Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Shahrisabz shahrining chegarasini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish, toponomik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Shahrisabz shahrining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan chegarasi ilova qilinayotgan chegara tavsifi va grafik chizmaga muvofiq tasdiqlansin (1, 2-ilova)*.
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2010-yil 15-mart,
48-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 3-son, 104-modda)