17.06.2003 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Oʻsimliklar karantini sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimliklar karantini sohasida oʻzlarining ikki tomonlama hamkorliklarini mustahkamlash maqsadida va Tomonlar hududlarini oʻsimliklar karantini organizmlari kirishidan muhofaza qilishni yaxshilash hamda ular keltirayotgan zararlarni kamaytirish, shuningdek urugʻlar, ekish materiallari va ikki mamlakat oʻsimliklar karantini qoidalari nazorati ostida boʻlgan boshqa mahsulotlarning savdosi hamda almashuvini yengillashtirish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼuliyatli boʻlgan Tomonlarning vakolatli organlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi — Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat bosh inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eron Islom Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi — Oʻsimliklarni muhofaza qilish tashkiloti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasida “karantin organizmlari” tushunchasi ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan 1 va 2-ilovalarda* qayd etilgan oʻsimliklar zararkunandalari, kasallik qoʻzgʻatuvchilari va begona oʻtlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomonning vakolatli organlari kelajakda oʻzlarining tegishli roʻyxatlariga oʻzgartish va toʻldirishlar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday oʻzgartish va toʻldirishlar toʻgʻrisida boshqa Tomon diplomatik kanallar orqali xabardor qilinadi va ular bunday xabarnomadan keyin 60 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomonning vakolatli organlari har yili bahor faslining boshlarida boshqa Tomon taqdim etgan roʻyxatga kiritilgan karantin organizmlarining oʻz hududlarida paydo boʻlishi va tarqalishi toʻgʻrisida axborot almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomon oʻsimliklar zararkunandalari va kasallik qoʻzgʻatuvchilar paydo boʻlishi va tarqalishi mumkin boʻlgan urugʻlar, ekish materiallari va boshqa mahsulotlarning (bundan keyin karantin nazorati ostida boʻlgan mahsulotlar deb yuritiladi) importi, eksporti va tranziti boʻyicha oʻsimliklar karantiniga doir ikki Tomon davlatlarining amaldagi qonun-qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon hududidan boshqa Tomon hududiga karantin nazorati ostida boʻlgan mahsulotlar importi, eksporti va tranziti import qiluvchi mamlakatning vakolatli organi tomonidan belgilanadigan chegara punktlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomon eksport qilishda materiallarni oʻrash sifatida qoʻllaniladigan karantin nazorati ostida boʻlgan mahsulotlar, qogʻoz, plastik va kelib chiqishi oʻsimlik boʻlmagan boshqa materiallardan foydalanishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin nazorati ostida boʻlgan mahsulotlarni tashish vositalari yuklashdan oldin puxta tozalanishi va zarur holda zararsizlantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Karantin nazorati ostida boʻlgan mahsulotlarning har biri bir Tomon hududidan boshqa Tomon hududiga (yoki u orqali) eksport qilinayotganida eksport qiluvchi mamlakatning oʻsimliklar karantini xizmati vakolatli organi tomonidan berilgan va ushbu mahsulotda har qanday karantin organizmlar yoʻqligini tasdiqlovchi fitosanitar sertifikat bilan kuzatib borilishi lozim. Fitosanitar sertifikat eksport qiluvchi mamlakatning rasmiy tilida hamda ingliz tilida rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qiluvchi mamlakatning oʻsimliklar karantini xizmati nazorati ostida mahsulotlarning olib kirilishi va tranziti import qiluvchi mamlakatning oʻsimliklar karantini xizmati tomonidan berilgan import qilish ruxsatnomasida qayd etilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan karantin qoidalariga muvofiq mahsulotlarning importi yoki tranziti amalga oshirilganda, ikkala Tomon ularning fitosanitar holati boʻyicha yangi qoʻshimcha shartlar va talablarni qoʻyish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fitosanitar nazorati paytida karantin organizmlari fosh qilinsa, ikkala Tomonning vakolatli organlari karantin mahsulotni eksport qiluvchi mamlakatga qaytarish yoki uni zararsizlantirish huquqiga ega. Zararsizlantirish imkoni boʻlmaganda esa, oʻzlarining fitosanitar qoidalariga muvofiq uni yoʻq qilish huquqiga ega. Import qiluvchi mamlakatning vakolatli organi koʻrilgan choralar toʻgʻrisida boshqa Tomonning vakolatli organini yozma ravishda xabardor etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday karantin mahsulotlarni zararsizlantirish, qaytarish yoki yoʻq qilish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar eksport qiluvchi tashkilot yoki bunday mahsulotlarni yetkazib berish uchun masʼul boʻlganlar tomonidan qoplanadi va ustama haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomonning vakolatli organlari zarur hollarda bir-birlariga oʻsimliklar karantini sohasida ilmiy, texnikaviy va boshqa yordam beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Tomonning vakolatli organlari yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni hal qilish va ikkala Tomonning ahdlashuvlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek oʻsimliklar karantini sohasida axborot hamda tajriba almashish uchun zarur hollarda, lekin bir yilda kamida bir marta maslahatlashuvlar olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu majlislarning vaqti, joyi va dasturi ikkala Tomonning oʻzaro kelishuvga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlislarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qabul qiluvchi mamlakat qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomonning yoʻl xarajatlarini yuborayotgan Tomonning oʻzi qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin qilish va qoʻllash bilan bogʻliq barcha kelishmovchiliklar ikkala Tomonning mutaxassislari ikki Tomonning oʻzaro roziliklariga koʻra muzokara va maslahatlashuvlar orqali hal qiladi. Agar kelishmovchiliklar muzokara va maslahatlashuvlar orqali hal etilmasa, ular diplomatik kanallar orqali tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ushbu Bitimga ikkala Tomonning oʻzaro yozma roziliklariga koʻra uning ajralmas qismi boʻlib qoladigan va alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish hamda toʻldirishlar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning qoidalari Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlar uni tasdiqlagan kundan boshlab 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim besh yil muddatga tuziladi. Agar Tomonlardan birontasi tegishli muddat tugashidan kamida olti oy ilgari ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi niyati xususida yozma ravishda xabardor qilmasa, u oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tehron shahrida 2003-yil 17-iyunda, hijriy 1382 yil 27 xoʻrdodda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, fors va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitimning qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda ingliz tilidagi matn asosiy hisoblanadi.

(imzolar)