Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Qarori
Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-sentabrda 2097-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-avgustdagi 332-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2097-3, 15.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 7-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2010-yil 5-apreldagi 01-02/12-32, EG-01/10-240, 92, 06-282-son qarori (roʻyxat raqami 2097, 2010-yil 19-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 16-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-avgust,
01-02/12-27-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-avgust,
2015/10-7-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2015-yil 29-avgust,
100-son
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-avgust,
k-5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015-yil 29-avgustdagi 01-02/12-27, 2015/10-7, 100, k-5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Tovarlarni yetkazib berish (olib kirish) shartnomalari (kontraktlari) eksport mamlakatniki kabi import mamlakatning ham tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi boʻyicha kodiga shartli havolaga ega boʻlishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi boʻyicha yakuniy kod kelib tushgan tovarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish paytida aniqlanishi lozim.
Bunda, agar tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi boʻyicha tovarlarning kodi dastlabki oltita belgi darajasida oʻzgarmasa shartnomalarga oʻzgartirish kiritilmagan holda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.”.
2. 6-bandning birinchi xatboshisidan “vakolatli bankida va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 19-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi — DAF (Inkoterms-2000 keyingi oʻzgartishlar bilan)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi — DAR (Inkoterms-2010 keyingi oʻzgartishlar bilan)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Operator bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 29-avgust
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 29-avgust
MChJ “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” bosh direktori S. GURJIY
2015-yil 29-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 36-son, 484-modda)