16.05.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Slovakiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb yuritiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Slovakiya Respublikasi Hukumati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har ikkala mamlakat uchun oʻzaro manfaatli boʻlgan iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirishni istagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida investitsiya kiritishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadini nazarda tutib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Bitimga muvofiq ravishda investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish bu sohadagi tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirishda muhim omil boʻlib xizmat qilishini eʼtiborga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar xususida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-Modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Investitsiya” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomonning investori boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida, uning qonunchiligiga muvofiq iqtisodiy faoliyat doirasida investitsiyalagan barcha mulkiy boyliklarni, ammo nafaqat ularni, xususan quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mol-mulk va koʻchmas mulk hamda ipoteka, kafolatlar, garov huquqi va shunga oʻxshash huquqlardan kelib chiquvchi boshqa moddiy huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kompaniyalarning aksiyalari, obligatsiyalari, ulushlari hamda jamiyatlar va korxonalarning mulkidagi ishtirokning boshqa koʻrinishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) pulli qarz talabnomalariga boʻlgan huquq yoki investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlib, iqtisodiy qiymatga ega boʻlgan shunday faoliyatga oid talab huquqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan mualliflik huquqi, tovar nishonlari, patentlar, litsenziyalar, texnologiyalar, sanoat andozalari, “nou-xau”, tijorat sirlari, firmaviy nomlar va “gud-vil” kabi intellektual mulk, savdo va sanoat mulkiga boʻlgan huquqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonun yoki amalda joriy boʻlgan Bitim asosida beriladigan huquqlar, qonunga muvofiq litsenziyalar yoki ruxsatnomalar, shu jumladan tabiiy resurslar, shuningdek Ahdlashuvchi Tomonning hududida joylashgan tabiiy resurslarni topish, ishlab chiqarish, qazib olish va ulardan foydalanish konsessiyasiga oid huquqlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boyliklar investitsiyalangan yuridik formadagi hech qanday oʻzgarish ularning investitsiya sifatidagi kvalifikatsiyasiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Investor” atamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Tomonning amaldagi qonunchiligiga muvofiq uning fuqarosi boʻlgan istalgan “jismoniy shaxs”ni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir Ahdlashuvchi Tomonning qonunlari va normalariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan va taʼsis etilgan hamda yuridik shaxs sifatida tan olingan istalgan “yuridik shaxs”ni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar Ahdlashuvchi Tomonlarning qonunchiligiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida investitsiyalarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Daromadlar” atamasi investitsiyalar natijasida olingan summalarni bildiradi va xususan daromadlar, foizlar, sarmoyalarning oʻsishi, paylar, dividendlar, litsenziyali va boshqa toʻlovlar, ammo nafaqat ularni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Hudud” atamasi xalqaro huquqqa muvofiq davlat oʻz suveren huquqlari yoki yurisdiksiyani amalga oshirishi mumkin boʻlgan davlat hududiga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-Modda
Investitsiyalar kiritishni ragʻbatlantirish va himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalashni qoʻllab-quvvatlaydi va buning uchun qulay sharoitlar yaratadi hamda oʻz qonunchiligiga muvofiq bunday investitsiyalarga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalari uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida adolatli va teng huquqli munosabatlar taʼminlanadi. Investitsiyalar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida toʻliq himoya va xavfsizlikka ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-Modda
Milliy rejim va eng qulay rejim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investitsiyalari va daromadlari uchun istalgan uchinchi davlat investorlarining investitsiyalari yoki daromadlari uchun yaratilgan rejimdan kam boʻlmagan qulay rejim yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududidagi boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalarini boshqarish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish borasida oʻz investorlari yoki istalgan uchinchi davlat investorlari uchun yaratilganidan kam boʻlmagan qulay rejim yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Moddaning 1 va 2 bandlari qoidalarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona, valyutali uyushmalar yoki erkin savdo zonasi yoxud shu kabi xalqaro bitimlar, Ahdlashuvchi Tomon aʼzosi boʻlgan yoki aʼzosi boʻlishi mumkin boʻlgan mintaqaviy hamkorlikning boshqa shakllariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) faqatgina yoki asosan soliq solishga oid xalqaro bitimlar yoki shartnomalarga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomonni boshqa Ahdlashuvchi Tomonning investorlari uchun shunday munosabat yoki imtiyozlar yaratish uchun majburlovchi vosita sifatida talqin qilish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-Modda
Zararlarni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon investorlarining investitsiyalariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida sodir boʻlgan urush, qurolli toʻqnashuv, favqulodda holat, toʻlqinlanishlar, qoʻzgʻolonlar, isyon yoki shunga oʻxshash boshqa voqealar oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplashda uning oʻz investorlari yoki istalgan uchinchi davlat investorlari uchun yaratilgandan kam boʻlmagan rejim yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Moddaning 1-bandidan qatʼiy nazar boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida bundan avvalgi bandda qayd etilgan voqealar oqibatida zarar koʻrgan Ahdlashuvchi Tomonning investoriga, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ularning mol-mulklari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning qurolli kuchlari yoki rasmiy organlari tomonidan musodara qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ularning mol-mulklari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning harbiy harakatlari tufayli emas, yoki vaziyat taqozo etmagan hollarda yoʻq qilib yuborilgan boʻlsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosqinchilik vaqtida yoki mol-mulkni yoʻq qilish natijasida zarar koʻrgan jabrlanuvchiga adolatli va tegishli tovon toʻlovlari toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararni qoplash boʻyicha yakuniy toʻlovlar erkin ravishda, hech qanday kechikishsiz erkin muomaladagi valyutada oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-Modda
Ekspropriatsiya (Natsionalizatsiya)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning investitsiyalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida jamoat manfaatlaridan mustasno boʻlgan hollarda natsionalizatsiya qilinmaydi, ekspropriatsiya qilinmaydi, yoki ularga nisbatan oqibat natijasi natsionalizatsiya (quyida “natsionalizatsiya” deb yuritiladi)ga teng boʻlgan choralar qoʻllanilmaydi. Natsionalizatsiya huquqiy jihatdan kamsitmaslik asosida qabul qilinadi va ular uchun tez orada, aynan va foydali tovon toʻlanadi. Bunday tovon toʻlash bevosita natsionalizatsiya qilingunga qadar yoki bu haqda rasmiy ravishda maʼlum qilingan vaqtdagi natsionalizatsiya qilingan investitsiyalarning bozor narxiga muvofiq boʻlishi lozim. Toʻlovlar erkin muomaladagi valyutada, tez orada erkin ravishda oʻtkaziladi va toʻlovlar summasiga natsionalizatsiya qilingan kundan to toʻlovlar amalga oshirilgan kunga qadar bozorning foizli stavkalariga muvofiq boʻlgan tegishli foizlar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Natsionalizatsiyadan ziyon koʻrgan investorlar mazkur moddadagi prinsiplarga muvofiq Ahdlashuvchi tomonning sud yoki boshqa mustaqil organlariga murojaat qilib, mavjud holatni tekshirish va oʻz investitsiyalarini baholashni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Moddaning 1-bandi qoidalari Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududining istalgan qismida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki taʼsis egilgan kompaniyalar, korxonalar va boshqa xoʻjalik boʻlinmalarining mulkini natsionalizatsiya qiladigan hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlari oʻz ulushlariga ega boʻlgan hollarga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-Modda
Toʻlovlarni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar investitsiyalar va daromadlar bilan bogʻliq boʻlgan pul oʻtkazishlarni taʼminlaydilar. Toʻlovlar erkin muomaladagi valyutada, moneliksiz va asossiz kechikishlarsiz amalga oshiriladi. Bunday pul oʻtkazishlar xususan quyidagilarni, ammo nafaqat ularni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) daromadlar, foizlar, dividendlar va boshqa joriy daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) zayomlar pulini toʻlash uchun sarflanadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) investitsiyalarni toʻlaligicha yoki qisman sotish, tugatishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshiriladigan investitsiyalariga muvofiq oladigan ish haqi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddada koʻzda tugilgan toʻlovlarni oʻtkazish hududida investitsiyalar amalga oshirilgan Ahdlashuvchi Tomonning valyutani tartibga solish qoidalariga muvofiq, toʻlovlar oʻtkazilayotgan kunda amalda boʻlgan valyuta kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-Modda
Subrogatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar bir Ahdlashuvchi Tomon yoki u vakolatli etib tayinlagan agentlik oʻz investorlarining boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududidagi investitsiyalariga nisbatan tijorat xavfidan biror-bir moliyaviy kafolat bergan boʻlsa, birinchi Ahdlashuvchi Tomon toʻlovlarni ana shu kafolatga koʻra bajargan holda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon subrogatsiya prinsipi asosida investor huquqlari birinchi Ahdlashuvchi Tomonga oʻtishini tan olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻtkazilgan huquq yoki talablar investorning dastlabki huquq yoki talablari doirasidan chiqmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-Modda
Ahdlashuvchi Tomon va boshqa Ahdlashuvchi Tomon investorlari oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning investori bilan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday nizolar nizolashuvchi davlatlar oʻrtasidagi muzokaralar mavzui boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar bir Ahdlashuvchi Tomonning investori bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasidagi nizolar ular boshlangan kundan boshlab olti oy mobaynida bunday yoʻllar bilan hal etilmasa, investor ularni hal etish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlatlar va boshqa davlatlarning chet ellik shaxslari oʻrtasidagi investitsiyalarga oid nizolarni hal etish tartibi toʻgʻrisidagi Konvensiya (Vashington, 1965-y.) ga muvofiq, agar har ikkala Ahdlashuvchi Tomon mazkur Konvensiyaning aʼzosi boʻlsa, investitsion nizolarni tartibga soluvchi Xalqaro markazga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) arbitrga yoki Xalqaro savdo boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti komissiyasining Arbitraj Reglamenti (YuNSITRAL)ga muvofiq “ad hock” hakamlar sudiga taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolashuvchi Tomonlar ushbu qoidalarning oʻzgartirilishi xususida yozma ravishda kelishib olishlari mumkin. Sudning qarori nizolashuvchi har ikkala tomon uchun tugal va majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-Modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va koʻllash borasida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida yuzaga kelgan nizolar imkon qadar konsultatsiyalar yoki muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolar ular paydo boʻlgandan keyingi olti oy mobaynida hal etilmasa, Ahdlashuvchi Tomonlardan birining talabiga koʻra hakamlar sudiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir ish uchun alohida hakamlik sudi tayinlanadi. Har bir Ahdlashuvchi tomon nizo hakamlik sudida koʻrilishi toʻgʻrisida xabarnoma olgandan soʻng ikki oy mobaynida hakamlar sudining bittadan aʼzosini tayinlaydi. Bu ikki arbitr esa uchinchi davlat fuqarosini saylaydilar va har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning roziligiga koʻra U sud Raisi (quyida “Rais” deb yuritiladi) egib tayinlanadi. Rais har ikkala arbitr tayinlangan kundan keyingi uch oy mobaynida tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar ushbu Moddaning 3-bandida qayd etilgan muddatlarga amal qilinmasa, zaruriy tayinlov oʻtkazish uchun Xalqaro Sud Raisiga murojaat qilish mumkin. Basharti, Xalqaro Sud Raisi Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz vazifalarini amalga oshirolmasa, zaruriy tayinlov uchun Vitse-Prezident taklif etiladi. Bordi-yu u ham oʻz vazifalarini bajarolmasa yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, tayinlov Ahdlashuvchi Tomonlardan hech qaysisining fuqarosi boʻlmagan Xalqaro Sudning eng yuqori darajali sudyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hakamlar sudi oʻz qarorlarini koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi va ular bajarilishi shart boʻlgan qarorlar hisoblanadi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzi tayinlagan sud aʼzosi uchun sarflanadigan xarajatlarni, shu jumladan oʻzining hakamlar sudi tartibotlaridagi ishtiroki uchun zaruriy xarajatlarni toʻlaydi. Raisning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni va boshqa barcha xarajatlarni Ahdlashuvchi Tomonlar teng tarzda toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hakamlar sudi barcha masalalar boʻyicha oʻz ish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-Modda
Boshqa normalarni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning biror-bir masalasi har ikkala Ahdlashuvchi Tomon qatnashchisi boʻlgan yoki boʻladigan boshqa Xalqaro Bitim orqali hal etiladigan hollarda ushbu Bitim oʻsha Xalqaro Bitimning yanada qulayroq normalaridan foydalanishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-Modda
Mazkur Bitimni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim u imzolangunga qadar bir Ahdlashuvchi Tomonning investorlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida amalga oshirgan barcha investitsiyalarga nisbatan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-Modda
Bitimning kuchga kirishi, amalda joriy boʻlishi va uni harakatdan toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim qonuniy kuchga kirishi uchun har bir Ahdlashuvchi Tomon konstitutsion tartibotlarning bajarilganligi toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Tomonga xabar beradi. Ushbu Bitim soʻnggi nota olingan kunning ertasidan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim oʻn yil mobaynida amalda joriy boʻladi. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni belgilangan muddat tugashidan bir yil avval, yozma ravishda ushbu Bitimni harakatdan toʻxtatish toʻgʻrisidagi oʻz maqsadlaridan xabardor qilmasa, Bitimning amalda joriy boʻlish muddati avtomatik tarzda navbatdagi muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim harakatdan tugatilgunga qadar amalga oshirilgan investitsiyalarga nisbatan ushbu Bitim qoidalari u harakatdan toʻxtatilgandan soʻngi 10 yil mobaynida ham saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim 1995-yil 16-mayda Toshkent shahrida, ikki nusxada, har biri oʻzbek, slovak va rus tillarida tuzilgan boʻlib, barcha matnlar bir xil kuchga ega hisoblanadi. Bitimni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda rus tilidagi matn asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)