Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklashlar va birga qoʻshib olib borish tartibi, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 15-sentabrda 1895-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 9-yanvardagi 2009-02-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1895, 2009-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklashlar va birga qoʻshib olib borish tartibi, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 8-sentabr,
2015-13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2015-yil 8-sentabrdagi 2015-13-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklashlar va birga qoʻshib olib borish tartibi, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-iyuldagi 160-sonli “Qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni birga qoʻshib olib borishga doir cheklashlar va birga qoʻshib olib borish tartibi, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimini oʻrnatadi.”.
2. 2-banddagi “boshqa birjalar” degan soʻzlar “valyuta birjalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni mazkur Nizomning IV boʻlimida belgilangan holatlardan tashqari:
a) investitsiya vositachisini investitsiya maslahatchisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi professional faoliyati bilan;
b) investitsiya maslahatchisini investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi, transfer-agent professional faoliyati bilan;
v) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisini investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, transfer-agent professional faoliyati bilan;
g) transfer-agentni investitsiya maslahatchisi, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi professional faoliyatlarni birga qoʻshib olib borishga yoʻl qoʻyiladi.”.
4. 14 va 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Transfer-agent investitsiya vositachisining va qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining professional faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
15. Investitsiya fondining faoliyati boshqa turdagi faoliyat bilan birga qoʻshib olib borilishi mumkin emas.”.
5. 16-banddan “va (yoki) hisob-kitob-kliring palatasining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 37-son, 496-modda)