Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining “Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi 2010-yil 12-avgustdagi 138-II-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Fargʻona viloyati hokimining iltimosnomasi qanoatlantirilib, Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomi Qoʻshtepa deb oʻzgartirilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-avgust,
97-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 8-son, 312-modda)