12.10.1992 yildagi 698-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING TOJIKISTON RESPUBLIKASINING SIYOSIY PARTIYALARIGA, JAMOAT HARAKATLARIGA, BARChA AHOLISIGA MUROJAATNOMASI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining siyosiy partiyalariga, jamoat harakatlariga, barcha aholisiga Murojaatnomasi qabul qilinsin. (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh Vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
698-XII-son

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShI RAYoSATI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING TOJIKISTON RESPUBIKASINING SIYOSIY PARTIYALARIGA, JAMOAT HARAKATLARIGA, BARChA AHOLISIGA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUROJAATNOMAASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aziz tojik birodarlar va opa-singillar!
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qardosh tojik xalqi uchun bu ogʻir damlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi sizlarga keyingi paytda qoʻshni respublikada avj olib ketgan fojiali voqealar munosabati bilan gʻoyat chuqur tashvish va anduh soʻzlari bilan murojaat etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asrlar mobaynida Oʻzbekiston bilan Tojikiston xalqlari oʻrtasida chambarchas bogʻlanib ketgan doʻstlik, ularning qon-qardoshligi, yaxshi va yomon kunlarni birgalikda boshdan kechirganliklari, tarixiy ildizlarimizning mushtarakligi bizga shunday qilish huquqini beradi deb oʻylaymiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biz sizlarga shu boisdan murojaat etmoqdamizki, tojik zaminida otilgan har bir oʻq Oʻzbekiston aholisining qalblariga nayzadek botmoqda. Birodarkushlik muhorabasida halok boʻlgan va shikastlanganlar toʻgʻrisidagi xabarlarni oʻz shaxsiy qaygʻumiz, kulfatimizdek qabul qilmoqdamiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biz Tojikiston Respublikasining hamma siyosiy partiyalari, jamoat harakatlariga, respublikaning barcha aholisiga yuzaga kelayotgan ziddiyatlar tamomila tinch siyosiy vositalar yoʻli bilan, qonun doirasida hal etilishi uchun urush olovini darhol toʻxtatish maqsadida imkoni boʻlgan hamma ishni qilish daʼvati bilan murojaat etmoqdamiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tojikistondagi oʻzaro kurashayotgan kuchlar murosaga kelish yoʻlini topishlariga, yuzaga kelgan muammolarni hamjihatlik, tinch muloqot yoʻl bilan hal etishga erishishlariga ishonchimiz komil. Koʻhna xalqning asriy va tarixiy tajribasi tantana qilajak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tojikiston Respublikasi Oliy Kengashi hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosatlarining Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari murojaatnomasiga javoban Oʻzbekiston Tojikiston xalqiga qoʻlidan kelgancha insonparvarlik yordami koʻrsatadi. Biz Tojikiston rahbariyatining tinchlik oʻrnatuvchi qoʻshimcha kuchlarni yoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosini qoʻllab-quvvatlaymiz. Koʻpmillatli, mustaqil Tojikistonda, uning har bir xonadonida, har bir oilada tinchlik tezroq qaror topishiga, uning barcha fuqarolari totuvlikda va farovonlikda yashashlariga tilakdoshmiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 12-son, 459-modda)