Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnoma-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi qonunlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonining qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumatning 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Hukumatning 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-aprel,
202-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-apreldagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlarning, shuningdek, ichimlik suv va maishiy suv taʼminotining, davolash va madaniy-sogʻlomlashtirishida ishlatiladigan suv manbalarining suvni muhofaza qilish zonalari haqida Nizom”da:
Oʻzbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
7-banddagi “jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida Nizomning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“20. Uy-joylarga yondosh yer uchastkalaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qarorida:
qaror matnining 1-bandi yettinchi xatboshidagi “jamoa va davlat xoʻjaliklarida” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)da, fermer xoʻjaliklarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
qarorga 4-ilova nomidagi “jamoa va davlat xoʻjaliklari” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) fermer xoʻjaliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
qarorga 8-ilovaning 2-bandidagi “(fermer)” soʻzi chiqarib tashlansin;
qarorga 12-ilovada:
16-bandning uchinchi xatboshidagi “jamoa va davlat xoʻjaliklari” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari), fermer xoʻjaliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
16-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “jamoa va davlat xoʻjaliklarida” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)da, fermer xoʻjaliklarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
23-bandning birinchi xatboshi “jamoa xoʻjaligida” soʻzlaridan keyin “qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)da, fermer xoʻjaligida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
24-band “Dehqon (fermer) xoʻjaliklarida” soʻzlaridan keyin “va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
26-bandning ikkinchi xatboshi “Jamoa xoʻjaliklari” soʻzlaridan keyin “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va fermer xoʻjaliklari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida Nizomga 5-ilovadagi “Jamoa va davlat xoʻjaligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi), fermer xoʻjaligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
qarorga 13-ilovada:
1-bandning birinchi xatboshidagi “tashkilot maʼmuriyati, orqali yoki jamoa xoʻjaligi (kooperativi) boshqaruvi orqali” soʻzlari “tashkilot maʼmuriyati, fermer xoʻjaligi boshligʻi yoki qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning toʻqqizinchi xatboshidagi “shuningdek, dehqon (fermer) xoʻjaliklari aʼzolari” soʻzlari “dehqon (fermer) va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar aʼzolari 1998-yil 1-iyulgacha shuningdek, dehqon xoʻjaliklari aʼzolari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-bandning birinchi xatboshidagi “jamoa xoʻjaligi” soʻzlari “fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan 3-roʻyxat 2 qismining birinchi xatboshidagi “jamoa va davlat xoʻjaliklarida” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)da, fermer xoʻjaliklarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 17-18-son, 143-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 24-martdagi 96-son qarorida:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xususiylashtirilgan fermalarga chorva ozuqasi yetishtirish uchun, har bir xoʻjalikning aniq tabiiy-iqtisodiy hududlarini va yer resurslarini hisobga olgan holda, shartli har bosh mol hisobiga Andijon, Fargʻona, Namangan, Toshkent, Xorazm va Samarqand viloyatlarida 0,3 gektardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida va boshqa viloyatlarda 0,45 gektardan sugʻoriladigan yerlar, lalmi yerlarda esa 2 gektardan yer ajratsinlar”;
6-bandning birinchi xatboshidagi “dehqon (fermer) xoʻjaliklari va aholining shaxsiy yordamchi xoʻjaliklaridagi” soʻzlari “fermer va dehqon xoʻjaliklaridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 11-apreldagi 126-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 4-son, 15-modda)da:
3-banddagi “shaxsiy yordamchi” soʻzlari “dehqon” soʻzi bilan almashtirilsin;
Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish uchun xususiy mulk sifatida sotish tartibi toʻgʻrisida Nizomda:
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzistiqbolsat” davlat qoʻmitasi tomonidan “Davarxitektqurilish” va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda” soʻzlari “Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan “Davarxitektqurilish” va Yer resurslari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13 va 15-bandlardagi “shaxsiy yordamchi” soʻzlari “dehqon” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 22-son, 159-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 10-oktabrdagi 393-son qarorida:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga koʻrsatma Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizomda:
Aholi shaxsiy xoʻjaliklari va aholi shaxsiy yordamchi xoʻjaliklariga koʻrsatmalar bilan, dehqon (fermer) xoʻjaliklariga koʻrsatmalar fermer xoʻjaliklariga koʻrsatmalar fermer xoʻjaliklariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-dekabrdagi 449-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 12-son, 47-modda)da:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizomning 7-bandi yettinchi xatboshidagi “jamoa, dehqon (fermer) xoʻjaliklariga” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga, fermer va dehqon xoʻjaliklariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston goʻsht va sut sanoati (“Oʻzgoʻshtsutsanoat”) davlat-aksionerlik uyushmasini boshqarishni takomillashtirish va uning faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 18-yanvardagi 30-son qarori 2-bandining beshinchi xatboshidagi dehqon (fermer)” soʻzlari “fermer” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarida imorat qurishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisida Nizomning 1-bandidagi “Yer toʻgʻrisida” soʻzi chiqarib tashlansin, “qonunlari” soʻzlaridan soʻng esa “Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi” soʻzlari qoʻshilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 19-martdagi 152-son qarorining 5-bandi beshinchi xatboshidagi “shaxsiy yordamchi” soʻzlari “fermer” soʻzi bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
RoʻYXATI
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston Kasaba soyuzlari respublika sovetining “Shaxsiy yordamchi xoʻjalikda shartnoma asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan band boʻlgan xotin-qizlarning mehnat stajlari toʻgʻrisida” 1990-yil 27-fevraldagi 112-son qarori.
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yer masalalari boʻyicha paydo boʻladigan nizolarning xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya komitetlari tomonidan qoniqarsiz koʻrib chiqilayotganligi toʻgʻrisida” 1990-yil 9-apreldagi 164-son qarori.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Prezidentining “Respublika aholisining shaxsiy xoʻjaligidagi chorva mollari va parrandalarini ozuqa bilan taʼminlash hamda ularda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish bilan bogʻlik masalalar haqida” 1990-yil 26-maydagi 222-son qarori.
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yerlarning davlat tomonidan hisobiga olinishi natijalari va ulardan foydalanishni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1990-yil 29-iyundagi 253-son qarori.
5. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari jumhuriyat kengashining “Shaxsiy yordamchi, dehqon (fermer) xoʻjaliklarida shartnoma asoslarida mol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan bogʻlik boʻlgan fuqarolarning mehnat staji toʻgʻrisida” 1990-yil 17-avgustdagi 294-son qarori (OʻzSSR QT, 1990-y., 8-son, 26-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSR Prezidentining “Dehqonlarga shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalariga moliyaviy yordam koʻrsatish va ular uyushmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada dehqon (fermer) xoʻjaliklarini rivojlantirish va mustahkamlash choralari haqida” 1991-yil 30-dekabrdagi 315-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 12-son, 41-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yerga oid nizolarni hal etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 25-maydagi 246-son qarori.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta zavodlarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish tartibi toʻgʻrisida” 1992-yil 18-noyabrdagi 539-son qarori.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xoʻjaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida 1994-yil 23-fevraldagi 87-son qarori.
11. Oʻzbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 23-fevraldagi 88-son qarori.