28.06.1930 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy mehnat to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, xalqaro Mehnat Byurosining Ma’muriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1930-yilning 10-iyunida o‘zining O‘n to‘rtinchi Sessiyasiga to‘planib, zo‘raki yoki majburiy mehnatga oid bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining birinchi bandi hisoblanib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming to‘qqiz yuz o‘ttizinchi yil iyun oyining yigirma sakkizinchi kunida, Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining qoidalariga mos ravishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining a’zolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi maqsadida, quyidagi “Majburiy mehnat to‘g‘risidagi 1930-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan Konvensiyani qabul qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Xalqaro Mehnat Tashkilotining har bir a’zosi zo‘raki yoki majburiy mehnatni qo‘llashning barcha shakllarini imkon qadar qisqa muddatda bekor qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buning to‘la bekor qilinishi maqsadida, zo‘raki yoki majburiy mehnat o‘tish davrida faqat jamoat maqsadlarida va istisno tariqasida quyidagi moddalarda ko‘zda tutilgan shart va kafolatlar bilan qo‘llanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiya kuchga kirgan sanadan boshlab besh yil o‘tgach, Xalqaro Mehnat Byurosining Ma’muriy kengashi tomonidan quyida keladigan 31-modda qoidalariga binoan ma’ruza tayyorlanayotganida, mazkur Ma’muriy kengash zo‘raki yoki majburiy mehnatning barcha shakllarini keyingi o‘tish davriga uzaytirmay bekor qilish imkoniyatini hamda bu masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “zo‘raki yoki majburiy mehnat” atamasi ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif etmagan xar qanday shaxsdan har qanday jazolash tahdidi ostida talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Lekin “zo‘raki yoki majburiy mehnat” atamasi ushbu Konvensiya maqsadlari uchun quyidagilarni o‘z ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) majburiy harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunlar kuchiga ko‘ra talab qilinadigan va haqiqiy harbiy tusdagi ishlarga qo‘llaniladigan har qanday ishni yoki xizmatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) to‘la o‘zini-o‘zi boshqaradigan mamlakat fuqarolarining odatdagi fuqarolik burchlarining bir qismini tashkil qiladigan har qanday ish yoki xizmatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) har qanday shaxsdan sud organining hukmi oqibatida talab qilinadigan har qanday ish va xizmatni, agar mazkur ish va xizmat davlat hokimiyat organlarining kuzatuvi va nazorati ostida bajarilsa xamda mazkur shaxs xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki birlashmalar tasarrufiga o‘tkazilmasa yoki berilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) favqulodda holatlar sharoitida, ya’ni urush yoki falokat, yoki falokat tahdidi holatlarida, masalan, yongin, suv toshqini, ochlik, zilzila, kuchli epidemiya yoki epizotik kasallik, zararli hayvonlar, hasharotlar yoki parazitlarning hujumi hollarida va umuman jami aholi yoki aholi bir qismining hayoti yoki barqaror hayotiy sharoitini xavf ostiga qo‘yadigan yoki qo‘yishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar sharoitida talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jamoaning mayda xizmatlarini, ya’ni jamoaning bevosita foydasi uchun shu jamoa a’zolari tomonidan bajariladigan va shu tufayli jamoa a’zolarining odatdagi fuqarolik burchlari deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan ishlarni, faqat ushbu jamoa a’zolari yoki uning bevosita vakillari shu ishlarning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha maslahatlashish huquqiga ega bo‘lishi sharti bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun “vakolatli hokimiyat organi” atamasi metropoliya hokimiyatini yoki tegishli hududning oliy markaziy hokimiyat organini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vakolatli hokimiyat organi xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki birlashmalar manfaati uchun zo‘raki yoki majburiy mehnat tayinlamaydi yoki tayinlanishiga ruxsat bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar Tashkilotning har qanday a’zosining ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjati Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktori tomonidan ro‘yxatga olingan paytda uning hududida shunga o‘xshash zo‘raki yoki majburiy mehnat shakli xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki birlashmalar manfaati uchun mavjud bo‘lsa, unda mazkur Tashkilot a’zosi uning uchun ushbu Konvensiya kuchga kirgan paytdan boshlab shunday zo‘raki yoki majburiy mehnatni to‘la bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiy shaxslarga, kompaniyalarga yoki birlashmalarga berilgan hech bir konsessiya, shu xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki birlashmalar tomonidan foydalanishga yoki sotishga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki to‘plash maqsadida zo‘raki yoki majburiy mehnat shakli qo‘llanilishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar shunga o‘xshash zo‘raki yoki majburiy mehnatning shakli qo‘llanilishiga olib keluvchi konsessiya qoidalari mavjud bo‘lsa, unda ushbu konsessiya qoidalari mazkur Konvensiya 1-moddasining ko‘rsatmalarini bajarish maqsadida imkon qadar qisqa muddatda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriyat amaldorlari, hatto ularning vazifasi ularga ishonib topshirilgan aholini qandaydir mehnat shakli bilan band qilishga ko‘maklashishdan iborat bo‘lsa-da, ushbu aholi yoki alohida shaxslarni xususiy shaxslar, kompaniyalar yoki birlashmalar uchun ishlashga majbur qilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ma’muriy majburiyatlarni bajarmayotgan boshliklar zo‘raki yoki majburiy mehnatga tayana olmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ma’muriy majburiyatlarini bajarayotgan boshliqlar vakolatli hokimiyat organining maxsus ruxsati bilan ushbu Konvensiyaning 10-moddasida ko‘zda tutilgan shartlar asosida zo‘raki yoki majburiy mehnatni qo‘llashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Lozim tarzda tan olingan va boshqa shakllarda keraklicha haq olmaydigan boshliklar tegishli tartib-qoidalarga muvofiq shaxsiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin, faqat bunda tahqirlashlarning oldini olish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zo‘raki yoki majburiy mehnatni qo‘llash zarurligi haqidagi har qanday qaror uchun mazkur hududning yuqori fuqarolik hokimiyati mas’uldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shu bilan birga, mazkur hokimiyat yuqori mahalliy hokimiyat organlariga zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilish huquqini berishi mumkin, agar bu mehnatkashlarning odatdagi turarjoylaridan ko‘chirilishiga olib kelmasa. Mazkur hokimiyat, shuningdek, ushbu Konvensiyaning 23-moddasida ko‘zda tutilgan tartib-qoidalarda belgilangan shartlar asosida va muddatda, yuqori mahalliy hokimiyat organlariga ma’muriyat amaldorlarining o‘z vazifalarini bajarish paytida ko‘chishini yengillashtirish maqsadi uchun va ma’muriyat yuklarini tashish maqsadi uchun mehnatkashlarning odatdagi turar-joylaridan ko‘chirilishiga olib keluvchi zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilish huquqini berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaning 10-moddasida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilish huquqiga ega hokimiyat organi shu mehnat shaklini ko‘llashga ruxsat berishdan avval quyidagilarga oldindan ishonch hosil qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bajarilishi lozim bo‘lgan xizmat yoki ishga murojaat qilgan jamoa uchun ushbu xizmat yoki ish bevosita muhim ahamiyat kasb etishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu xizmat yoki ish hozir va yaqin vaqtlarda zarur bo‘lishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) shu hududda shunga o‘xshash xizmat yoki ish sohasida o‘rnatilgan ish haqidan va sharoitdan kam bo‘lmagan ish haqi yoki sharoit taklif qilinganiga qaramay, shu xizmat yoki ishni bajarish uchun ixtiyoriy ish kuchi olish iloji bo‘lmaganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mavjud ish kuchini va uning shu ishni bajarish qobiliyatini e’tiborga olib, bu ish yoki xizmat oqibati aholi uchun juda og‘ir yuk bo‘lmasligiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq sifatida talab qilinadigan zo‘raki yoki majburiy mehnat hamda jamoat ishlarini bajarish uchun ma’muriy vazifalarni bajarayotgan boshliqlar murojaat qiladigan zo‘raki yoki majburiy mehnat asta-sekin bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shu tugatilgunga qadar, zo‘raki yoki majburiy mehnat soliq sifatida talab qilinadigan hollarda hamda zo‘raki yoki majburiy mehnatga jamoat ishlarini bajarish uchun ma’muriy vazifalarni bajarayotgan boshliqlar murojaat qilayotgan hollarda tegishli hokimiyat oldindan quyidagilarga ishonch hosil qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bajarilishi lozim bo‘lgan xizmat yoki ishga murojaat qilgan jamoa uchun ushbu xizmat yoki ish bevosita muhim ahamiyat kasb etishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu xizmat yoki ish hozir va yaqin vaqtlarda zarur bo‘lishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) mavjud ish kuchi hamda uning shu ishni bajarish qobiliyatini e’tiborga olib, bu ish yoki xizmat oqibati aholi uchun juda og‘ir yuk bo‘lmasligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) shu ish yoki xizmatni bajarish mehnatkashlarni ularning odatdagi turar-joylaridan ko‘chishga majbur etmasligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) shu ish yoki xizmat bajarilishiga rahbarlik din, jamoat hayoti va qishloq xo‘jalik talablariga muvofiq tarzda olib borilishiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zo‘raki yoki majburiy mehnatga faqat katta yoshli, mehnatga layoqatli va yoshi o‘n sakkizdan kam bo‘lmagan va qirq besh yoshdan katta bo‘lmagan erkaklar jalb qilinishi mumkin. Ushbu Konvensiyaning 10-moddasida ko‘zda tutilgan toifadagi ishlardan tashqari, kuyidagi cheklashlar va shartlar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ma’muriyat tomonidan tayinlangan vrachning mazkur shaxslarning yuqumli kasalliklar bilan og‘rimaganini hamda ular talab qilinayotgan ish va mehnat sharoitlari uchun jismonan yaroqliligini imkon kadar oldindan aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilarni, shuningdek, umuman, ma’muriyat mehnatkashlarini ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) har bir jamoada oilaviy va ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan katta yoshli mehnatga layoqatli erkaklar sonini ko‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oilaviy va er-xotinlik aloqalarni hurmat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur modda 1-bandining “s” kichik bandida ko‘rsatilgan maqsadlarda ushbu Konvensiyaning 23-moddasida ko‘zda tutilgan qoidalar doimiy aholining katta yoshli mehnatga layoqatli erkaklar ulushini belgilaydi, biroq ular ayni paytda zo‘raki yoki majburiy mehnatga shunday shart bilan jalb qilinishi lozimki, bu ulush hech bir holda mazkur aholining 25 foizidan oshmasligi kerak. Mazkur ulushni belgilashda vakolatli hokimiyat organi aholi zichligini, shu aholining ijtimoiy va jismoniy rivojini, yil faslini va shu shaxslar tomonidan ularning turar-joylarida va ularning nomidan bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni hisobga oladi va umuman mazkur jamoa normal turmushining iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlarini e’tiborda tutishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har qanday shaxsni turli shakldagi zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb etish mumkin bo‘lgan eng ko‘p muddat yiliga oltmish kundan oshmasligi kerak, bunda ish joyiga borish va qaytish vaqti shu oltmish kun ichiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan Har bir mehnatkashga u ishlagan shu mehnat davri ko‘rsatilgan guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan har bir shaxsning normal ish kuni davomiyligi erkin yollangan mehnatkash mehnat sharoitlari uchun amalda qo‘llaniladigan ish kunining davomiyligidek bo‘lishi kerak va odatdagi normadan tashqari ishlangan vaqtga xuddi erkin yollangan mehnatkashga odatdagi ish vaqtidan tashqari ishga haq to‘lanadigan miqdoridek haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har qanday shakldagi zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan barcha shaxslarga haftada bir marta dam olish kuni beriladi va bu kun imkon kadar mazkur hudud yoki mintaqaning an’analari hamda odatlari bilan belgilanadigan kunga to‘g‘ri kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyaning 10-moddasida ko‘zda tutilgan zo‘raki va majburiy ishlardan tashqari, barcha shakldagi zo‘raki yoki majburiy mehnat uchun, mehnatga jalb qilingan yoki yollangan hududda shunday turdagi ishlarga nisbatan qo‘llanilayotgan miqdordan kam bo‘lmagan miqdorda, yuqori miqdor qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, naqd pulda haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ish ma’muriy vazifalarni bajaruvchi boshliqlar tomonidan tayinlangan bo‘lsa, avvalgi bandning qoidalariga muvofiq shartlarda, imkon kadar qisqa muddatda haq to‘lash joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish haqi har bir mehnatkashga shaxsan berilishi kerak, uning boshlig‘iga yoki qandaydir boshqa hokimiyat organiga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ish haqini olish maqsadida ish joyiga borish va qaytib kelish uchun ketgan kunlar ishlangan kunlar deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu modda mehnatkashlarga odatdagi oziq-ovqat payoklarini ish haqining bir qismi sifatida berishni taqiqlamaydi, faqat bu payoklar qiymati kamida ularga taklif qilingan mablag‘ miqdoriga teng bo‘lishi kerak. Lekin ish haqidan na soliq uchun, na mehnatkashlarni alohida mehnat sharoitlarida ishni davom ettira oladigan holatda saqlash maqsadida alohida ovqatlantirish, kiyintirish uchun yoki turar-joy bilan ta’minlash uchun, na ularga ish asboblari berganlik uchun hech qanday chegirmalar ushlab qolinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari uchun kompensatsiya berishga oid har qanday qonun hujjatlari hamda shu hududda ishlagan yoki ishlaydigan, vafot etgan yoki mehnat layoqatini yo‘qotgan mehnatkashlarning qaramog‘ida turgan shaxslarga nafaqalar to‘lanishini ko‘zda tutuvchi har qanday qonun hujjatlari zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan shaxslarga nisbatan xuddi erkin yollangan mehnatkashlarga qo‘llaniladigandek teng asosda qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har qanday holatda, mehnatkashni zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilayotgan xar bir hokimiyat organi zimmasiga, agar ushbu mehnatkash ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida hayotiy ehtiyojlar uchun ishlash qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan bo‘lsa, ushbu mehnatkashning hayot kechirishini ta’minlash, shuningdek, vafot etgan yoki ish natijasida mehnat qobiliyatini yo‘qotgan mazkur mehnatkash qaramog‘ida haqiqatan turadigan har qanday shaxsni boqishni ta’minlash choralarini ko‘rish majburiyati yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan shaxslar, favqulodda zarurat hollaridan tashqari, ovqatlanish sharoiti va iqlim sharoiti odatdagi hayot sharoitidan sog‘likka xavf soladigan darajada ajralib turadigan hududlarga o‘tkazilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnatkashlar sharoitga moslashishi uchun va ular sog‘lig‘ini muhofaza qilish uchun zarur bo‘lgan gigiyena va uy-joy sharoitiga nisbatan barcha chora-tadbirlar qat’iy amalga oshirilmagunicha mehnatkashlarni bunday o‘tkazishga hech qanday holda ruxsat berilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar shunday o‘tkazishning oldini olish mumkin bo‘lmasa, vakolatli tibbiyot muassasasi maslahati asosida mehnatkashlarning yangi ovqatlanish va iqlim sharoitiga asta-sekin moslashuvini ta’minlovchi chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar mazkur mehnatkashlar ular uchun odatdagi bo‘lmagan muntazam ish bajarishga jalb qilingan bo‘lsa, ularni ishning shu turiga moslashuvini ta’minlash uchun, jumladan, asta-sekin o‘qitish, ish soatlari, dam olish uchun tanaffuslar bilan ta’minlash va zarur bo‘lganicha ovqat ratsionini yaxshilash yoki ko‘paytirish chora-tadbirlari ko‘rilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatkashlarni qurilish yoki ma’muriy ishlarni bajarish uchun zo‘raki yoki majburiy mehnatga, ya’ni oqibati uzoq vaqt davomida mazkur mehnatkashlar ish joylarida qolib ketishga olib keluvchi mehnatga jalb qilishga ruxsat berishdan oldin, vakolatli hokimiyat organi quyidagilarga ishonch hosil qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mehnatkashlarning sog‘lig‘ini saqlash uchun va zarur tibbiy yordamni ta’minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilishiga va jumladan: a) mehnatkashlar ish boshlangunga qadar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishiga hamda ular ishda band bo‘lgan butun muddat davomida muayyan vaqt oraliqlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishiga, b) yetarlicha tibbiy mehnatkashlar bilan ta’minlanishiga, shu bilan birga, har qanday ehtiyojlari uchun zarur dispanserlar, shifoxonalar, gospitallar bunyod qilinishiga va ular zarur jihozlar bilan ta’minlanishiga, s) ish joyida qoniqarli gigiyenik sharoit bilan ta’minlanishiga, mehnatkashlarning ichimlik suvi, oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilg‘i, shuningdek, oshxona asbob-uskunalari bilan ta’minlanishiga va zarurat bo‘lgan holda qoniqarli kiyim-bosh va uy-joy berish ko‘zda tutilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mehnatkash oilasining hayot sharoitini ta’minlash uchun tegishli tadbirlar ko‘rilishiga, jumladan, mehnatkashlar ish haqining bir qismini ularning roziligi yoki iltimosi bilan ishonchli tarzda oilalariga yuborilishini yengillashtirish yo‘li bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mehnatkashlarning ish joyiga borishi va qaytib kelishi ma’muriyat tomonidan uning mas’uliyati ostida va uning hisobiga ta’minlanishiga. Ma’muriyat esa, o‘z navbatida, transportning barcha mavjud vositalaridan imkon qadar kengroq foydalanilishini ta’minlash orqali shu borish-kelishlarni yengillashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) kasallik yoki baxtsiz hodisa tufayli mehnatkash mehnat layoqatini vaqtincha yo‘qotgan holda mehnatkash ma’muriyat hisobidan repatriatsiya qilinishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) zo‘raki yoki majburiy mehnat muddati tugagan har qanday mehnatkash erkin yollanuvchi mehnatkash sifatida qolishni istasa, ikki yil davr mobaynida bepul repatriatsiya qilinish huquqidan mahrum bo‘lmagan holda shunday qolishga ruxsat berilishiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxslar yoki yuklarni tashish maqsadidagi zo‘raki yoki majburiy mehnat, masalan, yukchilar va eshkakchilar mehnati imkon kadar qisqaroq muddatda bekor qilinadi. Shunga kadar, vakolatli hokimiyat organi, jumladan, quyidagilarni belgilaydigan tartib qoidalarni e’lon qiladi: a) shu mehnat shaklidan faqat ma’muriyat amaldorlarining o‘z vazifalarini bajarish paytida ko‘chishini yengillashtirish maqsadida yoki ma’muriyat yuklarini tashish maqsadida, yoki amaldor bo‘lmagan boshqa shaxslarni tashishga nihoyatda shoshilinch zarurat paydo bo‘lganda foydalanish majburiyatini; b) shu ishlarga yollangan mehnatkashlarni, agar buning iloji bo‘lsa, sog‘lig‘i mazkur ishlarga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazishni; agar buning iloji bo‘lmasa, mazkur mehnatkashlarni yollagan shaxs shu mehnatkashlar sog‘lig‘i mazkur ishlarga to‘g‘ri kelishiga va ular yuqumli kasallik bilan og‘rimasligiga ishonch hosil qilish mas’uliyatini olishini; s) mehnatkash tashishi lozim bo‘lgan yukning eng og‘ir vaznini; d) mehnatkashlar ularning uylaridan jalb qilinishi mumkin bo‘lgan eng uzoq masofani; e) oyning yoki boshqa muddatning mehnatkashlar mehnatga jalb qilinishlari mumkin bo‘lgan eng ko‘p kunlari miqdorini, jumladan, mehnatkashlar uylariga qaytishi uchun ketadigan kunlarni qo‘shgan holda; f) zo‘raki yoki majburiy mehnatning mazkur shakliga jalb qilish huquqiga ega shaxslarni, shuningdek, ular vakolatlarining chegaralarini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Avvalgi bandning “s”, “d” va “e” kichik bandlarida gap boradigan maksimumni aniqlashda vakolatli hokimiyat organlari bu masalaga taalluqli barcha tegishli omillarni, shu jumladan, mehnatkashlar jalb qilinayotgan aholining jismoniy layoqatini, mehnatkashlar tomonidan bosib o‘tilishi lozim bo‘lgan yo‘nalish xususiyatini, shuningdek, iqlim sharoitini hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bundan tashqari, vakolatli hokimiyat organi mazkur mehnatkashlarning kundalik normal yo‘nalishi o‘rtacha ish kunidek sakkiz soat davom etadigan masofadan oshmasligini ta’minlaydi, bunda shu masofani aniqlaganda nafaqat yuk vazni va yo‘nalish uzunligi, balki yo‘lning holati, yil fasli va shunga taalluqli boshqa barcha omillar xam hisobga olinadi, shu bilan birga, agar yo‘nalish vaqti davomiyligi kundalik normal yo‘nalish davomiyligidan oshsa u holda oddiy miqdordan oshadigan miqdor bo‘yicha haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vakolatli hokimiyat organi erga majburiy ishlov berishni qo‘llashga faqat ochlik yoki oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligining oldini olish maqsadlarida va har doim buning natijasida olingan mahsulotlar yoki oziq-ovqatlar ularni yetishtirgan shaxslar va jamoaning o‘ziniki bo‘lishi sharti bilan ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu modda, jamoa a’zolarining majburiyatini, ya’ni qonunga yoki odatlarga muvofiq jamoada talab etilayotgan ishni bajarish majburiyatini, — ishlab chiqarish qonun yoki odatlarga muvofiq jamoaviy asosida tashkil qilinsa va mahsulotlar yoki shu mahsulotlarni sotishdan kelgan foyda jamoaning o‘ziniki bo‘lib qolsa, — bekor qilishga asos bo‘la olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoani uning har qanday a’zosi tomonidan sodir etilgan jinoyatlari uchun jazolashni ko‘zda tutuvchi jamoaviy jazolash qonunchiligi jamoaning zo‘raki yoki majburiy mehnatini jazo chorasi sifatida ko‘zda tuguvchi qoidalarni o‘z ichiga olmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zo‘raki yoki majburiy mehnat shaxtalarda yer osti ishlarini bajarish uchun qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilot a’zolarining — ushbu Konvensiyaning amalga oshirilishi yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining 22-moddasi qoidalariga muvofiq Xalqaro Mehnat Byurosiga taqdim etiladigan — har yilgi ma’ruzalari imkon qadar quyidagilar to‘g‘risida to‘laroq axborotlarni o‘z ichiga olishi kerak: har bir tegishli hudud to‘g‘risida; shu hududda zo‘raki yoki majburiy mehnatni ko‘llashning barcha holatlari to‘g‘risida; shu mehnat qaysi maqsadlarda qo‘llanilishi to‘g‘risida; kasallanish va o‘lim darajalari to‘g‘risida; ish vaqti; ish haqi to‘lash usullari va ish haqi miqdorlari to‘g‘risida; shuningdek shunga doir boshqa ma’lumotlar to‘g‘risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu modda qoidalarini hayotga tatbiq qilish uchun vakolatli hokimiyat organi zo‘raki yoki majburiy mehnatning qo‘llanilishini boshqaruvchi to‘liq va aniq tartib-qoidalarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bu tartib-qoidalar, jumladan, zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan har bir shaxsga, unga taqdim etiladigan mehnat sharoitlariga nisbatan hokimiyat organlariga o‘z e’tirozini bildirishga ruxsat etadigan va shu e’tirozning ko‘rib chiqilishi va e’tiborga olinishini kafolatlaydigan qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zo‘raki yoki majburiy mehnatning qo‘llanilishini boshqaruvchi tartib-qoidalar qat’iy ravishda hayotga tatbiq etilishini ta’minlash uchun barcha hollarda tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi, xususan, oddiy mehnatni nazorat qilish uchun ta’sis etilgan har qanday mehnat inspeksiyasi organining majburiyatini zo‘raki yoki majburiy mehnatni nazorat qilish vazifasi bilan kengaytirish orqali yoki istalgan boshqa mos keladigan usul yordamida. Shuningdek, bu tartib-qoidalar haqida zo‘raki yoki majburiy mehnatga jalb qilingan shaxslarni xabardor qilish choralari ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zo‘raki yoki majburiy mehnatga noqonuniy jalb qilish jinoiy tartibda ta’qib qilinadi hamda ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Tashkilotning har bir a’zosi qonunda ko‘rsatilgan sanksiyalarning chinakam samaradorligini va ularga qat’iy rioya qilinishini ta’minlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Xalqaro Mehnat Tashkilotining har bir a’zosi uni o‘z suvereniteti, yurisdiksiyasi, himoyasi, syuzereniteti, vasiyligi yoki boshqaruvi ostida turgan hududlarga nisbatan, u ichki yurisdiksiyasi masalalariga ta’sir etish huquqiga ega bo‘lgan darajada qo‘llash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Biroq Tashkilotning ushbu a’zosi Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi 35-moddasining qoidalaridan foydalanishni istasa, u o‘zining ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatiga quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatuvchi deklaratsiya ilova qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Konvensiya qoidalarini o‘zgartirishlarsiz qo‘llashni mo‘ljallagan hududLar to‘g‘risidagi ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ushbu Konvensiya qoidalarini o‘zgartirishlar bilan ko‘llashni mo‘ljallagan hududlar to‘g‘risidagi va shu o‘zgarishlarning tafsilotlari to‘g‘risidagi ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) o‘z qarorini saqlab turishni mo‘ljallagan hududlar to‘g‘risidagi ma’lumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ko‘rsatilgan deklaratsiya ratifikatsiyaning ajralmas qismi deb hisoblanadi va ratifikatsiya kuchiga ega. Tashkilotning xar qanday a’zosi navbatdagi deklaratsiyasi orqali ushbu modda 1-bandining 2 va 3-kichik bandlari qoidalari kuchiga ko‘ra uning avvalgi deklaratsiyasida aytib o‘tilgan barcha shartlardan yoki ularning bir qismidan voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavining qoidalariga binoan ro‘yxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya, faqatgina, ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Xalqaro Mehnat Byurosi tomonidan ro‘yxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining a’zolarinigina bog‘laydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya, Xalqaro Mehnat Tashkiloti ikki a’zosining ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir a’zosi uchun uning ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjati ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro Mehnat Byurosida Xalqaro Mehnat Tashkiloti ikki a’zosining ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari ro‘yxatga olinishi bilan, Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori bu haqda Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha a’zolariga xabar beradi. Bosh direktor, shuningdek, keyinchalik Tashkilotning, boshqa a’zolari tomonidan yuboriladigan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlarning ro‘yxatga olinganligi haqida Tashkilotning barcha a’zolariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning a’zosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan o‘n yil o‘tganidan keyin, Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga ro‘yxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti Xalqaro Mehnat Byurosi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin bir yil o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu-Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning xar bir a’zosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan o‘n yillik muddat o‘tganidan keyin bir yil ichida mazkur moddada ko‘zda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan bo‘lsa, navbatdagi besh yillik muddatni kutishga majbur bo‘ladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlari bo‘yicha ushbu Konvensiyani xar besh yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Ma’muriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’ruzani taqdim etadi va uni to‘la yoki qisman qayta ko‘rib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani to‘la yoki qisman qayta ko‘rib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa, Tashkilotning biror-bir a’zosi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning o‘z kuchi bilan, muddatidan va 30-modda qoidalaridan qat’iy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi, qayta ko‘rib chiqilgan konvensiya kuchga kirgan sanadan e’tiboran mazkur Konvensiyaning Tashkilot a’zolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday holatda, mazkur Konvensiya, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot a’zolari uchun amaldagi shakli va mazmuni o‘z kuchida qolaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)