Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari huzuridagi qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish masalalari boʻyicha jamoat ekspert guruhlarining tarkiblari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari huzuridagi qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish masalalari boʻyicha jamoat ekspert guruhlarining tarkiblari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga ekspert guruhlari tarkibiga zarurat boʻlganda oʻzgartish kiritish huquqi berilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 1-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari huzuridagi qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish masalalari boʻyicha jamoat ekspert guruhlarining tarkiblari toʻgʻrisida”gi 63-I-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 6, 194-modda).
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2010-yil 6-iyul,
117-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 7-son, 272-modda)