Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 12.10.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash va tadbirkorlik tuzilmalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini tubdan oshirish va shaffofligini ta’minlash maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016-yil 1-yanvardan boshlab 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha davlat xizmatlari faqat “yagona darcha” markazlari orqali amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2016-yilning 1-yanvaridan boshlab mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq faqat “yagona darcha” markazlari orqali amalga oshiriladigan davlat xizmatlari Ro‘yxatiga kiritilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bevosita tadbirkorlik subyektlaridan arizalar qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
joriy yilning 6-noyabrigacha “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom va “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yagona markazlar orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Beriladigan hujjat,

ko‘rsatiladigan xizmat nomi

Harakat va (yoki) muayyan faoliyat

Tadbirkorlik subyektiga hujjat beruvchi vakolatli organ

1.

Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga “tayyor holda topshirish” shartlari bilan ulash.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash.

Tuman (shahar) hokimligi Foydalanayotgan tashkilotlar

2.

Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishiga o‘zgarishlarni tasdiqlash.

Bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish.

Qurilish vazirligi

3.

Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsat berish.

Muhandislik ta’minoti uchun yuklama hajmini o‘zgartirmagan holda obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish.

4.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish.

5.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma.

Yuridik shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Davyergeodezkadastr

6.

Bino, inshootlar va ko‘p yillik ekinlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi to‘g‘risida guvohnoma.

Yuridik shaxslarning bino, inshootlar va ko‘p yillik ekinlarga (shu jumladan yer osti inshootlari) bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

7.

Yuridik shaxslarning bino va inshootlari ipotekasini va ipoteka shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi yozuvni kiritish, shuningdek, ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tasdiqlash.

8.

Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasi.

Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshirish.

Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Alkogolli mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomalarini berish bo‘yicha maxsus komissiyalar

9.

Umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi.

Umumiy ovqatlanish tashkilotlari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish.

10.

Ko‘chma savdo uchun ruxsatnoma berish.

Statsionar savdo shoxobchalaridan tashqari tovarlar chakana savdosini amalga oshirish.

Tuman (shahar) hokimliklari

12.

Turar-joy binolarini noturar-joy toifasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror.

Binolardan tijorat maqsadlarida foydalanish.

Tuman (shahar) hokimliklari

13.

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalangan paytda buzilgan yerlarni rekultivatsiyasini o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosasi.

Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga tushirishda mavjudligi tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa’ridan foydalanuvchining balansidan chiqarish to‘g‘risidagi qarorni olish.

Tuman (shahar) hokimliklari

14.

O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni kesish uchun ruxsatnoma berish.

O‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzor va butazorlarni kesishni amalga oshirish.

Tuman (shahar) hokimliklari

15.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish.

Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi

16.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish.

O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, tuman (shahar) hokimliklari

17.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatga olish va elektron raqamli imzolar sertifikatini berish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi