Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 3-iyundagi OʻRQ-387-son hamda “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida” 2015-yil 25-avgustdagi OʻRQ-392-son qonunlari)
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 3-iyundagi OʻRQ-387-son hamda “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida” 2015-yil 25-avgustdagi OʻRQ-392-son qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-sentabr,
274-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ustavining 18-bandida:
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi va yigirma uchinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdolarida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha pul mablagʻlarining hisob-kitoblarini amalga oshiradi;
qimmatli qogʻozlarga doir narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish (qimmatli qogʻozlar bozori likvidliligi) uchun market-meyker xizmatlari koʻrsatadi”;
yigirma ikkinchi xatboshi yigirma toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-banddagi “qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishi” soʻzlari “qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalada boʻlishi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorda” soʻzlari “qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdolarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Investor” soʻzi “Aksiyalar egasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 51-banddagi “investorlar” soʻzi “sotuvchi” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Qimmatli qogʻozlarni xarid qilish va (yoki) sotish narxini ommaviy eʼlon qilish yoʻli bilan oʻz nomidan va oʻz hisobidan qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini sodir etadigan market-meyker oldindan eʼlon qilingan oxirgi qatʼiy (qatʼiy belgilangan) narxlarga va qimmatli qogʻozlar soniga aniq muvofiq ravishda unga qimmatli qogʻozlar xarid qilish yoki sotish toʻgʻrisidagi takliflar bilan murojaat qilgan shaxslar bilan bitimlar tuzishi va bunday bitimlar tuzishdan bosh tortmasligi shart.
Market-meyker qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlarini: xarid qilinadigan va (yoki) sotiladigan qimmatli qogʻozlarning eng kam va eng koʻp sonini, shuningdek eʼlon qilingan narxlar amal qiladigan muddatni ommaviy eʼlon qilish huquqiga ega. Ushbu eʼlonda qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasining boshqa muhim shartlariga koʻrsatma mavjud boʻlmagan taqdirda, market-meyker unga mijoz tomonidan taklif qilingan muhim shartlarda shartnoma tuzishga majbur. Market-meyker qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga nisbatan bunday shartnomani majburiy tuzish va (yoki) mijozga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida daʼvo taqdim etilishi mumkin.
Market-meyker tomonidan muayyan qiymatli qogʻozlarga boʻlgan narxlar, talab va taklif darajasini saqlab turish uchun qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish hisoblanmaydi”.
d) 8-bandning birinchi xatboshidagi “mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan” soʻzlari “mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Investitsiya vositachilari mijozning hisobidan bitimlarni faqat uzaytirish imkoniyati bilan bir yil uchun tuziladigan brokerlik va depozitar xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga muvofiq tuzishlari mumkin.
Mijoz shartnoma bajarilgunga qadar uning amal qilishini bir tomonlama toʻxtatish huquqiga ega”;
j) 18-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ularning savdo maydonchalarida sodir etilgan bitimlar boʻyicha — qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdo tashkilotchilari, fond birjasi va valyuta birjalarning fond boʻlimlari tomonidan;
qimmatli qogʻozlar bilan boshqa bitimlar boʻyicha — qimmatli qogʻozlarni begonalashtiruvchiga xizmat koʻrsatadigan Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari tomonidan amalga oshiriladi”;
z) 21-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
i) 251-bandda:
birinchi xatboshidagi “Depozitariy” soʻzi “Investitsiya vositachisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Mazkur bandning talabi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga ham tatbiq qilinadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning beshinchi xatboshidagi “qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari” soʻzlari “qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi hamda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaz tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olinadigan yigʻimlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllanadigan Markazni ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini tashkil etish”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“investorlarning, qimmatli qogʻozlar egalarining hamda davlatning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat boji toʻlamasdan sudga daʼvo taqdim etish”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanish alomatlarini belgilash;
qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari tomonidan kafolat fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibini belgilash;
investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarning pul mablagʻlarini hisobini yuritish va ularning but saqlanishini taʼminlash tartibini belgilash;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi maxsus vakolatli organ bilan birgalikda investitsiya vositachisi tomonidan mijozlarga depo hisobvaraqlar ochish, qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish uchun ularning topshiriqlarini qabul qilish, mijozlarga boshqa xizmatlarni elektron shaklda va oʻzga aloqa vositalari orqali koʻrsatish tartibini belgilash;
Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti aʼzolari boʻlgan boshqa davlatlarning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli organlari bilan maxfiy va boshqa turdagi axborot bilan belgilangan tartibda almashish huquqiga ega”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Investitsiya fondlarini tashkil etish va ularning faoliyati “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”, “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Investitsiya fondi deb investorlarning pul mablagʻlarini jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qoʻyish maqsadida aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi”;
6-bandning birinchi xatboshidagi “ochiq” soʻzi chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “ochiq” soʻzi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “depozitariy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
13-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Aksiyalar chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish uchun investitsiya fondi Markazga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda aksiyalar chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va boshqa hujjatlarni taqdim etadi”;
40-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Investitsiya fondi:
faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirishga;
korporativ obligatsiyalar va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek imtiyozli aksiyalar chiqarishga;
investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortigʻini bir emitentning qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushiga investitsiya qilishga;
toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib ketgan taqdirda kredit va (yoki) qarz mablagʻlarini jalb etishga (bunda kredit va (yoki) qarz muddati uch oydan oshmasligi kerak);
kafil boʻlishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qoʻyishga;
tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha javobgarligini nazarda tutadigan xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlariga va ulushlariga investitsiyalarni amalga oshirishga;
ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga;
boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olishga va ularga ega boʻlishga;
investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlar tuzishga, opsionlar yoki fyucherslar olishga;
umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni amalga oshirishga (bundan qimmatli qogʻozlarga qoʻyish mustasno) haqli emas”;
63-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66. Investitsiya fondi axborotni qonun hujjatlarida aksiyadorlik jamiyatlari uchun belgilangan tartibga asosan oshkor qiladi”;
71-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
74-bandning ikkinchi xatboshidagi “60-bandining 4 — 7, 9, 13, 14-xatboshilarda” soʻzlari “60-bandida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda):
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilansinki, quyidagilar Markaziy depozitariyning mutlaq funksiyalari hisoblanadi:
qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish;
hujjatli qimmatli qogʻozlarni saqlash;
qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;
qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish;
davlatning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qogʻozlarni boshqarish boʻyicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish;
investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini yuritish;
qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish;
Deponentlarning yagona bazasini yuritish;
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga xalqaro kodlar berish;
depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar harakati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash va tizimlashtirish”;
b) 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Markaziy depozitariy qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritishga doir vazifalarini bajarayotganda investitsiya vositachilaridan mazkur reyestrlarni shakllantirish uchun zarur maʼlumotlarni soʻrash va olishga haqli.
Markaziy depozitariy qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda:
qimmatli qogʻozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashi;
qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotni “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq taqdim etishi;
qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini taʼminlashi shart.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 29-apreldagi 196-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 33-modda):
a) 1-ilovada:
1-banddagi “davlatning qimmatli qogʻozlari bozori bundan mustasno” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “xizmatlar koʻrsatuvchi bank” soʻzlari “xizmatlar koʻrsatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“netting — mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usuli”;
3-banddagi “depozitariylar” soʻzi “investitsiya vositachilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning yettinchi xatboshidagi “kafolat fondidan mablagʻlarni shartnoma asosida berish yoʻli bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Hisob-kitob-kliring palatasi quyidagilarga haqlidir:
hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun Markaziy depozitariy, investitsiya vositachilari va tijorat banklari bilan shartnomalar tuzish;
investitsiya vositachilaridan hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni olish;
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzosi fond birjasi, Markaziy depozitariy va savdolarning boshqa qatnashchilaridan qarzdor boʻlgan taqdirda unga xizmat koʻrsatishni toʻxtatish;
hisob-kitob-kliring palatasi aʼzolaridan, Markaziy depozitariy va (yoki) vakolatli bankdan savdo yakunlari boʻyicha operatsiyalar oʻtkazishga topshiriq va (yoki) boshqa hujjatlarni qabul qilish;
har xil turdagi solishtirish tizimlarini va kliring usullarini, shu jumladan nettingni oʻz xohishiga koʻra qoʻllash”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “depozitariylar” soʻzi “investitsiya vositachilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
V boʻlim quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“V. Kafolat fondi
11. Investitsiya vositachisi tomonidan investorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun hisob-kitob-kliring palatasi investitsiya vositachisiga (keyingi oʻrinlarda — kafolat fondi qatnashchisi deb ataladi) tegadigan vositachilik haqining chegirib qolinadigan qismi hisobidan kafolat fondini shakllantiradi, bunda vositachilik haqining chegirib qolinadigan qismi bunday haqning 5 foizini tashkil etadi.
12. Hisob-kitob-kliring palatasi kafolatli fond qatnashchilarining mablagʻlarini hisobga olish va saqlash uchun ularga zaxira hisob raqamlari ochadi.
13. Kafolat fondi qatnashchisi mablagʻlarning kafolatli fondga tushishini taʼminlashi lozim. Bunda kafolat fondi qatnashchisi oʻzi tasdiqlagan xizmat koʻrsatish yagona tariflarini ular tasdiqlangan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida hisob-kitob-kliring palatasiga taqdim etadi.
14. Hisob-kitob-kliring palatasi kafolat fondi qatnashchisining topshirigʻisiz kafolat fondi qatnashchilarining qimmatli qogʻozlari bilan amalga oshmay qolgan bitishuvlar bajarilishini taʼminlash uchun ularning zaxira hisob raqamlaridan ushbu hisob raqamlarining miqdoriga mutanosib mablagʻlarni mustaqil ravishda olishi mumkin.
Kafolat fondi qatnashchisi aybi bilan investorga yetkazilgan boshqa zararlarning kafolat fondidan qoplanishi tomonlarning oʻzaro kelishuvi yoki sud qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.
15. Kafolat fondi qatnashchisi hisob-kitob-kliring palatasi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda hisob-kitob-kliring palatasining harakatlari yuzasidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
16. Kafolat fondining mablagʻlari uning qatnashchilariga tegishli boʻlib, har bir qatnashchi boʻyicha alohida shakllantiriladi va hisobi yuritiladi.
17. Savdo tashkilotchilari va kafolat fondi qatnashchilari oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida kafolat fondida toʻplangan pul mablagʻlarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotni har kuni yangilagan holda koʻrsatishlari shart.
18. Kafolat fondi qatnashchisi zaxira hisob raqamida hisob-kitob-kliring palatasi tomonidan ushlab qolinadigan summadan koʻproq summani saqlashga haqlidir.
19. Kafolat fondining mablagʻlaridan mazkur Nizomda belgilanmagan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas. Kafolat fondida qolgan mablagʻlar kafolat fondi qatnashchisiga u investitsiya vositachi sifatidagi faoliyatini tugatgan taqdirda qaytarilishi kerak”;
28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Mazkur Nizomni buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi”;
b) 2-ilovada:
ilova nomidagi “depozitariylar tizimida” soʻzlari “depozitar tizimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi depozitar tizimida deponentlarning yagona bazasiga talablarni belgilaydi. Bunda depozitar tizimi deganda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlarni saqlash, ularga boʻlgan huquqlarni hisobga olish va oʻtish tizimi tushuniladi”;
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “depozitariylar tizimida” soʻzlari “depozitar tizimida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “depozitariylarning” soʻzi “investitsiya vositachilarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Yagona baza tizimida mavjud deponentlarni kodlashtirish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi”;
7-banddagi “depozitariy” soʻzi “investitsiya vositachisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Markaziy depozitariy topshiriqnoma asosida bir ish kuni mobaynida yagona baza tizimida deponentni roʻyxatdan oʻtkazadi va unga kod beradi.
Deponent kodining tarkibi va uni shakllantirish tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Markaziy depozitariy tomonidan belgilanadi”.
10 va 17-bandlardagi “depozitariyning” soʻzi “investitsiya vositachisining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11 va 18-bandlardagi “Depozitariy” soʻzi “Investitsiya vositachisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Deponent rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatlarni Markaziy depozitariyga va (yoki) investitsiya vositachisiga quyidagi hollarda taqdim etadi:
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi, soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning tartib raqami va seriyasi, shuningdek uning bogʻlanish va bank rekvizitlari oʻzgargan taqdirda;
yuridik shaxslar uchun — uning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami, davlat roʻyxatidan oʻtkazilish tartib raqami va sanasi, shuningdek uning bogʻlanish va bank rekvizitlari oʻzgargan taqdirda.
Deponent rekvizitlari oʻzgarganda investitsiya vositachisi deponentning yangi anketasi maʼlumotlari asosida deponent rekvizitlarini oʻzgartirishga elektron topshiriqnoma tayyorlaydi va ularni deponentning oʻzgargan rekvizitlari olingan kundan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida Markaziy depozitariyga joʻnatadi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Tijorat banklari va sugʻurtalovchilar mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda koʻrsatilgan professional faoliyatni amalga oshirishda mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi shart”;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshi tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi va (yoki) investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs qimmatli qogʻozlarni chiqarish masalalari boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega. Bunda, u qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olishi talab etilmaydi”;
b) 6-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “(brokeri, dileri)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Mazkur bandning “b” — “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya fondi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi”;
g) 9-bandda:
“a)” kichik bandning ikkinchi xatboshidagi “(pochta manzili)” soʻzlari “(pochta manzili), elektron pochta manzillari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b)” kichik bandi chiqarib tashlansin;
“v)” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat”;
“d)” kichik bandidagi “soliq organining belgisi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“e)” kichik bandidagi “litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda talabgor tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etadi:
Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni ichki hisobga olish qoidalari;
Mijozning manfaatlari bilan nizo kelib chiqqanda investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining xatti-harakatlari tartibi”.
e) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mijozlarga xizmat koʻrsatish tartibi;
litsenziyalovchi organning talablariga muvofiq boʻlgan depozitar operatsiyalarni amalga oshirishga qoʻyiladigan ichki tartib;
depozitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan depozitar operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi;
depozitar operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha dasturiy taʼminotning texnik tavsifi;
depozitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan texnik vositalarning tavsiflari koʻrsatilgan holdagi roʻyxati;
dasturiy taʼminot va texnik vositalarning investitsiya vositachilarining dasturiy-texnik komplekslariga qoʻyiladigan belgilangan talablarga muvofiqligi hamda qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilari, fond birjasi va Markaziy depozitariy bilan elektron oʻzaro hamkorlikka tayyorligi toʻgʻrisida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining xulosasi;
Talabgor tomonidan tasdiqlangan mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan koʻrsatilgan xizmat va operatsiyalarni ichki hisobga olish qoidalari nusxasi;
Talabgor tomonidan tasdiqlangan mijozning manfaatlari bilan nizo kelib chiqqanda investitsiya vositachisining xatti-harakatlari tartibi nusxasi”;
j) 15-bandning oʻn ikkinchi xatboshidagi “narxlar bilan nayrang qilishning” soʻzlari “hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanishning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 19-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Litsenziya talabgorining (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun har bir beriladigan litsenziya (qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning har bir qismi) uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida yigʻim undiriladi”.
i) 22-bandning birinchi xatboshidagi “Ekspert komissiyasi majlislari bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
k) 25-bandda:
uchinchi xatboshiga “davlat boji toʻlanganligini” soʻzlaridan keyin “(chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
l) 26-banddagi “litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini” soʻzlaridan keyin “(chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
m) 42-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida yoki qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq qismiga bir vaqtda litsenziya berilganligi uchun litsenziya talabgoridan (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 72-bandining oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tadbirkorlik subyekti ajratib chiqarish va qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilgan taqdirda — qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar qayta tashkil qilish haqida yozma ravishda xabardor etilganligining va ommaviy axborot vositalarida axborot eʼlon qilinganligining tasdigʻi, qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarning ularning barcha kreditorlar va qarzdorlariga, shu jumladan tomonlar daʼvolashayotgan majburiyatlarga nisbatan barcha majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalar koʻrsatilgan boʻlish balansi yoki topshirish dalolatnomasi, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi, qoʻshib olinayotgan yuridik shaxsning muhr va shtampi (kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari), qayta tashkil etish orqali tugatilayotgan aksiyadorlik jamiyati boʻlganda esa qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining mazkur jamiyat aksiyalarining chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini bekor qilish yuzasidan chiqargan qarori”.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat oʻrta muddatli pul majburiyatlarini chiqarish toʻgʻrisida” 2004-yil 10-yanvardagi 11-son qarorida:
a) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “qogʻozsiz” soʻzi “hujjatsiz” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “yoki oʻzgaruvchan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) oʻzbek tilidagi matnda:
nomidagi, 1-banddagi, 2-bandning beshinchi-oltinchi xatboshilardagi va 3-bandning uchinchi xatboshidagi “pul majburiyatlarini” soʻzlari “gʻazna majburiyatlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “pul majburiyatlari” soʻzlari “gʻazna majburiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 70-modda):
a) 1-ilovada:
toʻrtinchi qatordagi “(brokerlar, dilerlar)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
beshinchi qator chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
5-bandning 1) — 9) kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) emitentning uning taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq va qisqartirilgan nomi;
2) emitentning tashkiliy-huquqiy shakli;
3) yuridik shaxslarning davlat reyestriga emitentni tashkil etish toʻgʻrisida yozuv kiritilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqami va bunday yozuv kiritilgan sana;
4) emitentning soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami (STIR);
5) emitentning joylashgan joyi (pochta manzili), emitentning xat-xabarlarni olish uchun boshqa manzillari mavjud boʻlgan taqdirda — ushbu manzillar, shu jumladan elektron pochta manzili va veb-sayt ham koʻrsatiladi;
6) emitentning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan beriladigan yagona kodi;
7) emitentni tugatish yoki qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
8) emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ga berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqami va uning berilgan sanasi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi, davlat qimmatli qogʻozlari holatida esa bunday qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ning roʻyxatdan oʻtkazish (identifikatsiya) tartib raqami va uning berilgan sanasi, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish (identifikatsiya) tartib raqami bergan organning nomi;
9) emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning toifasi (turi, tipi), seriyasi, shakli va boshqa identifikatsiya belgilari”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 15-banddagi “depozitariyga” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 21-banddagi “depozitariyga” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga yoki investitsiya vositachisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 94-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshidagi “depozitariysiga” soʻzlari “investitsiya vositachisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir bitimlarni koʻrib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “Depozitariylar” va “depozitariy tomonidan” soʻzlari tegishli ravishda “Investitsiya vositachilari” va “investitsiya vositachisi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 12-banddagi “Depozitariylar” soʻzi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va (yoki) investitsiya vositachilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 67-modda) bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi oʻn birinchi xatboshidagi “39” raqami “44” raqami bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 20-avgustdagi 239-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 90-modda):
a) 1-banddagi “muomalaga kiritish” soʻzlari “joylashtirish va muomalaga kiritish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va muomalaga kiritish kvotalari va tartibi toʻgʻrisida nizom”;
v) 2-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi — qimmatli qogʻozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning topshirigʻiga koʻra qimmatli qogʻozlarni hisobga olishni va ularga boʻlgan huquqlarni tasdiqlashni qimmatli qogʻozlarning egasi boʻlmagan holda amalga oshiruvchi investitsiya vositachisi, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi”;
sakkizinchi xatboshidagi “depozitariylarda” soʻzi chiqarib tashlansin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 104-modda):
a) 2-ilovada:
ikkinchi xatboshidagi “boshqa birjalar” soʻzlari “valyuta birjalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yigirma birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“birja savdolariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar — birja, sotuvchining (xaridorning) vositachisi, Markaziy depozitariy”;
51-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasiga pul mablagʻlari oʻtkazmalarini va vositachilik toʻlovlarini toʻlash boʻyicha BTST tashkilotchisi, Markaziy depozitariy va xaridor vositachisining hisob raqamlariga pul mablagʻlari oʻtkazmalarini amalga oshiradi”;
90-banddagi “xaridorga xizmat koʻrsatadigan depozitariydagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
91-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“91. Depo hisob raqamlari boʻyicha oʻtkazish xaridor tomonidan depozitar xizmatlar haqi toʻlangandan keyin amalga oshiriladi. Xaridorning davlat aksiyalariga boʻlgan huquqlari uning depo hisob raqamidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
92-banddagi “xaridorga xizmat koʻrsatuvchi depozitariysidagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 7-ilovaning 34-bandi ikkinchi xatboshidagi “xizmat koʻrsatuvchi depozitariysiga” soʻzlari “xizmat koʻrsatuvchi vositachisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-apreldagi 87-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 11-bandining “e” kichik bandiga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda hisobga olish registrlaridagi elektron yozuvlarning but saqlanishini taʼminlash tartibini belgilaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-maydagi 137-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va quvvatlardan past darajada foydalanayotgan sanoat va qurilish sohasidagi korxonalarning aksiyalari davlat paketlarini (ulushlarini) “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandidagi “xaridorga xizmat koʻrsatuvchi depozitariysidagi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 39-son, 507-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 26-son, 588-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/837/0129-son; 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son, 22.08.2019-y., 09/19/705/3610-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 29.05.2020-y., 09/20/338/0700-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)