Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponimik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Fargʻona viloyati hokimining Fargʻona viloyati Oxunboboyev tumanining nomini Qoʻshtepa tumani deb oʻzgartirish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2010-yil 12-avgust,
138-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 8-son, 306-modda)