O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Qarori
Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qo‘ng‘irot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitim doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar bo‘yicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid Bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-sentabrda 2097-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-avgustdagi 332-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2097-3, 15.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 7-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-son “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2010-yil 5-apreldagi 01-02/12-32, EG-01/10-240, 92, 06-282-son qarori (ro‘yxat raqami 2097, 2010-yil 19-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 16-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qo‘ng‘irot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitim doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar bo‘yicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid Bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-avgust,
01-02/12-27-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-avgust,
2015/10-7-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2015-yil 29-avgust,
100-son
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBONOV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-avgust,
k-5-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2015-yil 29-avgustdagi 01-02/12-27, 2015/10-7, 100, k-5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qo‘ng‘irot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitim doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar bo‘yicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid Bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Tovarlarni yetkazib berish (olib kirish) shartnomalari (kontraktlari) eksport mamlakatniki kabi import mamlakatning ham tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha kodiga shartli havolaga ega bo‘lishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha yakuniy kod kelib tushgan tovarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish paytida aniqlanishi lozim.
Bunda, agar tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha tovarlarning kodi dastlabki oltita belgi darajasida o‘zgarmasa shartnomalarga o‘zgartirish kiritilmagan holda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.”.
2. 6-bandning birinchi xatboshisidan “vakolatli bankida va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
3. 19-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi chegarasi — DAF (Inkoterms-2000 keyingi o‘zgartishlar bilan)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi chegarasi — DAR (Inkoterms-2010 keyingi o‘zgartishlar bilan)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi va Operator bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 29-avgust
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 29-avgust
MChJ “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” bosh direktori S. GURJIY
2015-yil 29-avgust
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 36-son, 484-modda)