Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-iyuldagi 502-sonli “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 28-iyundagi PQ-1990-son qaroriga muvofiq, shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga talabalarni qabul qilish jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Belgilansinki, 2015/2016 — 2019/2020 oʻquv yillarida Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 23-iyuldagi 206-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandida nazarda tutilgan test sinovlariga talablar “Mutaxassislik fanlari” faniga qoʻllaniladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 4-sentabr,
256-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-sentabrdagi 256-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-iyuldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat Yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 7-banddagi “Mutaxassislik fani” soʻzlari “Mutaxassislik fanlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 8-banddagi “Mutaxassislik fani” soʻzlari “Mutaxassislik fanlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 19-banddagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
4. 23-bandning uchinchi xatboshidagi “Mutaxassislik fani” soʻzlari “Mutaxassislik fanlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 36-son, 475-modda)