18.02.2002 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Litva Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikning, ayniqsa, uning uyushgan shakldagi rivojlanish miqyosi va yoʻnalishlaridan tashvishlanayotganliklarini bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning hayoti, huquqi va qonuniy manfaatlariga, jamiyat hamda davlatning manfaatlariga qilingan jinoiy xurujlardan ishonchli ximoyaga boʻlgan intilishdan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikka muhim ahamiyat berib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilikni oldini olish va jinoiy odil sudlovni amalga oshirish sohasida xalqaro konvensiyalar hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining qarorlarini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi oʻrtasida fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida 1997-yil 20-fevralda imzolangan Shartnoma qoidalariga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Bitim qoʻllanadigan doira va subyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar oʻz davlatlarining qonunlari va xalqaro majburiyatlariga amal qilib, oʻzlarining markaziy vakolatli muassasalari orqali ularning vakolatlari doirasida ushbu Bitimning qoidalariga muvofiq jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim jinoiy ishlarda huquqiy yordam koʻrsatish va ushlab berish boʻyicha masalalariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitim maqsadlarida quyidagilar markaziy vakolatli organlar hisoblanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan — Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litva Respublikasidan — Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlarning har biri, oʻzlarining markaziy vakolatli muassasalari roʻyxatidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida boshqa Tomonni oʻz vaqtida xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaziy vakolatli muassasalar ushbu Bitimni bajarish maqsadida bir-birlari bilan bevosita bogʻlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Hamkorlik yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi huquqqa zid keladigan faoliyatlar ikkala Tomon davlatlarining manfaatlariga daxl qilsa, Tomonlar quyidagilarga qarshi kurashda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. millatlararo uyushgan jinoyatchilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. xalqaro terrorchilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. oʻq otar qurollar, qurol-yarogʻ, portlovchi moslamalar, portlovchi va zaharli moddalar, shuningdek radioaktiv materiallarning noqonuniy aylanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. giyohvandlik vositalar va psixotrop moddalar, shuningdek prekursorlar (matnda bundan keyin — giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. iqtisod sohasidagi jinoyatchiliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. kontrabanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.7. noqonuniy moliya operatsiyalari va jinoiy faoliyat oqibatida olingan foydalarni qonuniylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.8. pul belgilari, qimmatbaho qogʻozlar, kredit varaqchalari, rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish, shuningdek ularni noqonuniy tarqatish va foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.9. madaniy va tarixiy boyliklarga boʻlgan jinoiy tajovuzlar, xususan ularni noqonuniy olib kirish hamda olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.10. avtotransport vositalarida qilinadigan noqonuniy operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.11. fohishabozlikdan foydalanish va odamlar savdosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.12. noqonuniy migratsiya, shaxslarning Tomonlar davlatlari hududida noqonuniy boʻlishlari bilan davlat chegarasi orqali noqonuniy harakatlanishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.13. ekologik jinoyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar, shuningdek quyidagi sohalarda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. yoʻl harakati xavfsizligi va yongʻin xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. havo va temir yoʻl transportida xavfsizlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. kadrlarni tayyorlash, ilmiy va axborot aloqalarini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar oʻzaro qiziqish uygʻotadigan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham hamkorlik qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Hamkorlik shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar quyidagi shakllarda hamkorlik qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. jinoyatlarning oldini olish, aniqlash, fosh etish va qidirishga, shuningdek ushbu Bitimning 2-moddasiga muvofiq boshqa vazifalarni hal qilishga koʻmaklashishi mumkin boʻlgan axborotni almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. shaxslar, tashkilotlar, muassasalar va korxonalar faoliyatlarini oʻrganish, tegishli hisoblar boʻyicha shaxslar, predmetlar hamda hujjatlarni tekshirish orqali ushbu Bitimning 2-moddasida koʻzda tutilgan jinoyatlarning faktlarini qidirishda koʻmak koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. ish tajribasini almashish, xususan stajirovka, maslahatlashuv va seminarlar oʻtkazish yoʻllari orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hamkorlikning hajmi va konkret shakllari talab hamda shart-sharoitlarning oʻzgarishini, shuningdek boshqa mavjud holatlarni hisobga olgan holda, markaziy vakolatli muassasalarning ahdlashuviga koʻra belgilanadi. Tomonlar ushbu Bitimni bajarish maqsadlarida bir-birlariga bepul yordam koʻrsatishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Hamkorlikning boshqa shakllari va kadrlar tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar ushbu Bitimning 2-moddasida tilga olingan jinoyatlarning oldini olish uchun huquqni muhofaza qiluvchi choralar samaradorligini oshirish maqsadida oʻzlarining huquqiy hamda maʼmuriy tizimlariga muvofiq bir-birlari bilan yaqindan hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimni bajarish va hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadlarida Tomonlarning markaziy vakolatli muassasalari oʻz vakolatlari doirasida bevosita aloqalar oʻrnatishlari va oʻz faoliyatlarining alohida yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida qoʻshimcha shartnomaviy hujjatlarni imzolashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar fan va texnika sohasida jinoyatchilikka qarshi kurash, maxsus bilimlarni almashish manfaatlarida tadqiqotlar dasturlarini rejalashtirish va amalga oshirishda bir-birlariga koʻmaklashadilar, shu maqsadlarda tegishli hollarda, hamkorlikni rivojlantirish va oʻzaro manfaat uygʻotadigan muammolarni muhokama qilish uchun xalqaro konferensiya va seminarlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar kadrlar tayyorlash sohasida oʻzaro manfaatli asosda hamkorlik qilishga shartlashib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Konkret jinoyatlar toʻgʻrisidagi axborotni almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning 3-modda 1-qismi 1.1.-bandida koʻzda tutilgan axborotni almashish ushbu Bitimning 2-moddasi 1-qismida koʻzda tutilgan konkret jinoyatlarga daxl qiladi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bir Tomon davlati hududida jinoiy guruhlar tarafidan tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlar, agar bunday guruhlarning tarkibiga boshqa Tomon davlatining fuqarolari kirsa yoki bunday jinoyatlar boshqa tarzda bu davlatning manfaatlariga daxl qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) giyohvandlik moddalarining noqonuniy yurgizilishini tashkil etgan jinoyatlar, agar ular boshqa Tomon davlatidan bir Tomon davlatiga kelsa, jumladan uchinchi davlatdan tranzit tarzida, shuningdek ularning bir Tomon davlatidagi noqonuniy tayyorlanishi yoxud savdosiga boshqa Tomon davlatining fuqarolari aloqador boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) jinoiy faoliyatdan olingan foydalarni qonuniylashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar, agar shu maqsadlarda jismoniy va/yoki yuridik shaxslarning bir Tomon davlatining hududida boshqa Tomon davlatining fuqarolari tarafidan foydalanilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Jinoiy faoliyat toʻgʻrisida axborot almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, shuningdek quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotni almashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) uyushgan guruhlar tarafidan jinoyatlarni sodir etish usullari, ularning tarkibi, tuzilishi, faoliyat sohasi va jinoiy aloqalari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) giyohvandlik moddalarini yashirishning yangi usullari va ularni oshkor qilish metodlari, ularni noqonuniy tashishning yangi yoʻnalishlari hamda kanallari, noqonuniy yurgizilishga kelib tushayotgan giyohvandlik moddalarning yangi turlari, ularning xususiyati va tayyorlash texnologiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) terrorchilik faoliyatining shakl va metodlari, fosh qilingan terrorchilik guruhlarining tuzilishi va tarkibi, ular tomonidan foydalanadigan texnika vositalari, tayyorlanayotgan hamda amalga oshirilgan terrorchilik xurujlari va ularga aloqador shaxslar, agar koʻrsatilgan faoliyat boshqa Tomon davlatining manfaatlariga daxl qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonuniylashtirish usullari, bunday turdagi faoliyatda shubhalanilayotgan tashkilot, muassasa va korxonalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ushbu Bitimning 2-moddasida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda shubhalanilayotgan, boshqa Tomon davlati hududida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻlib turgan Tomonlar davlatlarining fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) bir Tomon davlatining jinoiy qonunchiligini boshqa Tomon davlati fuqarolari tarafidan buzilganligi toʻgʻrisida roʻyxatga olingan faktlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Hamkorlikni amalga oshirish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimning 3-moddasida koʻzda tutilgan axborotni berish va boshqa xatti-harakatlar Tomonlar davlatlarining markaziy vakolatli muassasalari tarafidan yozma soʻrovlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu madadning 1-qismida koʻzda tutilgan soʻrovda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. yuborilayotgan soʻrov boʻyicha ishning mohiyati, mazkur ish boʻyicha ishlayotgan yoki unga aloqador shaxs yoxud shaxslar, talab etilayotgan axborot toʻgʻrisida faktlar, predmetlar va hujjatlar toʻgʻrisida imkon qadar toʻla maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. qoʻllanish sababi va bajarilishi talab etilayotgan konkret protseduraning batafsil tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. zarur boʻlganda soʻrovning bajarilishi kutilayotgan muddatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zarur boʻlganda, soʻrovga tegishli ravishda uning bajarilishini yengillashtiradigan hujjatlar yoki ulardan koʻchirmalarning tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soʻrov va unga qilinadigan ilovalar ushbu Bitimning 11-moddasidagi talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi, tegishli mansabdor shaxs tarafidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Bitimning 3-modda 1-qismi 1.1.-bandida koʻzda tutilgan axborot boshqa Tomon uchun qiziqarli degan asoslar boʻlsa, Tomonlar davlatlarining markaziy vakolatli muassasalari oʻz xohishlariga koʻra bir-birlariga yuborishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. Soʻrovni bajarish imkon qadar qisqa muddatlarda amalga oshirilishi lozim. Zarur boʻlganda Tomonlar davlatlarining markaziy vakolatli muassasalari soʻrovning bajarilishini yengillashtiruvchi qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Soʻrovni bajarishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar soʻrovni bajarish inson huquqlarining buzilishiga olib kelsa, davlat suvereniteti yoki xavfsizligiga zarar yetkazsa yoxud soʻralayotgan Tomonning qonunchiligi yoki xalqaro majburiyatlariga zid kelsa, uning bajarilishi toʻlaligicha yoki qisman rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrovni bajarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan holda, Tomonlar davlatlarining markaziy vakolatli muassasalar bu toʻgʻrida rad etilishining sababini koʻrsatgan holda, bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Axborotdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning markaziy vakolatli muassasalari bir-birlaridan oladigan axborotning, agar bu axborot yopiq xaraktyerga ega boʻlsa yoki yuborayotgan Tomon uning oshkor qilinishini lozim topmasa, maxfiyligini taʼminlaydilar. Teng darajada bu texnik vositalar, uskunalar va materiallarga ham daxldor. Axborotning maxfiylik darajasi uni yuborgan Tomon orqali belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarur hollarda, ushbu Bitim doirasida olingan axborot, texnik vositalar, uskunalar va materiallarning uchinchi tomonga berilishida ularni yetkazib bergan markaziy vakolatli muassasalarning yozma roziligi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar tarafidan olingan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu Bitimda belgilangan maqsadlardagina foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etkazib beradigan Tomon bunday maʼlumotlarning ishonchliligini, shuningdek zarur boʻlganda, tegishli oʻzgartish va toʻldirishlarning oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlaydi. Jismoniy shaxslar toʻgʻrisida axborotning qabul qilinishi, roʻyxatga olinishi, saqlanishi, foydalanilishi va yoʻq qilinishi Tomonlar davlatlarining qonunchiliklariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu Bitim amal qilishdan toʻxtagan holda, ilgari olingan barcha axborot yoʻq qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar davlatlarining qonunchiliklariga muvofiq manfaatdor shaxsga uning yozma soʻroviga koʻra unga aloqador mavjud maʼlumotlar toʻgʻrisida axborot berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Barcha hollarda, maʼlumotlardan begona shaxslarning foydalanishi, ularni ogohlantirishsiz oʻzgartirilishi, yoʻq qilinishi yoki oshkor qilinishi Tomonlar tarafidan samarali muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Xarajatlar va majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitimni bajarish boʻyicha xarajatlarni Tomonlar bajarishlari zarur boʻlgan oʻz majburiyatlari doirasida mustaqil ravishda qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarur holda, Tomonlar ushbu Bitimdan kelib chiqadigan xatti-harakatlarni bajarish uchun birgalikdagi xarajatlarni qoplaydilar. Ular har bir alohida hollarda oʻzaro maqbul ahdlashuvlar orqali rasmiylashtiriladi. Birgalikdagi xarajatlar boʻyicha Tomonlarning majburiyatlari mana shu ahdlashuvlar bilan boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar zarur holda, oʻzaro ahdlashuviga koʻra ushbu Bitimning 2-moddasida soʻz boradigan jinoyatlarning oldini olish boʻyicha konkret vazifalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan uskuna va materiallar orqali bir-birlariga bepul yordam berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Hamkorlik tili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitim doirasida hamkorlik qilishda rus tiliga tarjima qilingan ilovalar bilan oʻzlarining davlat tillaridan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Qoʻshma komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zarur holda, ushbu Bitim qoidalarini hayotga tatbiq qilish maqsadida Tomonlar ularning vakolatli vakillaridan tashkil topgan Qoʻshma komissiya tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻshma komissiya navbat bilan Vilnyus va Toshkentda qancha zarur boʻlsa, shuncha tez-tez oʻzaro qiziqish uygʻotadigan masalalarni koʻrib chiqish hamda oʻzaro maqbul qarorlarni qabul qilish uchun yigʻiladi. Qoʻshma komissiya qarorlarni tayyorlash uchun, shuningdek boshqa faoliyat uchun Tomonlar davlatlarining markaziy vakolatli muassasalarning vakillaridan tashkil topgan ishchi guruhni tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Boshqa shartnomalarga munosabat.
Oʻzgartish va toʻldirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning roziligiga koʻra ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ular ushbu Bitimning 14-moddasidagi qoidalarga muvofiq kuchga kiradigan alohida bayonnomalar orqali rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitim Tomonlardan birontasi uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmaguniga qadar kuchini saqlab qoladi. Bu holda ushbu Bitim boshqa Tomondan bunday xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtgach, amal qilishdan toʻxtaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2002-yil 18-fevralda ikki nusxada, har biri oʻzbek, litva va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.

(imzolar)