27.09.2000 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida
Konsullik Konvensiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala davlatning, ularning yuridik shaxslari va fuqarolari huquq hamda manfaatlarini yanada samarali himoya qilish, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, oʻzlarining konsulxona munosabatlarini rivojlantirish istagiga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik aloqalari toʻgʻrisida 1963-yil 24-aprelda imzolangan Vena konvensiyasi qoidalarini rivojlantirish yoʻlida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Konvensiyada tilga olinmagan masalalar boʻyicha xalqaro huquqning odatiy meʼyorlari va Ahdlashuvchi Tomonlar qatnashgan xalqaro shartnomalar qoʻllanilishini tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Konvensiyani tuzishga qaror qildilar va quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I QISM
TAʼRIFLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyada keltiriladigan atamalar quyidagi maʼnoga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) “konsulxona muassasasi” har qanday bosh konsulxona, konsulxona, vitse-konsulxona yoki konsulxona agentligini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) “konsulxona oʻrami” konsulxona vazifalarni bajarish uchun konsullik muassasasiga biriktirilgan hududni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) “konsulxona muassasasi rahbari” shu mansabda xizmat qilish topshirilgan shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) “konsulxona mansabdor shaxsi” ayni lavozimda konsulxona vazifalarini bajarish yuklatilgan har qanday shaxsni, jumladan konsulxona muassasasi rahbarini ham anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) “konsulxona xizmatchisi” konsulxona muassasasida maʼmuriy yoki texnik vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) “xizmat qiluvchi xodim” konsulxona muassasasiga xizmat koʻrsatish boʻyicha vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) “konsulxona muassasasi xodimlari” konsulxona muassasasi mansabdor shaxslari, konsulxona xizmatchilari va konsulxona muassasasining xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) “oila aʼzosi” konsulxona xodimining xotini (eri), farzandlari, ota-onasi hamda u bilan birga yashayotgan va uning qaramogʻida boʻlgan boshqa shaxslarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) “fuqaro” atamasi yuboruvchi davlat yoki qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga muvofiq ulardan birining fuqarosi boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) “konsulxona binolari” kimning mulki boʻlishidan qatʼi nazar faqatgina konsulxona muassasasi foydalanadigan binolar yoki ularning qismlarini, yoki ushbu bino yoxud bino qismlariga xizmat qiluvchi yer maydonlarini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) “konsulxona arxivlari” konsulxona muassasasining barcha qogʻozlarini, hujjatlarini, xat-xabarlarini, kitoblarini, filmlarini, axborotni toʻplash, saqlash va foydalanishning texnikaviy vositalarini, konsulxona muassasasining reyestrlarini, ularning asralishi va saqlanishini taʼminlovchi maxsus raqam va xos raqamlari, kartotekalari va boshqa har qanday jihozlar bilan birgalikda, anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) “havo kemasi” yuboruvchi davlatning tanish belgilarini ishlatish huquqiga ega boʻlgan har qanday fuqarolik havo kemasini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II QISM
KONSULXONA ALOQALARI TOʻGʻRISIDA UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Konsulxona muassasasini ochish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona maussasasi qabul qiluvchi davlat hududida faqat shu davlatning roziligi bilan ochilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona muassasasining joyi, uning toifasi, konsulxona oʻrami va shunga daxldor har qanday oʻzgarish yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlatlar oʻrtasidagi kelishuv asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Konsulxona muassasasi rahbarini tayinlash va ish boshlashga ruxsat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona muassasasi rahbarini tayinlashda yuboruvchi davlat oldindan konsulxona joylashadigan davlatning roziligini olishi kerak. Agar konsulxona joylashadigan davlat rozilik bermasa, u oʻzining qarorini izohlab berishi shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlat Tashqi ishlar vazirligiga konsulxona rahbari tayinlanganligi toʻgʻrisida konsulxona patenti yoki bildirishnomani yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona patenti taqdim etilishi bilan qabul qiluvchi davlat imkoni boricha qisqa vaqt ichida konsulxona muassasasi rahbariga ekzekvatura beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konsulxona muassasasi rahbari qabul qiluvchi davlatning ekzekvaturasini olganidan soʻng oʻz vazifalarini bajarishga kirishishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qabul qiluvchi davlat ekzekvatura bergunga qadar konsulxona muassasasi rahbariga oʻz vazifalarini vaqtincha bajarib turishga ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Konsulxona muassasasi rahbariga ekzekvatura yoki vaqtincha oʻz vazifalarini bajarish uchun ruxsatnoma berilgach, qabul qiluvchi davlat bu haqda konsulxona oʻramining maʼmurlariga xabar beradi va konsulxona muassasasi rahbariga oʻz vazifasini bajarishi va ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan huquq, imtiyoz va immunitetlardan foydalanish imkoniyatini yaratish uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Konsulxona muassasasi rahbari vazifasini vaqtincha bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar konsulxona muassasasi rahbari oʻz vazifalarini bajara olmasa yoki konsulxona muassasasi rahbari oʻrni boʻsh boʻlsa, konsulxona muassasasi rahbarining vazifasi vaqtincha konsulxona rahbari vazifasini bajaruvchi tomonidan bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona muassasasi rahbari vazifasini bajaruvchining toʻla ismi va familiyasi, konsulxona muassasasi rahbari tomonidan, agar u buni qila olmasa, yuboruvchi davlatning har qanday vakolatli idorasi tomonidan qabul qiluvchi davlat Tashqi ishlar vazirligiga oldindan xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari konsulxona muassasasi rahbari vazifasini bajaruvchiga yordam koʻrsatadilar va himoya qiladilar. Konsulxona muassasasi rahbari vazifasini bajarish davrida unga ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan konsulxona rahbariga tegishli qoidalar ham tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ishga tayinlanish, kelish va joʻnab ketish haqida qabul qiluvchi davlatni xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuboruvchi davlat oʻzining vakolatli organlari orqali qabul qiluvchi davlat Tashqi ishlar vazirligini quyidagilar haqida yozma ravishda oldindan xabardor qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) konsulxona muassasasi xodimlarining familiyasi, ismi, fuqaroligi, darajasi, lavozimi, ularning kelishi va joʻnab ketish muddatlari yoki vazifalarini bajarishining toʻxtatilishi, shuningdek konsulxona muassasasida ishlash mobaynida ular maqomidagi har qanday oʻzgarishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir konsulxona muassasasi xodimi oila aʼzolarining familiyasi, ismi, fuqaroligi, kelish hamda joʻnab ketish kuni, shuningdek u yoki bu shaxsning shu oila aʼzosi boʻlganligi yoki oila aʼzoligidan chiqqanligi haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli maʼmurlari shu davlatda belgilangan tartiblarga muvofiq konsulxona muassasasi xodimlariga va ularning oila aʼzolariga qabul qiluvchi davlatning akkreditatsiya hujjatlarini bepul beradilar, bunday hujjatlar ularning konsulxona muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolari sifatidagi maqomini tasdiqlaydi. Qabul qiluvchi davlat fuqarosi boʻlgan yoki u yerda doimiy yashaydigan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Konsulxona mansabdor shaxslarining fuqaroligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsulxonaning mansabdor shaxslari yuboruvchi davlat fuqarolari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
“Regsona non grata” yoki nomaqbul deb topilgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qiluvchi davlat istalgan vaqtda u yoki bu konsulxona mansabdor shaxsini “regsona non grata” yoki konsulxona muassasasining istalgan xodimini nomaqbul shaxs deb topganligidan yuboruvchi davlatni xabardor qilishi mumkin. Qabul qiluvchi davlat oʻz qarorining sababini izohlab berishi shart emas. Bunday holda yuboruvchi davlat konsulxona muassasasi xodimini chaqirib olishi kerak. Agar yuboruvchi davlat bu majburiyatni oqilona vaqt ichida bajarmasa, qabul qiluvchi davlat bu shaxsni konsulxona muassasasi xodimi deb tan olishdan voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III QISM
KONSULLIK VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsulxona mansabdor shaxsi quyidagi huquqqa ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuboruvchi davlat, uning fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga yordam va koʻmak berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuboruvchi davlat bilan qabul qiluvchi davlat oʻrtasida savdo, iqtisodiy, mehnat, huquqiy, sayyohlik, ekologik, ilmiy-texnikaviy, axboriy, madaniy, insonparvarlik aloqalarni hamda maorif, ijtimoiy muhofaza va sport sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek boshqa tarzda ular oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qabul qiluvchi davlatning savdo, iqtisod, madaniyat, ilmiy hayotdagi vaziyatlar va voqealarni barcha qonuniy yoʻllar orqali aniqlash, ular haqida yuboruvchi davlat hukumatiga xabar qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuboruvchi davlat tomonidan konsulxona muassasasiga yuklatilgan qabul qiluvchi davlatning qonun va qoidalariga zid boʻlmagan boshqa vazifalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Fuqarolik va fuqarolik holatiga oid vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona mansabdor shaxsi quyidagi huquqqa ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuboruvchi davlat fuqarolari hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqarolik masalalari boʻyicha har qanday arizalarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qabul qiluvchi davlat vakolatli organlaridan yuboruvchi davlat fuqarolarining tugʻilishi va oʻlimi haqida maʼlumotlar olish, ularning tugʻilishi va oʻlimini qayd qilish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuboruvchi davlat qonunlariga muvofiq yuboruvchi davlat fuqarolari oʻrtasida nikoh tuzilishini va nikohni bekor qilishni qayd qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan qoidalar manfaatdor shaxslarni konsulxona muassasasi joylashgan davlatning qonun va qoidalariga rioya etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Pasport va vizalarga oid vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsulxona mansabdor shaxsi quyidagi huquqqa ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuboruvchi davlat fuqarolariga pasportlar berish, yangilash, olib qoʻyish, bekor qilish, ularning amal qilish muddatini choʻzish, ularga zarur belgilar qoʻyish, shuningdek fuqarolarga chegaradan oʻtish huquqini beradigan boshqa hujjatlarni berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuboruvchi davlat hududiga kirish va undan chiqish, shuningdek uning hududidan tranzit oʻtish uchun vizalar berish, ularning muddatini uzaytirish va bekor qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Legallashtirish va notarial harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona mansabdor shaxsi quyidagi notarial harakatlarni bajarish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har qanday fuqaroning arizasi asosida yuboruvchi davlatda va uning tashqarisida foydalanilishi uchun dalolatnoma va hujjatlarni tuzib tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat vakolatli idoralari rasmiy hujjatlaridagi imzolar va muhrlarning, agar Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirok etgan xalqaro shartnomalarda boshqacha tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, haqiqiyligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rasmiy hujjatlar aslini legallashtirish va ular nusxalarining, koʻchirmalarining, bu hujjatlar tarjimalarining haqiqiyligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuboruvchi davlat qonunlarida koʻzda tutilgan har qanday boshqa notarial harakatlarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona mansabdor shaxsi tomonidan tuzilgan, tasdiqlangan va zarurat yuzasidan legallashtirilgan hujjatlar, agarda ular qabul qiluvchi davlat qonunlari va normalariga zid kelmasa, qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari tomonidan tuzib, tasdiqlangan va zarurat yuzasidan legallashtirilgan hujjatlar kabi yuridik kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Fuqarolarning tutilganligi, hibsga olingani, qamalganligi va ularni borib koʻrish haqida xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari yuboruvchi davlat fuqarosining ushlanganligi, hibsga olinganligi yoki uning ozodligini har qanday boshqa cheklash voqeligi yuz bergani haqida tegishli konsulxona mansabdor shaxsini zudlik bilan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari ushbu shaxs tomonidan konsulxona muassasasiga yoʻllangan har qanday maʼlumotni darhol yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari yuboruvchi davlat fuqarosining ushlangani, hibsga olingani yoki uning ozodligini boshqacha cheklash voqeligi yuz bergan vaqtdan boshlab kechiktirmasdan konsulxona mansabdor shaxsining bu fuqaro bilan uchrashish yoki u bilan bogʻlanish, hamda unga zarur yordamni, jumladan huquqiy yordamni koʻrsatish huquqini amalga oshirishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari yuboruvchi davlatning tegishli fuqarosini ushbu moddaning 1- va 2-bandlariga muvofiq uning huquqlaridan xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida koʻrsatilgan huquqlar, agar qabul qiluvchi davlatning qonun va qoidalari ularni bekor qilmagan taqdirda, ular asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Yuboruvchi davlat fuqarolariga yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) konsulxona oʻramida yuboruvchi davlatning istalgan fuqarosini kelib koʻrish va u bilan aloqa qilish huquqiga ega, bunda qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlat fuqarolari va konsulxona muassasalari oʻrtasidagi aloqalarga toʻsqinlik qilmaydi va fuqarolarning konsulxona muassasasiga kelishlarini cheklamaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar qabul qiluvchi davlat qonunlariga zid boʻlmasa, yuboruvchi davlatning har qanday fuqarosidan vaqtincha saqlash uchun mulk, pul mablagʻlari, qimmatbaho buyumlar va hujjatlarni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yuboruvchi davlat fuqarosiga daxldor boʻlgan moddiy zarar va kishilar halokati, avtotransport ushlanishi hamda baxtsiz hodisalarga olib kelgan har qanday voqealarga oid maʼlumotlarni qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlaridan tezlik bilan berishni soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yuboruvchi davlatning bedarak yoʻqolgan fuqarolarini topishda yordam soʻrab qabul qiluvchi davlatning vakolatli idoralariga murojaat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona muassasasi oʻzi joylashgan va yuboruvchi davlatning huquqni himoya qilish idoralariga koʻrsatilgan tartibda huquqiy yordam berilishi masalasini hal qilishda koʻmaklashishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuboruvchi davlat fuqarosi oʻz huquq va manfaatlarini qabul qiluvchi davlat qonunlariga koʻra oʻz vaqtida himoya qilishga qodir boʻlmasa, konsulxona mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlat sud va boshqa vakolatli idoralarida uning nomidan vakillik qilishi yoki fuqaro oʻz vakilini tayinlagunicha yoxud oʻz huquq va manfaatlarini oʻzi himoya qilish imkoniyati paydo boʻlguniga qadar vakil bilan taʼminlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Vasiylik va homiylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli idoralari kechiktirmasdan yuboruvchi davlatning konsulxona muassasasiga belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolari, shu jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan vasiylik yoki homiylik oʻrnatish zarurligi haqida xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga koʻra yuboruvchi davlatning belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolari, shu jumladan, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va zarur boʻlganda bunday shaxsga vasiy va homiy tavsiya qilish yoki tayinlash hamda vasiylik va homiylikka tegishli harakatlarni kuzatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Oʻlganlik haqida xabar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuboruvchi davlat fuqarosi qabul qiluvchi davlatda oʻlsa, qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari bu haqda konsulxona muassasasiga zudlik bilan xabar qiladilar. Ular konsulxona muassasasining iltimosiga binoan unga oʻlganlik haqida guvohnoma yoki oʻlganlik haqida boshqa hujjatlarni topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Meros mulkiga daxldor vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari konsulxona muassasasiga uning oʻrami hududida yuboruvchi davlat fuqarosining oʻlganligi haqida imkon darajasida qisqa vaqt ichida xabar qiladilar, shuningdek meros mulki, vasiyatnoma borligi yoki qabul qiluvchi davlatda yashovchi yoki vakil qilingan shaxs ushbu mulkning boshqaruvchisi etib tayinlangani haqida maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona mansabdor shaxsi ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan meros mavjud boʻlsa, qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari tomonidan uni roʻyxatga olishda qatnashish huquqiga ega va meros mulkini qoʻriqlash boʻyicha tegishli choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuboruvchi davlat fuqarosi qabul qiluvchi davlatda oʻlgan shaxsning, uning fuqaroligidan qatʼi nazar, merosini olish huquqiga ega boʻlsa, bu davlatning vakolatli organlari konsulxona muassasasini bu haqida darhol xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuboruvchi davlat fuqarosi davlatda meros olish huquqiga ega yoki meros olishga daʼvogar boʻlsa, biroq u yoki uning vakili meros haqidagi ish koʻrilishida qatnasha olmasa, konsulxona mansabdor shaxsi oʻzi yoki vakili orqali qabul qiluvchi davlat sud yoki boshqa idoralarida ushbu fuqaro nomidan vakillik qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsulxona mansabdor shaxsi yuboruvchi davlatning qabul qiluvchi davlatda doimiy yashamaydigan fuqarosi nomidan qabul qiluvchi davlatdagi unga tegishli har qanday turdagi merosni ushbu fuqaroga berish uchun olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar yuboruvchi davlatning qabul qiluvchi davlatda doimiy yashamaydigan fuqarosi oʻlsa, konsulxona mansabdor shaxsi oʻlgan shaxsning shaxsiy narsalarini, hujjatlarini, pul mablagʻlarini merosxoʻrlariga, boshqaruvchisi yoki boshqa vakil shaxslarga berish uchun vaqtincha saqlash uchun olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuboruvchi davlat fuqarosi qabul qiluvchi davlat hududida boʻlmasa, konsulxona mansabdor shaxsi ushbu shaxs nomidan har qanday shaxsning oʻlimi bilan bogʻliq holda huquqi boʻlgan pullarni va boshqa mulklarni, shu jumladan, meros mulkini, baxtsiz hodisa bilan bogʻliq tovon toʻlovlari haqidagi qonunlarga muvofiq amalga oshirilgan toʻlovlarni, shuningdek hayotni sugʻurta qilish bilan bogʻliq boʻlgan sugʻurta hujjatlari boʻyicha toʻlovlarni suddan, maʼmurlardan yoki ayrim shaxslardan olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Konsulxona mansabdor shaxsi ushbu moddaning 4, 5, 6, 7-bandlarida koʻrsatilgan vazifalarni bajarish vaqtida qabul qiluvchi davlatning qonun va qoidalariga rioya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Yuboruvchi davlatning havo kemalariga koʻmaklashuv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona mansabdor shaxsi oʻz konsulxona oʻrami doirasida yuboruvchi davlatning qabul qiluvchi davlat hududidagi havo kemalariga, ularning kapitani va ekipaj aʼzolariga yordam berish huquqiga ega, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) havo kemasi bortiga chiqish, kapitan va xohlagan ekipaj aʼzosini soʻroq qilish, havo kemasi faoliyati, uning parvozi va yuki haqida maʼlumot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qabul qiluvchi davlat maʼmurlari huquqlarini kamsitmagan holda parvoz paytida sodir boʻlgan har qanday baxtsiz hodisalarni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) komandir va ekipaj aʼzolari oʻrtasidagi nizolarni bartaraf etish hamda havo kemasi bortidagi xavfsizlikni taʼminlashga doir choralarni koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kema kapitani va istalgan ekipaj aʼzosiga tibbiy yordam koʻrsatish yoki oʻz vataniga qaytarishni taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) havo kemasiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish, tuzish, imzolash yoki tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yuboruvchi davlat topshirigʻi asosida kemaga taalluqli boshqa muammolarni hal etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komandir va ekipaj aʼzolari qabul qiluvchi davlatning qonun va qoidalarini buzmagan holda konsulxona mansabdor shaxsi bilan bevosita bogʻlanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Yuboruvchi davlat bayrogʻi ostida parvoz qiluvchi havo kemasiga qarshi majburiy choralar qoʻllangan taqdirda himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qiluvchi davlat sudlari yoki boshqa vakolatli organlari yuboruvchi davlatning havo kemasida biror-bir majburiy choralar qoʻllamoqchi boʻlsalar yoki qandaydir tekshiruv oʻtkazishni topshirmoqchi boʻlsalar, ular konsulxona muassasasini konsulxona mansabdor shaxsi yoki uning ishonchli vakili bu harakatlarni amalga oshirish davomida ishtirok etishi uchun oldindan ogohlantiradilar. Agar shoshilinch boʻlgani tufayli ogohlantirishning imkoni boʻlmasa, konsulxona muassasasi qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar toʻgʻrisida, konsulxona mansabdor shaxsining iltimosiga koʻra esa amalga oshirilgan harakatlarning natijalari toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari qabul qiluvchi davlat hududida uning vakolatli organlari tomonidan (havo kemasi borti chegaralaridan tashqarida) havo kemasi komandiri yoki biron bir ekipaj aʼzosiga nisbatan amalga oshirilgan harakatlarga ham taalluqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari tomonidan bojxona, aeroport maʼmuriyati, karantin, chegara nazorati masalalarida amalga oshiriladigan kundalik tekshiruvlarga hamda parvoz xavfsizligini taʼminlash yoki tevarak-atrof hududini ifloslantirishning oldini olishga qaratilgan choralarga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agarda qabul qiluvchi davlat tinchligi, xavfsizligi va jamoat tartibi buzilmasa, qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari yuboruvchi davlat havo kemasi ichki ishlariga aralashishi mumkin emas. Havo kemasi komandirining shaxsiy iltimosi yoki roziligi yoxud yuboruvchi davlat konsulxona mansabdor shaxsi roziligi bilan amalga oshiriladigan harakatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Qabul qiluvchi davlat hududida halokatga yoki avariyaga uchragan havo kemalariga koʻrsatiladigan yordam
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar yuboruvchi davlat bayrogʻi ostida parvoz qiluvchi havo kemasi halokatga yoki avariyaga uchrasa, sayoz joyga tushib qolsa, qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari konsulxona muassasasini kema bortidagi odamlar, yuk va boshqa mollarni qutqarish borasida koʻrilgan choralar haqida zudlik bilan xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari konsulxona muassasasi mansabdor shaxsiga halokatga yoki avariyaga uchragan havo kemasiga, uning ekipajiga va yoʻlovchilariga yordam berishiga toʻsqinlik qilmaydi va shu maqsadda konsulxona mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlat maʼmurlariga yordam soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari agar yuboruvchi davlat havo kemasi halokatga yoki avariyaga uchrasa yoxud havo kemasiga qarashli qandaydir narsalar yo yuk hududidan topilsa yoki qabul qiluvchi davlat aeroportiga keltirilsa va bunda komandir, egasi yoxud sugʻurta kompaniyasining vakili ishtirok eta olmasa yo bularni saqlash yoki tasarruf qilish choralarini koʻra olmasa, konsulxona muassasasini zudlik bilan ogohlantiradilar. Bunday sharoitda konsulxona mansabdor shaxsi ular nomidan zarur choralar koʻrishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuboruvchi davlatning halokatga yoki avariyaga uchragan havo kemasi yuki va mulki uchun hech qanday boj toʻlovlari olinmaydi, qabul qiluvchi davlatning davlatda ularning sotilgan yoki foydalanilgan hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsulxona mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlatning vakolatli idoralari tomonidan havo kemasining halokatga yoki avariyaga uchraganligi sabablari aniqlanayotgan paytda qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Huquqiy hujjatlarni topshirish, sud topshiriqlari va sudlar uchun topshiriqlarni bajarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsulxona mansabdor shaxsi amaldagi xalqaro bitimlarga muvofiq yoki bunday bitimlar mavjud boʻlmagan taqdirda qabul qiluvchi davlatning qonunlari va qoidalariga zid kelmaydigan tarzda sud hujjatlarini va sudga taalluqli boʻlmagan hujjatlarni topshirish yoki sud topshirigʻini yoxud taqdim etuvchi davlat sudlari uchun topshiriqni bajarish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Konsullik vazifalarini bajarish uchun belgilangan hudud
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsulxona mansabdor shaxsi konsullik vazifalarini konsulxona oʻrami doirasida bajarishi mumkin. Qabul qiluvchi davlatning roziligi bilan konsulxona mansabdor shaxsi oʻz vazifalarini konsulxona oʻrami hududidan tashqarida ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Qabul qiluvchi davlat maʼmurlari bilan aloqalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsulxona mansabdor shaxs oʻz konsulxona oʻrami mahalliy maʼmurlariga, diplomatik vakolatxona boʻlmagan holda esa, qabul qiluvchi davlat qonun-qoidalari va urf-odatlari ruxsat etadigan darajada markaziy vakolatli maʼmurlariga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Qabul qiluvchi davlat qonunlariga yuboruvchi davlat fuqarolariga aloqasi boʻlgan oʻzgarishlar kiritilganligi haqida xabar qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qiluvchi davlat konsulxona muassasasiga qabul qiluvchi davlat qonunchiligiga kiritilgan yuboruvchi davlat fuqarolari huquqi va manfaatiga aloqasi boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar haqida habar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV QISM
USTUNLIKLAR, IMTIYOZLAR VA IMMUNITETLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Konsulxona muassasasi va konsulxona muassasasi xodimlariga koʻmak
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qiluvchi davlat konsulxona muassasasiga oʻz vazifalarini bajarishi uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qabul qiluvchi davlat konsulxona muassasasi xodimlariga tegishlicha eʼtibor bilan qaraydi va ushbu Konvensiyaga asosan konsulxona vazifalarini bajarishini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Konsulxona va turar-joy binolari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatga oʻzining hududida oʻz qonun va qoidalariga muvofiq konsulxona muassasasi uchun zarur boʻlgan binolar sotib olishda koʻmaklashadi yoki boshqacha yoʻl bilan binolarni olishiga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qabul qiluvchi davlat zarurat boʻlsa, konsulxona muassasasiga uning xodimlari uchun qulay turar-joy olishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddadagi hech narsa qabul qiluvchi davlatning binolar konstruksiyasi va joylanishini, shuningdek shaharni rejalashtirish va tumanlarga boʻlishni tartibga soluvchi qonun va qoidalariga rioya etmagani uchun yuboruvchi davlatni javobgarlikdan ozod etadi deb sharhlanmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Davlat bayrogʻi va gerbidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona muassasasi konsulxona muassasasi binosiga davlat gerbi hamda yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat tillarida konsulxona muassasasi nomi yozilgan yozuvni oʻrnatib qoʻyish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona muassasasi konsulxona binolariga, konsulxona muassasasi rahbari qarorgohiga va rasmiy vazifalarni bajarayotganda transport vositalariga davlat bayrogʻini oʻrnatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Konsulxona binolari va konsulxona mansabdor shaxslari turar joylarining daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona binolari va konsulxona mansabdor shaxslarining turar joylari daxlsizdir. Qabul qiluvchi davlat maʼmurlari organlarining vakillari konsulxona binolariga va konsulxona mansabdor shaxslarining turar joylariga konsulxona muassasasi rahbari yoki qabul qiluvchi davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbarining yoxud ular tomonidan tayinlangan shaxsning ruxsatisiz kira olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qabul qiluvchi davlat konsulxona binolari va konsulxona mansabdor shaxslarining turar joylarini har qanday tajovuz yoki zarar yetkazishdan muhofaza qilish hamda konsulxona muassasasi tinchligini har qanday buzish yoki uning qadr-qimmatini yerga urishning oldini olish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Konsulxona binolarini majburiy olib qoʻyishga qarshi immunitet
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsulxona binosi, konsulxona muassasasining barcha mulklari, shuningdek uning harakat vositalari davlat mudofaasi yoki jamoat ehtiyojlari maqsadida majburiy olib qoʻyishning har qanday turiga qarshi immunitetga egadir. Binolarni koʻrsatilgan maqsadlar uchun olib qoʻyish zarurati tugʻilgan holda konsulxona vazifalarni bajarish uchun toʻsiqlarni yoʻqotish boʻyicha barcha zarur choralar qoʻllaniladi hamda yuboruvchi davlatga zudlik bilan tegishli va samarali tovon toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Konsulxona arxivlarining daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsulxona arxivlari ularning joylashgan joyidan qatʼi nazar, hamisha daxlsizdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Harakat erkinligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish taqiqlangan hududlar haqidagi qonun va qoidalarga zid boʻlmagani uchun yoki kirish davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan tartibga solingani uchun qabul qiluvchi davlat konsulxona muassasasining barcha xodimlariga uning hududida harakatlanish yoki sayohat qilish erkinligini taʼminlashi zarur. Bunda barcha hollarda qabul qiluvchi davlat konsulxona mansabdor shaxsining oʻz xizmat vazifalarini bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda
Aloqa erkinligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qiluvchi davlat konsulxona muassasasining barcha rasmiy maqsadlar uchun aloqalar erkinligiga ruxsat etadi va himoya qiladi. Konsulxona muassasasi yuboruvchi davlat hukumati, diplomatik vakolatxonalari va boshqa konsulxona muassasalari bilan aloqa qilishda barcha mos keladigan vositalardan, jumladan: diplomatik va konsulxona kuryerlaridan, kodlangan va shifrlangan depeshalardan, diplomatik va konsulxona valizalaridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona muassasasining rasmiy xat-xabarlari daxlsizdir. Konsulxona valizasi ochilishi ham, ushlanishi ham mumkin emas. U oʻz xarakterini koʻrsatuvchi koʻzga tashlanadigan tashqi belgilarga ega boʻlishi kerak va faqatgina rasmiy xat-xabar, rasmiy hujjatlar yoki rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan ashyolardan iborat boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona kuryeri yuboruvchi davlatning qabul qiluvchi davlatda doimiy yashamaydigan fuqarosi boʻlishi kerak. U qabul qiluvchi davlatda diplomatik kuryer ega boʻlgan ustunlikdan, imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuboruvchi davlat yoki konsulxona muassasasi konsulxona kuryerini ad hos tarzida tayinlashi mumkin. Bunday hollarda ushbu moddaning 3-bandi qoʻllaniladi, biroq bunday kuryerning immunitetlari unga topshirilgan konsulxona valizasini manzilga yetkazib topshirishi bilan tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konsulxona valizasi yuboruvchi davlat havo kemasi komandiriga ishonib topshirilishi mumkin. U valizani tashkil etgan joylarning soni koʻrsatilgan rasmiy hujjatga ega boʻlishi kerak, ammo u konsulxona kuryeri boʻlib hisoblanmaydi. Konsulxona muassasasi xodimlari kema kapitani yoki havo kemasi komandiriga konsulxona valizasini bemalol va bevosita topshirishi va ulardan konsulxona valizasini qabul qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda
Konsulxona yigʻimlari va bojlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona muassasasi qabul qiluvchi davlat hududida konsulxona harakatlari uchun yuboruvchi davlat qonun va qoidalariga asosan yigʻimlar va bojlar undirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida keltirilgan yigʻimlar va bojlar qabul qiluvchi qabul qiluvchi davlatda barcha yigʻim, boj va soliqlardan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda
Konsulxona mansabdor shaxslarining daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsulxona mansabdor shaxslari shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadilar va ularni ushlash hamda hibsga olish mumkin emas. Qabul qiluvchi davlat ularning erkinligi va qadr-qimmatiga tajovuz qilinishiga qarshi zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda
Yurisdiksiyadan immunitet
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxonaning mansabdor shaxslari Diplomatik aloqalar toʻgʻrisida 1961-yil 18-aprelda imzolangan Vena konvensiyasida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq diplomatik agent kabi barcha diplomatik imtiyoz va immunitetlardan toʻlaligicha foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona xizmatchilari qabul qiluvchi davlatda xizmat burchini bajarayotgandagi harakatlariga nisbatan yurisdiksiyaga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilganlar quyidagi fuqarolik daʼvolariga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) konsulxona xizmatchisi tomonidan yuboruvchi davlat agenti sifatida bevosita yoki bilvosita majburiyat olmasdan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uchinchi tomonning qabul qiluvchi davlatda yoʻl transporti va samolyotga aloqador baxtsiz hodisa tufayli yetkazilgan zarar uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda
Guvohlik koʻrsatmalarini berish majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona mansabdor shaxsi guvohlik koʻrsatmalari berishga majbur emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona xizmatchilari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qabul qiluvchi davlatda sud yoki maʼmuriy ishlar yurgizilayotganda guvohlik koʻrsatmalarini berish uchun chaqirilishi mumkin. Ushbu moddaning 3-bandida keltirilgan holatlardan boshqa hollarda ular guvohlik berishdan bosh tortishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona xizmatchilari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar oʻzlarining vazifalariga oid masalalar boʻyicha koʻrsatma berishga yoki ularning vazifalariga oid hujjat va xat-xabarlarini koʻrsatishga majbur emas. Konsulxona muassasasi rahbarining roziligi bilan ular yuboruvchi davlat qonunlari boʻyicha ekspert sifatida guvohlik koʻrsatmalarini berish huquqiga ega, ammo ular ekspert sifatida guvohlik koʻrsatmalarini bermaslik huquqiga ham ega. Guvohlik koʻrsatmalarini berishdan bosh tortgan hollarida ularga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli maʼmurlariga biron-bir konsulxona xizmatchisi yoki xizmat koʻrsatuvchi xodimning koʻrsatmasi kerak boʻlsa, ular bu shaxsning xizmat majburiyatlarini bajarishiga xalaqit bermasliklari kerak. Bu maʼmurlar oʻsha shaxsning koʻrsatmalarini imkoniyat boʻlganida uning yashash joyida, konsulxona muassasasi binosida eshitishlari yoki undan yozma ravishda koʻrsatmalarni qabul qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda
Majburiylikdan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsulxona muassasasi xodimlari qabul qiluvchi davlatda barcha shaxsiy, jamoat majburiyatlaridan va harbiy majburiylikdan, shuningdek qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalarida koʻrsatilgan chet el fuqarolarining roʻyxatdan oʻtishi va yashashi uchun ruxsat olinishiga oid har xil talablarni bajarishdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda
Soliq va yigʻimlardan ozod qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qiluvchi davlat quyidagilarni soliq va yigʻimlardan ozod qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuboruvchi davlat ijaraga olgan yoki egalik qilgan, yuboruvchi davlat yoki uning vakili nomidan olingan konsulxona binolari va konsulxona muassasasi xodimlarining turar joylari, shuningdek bunga tegishli shartnoma va aktlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) konsulxona muassasasi tomonidan rasmiy maqsadlar uchun qonuniy olingan koʻchar mulk va transport vositalari, shuningdek ularni sotib olish, egalik qilish va qarash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu modda 1-bandining qoidalari quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) maxsus xizmatlar uchun toʻlov sifatida olinadigan soliq va yigʻimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuboruvchi davlat yoki uning vakili bilan shartnoma tuzgan shaxsdan qabul qiluvchi davlat qonun va qoidalariga muvofiq olinadigan soliq va bojlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda
Konsulxona muassasasi xodimlarining soliqlardan ozod qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona muassasasi xodimlari, shuningdek ular bilan birga yashovchi oila aʼzolari barcha shaxsiy va mulkiy, davlat, tuman va munitsipal soliq va bojlardan ozod etiladi, bundan quyidagilar mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovar va xizmat bahosiga kiritiladigan bilvosita soliqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 37-moddada koʻrsatilganlar istisno holda qabul qiluvchi davlat hududidagi shaxsiy koʻchmas mulkka solinadigan soliq va bojlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 42-moddaning 2-bandida koʻrsatilganlar istisno holda meros mulkiga solinadigan soliqlar, merosga solinadigan bojlar, mulkning oʻtishi bilan bogʻliq soliqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qabul qiluvchi davlatda manbaga ega boʻlgan sarmoyalardan olinadigan daromadlarni oʻz ichiga olgan xususiy daromadlarga solinadigan soliq va bojlar, shuningdek qabul qiluvchi davlatdagi tijorat yoki moliyaviy korxonalardagi sarflangan mablagʻga solinadigan soliqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 37-moddada koʻrsatilgan holatlar istisno holda aniq xizmat turlari uchun olinadigan soliq va bojlar, roʻyxatga olish, sud va reyestrlar bojlari, ipoteka va gerb yigʻimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona muassasasi xodimlarining konsulxona muassasasida bajargan vazifalari uchun oladigan ish haqi soliqlar, bojlar va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qabul qiluvchi davlatda ish haqi daromad soligʻidan ozod qilinmagan shaxslarni yollagan konsulxona muassasasi xodimlari daromad soligʻi solinishini belgilagan qonun va qoidalardagi majburiyatlarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda
Bojxona koʻrigi va bojlaridan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qiluvchi davlat oʻz qonun va qoidalariga asosan saqlash, tashish hamda shunga oʻxshash xizmatlardan tashqari quyidagilarni boj toʻlovlaridan ozod qilib olib kirish va olib chiqishga ruxsat beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) konsulxona muassasasidan rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan buyumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) konsulxona mansabdor shaxsining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan buyumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) konsulxona xizmatchilari va konsulxona muassasasi xizmat koʻrsatuvchi xodimlari birinchi marta kelayotganda olib kelayotgan buyumlarini, shu jumladan, maishiy buyumlarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi b) va v) kichik bandlarida koʻrsatilgan buyumlar tegishli shaxslarning shaxsiy foydalanishi uchun zarur boʻlgan miqdordan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona mansabdor shaxsining shaxsiy yuki bojxona koʻrigidan ozod etiladi. Bu yuk qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari tomonidan shu moddaning 1-bandi b) kichik bandida koʻrsatilgan buyumlardan tashqari narsalar deb yoki olib kelish va olib chiqish qabul qiluvchi davlat qonunlarida yoxud karantin qoidalarida taqiqlangan narsalar bor deb hisoblashga jiddiy asoslar mavjud boʻlganida koʻzdan kechirilishi mumkin. Bu holda koʻzdan kechirish konsulxona mansabdor shaxsi yoki uning vakili ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda
Oila aʼzolarining imtiyoz va immunitetlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona muassasasi xodimlarining oila aʼzolari konsulxona muassasasining tegishli xodimi foydalanadigan imtiyoz va immunitetlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari qabul qiluvchi davlatning fuqarosi boʻlgan yoki ushbu davlatda doimiy yashaydigan yoxud qabul qiluvchi davlatda daromad olish maqsadida tijorat yoki kasb faoliyati bilan shugʻullanadigan oila aʼzolariga qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda
Imtiyoz va immunitetlardan foydalanmaydigan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qabul qiluvchi davlat fuqarosi boʻlgan yoki shu davlatda doimiy yashaydigan konsulxona xizmatchisi va konsulxona muassasasi xizmat koʻrsatuvchi xodimlari 35-moddaning 3-bandida koʻrsatilgan hollardan boshqa hollarda ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan foydalanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarning oila aʼzolari ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan foydalanmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qabul qiluvchi davlat ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan konsulxona muassasasi faoliyatiga toʻsqinlik vujudga keltirmaslik shaklida yurisdiksiyani amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda
Konsulxona muassasasi xodimi va uning oila aʼzosining meros mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda konsulxona muassasasi xodimi yoki uning oila aʼzosi vafot etgan holda qabul qiluvchi davlat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vafot etgan shaxsning qabul qiluvchi davlatda sotib olgan, u oʻlgan vaqtda ularning olib ketilishi man qilingan buyumlardan tashqari, koʻchar mulkini olib ketishga ruxsat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) vafot etgan shaxsning koʻchar mulki merosxoʻrini bojlardan va merosga solinadigan barcha soliqlardan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda
Konsullik imtiyoz va immunitetlarining boshlanishi va tugatilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konsulxona muassasasining har bir xodimi ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan qabul qiluvchi davlat hududiga kirib, oʻz xizmat joyiga ketayotgan vaqtdan boshlab yoki u shu davlat hududida boʻlsa, konsulxona muassasasida oʻz vazifasini bajarishga kirishgan paytdan boshlab foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona muassasasi xodimining u bilan birga yashaydigan oila aʼzolari ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan qabul qiluvchi davlat hududiga kirib kelgan yoki oila aʼzosi boʻlgan paytdan boshlab foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona muassasasi xodimi vazifasi tugasa, u va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining imtiyoz va immunitetlari qabul qiluvchi davlatdan chiqqan paytida yoki chiqishi uchun oqilona muddat oʻtishi bilan tugaydi. Konsulxona muassasasi xodimi oila aʼzolarining imtiyoz va immunitetlari uning oila aʼzoligidan chiqqan vaqtdan boshlab tugaydi. Biroq, agar ushbu shaxslar oqilona muddat ichida qabul qiluvchi davlatdan chiqib ketmoqchi boʻlsa, u holda ularning imtiyoz va immunitetlari joʻnab ketgunlariga qadar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Konsulxona muassasasi xodimi vafot etsa, u bilan birga yashagan oila aʼzolari berilgan imtiyoz va immunitetlardan qabul qiluvchi davlatdan chiqib ketgunga qadar yoki qabul qiluvchi davlatdan chiqib ketish uchun oqilona muddat oʻtgunga qadar foydalanishda davom etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda
Imtiyoz va immunitetlardan voz kechilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuboruvchi davlat ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq konsulxona muassasasi xodimlari foydalanadigan har qanday imtiyoz va immunitetlardan voz kechishi mumkin. Barcha hollarda bunday voz kechish aniq ifodalangan boʻlishi va bu toʻgʻrida qabul qiluvchi davlatga yozma ravishda bildirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har qanday shaxs tomonidan ushbu Konvensiyaga muvofiq yurisdiksiyaga qarshi immunitetdan foydalanishi mumkin boʻlgan hollarda daʼvo qoʻzgʻatilishi, agar asosiy daʼvo bilan bogʻliq qarshi daʼvo mavjud boʻlsa, bunday shaxsni yurisdiksiyaga qarshi immuniteti borligini dalil qilib keltirish huquqidan mahrum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼmuriy yoki fuqarolik ishlariga nisbatan yurisdiksiyaga qarshi immunitetdan voz kechish sud qarorlarining ijrosi boʻyicha immunitetdan voz kechishni anglatmaydi. Bunga nisbatan yozma ravishda alohida voz kechish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda
Diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsullik vazifalarining bajarilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya qoidalari diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsulxona vazifalari bajarilgan hollarda tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona vazifalarini bajarish topshirilgan diplomatik vakolatxona xodimlarining familiyalari diplomatik vakolatxona joylashgan davlat Tashqi ishlar vazirligiga yoki shu vazirlik tomonidan koʻrsatilgan organga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona vazifalarini bajarishda diplomatik vakolatxonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) konsulxona oʻrami mahalliy maʼmurlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tegishli xalqaro bitimlarga yoki diplomatik vakolatxona joylashgan davlatning qonun-qoidalariga va anʼanalariga zid boʻlmasa, shu davlat markaziy maʼmurlariga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan diplomatik vakolatxona xodimlarining imtiyoz va immunitetlari diplomatik aloqalarga oid xalqaro huquq meʼyorlariga binoan tartibga solinaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V QISM
QABUL QILUVChI DAVLATNING QONUN-QOIDALARINI HURMAT QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlarga ziyon yetmagani holda ushbu imtiyoz va immunitetlardan foydalanuvchi shaxslar qabul qiluvchi davlat qonun-qoidalarini, jumladan yoʻl-transport qoidalarini hurmat qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konsulxona binolaridan konsullik vazifalarini bajarishga toʻgʻri kelmaydigan maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsulxona muassasasi, konsulxona muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolari qabul qiluvchi davlatning transport vositalarini sugʻurta qilish borasidagi qonun-qoidalarini hurmat qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuboruvchi davlat konsulxona muassasasi xodimlari qabul qiluvchi davlatda tijorat va kasbiy faoliyatni amalga oshirolmaydilar, rasmiy vazifalarni bajarish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI QISM
YAKUNIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra ushbu Konvensiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda
Ratifikatsiya, kuchga kirish, denonsatsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari almashinganidan soʻng oʻttiz kun oʻtgach, kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya belgilanmagan muddatga tuziladi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Konvensiyani denonsatsiya qilish haqidagi oʻz qarorini yozma ravishda diplomatik yoʻllar bilan xabar qilgan kundan boshlab 6 oy oʻtgunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bishkek shahrida, 2000-yil 27-sentabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek, qirgʻiz va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya qoidalarini talqin qilishda tafovut yuz bersa, Ahdlashuvchi Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)