma komissiya majlisi doirasidagi aloqalardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Axborot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli idoralari ushbu Konvensiya qoidalarining qoʻllanishi uchun ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan Ahdlashuvchi Davlatlarning soliqlarga tegishli ichki qonunchiligini, ushbu qonunchilikdan ushbu Konvensiyaga zid kelmaydigan darajada foydalanish uchun zarur axborotlarni almashib turadilar. Axborot almashish 1-modda bilan cheklanmaydi. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan olinayotgan har qanday axborot, ushbu Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq olingan axborot kabi maxfiy hisoblanadi hamda faqat aniqlash, undirish, majburiy undirish, sud orqali taʼqib etish bilan bogʻliq yoki Konvensiya taalluqli boʻlgan soliqlarga nisbatan appelatsiyalarni koʻrib chiquvchi shaxslar va idoralargagina, (sudlar va maʼmuriy idoralarga ham) ochiladi. Bu shaxslar yoki idoralar axborotdan faqat shunday maqsadlarda foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hech qanday holatda ham ushbu moddaning 1-band qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlar zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklovchi qoidalar sifatida talqin qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatlar qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid maʼmuriy choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga koʻra yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb siri yoki savdo jarayonini oshkor qiladigan axborotni yoki davlat siyosatiga zid (jamoat tartibiga) keluvchi axborotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Diplomatik vakolatxona xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxona xodimlari va konsullik muassasalari xizmatchilarining xalqaro huquqning umumiy normalariga yoki maxsus bitim qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning har biri ularning qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan, ushbu Konvensiyaning kuchga kiritish protseduralarining tugaganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya 1-bandda eslatib oʻtilgan oxirgi ana shunday xabarnoma berilgan kundan boshlab kuchga kiradi va uning qoidalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekistonda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ushbu Konvensiya kuchga kiradigan yildan keyin keladigan shunday taqvimiy yilning birinchi yanvaridan va shu sanadan keyin daromad manbalaridan olinadigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ushbu Konvensiya kuchga kiradigan yildan keyin keladigan shunday taqvimiy yilning birinchi yanvaridan va shu sanadan keyin butun soliq davrlari mobaynida daromaddan olingan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Portugaliyada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ushbu Konvensiya kuchga kiradigan yildan keyin keladigan shunday taqvimiy yilning birinchi yanvaridan va shu sanadan keyin ularning paydo boʻlishiga amalda sabab boʻlgan manbadan olinadigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ushbu Konvensiya kuchga kiradigan yildan keyin keladigan shunday taqvimiy yilning birinchi yanvaridan va shu sanadan keyingi moliya yilida paydo boʻlgan daromadga taalluqli boʻlgan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan uning amal qilishini toʻxtatmaguncha oʻz kuchida qoladi. Ahdlashuvchi Davlatlardan har biri diplomatik kanallar orqali amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabar berish yoʻli bilan Konvensiya kuchga kirgan kundan keyin besh yil oʻtgach boshlanadigan har qanday taqvimiy yilning tugashidan olti oy oldin Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Bunday holda Konvensiyaning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekistonda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan shunday taqvimiy yilning birinchi yanvaridan va shu sanadan keyin olingan daromad manbalaridan olinadigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan shunday taqvimiy yilning birinchi yanvaridan va shu sanadan keyin butun soliq davrlari mobaynida daromaddan olingan boshqa soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Portugaliyada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan shunday taqvimiy yilning birinchi yanvaridan va shu sanadan keyin ularning paydo boʻlishiga amalda sabab boʻlgan manbadan olinadigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan shunday taqvimiy yilning birinchi yanvaridan va shu sanadan keyingi moliya yilida paydo boʻlgan daromadga taalluqli boʻlgan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2001-yil 11-sentabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, portugal va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda har qanday kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAYoNNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Portugaliya Respublikasi oʻrtasida ikki yoqlama soliqqa tortishni oldini olish va daromad soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni bartaraf etish toʻgʻrisidagi Konvensiyani imzolash chogʻida quyida imzo chekuvchilar mazkur qoidalarni Konvensiyaning tarkibiy qismi ekanligiga ahdlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-moddaning 1-bandi, 4-moddaning 1-bandi, 17-moddaning 3-bandi, 19-moddaning 1 (a), 2 (a) va 3-bandlari, 21-moddaning 1-bandiga sharhlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portugaliyaga nisbatan “boʻlinma” atamasi siyosiy yoki maʼmuriy boʻlinmalarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 7-moddaning 3-bandiga sharhlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy muassasa foydasini aniqlashda agar ular umuman olganda mavjud boʻlsa, doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning boshqa ofislariga royalti, gonorarlar yoki patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun, yoki koʻrsatilgan muayyan xizmatlar uchun yoki menedjmentlik uchun komission taqdirlash haqlari koʻrinishidagi shunga oʻxshash boshqa toʻlovlarga, bank tashkilotlari bundan mustasnodir, doimiy muassasaga qarzga berilgan pul summalari uchun foizlar tarzidagi summalarga nisbatan (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) chegirmalarga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu tarzda, doimiy muassasa foydasini aniqlashda (haqiqiy xarajatlarni qoplashdan tashqari) doimiy muassasa tomonidan yoki uning boshqa har qanday ofislaridan tashkilotning bosh ofisiga royalti, gonorarlar yoki patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik uchun, yoki koʻrsatilgan muayyan xizmatlar uchun, yoki menedjmentlik uchun komission taqdirlash haqlari koʻrinishidagi shunga oʻxshash boshqa toʻlovlarga, bank tashkilotlari bundan mustasnodir, doimiy muassasaga yoki uning har qanday boshqa ofislariga qarzga berilgan pul summalari uchun foizlar tarzidagi summalar eʼtiborga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 10-moddaning 4-bandiga sharhlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portugaliyaga nisbatan “dividendlar” atamasi foydada ishtirok etish qoidalariga binoan koʻchiriladigan foydalarni (associacao em participacao) ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 10, 11 va 12-moddalarga sharhlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar 10, 11 va 12-moddalar daromad vujudga keladigan har bir Davlatdagi soliqqa tortishni nazarda tutgan boʻlsa, har bir Davlat soliq toʻlovchilarga, ana shu moddalar nazarda tutgan dov boʻyicha soliqlardan chegirma asosida daromad olish imkoniyatini beruvchi protseduralar oʻrnatishga harakat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tarzda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Bayonnomani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2001-yil 11-sentabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, portugal va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda kelishmovchiliklar kelib chiqqan holda, asos uchun ingliz tilidagi matn qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)