18.02.2002 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkiyoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad hamda kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni oldini olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad hamda kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishni oldini olish toʻgʻrisida Konvensiya tuzishni istab, shuningdek ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
QOʻLLASh DOIRASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki har ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
KONVENSIYA TATBIQ ETILADIGAN SOLIQLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlar yoki ularning mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan daromad va kapital soliqlariga, ularning undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daromad va kapital soliqlariga umumiy daromaddan, umumiy kapitaldan yoxud daromad yoki kapitalning bir qismidan, shu jumladan, koʻchar va koʻchmas mulkni begonalashtirishdan olingan daromadlardan, shuningdek kapital qiymatining oʻsishidan olingan daromadlardan undiriladigan soliqlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan amaldagi soliqlar, xususan quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) jismoniy shaxslarning daromad soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Litvaga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yuridik shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (juridiniu asmenu peino mokestis);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (fisiniu asmenu pajamu mokestus);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) koʻchmas mulkdan olinadigan soliq (nekilnojamajo turto mokestis);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iv) davlat kapitalidan foydalanadigan korxonalardan olinadigan soliq (palukanos uz valstubinio kapitalo naudojima);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Litva soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Konvensiya u imzolangan sanadan soʻng undiriladigan soliqlarga qoʻshimcha yoki mavjudlari oʻrniga kiritiladigan har qanday bir xil yoki mohiyatan oʻxshash soliqlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzlarining tegishli qonunchiliklariga kiritilgan har qanday oʻzgartishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
UMUMIY TAʼRIFLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlarida, agar matn mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini anglatadi va jugʻrofiy maʼnoda ishlatilganda Oʻzbekiston Respublikasi hududini, jumladan hududiy suvlari hamda osmon kengliklari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro huquqqa muvofiq oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasini, shu jumladan yer osti boyliklaridan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini amalga oshirishi mumkin boʻlgan hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Litva” atamasi Litva Respublikasini anglatadi va jugʻrofiy maʼnoda ishlatilganda Litva Respublikasi hududini hamda Litva Respublikasining hududiy suvlariga tutashgan har qanday hudud doirasida Litva Respublikasi qonunchiligiga muvofiq va xalqaro huquqqa binoan dengiz tubi va uning yer osti va tabiiy resurslariga nisbatan Litva huquqi amalga oshirilishi mumkin boʻlgan hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “bir Ahdlashuvchi Davlat” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matnga bogʻliq ravishda Oʻzbekiston yoki Litvani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniya va shaxslarning boshqa har qanday uyushmasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “kompaniya” atamasi har qanday korporativ birlashmani yoki soliqqa tortish maqsadlarida korporativ birlashma sifatida qaraladigan har qanday tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi” atamalari tegishlicha bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostidagi korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostidagi korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemasida har qanday tashishni anglatadi, dengiz yoki havo kemasidan faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan punktlar oʻrtasida foydalanilishi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “vakolatli organ” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Oʻzbekistonga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisini yoki uning vakolatli vakilini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Litvaga nisbatan — Moliya vazirini yoki uning vakolatli vakilini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “milliy shaxs” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunlariga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxs, shirkat, assotsiatsiya va har qanday boshqa tuzilmani anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konvensiya Ahdlashuvchi Davlat tomonidan har qanday vaqtda qoʻllanganida unda belgilanmagan har qanday atama, agar matn mazmunidan boshqacha maʼno kelib chiqmasa, u ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlarga nisbatan ana shu davrda ushbu Davlat qonunchiligi boʻyicha ega boʻlgan maʼnoni anglatadi, ana shu Davlat soliq qonunchiligiga muvofiq belgilangan har qanday maʼno ana shu Davlatning boshqa huquq sohalarida shu atama uchun berilgan maʼnodan ustunlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
REZIDENT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi ushbu Konvensiya maqsadlarida shu Davlat qonunchiligi boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy boʻlish joyi, boshqaruv joyi yoki har qanday boshqa shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi. Biroq, bu atama ushbu Davlatda faqat shu Davlatda joylashgan manbalardan yoki unda joylashgan mulkdan daromad olayotgani uchun soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs har ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u qaysi Davlatda oʻzi uchun toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyiga ega boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikkala Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari yaqinroq boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning hayotiy manfaatlar markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa, yoki Davlatlardan hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyiga ega boʻlmasa, u odatda yashaydigan Davlatining rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) agar shaxs odatda har ikkala Davlatda yashasa yoki odatda ularning hech birida yashamasa, u qaysi Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, yoki ulardan hech biriniki boʻlmasa, bunda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq shaxs, jismoniy shaxsdan tashqari, ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu masalani oʻzaro kelishuv yoʻli bilan hal etishga harakat qiladilar va bunday shaxsga nisbatan ushbu Konvensiyani qoʻllash usulini belgilaydilar. Bunday kelishuv boʻlmaganida esa, bu shaxsga ushbu Konvensiya imtiyozlaridan foydalanish maqsadlarida istalgan Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
DOIMIY MUASSASA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlarida “doimiy muassasa” atamasi korxonaning toʻliq yoki qisman tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Doimiy muassasa” atamasi, jumladan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ofis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ustaxona; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻini, karyer yoki tabiiy resurslarni qazib oladigan har qanday boshqa joyni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qurilish maydonchasi, qurilish, montaj, yigʻuv obyekti doimiy muassasa hisoblanadi, faqat shunday holdaki, agar shunday maydoncha, obyekt yoki faoliyatning davomiyligi 12 oydan koʻproq davom etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilmalardan shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlarni saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasini saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadlaridagina ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasini boshqa korxona tomonidan faqat qayta ishlov berilishi maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy faoliyat joyining faqat tovar yoki buyumlar sotib olish yoki ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doimiy faoliyat joyining korxona manfatlari yoʻlida tayyorgarlik yoki yordamchi mazmundagi har qanday boshqa faoliyatning amalga oshirish maqsadlarida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) doimiy faoliyat joyining (a) — (e) kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday kombinatsiyalashuvi uchungina bunday faoliyat joyining faoliyati ana shu kombinatsiyalashuv natijasi va tayyorgarlik hamda yordamchi tusda boʻlgan taqdirda saqlab turilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1 va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, 6-band tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatda korxona nomidan ish yuritsa va korxona nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa hamda odatda shu vakolatni amalga oshirsa, bunda bu korxona ana shu Davlatda ana shu korxona uchun ushbu shaxs tomonidan koʻrsatilgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega, deb hisoblanadi, faqat ushbu shaxsning faoliyati 4-bandda eslatib oʻtilgan faoliyat turlari bilan cheklanib qolmasa, agar faoliyat doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, shu bandning qoidalariga binoan bu doimiy faoliyat joyidan doimiy muassasa hosil qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki boshqa har qanday mustaqil maqomli agent orqali ana shu Davlatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, korxona, bu shaxslar oʻzlarining odatdagi faoliyati doirasida harakat qilishlari sharti asosida doimiy muassasaga ega, deb qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan kompaniyani nazorat qilsa yoki nazorat qilinsa yoxud ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) amalga oshirayotgan boʻlsa, bu hol oʻz-oʻzidan bu kompaniyalardan hech birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
KOʻChMAS MULKDAN OLINADIGAN DAROMAD
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlatlardan birining rezidenti tomonidan boshqa Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan (jumladan, qishloq yoki oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) oladigan daromadi ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiyada “koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan oʻsha Davlat qonunchiligi boʻyicha belgilangan maʼnoga egadir. Ushbu Konvensiyaning koʻchmas mulk bilan bogʻliq boʻlgan qoidalari huquqi yer ustidagi mulkchilikka taalluqli umumiy qonunchilikning qoidalari bilan belgilangan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan chorva, qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga tegishli vositalari tarzidagi mulkni, har qanday tanlov huquqi yoki koʻchmas mulkka ega boʻlishning shunday huquqini, koʻchmas mulk uzufruktini va minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslarning qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi. Dengiz va havo kemalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki har qanday boshqa shaklda foydalanishdan olingan daromadga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar kompaniyada aksiya yoki boshqa korporativ huquqlarga ega boʻlgan shaxsga ana shu aksiya yoki korporativ huquqlar kompaniyaga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkka egalik qilish huquqini bersa, shunday huquqlardan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki har qanday shaklda foydalanishdan olingan daromad koʻchmas mulk joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1, 3 va 4-band qoidalari, shuningdek korxonaning koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga ham qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDAN OLINADIGAN DAROMADLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar korxona oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, bir Davlat korxonasining daromadi yoki foydasi faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning daromadi yoki foydasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo, faqat ana shu doimiy muassasa faoliyatiga tegishli boʻlgan qismigina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga hisoblanadigan foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda ana shu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan xarajatlarni, jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatda hamda uning hududidan tashqarida sarflangan boshqaruv va umum maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan sarflangan, chegirib tashlanishiga ruxsat berilgan xarajatlar faqatgina ana shu Davlatning ichki qonunchiligiga muvofiq chegiriladigan xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foydani korxona oladigan umumiy foyda miqdorini uning turli boʻlinmalariga proporsional taqsimlash asosida aniqlash odatdagi amaliyot ekanligiga qaramay, 2-banddagi hech bir narsa, odatda qabul qilinganidek, bu Davlatga shunday taqsimlash asosida soliqqa tortiladigan foydani aniqlashga xalaqit bermaydi; biroq taqsimlashning tanlangan usuli shunday boʻlishi lozimki, natija ushbu moddada mavjud boʻlgan tamoyillarga muvofiq kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Doimiy muassasa tomonidan korxona uchun tovar yoki buyumlarning xarid qilishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avvalgi bandlar maqsadlarida doimiy muassasaga taalluqli boʻlgan foyda, agar uni oʻzgartirish uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar daromad yoki foyda, ushbu Konvensiyaning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, mazkur moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
XALQARO TRANSPORT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining xalqaro tashishlarda dengiz va havo kemalaridan foydalanish natijasida olgan foydalari faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band qoidalari pulda, qoʻshma faoliyatda yoki xalqaro tashkilotda transport vositalarini foydalanish boʻyicha ishtirok etishdan olgan foydalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
BIRLAShGAN KORXONALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoxud bilvosita qatnashsa, yoinki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻsha shaxslar Davlatlardan birining korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoxud kapitalida bevosita yoinki bilvosita qatnashsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
va har qanday holatda ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida yaratiladigandan farqli oʻlaroq sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, unda ulardan biriga hisoblanishi mumkin boʻlgan, ammo shunday sharoitlar natijasida unga hisoblanmagan har qanday foyda ana shu korxonaning foydasiga hisoblanishi va muvofiq ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qachonki, Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilgan foydani kiritsa - tegishli ravishda soliqqa tortsa va shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganda hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat foydadan oʻzida olingan soliq miqdoriga tegishli zarur tuzatishlarni shu boshqa Davlat soliq qonunchiligiga asosan kiritadi. Bunday tuzatishlarni aniqlashda ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtibor qaratish kerak, zarur boʻlsa, Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oʻzaro maslahatlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
DIVIDENDLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday dividendlar, shuningdek dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda, ana shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, agar dividendlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, unda shu tarzda olingan soliqning miqdori dividendlar umumiy miqdorining 10 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasini soliqqa tortilishiga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Dividendlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanganida, aksiyalardan yoki qarz talablari hisoblanmagan, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi boshqa huquqlardan olinadigan daromadni, shuningdek foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq aksiyalardan olinadigan daromad kabi xuddi shunday soliqlar orqali tartibga solinadigan boshqa korporativ huquqlardan olinadigan daromadni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan holda, ana shu dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni u yerda joylashgan doimiy bazadan koʻrsatsa va dividendlar toʻlanadigan xolding aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-band qoidalari qoʻllanmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlardan soliq olmasligi mumkin, bunda dividendlar ana shu boshqa Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki dividendlar toʻlanadigan xolding shu boshqa Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek hatto kompaniyaning toʻlanayotgan dividendlari yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan soliqlar olinmaydi,.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
FOIZLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bunday foizlar, shuningdek ular hosil boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda, shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, ammo foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar toʻlovchi bilan foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasidagi, yoki ular ikkalasi va har qanday boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foizlar miqdori toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bunday holda, toʻlovning ortiqcha qismidan ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
ROYALTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq bu royaltilar, shuningdek ular hosil boʻladigan Ahdlashuvchi Davlatda, ana shu Davlatning qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, ammo, agar royaltilarning amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, bunday holda, shunday tarzda undiriladigan soliq royaltilar umumiy qiymatining 10 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Royalti” iborasi ushbu moddada qoʻllanganida har qanday adabiy, sanʼat va ilmiy asarlarini, shu jumladan hamda radio va televideniye uchun kinofilmlar hamda yozuvlar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki modellar, reja, maxfiy formula yoki jarayonlar uchun mualliflik huquqidan foydalanganlik yoki shu huquqdan foydalanish huquqi uchun, yoki sanoat, tijorat, ilmiy asbob-uskunalardan foydalanish huquqidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga mansub axborot uchun mukofot tarzida olinadigan har qanday koʻrinishdagi toʻlovlarni bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar royaltilarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa, 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, royalti shu Davlatda hosil boʻlgan deb, hisoblanadi. Biroq, qachonki, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Davlatda royaltini toʻlash kelib chiqishi bilan bogʻliq majburiyati boʻlgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa va bu doimiy muassasa yoki baza shu royaltilarni toʻlashni amalga oshirsa, bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi bilan royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi yoki ularning ikkalasi va boshqa biron bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanish huquqiga yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori toʻlovchi va shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllanadi. Bunday holda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olib, har bir Davlat qonunchiligiga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
KAPITAL QIYMATINING OʻSIShIDAN OLINADIGAN DAROMADLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining 6-moddada koʻrsatilgan va boshqa Davlatda joylashgan koʻchmas mulkini begonalashtirishdan oladigan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Davlat korxonasining boshqa Davlatdagi doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni begonalashtirishdan olgan yoki bir Davlat rezidentining boshqa Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazasiga taalluqli koʻchar mulkni begonalashtirishdan olgan daromadlari, jumladan ana shunday doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani begonalashtirishdan olgan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda shunday korxona tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalarini yoki bunday dengiz yoki havo kemalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkni begonalashtirishdan oladigan daromadlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1, 2 va 3-bandlarda sanab oʻtilmagan har qanday boshqa mulkni begonalashtirishdan olinadigan daromadlar faqat mulkni begonalashtiruvchi shaxs rezident boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
MUSTAQIL ShAXSIY XIZMATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining kasb xizmatlarini koʻrsatishdan yoki boshqa mustaqil turdagi faoliyatlardan olgan daromadi faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi, toki u oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam qulay boʻlgan doimiy muassasaga ega boʻlmasa. Agar u shunday doimiy muassasaga ega boʻlsa, daromadning faqat ana shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismigina boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin. Agar Davlatning rezidenti boʻlgan jismoniy shaxs ana shunday doimiy muassasaga ega boʻlmasa, lekin u boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan moliyaviy yilda boshlanayotgan yoki tugayotgan har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshadigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib tursa, u boshqa Davlatda unga muntazam qulay boʻlgan doimiy muassassaga ega boʻladi va boshqa Davlatda amalga oshiriladigan yuqorida eslatib oʻtilgan faoliyatdan olinadigan daromad doimiy muassasaga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan, mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, sanʼat, maʼrifiy va oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek vrachlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va buxgaltyerlarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
YoLLANMA ShAXSIY XIZMATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 16, 18 va 19-moddalarning qoidalarini inobatga olgan holda, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining yollanma xizmat uchun oladigan maoshi, ish xaqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar yollash boʻyicha xizmat boshqa Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar yollanma ish boʻyicha xizmat shunday amalga oshiriladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlariga ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma xizmat uchun oladigan taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda istalgan koʻrib chiqilayotgan taqvimiy yilda boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib tursa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdirlash haqlari boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi tomonidan yoki yollovchi nomidan toʻlanadigan boʻlsa; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) taqdirlash haqlari boʻyicha xarajatlarni yollovchi boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning yuqoridagi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalari bortida amalga oshiriladigan yollash boʻyicha ish uchun olinadigan taqdirlash haqlari ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
DIREKTORLARNING GONORARLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniyaning direktorlar Kengashi yoki kompaniyaning boshqa shunga oʻxshash har qanday organining aʼzosi sifatida oladigan direktorlar gonorarlari va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
SANʼAT XODIMLARI VA SPORTChILAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatidan oladigan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qachonki, sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilgan holatda, bu daromad 7, 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar ana shu Davlatga boʻlgan tashrif toʻlaligicha boshqa Ahdlashuvchi Davlatning jamoat jamgʻarmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan mablagʻ bilan taʼminlansa, 1 va 2-bandlarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlatda sanʼat xodimi yoki sportchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan daromadlarga taalluqli boʻlmaydi. Bunday hollarda daromad sanʼat xodimi yoki sportchi rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
NAFAQALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-moddaning 2-bandi qoidalarini hisobga olib, Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga avvalgi yollash boʻyicha toʻlanadigan nafaqa va boshqa shunga oʻxshash taqdirlash haqlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
HUKUMAT XIZMATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organlari tomonidan shu Davlatga yoki uning mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatgan xizmatlariga nisbatan jismoniy shaxsga toʻlanadigan nafaqadan tashqari, ish haqi, maosh va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Bunday ish haqi, maosh va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari faqat ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin, agar xizmatlar ana shu Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ana shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) faqat xizmat koʻrsatish uchungina shu Davlatning rezidenti boʻlgan boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari, yoki ular tomonidan tuzilgan jamgʻarmalar tomonidan jismoniy shaxsga shu Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organi uchun amalga oshirgan xizmatlariga nisbatan toʻlanadigan har qanday nafaqa faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq, bunday nafaqa faqat boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, agar jismoniy shaxs shu Davlatning rezidenti va milliy shaxsi boʻlsa, bunday nafaqa faqat ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 15, 16 va 18-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat yoki uning mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilgan tadbirkorlik faoliyati munosabati bilan koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan maosh, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari va nafaqalarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
TALABALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlardan biriga kelgunga qadar bevosita boshqa Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqatgina oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan talaba yoki stajorning yashashi, oʻqishi va maʼlumot olishi uchun moʻljallangan toʻlovlar, agarda bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlgan taqdirda ana shu Davlatda soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
XORIJDA AMALGA OShIRILADIGAN FAOLIYAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu modda qoidalari ushbu Konvensiyaning 4-dan 20-gacha boʻlgan moddalarning qoidalaridan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan va xorijda boshqa Ahdlashuvchi Davlatda shu boshqa Davlatda joylashgan dengiz tubi va yer osti va ularning tabiiy resurslari tekshirishi va qayta ishlayotgani sababli faoliyat amalga oshirilayotgan shaxs shu moddaning 3 va 4-bandlari qoidalariga muvofiq, ana shu faoliyatga nisbatan u ana shu Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bu moddaning 2-bandi qoidalari tatbiq etilmaydi, agar faoliyat har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida jami 30 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida amalga oshirilayotgan boʻlsa. Biroq bu bandning maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa shaxs bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshirilayotgan shaxs, agar koʻrib chiqilayotgan faoliyat oʻz mohiyati jihatidan xuddi shunday va birinchi eslatilgan shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat, istisno tariqasida shunday darajadagi (shu maʼnodagi) bu faoliyat xuddi shunday vaqtda va uning shaxsiy faoliyat kabi amalga oshirilayotgan boʻlsa, u ana shu boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilgan, deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar ularning biri ikkinchisi tomonidan bevosita yoki bilvosita boshqarilayotgan boʻlsa, yoki ularning ikkalasi uchinchi shaxs yoki uchinchi shaxslar tomonidan bevosita yoki bilvosita boshqarilayotgan boʻlsa shaxs boshqa shaxs bilan bogʻliq, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti tomonidan Ahdlashuvchi Davlatdagi dengiz tubi va yer osti hamda ularning tabiiy resurslarini tekshirish yoki qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshiradigan joyga yoki joylar oʻrtasida yetkazib berish yoki personallarni tashishdan, yoxud shu faoliyatga koʻmaklashuvchi tirgakli kemalar va boshqa kemalardan foydalanishdan olgan foydalari faqat birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. a) Ushbu bandning b) kichik bandiga muvofiq, Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollash boʻyicha boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan dengiz tubi, yer osti hamda ularning tabiiy resurslarini tekshirish va qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan ishlardan oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari, shunday darajadagi (shunday maʼnodagi) majburiyat chet elda, ana shu boshqa Davlatda amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin. Biroq, agar yollash bilan bogʻliq ish chet elda boshqa Davlat rezidenti boʻlmagan yollovchi uchun va har qanday oʻn ikki oylik davr mobaynida jami 30 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida amalga oshirilsa, bunday taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ahdlashuvchi Davlat rezidentining Ahdlashuvchi Davlatda dengiz tubi, yer osti hamda ularning resurslarini tekshirish yoki qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlgan faoliyatni amalga oshiradigan joyga yoki joylar orasiga yetkazib berish yoxud personallarni tashishda band boʻlgan dengiz yoki havo kemasi bortida amalga oshiriladigan yollash boʻyicha ishlarga nisbatan yoki shu faoliyatga yordam berishda foydalaniladigan tirgakli kemalar yoki boshqa kemalar bortida amalga oshiriladigan yollash boʻyicha ishlarga nisbatan oladigan maoshi, ish haqi va boshqa shunga oʻxshash taqdirlash haqlari yollovchi rezident boʻlgan oʻsha Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bir Davlat rezidentining quyidagilarni begonalashtirishdan oladigan foydasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tekshirish yoki ishlab chiqishga boʻlgan huquqni; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan va ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan dengiz tubi, yer osti hamda ularning tabiiy resurslarini tekshirish yoki qayta ishlash munosabati bilan ishlatiladigan mulkni; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) oʻz qimmatini (qiymatini) yoki oʻz qiymatining katta qismini bevosita yoki bilvosita shunday huquq yoki mulklardan yoxud birgalikdagi shunday huquq yoki mulklardan oladigan aksiyalarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda “tekshirishga yoki qayta ishlab chiqishga boʻlgan huquq” atamasi boshqa Davlatdagi dengiz tubi va yer osti hamda ularning tabiiy resurslarini tekshirish va qayta ishlashni tashkil etadigan aktivlarga boʻlgan huquqni, jumladan foydadagi foizlarga yoki bunday aktivlarning foydasiga boʻlgan huquqni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
BOShQA DAROMADLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Konvensiyaning oldingi moddalarida aytilmagan daromad turlari, daromadning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandning qoidalari 6-moddaning 2-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkdan olingan daromaddan tashqari daromadlarga nisbatan, agarda bunday daromad egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u yerda joylashgan doimiy muassasa orqali oʻz faoliyatini amalga oshirsa yoki u yerda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, qoʻllanilmaydi. Bunday holatda, vaziyatga qarab, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
KAPITAL
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 6-moddada eslatib oʻtilgan koʻchmas mulkdan iborat boʻlgan, Davlatlardan birining rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Davlatda joylashgan kapital ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻchar mulkdan iborat boʻlib, bir Davlat korxonasining boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etgan yoki bir Davlatning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatish maqsadida unga qulay boʻlgan doimiy bazaga tegishli koʻchar mulkdan iborat boʻlgan kapital ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalari tarzidagi va shunday dengiz yoki havo kemalarini ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan koʻchar mulkdan iborat kapital faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti kapitalining boshqa barcha elementlari, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
IKKIYOQLAMA SOLIQQA TORTIShNI BARTARF ETISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qachonki, Oʻzbekiston rezidenti ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq Litvada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki kapitalga ega boʻlsa, u holda Oʻzbekiston:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shu rezidentning daromad soligʻidan Litvada toʻlangan daromad soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu rezidentning kapitaliga solinadigan soliqdan Litvada toʻlangan kapital soligʻiga teng miqdorni chegirib tashlashga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq bunday chegirmalar har qanday holda ham vaziyatga bogʻliq ravishda Litvada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki kapitalga nisbatan chegirib tashlangunga qadar Oʻzbekistonda hisoblab chiqilgan soliq qismidan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Litva rezidentiga nisbatan ikki yoqlama soliqqa tortish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Litva rezidenti ushbu Konvensiyaga muvofiq Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki unga kapital tegishli boʻlsa, agar uning ichki qonunchiligida birmuncha qulaylik rejimi koʻrib chiqilgan boʻlmasa, unda Litva:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) shu rezidentning daromad soligʻidan Oʻzbekistonda toʻlangan daromad soligʻiga teng chegirib tashlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu rezidentning kapitaliga solinadigan soliqdan Oʻzbekistonda toʻlangan kapital soligʻiga teng chegirib tashlashga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq bunday chegirmalar har qanday holda ham, vaziyatga bogʻliq ravishda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki kapitalga nisbatan chegirib tashlangunga qadar Litvada hisoblab chiqilgan soliq qismidan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qachonki, ushbu Konvensiyaning biron-bir qoidasiga muvofiq Ahdlashuvchi Davlat rezidenti olgan daromad yoki u ega boʻlgan kapital shu Davlatda soliqqa tortishdan ozod qilingan boʻlsa, bu Davlat shu rezident daromadi yoki kapitalining qolgan qismiga soliq miqdorini hisoblashda soliqqa tortishdan ozod qilingan daromad yoki kapitalni hisobga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
KAMSITMASLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda shu boshqa Davlatning milliy shaxslariga, xususan rezidensiyaga nisbatan, oʻxshash sharoitlarda solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan soliqlardan yoki unga aloqador majburiyatlarga, boshqa yoki mushkulroq har qanday soliq solishlariga yoki unga aloqador majburiyatlarga, duchor qilinmaydilar. Bu qoida 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, Davlatlardan biri yoki har ikkalasining rezidenti boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasini soliqqa tortish ana shu boshqa Davlatda ushbu boshqa Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalarini soliqqa tortishdan koʻra yomonroq boʻlmaydi. Bu qoida Ahdlashuvchi Davlatlardan birini u oʻz rezidentlariga taqdim etgani kabi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentlariga ularning fuqarolik mavqeyi yoki oilaviy majburiyatlari asosida qandaydir shaxsiy imtiyozlar, ozod etish va chegirmalar berishga majburlovchi tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 9-moddaning 1-bandi, 11-moddaning 3-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllanilishidan tashqari hollarda bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlaydigan foizlari, royaltilari va boshqa toʻlovlari shunday korxonaning soliqqa tortiladigan foydasini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlanganida qoʻllaniladigan bir xil shartlar asosida chegirib tashlanadi. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga boʻlgan shunga oʻxshash har qanday qarzi ana shu korxonaning soliqqa tortiladigan mulkini aniqlash maqsadida, birinchi eslatib oʻtilgan Davlat rezidentining qarzi kabi xuddi shunday sharoitlarda chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kapitali toʻliq yoki qisman boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan Ahdlashuvchi Davlat korxonasi shu Davlatda, shu Davlatning shunday korxonalari duchor boʻlgan yoki duchor boʻlishi mumkin boʻladigan har qanday soliqqa tortish yoki unga aloqador majburiyatlarga, boshqa yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq va u bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarga duchor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning qoidalari, 2-modda qoidalariga qaramay, har qanday turdagi va taʼrifdagi soliqlarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
OʻZARO KELIShUV TARTIBLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining harakati unga ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunchiligida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga, yoki agarda uning holati ushbu Konvensiyaning 25-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Konvensiya qoidalariga nomuvofiq soliqqa tortishga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa va uning oʻzi qoniqtiradigan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiyaga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortilishdan qochish maqsadlarida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlar ichki qonunlarida har qanday vaqtincha cheklashlarga qaramay bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik va ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv boʻyicha hal qilishga harakat qiladilar. Ular, shuningdek Konvensiyada koʻzda tutilmagan hollarda ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf etish uchun bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishida hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri yoki ularning oʻzlari yoxud ularning vakillari qatnashadigan qoʻshma komissiya doirasida aloqada boʻlib turishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
AXBOROT ALMAShISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiya qoidalarini amalga oshirish uchun yoki Davlatlarning soliqqa tortishga tegishli ichki qonunchiligidan ushbu Konvensiyaga zid kelmaydigan darajada foydalanish maqsadida zarur axborotlar bilan almashib turadilar. Axborot almashish 1-modda bilan cheklanmaydi. Davlat tomonidan olingan har qanday axborot, ushbu Davlatning ichki qonunlariga muvofiq maxfiy hisoblanadi, va faqat aniqlash yoki undirish, majburiy undirish yoki sud orqali taʼqib etish bilan bogʻliq yoki soliqlarga nisbatan apellatsiyalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq shaxslar yoki organlargagina, jumladan, sudlar va maʼmuriy organlarga ham ochiladi. Bunday shaxs yoki organlar axborotdan faqat shunday maqsadlar uchun foydalanadilar. Ular ushbu axborotni ochiq sud majlisida yoki yuridik qarorlar qabul qilish chogʻida ochishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hech qanday holatda ushbu moddaning 1-bandi qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlardan birini quyidagilarga majburlovchi tarzda talqin qilinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatlar qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid maʼmuriy choralar oʻtkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlat qonunchiligiga yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan axborotni etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) har qanday savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb siri yoki savdo jarayonini ochib tashlovchi yoki ochilishi Davlat siyosatiga (jamoat tartibiga) zid keluvchi axborotni etishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
IMTIYOZLARNING ChEKLANIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaning boshqa har qanday qoidasiga qaramay, Ahdlashuvchi Davlat rezidenti ushbu Konvensiyada koʻrib chiqilgan va boshqa Davlat tomonidan beriladigan soliqlarni kamaytirish yoki ulardan ozod qilish boʻyicha imtiyozlarga ega boʻlmaydi, agar uning asosiy maqsadi yoki asosiy maqsadlaridan biri yoki shunday rezident yoki shu rezident bilan bogʻlangan boshqa shaxsning tashkil etilishi shu Konvensiya imtiyozlarini suiisteʼmol qilish boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
DIPLOMATIK VAKOLATXONA XODIMLARI VA KONSULLIK MUASSASALARI IShChILARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik vakolatxona xodimlari va konsullik muassasalar ishchilarining xalqaro huquqning umumiy meʼyorlari yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq belgilab qoʻyilgan soliq imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
KUChGA KIRIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlar bir-birlarini ushbu Konvensiyaning kuchga kirishi uchun talab etiladigan konstitutsiyaviy talablarning bajarilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya 1-bandda eslatib oʻtilgan xabarlardan oxirgisi olingan kundan boshlab kuchga kiradi, va uning qoidalari har ikkala Ahdlashuvchi Davlatlarda kuchga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Konvensiya kuchga kiradigan yildan bevosita keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olinadigan daromad manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Konvensiya kuchga kiradigan yildan bevosita keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin har bir soliq yili uchun undiriladigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda
AMAL QILIShINI TOʻXTATISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlardan biri uning amal qilishini toʻxtatmagunicha oʻz kuchini saqlab qoladi. Xohlagan Ahdlashuvchi Davlat Konvensiyaning amal qilishini har qanday taqvimiy yilning tugashiga kamida olti oy qolgunga qadar amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida diplomatik kanalar orqali yozma xabar berish yoʻli bilan toʻxtatish mumkin. Bu holda Konvensiyaning amal qilishi har ikkala Ahdlashuvchi Davlatda quyidagilarga nisbatan toʻxtaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xabarnoma berilgan yildan bevosita keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olinadigan daromad manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xabarnoma berilgan yildan bevosita keyingi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin har bir soliq yili uchun undiriladigan boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlab, tegishli tartibda vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2002-yil 18-fevralda oʻzbek, litva va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin qilishda kelishmovchiliklar vujudga kelsa, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)