Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining
Qarori
Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-sentabrda 1782-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2008-yil 23-fevraldagi 299-B, 2008-05-son qarori (roʻyxat raqami 1782, 2008-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 22-avgust,
299-V-2-son
Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktori B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 22-avgust,
2015-12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazining 2015-yil 22-avgustdagi 299-V-2 va 2015-12-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-noyabrdagi PQ-726-sonli “Bank tizimini yanada rivojlantirish va boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq banklarning qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga oid talablarni belgilab beradi.
Mazkur Nizom davlat qimmatli qogʻozlariga doir operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.”.
3. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Bank tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishda bank har bir mijozning qimmatli qogʻozlari va pul mablagʻlari hisobini yuritishi, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar va operatsiyalarni mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshirishi, tuzilgan bitimlar va amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisida unga hisobot berishi shart.”.
4. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Ishonchli boshqaruvdagi investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati miqdorini hisoblash bank tomonidan Boshqaruvchi kompaniyalar oʻz mablagʻlari miqdorining hisobi va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1322, 2004-yil 5-mart) qoidalariga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi.”.
5. 10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6. Oʻzbek tilidagi matnning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Banklar qimmatli qogʻozlarga doir birjadan tashqari bitimlarni roʻyxatga olishda birjadan tashqari bitimlarning roʻyxatini yuritish talablariga rioya qilishlari hamda roʻyxatga olingan bitimlar yuzasidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga qonunchilikda belgilangan tartibda axborot taqdim etishlari lozim.”.
7. Oʻzbek tilidagi matnning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida faoliyat yurituvchi bank tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi haqida axborot kelib tushganda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga choralar koʻrish uchun maʼlumotlar yuborish huquqiga ega.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 38-son, 503-modda)