O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 15-sentabrda 1728-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/9-sonli “Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3263, 27.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 8-sentabrdagi 23/1-son qarori (ro‘yxat raqami 1728, 2007-yil 12-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 41-42-son, 426-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 5-sentabr,
24/4-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/4-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 173-bandning oltinchi xatboshisi “varaqchalar va muhr izi” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 2-ilovaning 3-bandi uchinchi xatboshisi “muhr izi” degan so‘zlardan keyin “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
3. 16-ilovadagi “(yuridik shaxslar uchun)” degan so‘zlar “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 37-son, 494-modda)