Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qarorining 3-ilovasiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Mazkur Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi 478-V/KQ-66-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining vazifalarini amalga oshirish uchun zarur normativ-huquqiy hujjatlarni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 843–I/515–I-sonli Qoʻshma qarorining 3-ilovasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 410-modda; 2010-yil, № 4, 173-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
483-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
KQ-18-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 18-maydagi № 483–II/KQ–18–II-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tarkibiga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
1) 2-bandi chiqarib tashlansin;
2) 3 — 25-bandlari tegishincha 2 — 24-bandlar deb hisoblansin;
3) 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“14. Kanyazov Yesemurat Sultamuratovich |
— | Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari”; |
4) 22-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| “22. Shirinova Mavlyudaxon Rasulovna | — | Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi raisi”; |
5) 23-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| “23. Salixov Erkin Tagirovich | — | Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori”; |
6) 24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
| “24. Axundjanova Sanavar Abdushukurovna | — | Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi direktorining oʻrinbosari”; |
7) quyidagi mazmundagi boʻlim bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari vakillari
| 25. Jumayev Nodir Xosiyatovich | — | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori”. |
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 5-son, 144-modda)