Oʻzbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasida
Bitim
Havo qatnovi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi (bundan buyon “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar), 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning qatnashchilari boʻlgani holda,
oʻz hududlari va tashqari hududlar oʻrtasida havo qatnovlarini oʻrnatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisida Bitim tuzish istagida, bundan buyon “Bitim” deb ataladi,
quyidagilar xususida ahdlashib oldilar:
1-modda
Atamalar
Atamalar
Ushbu Bitimning maqsadlari yoʻlida, agar matn boshqa izoh talab qilmasa:
1) “Konvensiya” atamasi 1944-yilning 7-dekabrida Chikago shahrida imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani anglatadi va Ahdlashuvchi Tomonlar qay darajada ratifikatsiya etgani hamda kuchga kirganiga qarab, Konvensiyaning 90-moddasiga binoan qabul qilingan Ilovalarni, shuningdek, Konvensiyaning 90- va 94-moddalariga binoan Konvensiyaga yoki uning Ilovalariga kiritilgan har bir tuzatishni oʻz ichiga oladi;
2) “aviatsiya maʼmuriyatlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan — Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasini va Saudiya Arabistoni Podshohligiga nisbatan — Fuqaro aviatsiyasi bosh maʼmuriyatini anglatadi yoki har ikki holda yuqorida qayd etilgan aviatsiya maʼmuriyatlari tomonidan hozirgi vaqtda bajarilayotgan vazifalarni amalga oshirish vakolati berilgan shaxs yoki tashkilotni anglatadi;
3) “tayinlangan aviakorxona” atamasi ushbu Bitimning 3-moddasiga muvofiq tayinlangan va vakolatga ega boʻlgan aviatsiya korxonasini anglatadi;
4) “tarif” atamasi yoʻlovchilar va yuklarni tashish uchun toʻlanadigan qiymatni hamda ana shu qiymatlarni qoʻllash shartlarini, jumladan agentliklar va boshqa yordamchi xizmatlar uchun belgilangan qiymatlar hamda shartlarni anglatadi; pochtani tashish shartlari va unga toʻlanadigan vositachilik haqlari bundan mustasnodir;
5) “hudud” atamasi Davlatga nisbatan Konvensiyaning 2-moddasida koʻrsatilgandek, mazkur Davlat suvereniteti, himoyasi va mandatiga kiruvchi yer yuzasi hamda hududiy suvlarni anglatadi;
6) “havo qatnovi”, “xalqaro havo qatnovi”, “aviakorxona” va “notijoriy maqsadlarda toʻxtash” atamalari Konvensiyaning 96-moddasida mazkur atamalar uchun koʻrsatilgan maʼnolarni anglatadi;
7) “Bitim” atamasi ushbu Bitimni, uning Ilovasini va ushbu Bitimga yoki uning Ilovasiga kiritilgan har qanday tuzatishlarni anglatadi;
8) “jadval” atamasi mazkur Bitimning ilovasida koʻrsatilgan havo qatnovlari yoʻnalishlari jadvalini hamda mazkur Bitimning 16-moddasiga muvofiq kelishilgan va ularga kiritilgan har qanday tuzatishlarni anglatadi;
9) “havo kemasiga” nisbatan “hajm” atamasi— mazkur havo kemasi butun yoʻnalish boʻylab yoki yoʻnalishning maʼlum bir qismida tijoriy yuk olish quvvatini anglatadi;
10) “ehtiyot qismlar” atamasi havo kemasini, shuningdek, dvigatellarni amalga kiritish maqsadida taʼmirlash yoki almashtirish uchun qoʻllaniladigan jihozlarni anglatadi;
11) “hisobdagi mulk” atamasi havo kemasi sahnida parvoz davomida qoʻllaniladigan koʻchma shakldagi sahn zaxiralari va ehtiyot qismlaridan mustasno boʻlgan jihozlarni, shu jumladan birinchi yordam va qutqaruv buyumlarini anglatadi;
12) “jihozlardan foydalanish uchun va aeroport yigʻimlari” atamasi aeroport va aeronavigatsiya vositalaridan foydalangani uchun, shu jumladan havo kemalar, ularning ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatish maqsadida muvofiq xizmatlar va inshootlar uchun aviakorxonalar oldiga qoʻyiladigan toʻlovlarni anglatadi.
2-modda
Huquqlarni berish
Huquqlarni berish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Bitimning Ilovasida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro havo qatnovlarini amalga oshirish maqsadida ushbu Bitimda koʻrsatib oʻtilgan huquqlarni beradi. Mazkur qatnovlar va yoʻnalishlar bundan buyon matnda tegishincha “shartlashilgan qatnovlar” va “belgilangan yoʻnalishlar” deb ataladi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomondan tayinlangan aviakorxona belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlardan foydalanish chogʻida quyida keltirilgan huquqlardan foydalanadi:
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidan qoʻnmasdan uchib oʻtish;
b) aytib oʻtilgan hududda notijoriy maqsadlarda toʻxtash;
v) xalqaro qatnovlarda qatnayotgan yoʻlovchilar, yuk va pochtani olish va tushirish maqsadida aytib oʻtilgan hududda ushbu Bitimning Ilovasida mazkur yoʻnalish uchun koʻrsatilgan manzillarda toʻxtash.
3. Mazkur Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan oraliq va tashqari manzillarda tijorat huquqlaridan foydalanish Ahdlashuvchi Tomonlar tayinlangan aviakorxonalari oʻrtasida oʻzaro kelishuv boʻyicha va vakolatli maʼmuriyatlar maʼqullashi bilan hal etiladi.
4. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlaridagi hech qaysi qoidasida bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi(lari)ga haq evaziga yoki yollanish yoʻli bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida ushbu boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududidagi boshqa bir manzilga tashish uchun yoʻlovchilar, yuk va pochtalarni havo kemasiga olish huquqini beradi deb qaralmaydi.
3-modda
Aviakorxonani tayinlash
Aviakorxonani tayinlash
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovlarni amalga oshirish maqsadida, bu haqda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilgan holda bir yoki undan koʻp aviakorxonani tayinlash huquqiga ega.
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya hukumatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonadan Konvensiyaning nizomlariga muvofiq xalqaro havo qatnovlaridan foydalanishda ushbu maʼmuriyatlar tomonidan odatda qoʻllaniladigan qonun va qoidalarda koʻrsatilgan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillar talab qilishga haqlidir.
4. Mazkur tarzda tayinlangan va ruxsatnoma olgan aviakorxona kelishilgan qatnovlarda ushbu Bitimning 15-moddasiga muvofiq tariflar joriy etilgani sharti bilan kelishilgan qatnovlardan foydalanishni boshlashi mumkin.
4-modda
Ruxsatnomadan foydalanishni rad etish, bekor qilish yoki toʻxtatib qoʻyish
Ruxsatnomadan foydalanishni rad etish, bekor qilish yoki toʻxtatib qoʻyish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon quyidagi hollarda parvozlar uchun ruxsatnoma berishni rad etish yoki uni bekor qilish, ushbu Bitimning 2-moddasi 2-bandida keltirilgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasiga berilgan huquqlardan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish yoki bunday huquqlardan foydalanish jarayonida oʻzi zarur deb bilgan shartlarning bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻladi:
a) mazkur aviakorxonaga ustun darajada egalik qilish yoki uning ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga qarashli ekanligiga ishonch hosil qilmagan har qanday holda;
b) mazkur aviakorxona ushbu huquqlarni bergan Ahdlashuvchi Tomon davlat qonun va/yoki qoidalariga rioya qilmayotgan taqdirda;
v) mazkur aviakorxona ushbu Bitimda belgilangan shartlarni qandaydir boshqacha bir tarzda bajarmayotgan boʻlsa.
2. Agarda ruxsatnomadan foydalanishni darhol bekor qilish, ushbu moddaning 1-bandida belgilangan shartlarning bajarilishini toʻxtatib qoʻyish yoki talab qilish bundan buyon qonunlar va/yoki qoidalarning buzilishini oldini olish uchun yetarli boʻlmasa, ushbu huquqdan faqat boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashilgandan soʻnggina foydalanish mumkin.
3. Agar bir Ahdlashuvchi Tomon mazkur Bitimning shartlariga muvofiq amal qilsa, ushbu Bitimning 18-moddasiga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomonning huquqlari poymol etilmaydi.
5-modda
Jihozlar uchun toʻlovlar va aeroport yigʻimlari
Jihozlar uchun toʻlovlar va aeroport yigʻimlari
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz hududida boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxona tomonidan belgilangan yoʻnalishlarda foydalanilishi uchun aeroport yoki aeroportlarni tayinlaydi hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasini aloqa vositalari, aviatsiya va meteorologik vositalar va kelishilgan qatnovlardan foydalanish uchun zarur boshqa xizmatlar bilan taʼminlaydi.
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan hech biri boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonaga yigʻimlarni oʻxshash havo kemalari va ular bilan bogʻliq jihozlar va xizmatlardan foydalangan holda shu kabi xalqaro qatnovlardan foydalanayotgan oʻzi tayinlagan aviakorxonaga solingan yigʻimlardan yuqori solmasligi yoki solishga ruxsat bermasligi lozim.
6-modda
Bojxona bojlari va boshqa yigʻimlardan ozod qilish
Bojxona bojlari va boshqa yigʻimlardan ozod qilish
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonasiga tegishli xalqaro havo qatnovlarida foydalanilayotgan havo kemalari, shuningdek yonilgʻi zaxiralari, moylash xomashyolari, texnik vositalari zaxiralari, ehtiyot qismlar, roʻyxatdagi mol-mulki hamda havo kemalari sahnidagi sahn zaxiralari boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga kirib kelgach va shu hududdan uchib ketgach, oʻzaro munosabat asosida, barcha bojxona bojlari va soliqlar, inspeksiya yigʻimlari va shu kabi boshqa boj va toʻlovlardan bu mulk va xomashyolar ular qaytarib olib chiqilguniga qadar havo kemasi sahnida saqlanib qolishi yoki ushbu hudud ustidan parvoz qilish mobaynida ishlatilishi sharti bilan ozod etiladi.
2. Shuningdek koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan yigʻimlardan tashqari, quyida koʻrsatilganlar shu kabi boj, soliq va yigʻimlardan ozod etiladi:
a) Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida koʻrsatilgan Ahdlashuvchi Tomonning muvofiq idorasi orqali oʻrnatilgan meʼyorlar doirasida olingan va boshqa Ahdlashuvchi Tomondan xalqaro yoʻnalishlarda foydalaniladigan parvoz qilayotgan havo kemasining sahnida ishlatish uchun moʻljallangan sahn zaxiralari;
b) bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan xalqaro yoʻnalishlarda foydalaniladigan havo kemasiga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash uchun olib kirilgan ehtiyot qismlar;
v) bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi tomonidan xalqaro yoʻnalishlarda foydalaniladigan parvoz qilayotgan havo kemasining sahnida ishlatish uchun moʻljallangan yoqilgʻi va moylash ashyolari, hatto bu zaxiralar yoʻnalishning ularni havo kemasining sahniga olingan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududidan qilayotgan parvozi qismida ishlatilgan taqdirda ham.
3. Mazkur Bitimning 2-bandida koʻrsatilgan ashyolar bojxona qoidalariga muvofiq ular olib chiqilguniga yoki ishlatilganiga qadar bojxona maʼmuriyatlari nazorati ostida boʻlishadi.
4. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlati hududi orqali toʻgʻri tranzitda boʻlgan va aeroportning ushbu maqsadlarga koʻzlangan zonasini tark etmagan yoʻlovchilar, ularning yuklari va yuklar yengillashtirilgan nazoratdan oʻtkaziladi. Toʻgʻri tranzitdagi yoʻlovchilarning yuki va yuklar bojxona bojlari va har qanday soliqlardan ozod etiladi.
5. Kelishuv asosida faqat bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxona tomonidan foydalanish uchun boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududiga kiritilgan bagaj birkalari, aviachiptalar, aviatsiya yukxatlari, qoʻnish talonlari va jadval broshyuralari kabi aviakorxonaning belgisi boʻlgan rasmiy hujjatlar barcha bojxona bojlari va/yoki soliqlardan ozod etiladi.
7-modda
Kelishilgan havo qatnovlaridan foydalanish tamoyillari
Kelishilgan havo qatnovlaridan foydalanish tamoyillari
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalariga belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha kelishilgan qatnovdan foydalanish uchun adolatli va teng huquqli shart-sharoitlar yaratib beriladi.
2. Kelishilgan qatnovlarni amalga oshirishda, Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining tashuvlariga shu yoʻnalish boʻyicha yoki uning bir qismida oʻrinsiz ziyon yetkazmaslik uchun shu aviakorxonaning manfaatlarini eʼtiborga oladi.
3. Ahdlashuvchi Tomonlar tomonidan foydalanilayotgan kelishilgan qatnovlar eng avvalo yuklashning oqilona miqdorida aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon davlat hududi hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududi oʻrtasida yoʻlovchilar, bagaj, yuk va pochtani tashishda mavjud hamda oqilona moʻljallangan ehtiyojlarni qondiruvchi hajmga ega boʻlishi lozim. Sahnga olingan va aviakorxonani tayinlagan davlatdan mustasno davlatlar hududlarida tasdiqlangan yoʻnalishlardagi manzillarda tushirilgan yoʻlovchilar, yuk va pochtani tashishni amalga oshirish ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida kelishib olinishi lozim, chunki hajm quyidagilarga tegishli:
a) aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlariga va hududlaridan tashuvlarga ehtiyojlar;
b) hududdagi davlatning aviakorxonalari xizmat koʻrsatadigan mahalliy va hududiy aviayoʻnalishlardagi tashuvlar inobatga olingan holda kelishilgan aviaqatnovlar oʻtuvchi tumanning tashuvlarga ehtiyoji;
v) aviayunalishlarning faoliyati davomida yuzaga keladigan ehtiyojlar.
4. Tayinlangan aviakorxonalarga adolatli va teng huquqli shartlar berilishi uchun parvozlarning muntazamligi va uning hajmi, shuningdek parvozlarning jadvali ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmuriyatlari bilan kelishib olinishi lozim. Kelishilgan qatnovlarga har qanday oʻzgartirishlar kiritish vaqtida bu talabga amal qilinadi.
5. Ikkala Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari zarur paytda parvozlarning jadvali, hajmi hamda muntazamligi boʻyicha qoniqarli kelishuvga erishishga harakat qilishlari lozim.
8-modda
Parvozlar jadvalini tasdiqlash
Parvozlar jadvalini tasdiqlash
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmuriyatlariga tasdiqlash uchun kelishilgan qatnovlarda parvozlarni boshlashdan kamida oʻttiz (30) kun oldin moʻljallangan jadvalni taqdim etishi lozim. Mazkur jadvalda tashuvlar hamda havo kemalari turi, parvozlar jadvali va boshqa tegishli maʼlumotlar boʻlishi lozim. Ushbular kelgusidagi oʻzgartirishlarga ham qoʻllanilishi lozim. Ayrim hollarda mazkur muddat yuqorida koʻrsatilgan hukumatlar kelishuviga binoan qisqartirilishi mumkin.
9-modda
Statistika maʼlumotlarini berish
Statistika maʼlumotlarini berish
Bir Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlarini ularning talabiga koʻra tayinlangan aviakorxonalar tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududiga/hududidan kelishilgan qatnovlarda havo tashuvlarini bajarishga tegishli, odatda tayinlangan aviakorxona oʻzining milliy va aviatsiya maʼmuriyatlariga tayyorlab beriluvchi va taqdim etiluvchi axborot va statistik maʼlumotlar bilan taʼminlashlari lozim. Ushbu maʼlumotlar tashuvlarning hajmi, taqsimlanishi, boshlanishi va tayinlangan joyi haqida axborotni oʻz ichiga olishi lozim. Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmuriyatlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmuriyatlaridan olishni istagan boshqa tashuvlar boʻyicha qoʻshimcha statistik maʼlumotlar talab qilinishiga koʻra ikkala Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida muhokama qilinishi hamda kelishib olinishi lozim.
10-modda
Qonun va qoidalarning qoʻllanilishi
Qonun va qoidalarning qoʻllanilishi
1. Bir Ahdlashuvchi Tomon davlat qonun va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan tayinlangan aviakorxona havo kemasining navigatsiyasiga va undan foydalanishda boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududiga uchib kelishi, u yerda boʻlishi va u yerdan uchib ketishi mobaynida qoʻllanilishi lozim.
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning xalqaro tashuvlarga taalluqli oʻz davlat hududiga yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari, yuk va pochtaning kirib kelishini, u yerda boʻlishini hamda u yerdan joʻnatilishini tartibga soluvchi davlat qonun va qoidalari, xususan chiqish, kirish, emigratsiya, immigratsiya, bojxona, valyuta, sanitariya va karantin qoidalariga oid rasmiyatchiliklar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga tegishli havo kemalaridagi yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari, yuk va pochtaga nisbatan ularga koʻrsatilgan hudud doirasida boʻlishi chogʻida qoʻllaniladi.
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon talabiga koʻra ushbu Moddaga tegishli qonun va qoidalarning nusxasini taqdim etadi.
4. Hech qaysi bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining aviakorxonasiga mazkur Moddada koʻzda tutilgan qonun va qoidalarni qoʻllashda boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasiga nisbatan hech qanday imtiyoz bera olmaydi.
11-modda
Daromadlarni oʻtkazish
Daromadlarni oʻtkazish
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasiga oʻz hududida toʻgʻridan toʻgʻri yoki tomonlarning xohishiga koʻra agentlar orqali aviatashuvlarni sotish bilan shugʻullanish huquqini beradi. Har bir tayinlangan aviakorxona bu kabi tashuvlarni sotish huquqiga ega hamda har qanday shaxs bunday xizmatlarni ushbu boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlatining ayirboshlovini tartibga soluvchi qonun va qoidalariga muvofiq shu mamlakat valyutasida yoki erkin almashtiriladigan valyutada erkin sotib olish huquqiga ega boʻladi.
2. Bir Ahdlashuvchi Tomonning har bir tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida olingan xarajatlardan ortiq boʻlgan daromadlar qiymatini oʻtkazish huquqiga ega boʻladi. Mablagʻlarni oʻtkazish ushbu pul oʻtkazish amalga oshirilayotgan Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida amal qiluvchi valyuta almashuvini tartibga soluvchi qonun va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Bir Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxona tomonidan olingan xarajatlardan ortiq boʻlgan daromadlar qiymatini oʻtkazishga cheklovlar kiritgan taqdirda ikkinchi Tomon tegishincha boshqa Tomonning aviakorxonasiga nisbatan shunday cheklovlarni kiritishi mumkin. Ahdlashuvchi Tomonlar xarajatlardan ortiq boʻlgan daromadlar qiymatini oʻtkazishni hamkorlik bilan amalga oshirishga barcha kuchlarini sarflaydilar.
4. Har bir Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonasining kelishilgan qatnovlardan foydalanish natijasida olingan foydasiga soliq solish Tomonlarning iqtisodiy aloqalarida amal qiluvchi “Ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish toʻgʻrisidagi” Bitimga muvofiq amalga oshiriladi. Agarda unday Bitim boʻlmasa tayinlangan aviakorxonaning foydasiga soliq solish Ahdlashuvchi Tomonlar ichki qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
12-modda
Parvozlar xavfsizligi
Parvozlar xavfsizligi
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining davlati hududida berilgan yoki amal qilishi tan olingan va amal qilish muddati tugamagan uchishga yaroqlilik sertifikatlari, ekspluatant sertifikatlari va litsenziyalari mazkur bitimda koʻzda tutilgan qatnovlardan tasdiqlangan yoʻnalishlarda foydalanish maqsadida, ushbu berilgan yoki tan olingan sertifikatlar va litsenziyalarga qoʻyiladigan talablar Konvensiyada tasdiqlangan standartlarga muvofiq yoki yuqori boʻlishi sharti bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida haqiqiy deb tan olinadi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻzining fuqarolariga boshqa Ahdlashuvchi Tomondan yoki boshqa davlat tomonidan berilgan yoki amal qilishi tan olingan ekspluatant sertifikatlari va litsenziyalarini tan olishda oʻz hududidan parvozlarni amalga oshirishni rad etish huquqini oʻzida qoldiradi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qoʻllanilayotgan tasdiqlangan aviakorxonalarning aeronavigatsiya vositalari, havo kemalari, ekipajlari hamda parvozlari boʻyicha xavfsizlik standartlari borasida maslahatlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Agarda, shu kabi maslahat natijasida Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomon Xalqaro fuqaro aviatsiyasi haqidagi Konvensiya bilan tasdiqlangan minimal standartlarga javob beruvchi ushbu sohadagi xavfsizlik standartlari va talablarini yetarli darajada samarali qoʻllab quvvatlamayotganligi hamda ularga rioya etilishini nazorat qilmayotganligini sezib qolsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu sezishlar hamda ushbu minimal standartlarga javob berishi uchun zarur choralar toʻgʻrisida xabardor qilinishi lozim, birinchi Ahdlashuvchi Tomon esa tegishli choralar koʻrishi lozim. Agarda tegishli vaqtda zarur choralar koʻrilmasa, har bir Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonalarning parvozlarini amalga oshirishga ruxsatni toʻxtatib qoʻyish, rad etish yoki bekor qilish huquqini oʻzida qoldiradi.
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon qoʻllanadigan havo kemalarining aeronavigatsiya vositalari, havo kemalari, ekipajlari hamda parvozlari boʻyicha xavfsizlik standartlari borasida maslahatlar berishni soʻrashi mumkin va soʻrov yetkazilgan kundan boshlab oʻttiz (30) kun davomida bunday maslahatlar berilishi taʼminlanadi. Agarda, shu kabi maslahat natijasida Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomon Xalqaro fuqaro aviatsiyasi haqidagi Konvensiya bilan tasdiqlangan xavfsizlik standartlariga javob beruvchi ushbu sohadagi xavfsizlik standartlari va talablarini yetarli darajada samarali qoʻllab quvvatlamayotganligi hamda ularga rioya etilishini nazorat qilmayotganligini sezib qolsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomon ushbu sezilgan kamchiliklar hamda ushbu minimal standartlarga javob berishi uchun zarur choralar toʻgʻrisida xabardor qilinishi lozim, birinchi Ahdlashuvchi Tomon esa oʻttiz (30) kun yoki ikkala Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida kelishilgan muddat ichida tegishli choralar koʻrishi lozim.
4. 1944-yilda Chikagoda imzolangan Konvensiyaning 16-moddasiga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlar shuningdek bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakompaniyasi tomonidan yoki aviakompaniya nomidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga yoki hududidan uchib ketish uchun foydalaniluvchi har qanday havo kemasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida turgan vaqtda, havo kemasining asossiz ushlanib qolishiga olib kelmaslik sharti bilan boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli shaxslari tomonidan tekshirilishi mumkin. Chikago Konvensiyasining 33-moddasida koʻrsatilgan majburiyatlarga qaramay, bu tekshiruvlar havo kemasining tegishli hujjatlari va ekipaj guvohnomalarining haqiqiyligini, havo kemasi va jihozlari holatining shu vaqtda Konvensiyaga muvofiq amal qiluvchi Standartlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida olib boriladi.
5. Agar aviakompaniyaning parvozlar xavfsizligini taʼminlash uchun kechiktirib boʻlmaydigan harakatlarni bajarish zarur boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Tomon aviakompaniyaga boshqa Ahdlashuvchi Tomon ekspluatatsiya qilish uchun bergan ruxsatnomalarning amal qilishini zudlik bilan toʻxtatib qoʻyish yoki oʻzgartirish huquqiga ega boʻladi.
6. Mazkur moddaning 5-bandiga muvofiq koʻriladigan chora- tadbirlarni koʻrish uchun asoslar tugashi bilan har bir Ahdlashuvchi Tomonning bu chora-tadbirlarni koʻrish harakatlari toʻxtatiladi.
13-modda
Aviakompaniyaning tijorat vakolatxonasi
Aviakompaniyaning tijorat vakolatxonasi
1. Bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning kirish, yashash hamda mehnat faoliyati boʻyicha qonun va qoidalariga muvofiq boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududida boshqaruv, texnik, faoliyatni amalga oshiruvchi va mavjud havo aloqalaridan foydalanish uchun zarur boshqa ishchilar shtatini olib borish va qoldirish huquqiga ega boʻladi.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon uchun yerda xizmat koʻrsatish boshqa Ahdlashuvchi Tomon qonun va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
14-modda
Aviatsiya xavfsizligi
Aviatsiya xavfsizligi
1. Mazkur Bitimning ajralmas qismi boʻlmish Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birining oldida gʻayriqonuniy aralashish holatlariga qarshi fuqaro aviatsiya xavfsizligini taʼminlash borasidagi oʻz majburiyatlarini tasdiqlaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro huquqqa asosan ularning huquq va majburiyatlarini chegaralamasdan, xususan, 1963-yil 14-sentabrda Tokioda imzolangan havo kemalari sahnida sodir etiladigan jinoyatchilik va birqancha boshqa gʻayriqonuniy harakatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya, 1970-yil 16-dekabrda Gaagada imzolangan havo kemalarini gʻayriqonuniy egallab olishga qarshi kurash boʻyicha Konvensiya, 1971-yil 23-sentabrda Monrealda imzolangan fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga qarshi qaratilgan noqonuniy harakatlarga qarshi kurash haqidagi Konvensiyaning nizomlariga muvofiq ish olib boradilar.
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarining iltimosiga koʻra havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilib olishning hamda havo kemasiga, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, tayyoragohlar va qatnovni taʼminlash vositalariga, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishda bir-birlariga barcha zaruriy yordamni koʻrsatadilar.
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarida Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti tomonidan belgilangan hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga kiritilgan tomonlarga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan darajadagi Ilova sifatida amal qiluvchi talablarga muvofiq ish koʻradilar. Ular oʻzlari tomondan qayd qilingan havo kemalar foydalanuvchilari yoki doimiy faoliyat joyi yoki turar joyi oʻz hududlarida joylashgan havo kemalarining foydalanuvchilari hamda ularning hududlaridagi aeroportlardan foydalanuvchilardan aviatsiya xavfsizligining ushbu qoidalariga muvofiq ish koʻrishlarini talab qiladilar.
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri shu kabi havo kemasidan foydalanuvchilardan boshqa Ahdlashuvchi Tomondan ushbu boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududiga kirish, u yerdan chiqish va u yerda boʻlish uchun talab qilinayotgan ushbu moddaning 3-bandida aytib oʻtilgan aviatsiya xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini talab qila olishlariga kelishishadi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarni saqlash hamda qoʻnishdan oldin va qoʻnish vaqtida yoki yukni tushirishda yoʻlovchilar, ekipaj aʼzolari, ularning qoʻl yuklari, bagaj, yuk va sahn zaxiralarini tekshirish uchun oʻz hududi doirasida muvofiq choralarni qoʻllashni taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon shuningdek boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aniq tahdid mavjud boʻlganda maxsus xavfsizlik choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi har qanday iltimosini oqilona meʼyorda koʻrib chiqadi.
5. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilish hodisasi yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi, undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga aeroportlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqani yengillatish orqali bir-birlariga koʻmak va bunday hodisa yoki tahdidga jadal hamda beshikast barham berish uchun barcha zarur chora-tadbirlarini koʻradilar.
15-modda
Tariflar
Tariflar
1. Ahdlashuvchi Tomonlar aviakorxonalari tomonidan kelishilgan qatnovlarda qoʻllanilayotgan tariflar boshqa aviakorxonalarning parvozni amalga oshirishga ketadigan xarajatlari, oqilona foydasi, bajarilayotgan parvozlarining oʻziga xos xususiyatlari hamda tariflari bilan bir qatorda barcha muvofiq omillarni hisobga olgan holda oqilona darajada boʻlishi lozim.
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan tariflar, iloji boʻlsa, bozorning soʻrov va takliflari asosida belgilanilishi hamda aviayoʻnalishlarinng barchasidan yoki qisman foydalanuvchi boshqa aviakorxonalar bilan maslahatlashib olingach, har ikki Ahdlashuvchi Tomonlarning tayinlangan aviakorxonalari bilan kelishib olinishi lozim.
3. Qoʻllanilayotgan tariflar hisobga olish hamda bozordagi har qanday adolatsiz raqobatga qarshi tegishli choralar koʻrish uchun har ikkala Ahdlashuvchi Tomon Aviatsiya hukumatlariga taqdim etishi lozim.
4. Agarda har ikkala Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonalari oʻrtasida tariflardan foydalanish bilan bogʻliq bozordagi adolatsiz raqobatchilik tufayli kelishmovchilik paydo boʻlsa, bu kelishmovchilik mazkur Bitimning 19-moddasi shartlariga muvofiq tartibga solinishi lozim.
16-modda
Maslahatlashuvlar va oʻzgartirishlar
Maslahatlashuvlar va oʻzgartirishlar
1. Yaqin hamkorlik ruhida har ikki Ahdlashuvchi Tomonlar yoki ularning Aviatsiya hukumatlari ora-orada bir-birlari bilan mazkur Bitim hamda uning Ilovasidagi shartlarga rioya etilishi va ularning muvofiqligini taʼminlash maqsadida maslahatlashuvlar oʻtkazishlari lozim.
2. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlardan biri mazkur Bitimning qaysidir shartlarini oʻzgartirishga qaror qilsa, u boshqa Ahdlashuvchi Tomon bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin. Bunday maslahatlashuvlar oʻtkazish haqida yozma soʻrov olingan sanadan boshlab oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim. Mazkur Bitimga har qanday tuzatishlar konstitutsiya yoki boshqa talab qilingan marosimlarning tugaganligi toʻgʻrisidagi diplomatik notalar almashinuvi yoʻli bilan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.
3. Ilova qilingan Yoʻnalishlar jadvali va oʻzaro anglashuv haqidagi memorandumdan istisno holda mazkur Bitimning faqat shartlariga tegishli tuzatishlar har bir Ahdlashuvchi Tomondan ularning konstitutsion marosimlariga muvofiq tasdiqlanishi lozim.
4. Ilova qilingan Yoʻnalishlar jadvali hamda oʻzaro anglashuv haqidagi memorandum shartlariga tegishli tuzatishlar har ikkala Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida kelishib olinishi mumkin. Bunday tuzatishlar ikkala aviatsiya maʼmuriyatlari tomonidan tasdiqlangan kunidan boshlab kuchga kiradi.
17-modda
Koʻp tomonlama konvensiyalar yoki bitimlarga muvofiqlik
Koʻp tomonlama konvensiyalar yoki bitimlarga muvofiqlik
Mazkur Bitim va uning ilovalari Ahdlashuvchi Tomonlar uchun majburiy boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday koʻp tomonlama konvensiyalar va bitimlarga muvofiq boʻlishi uchun oʻzgartiriladi.
18-modda
Amal qilish muddatini toʻxtatish
Amal qilish muddatini toʻxtatish
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri istalgan vaqtda boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish istagida ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilishi mumkin. Bunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotiga ham yuboriladi.
2. Bu holda, boshqa Ahdlashuvchi Tomon bunday xabarnomani olgan kundan eʼtiboran oʻn ikki (12) oy oʻtganidan soʻng, agar, Bitimning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi xabarnoma bu muddat tugaguniga qadar Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro roziligiga binoan orqaga qaytarib olinmasa, Bitimning amal qilishi toʻxtatiladi. Agar boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti xabarnoma olganidan soʻng oʻn toʻrt (14) kun oʻtgach boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan deb hisoblanadi.
19-modda
Bahslarni hal qilish
Bahslarni hal qilish
1. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida mazkur Bitim hamda uning Ilovasini izohlash yoki qoʻllash natijasida qandaydir bahs paydo boʻlsa, Ahdlashuvchi Tomonlar uni birinchi navbatda toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal qilishga harakat qilishadi.
2. Agar Ahdlashuvchi Tomonlar muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan oʻzaro bitimga kela olmasalar, ular bu bahsni hal qilish uchun boshqa bir maʼlum shaxs yoki tashkilotga maslahat uchun murojaat qilishlari mumkin.
3. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning 1 va 2-bandlari boʻyicha kelishuvga kela olmasalar, Ahdlashuvchi Tomonlarning xohlagan biri oʻzining amaldagi qonun va qoidalariga muvofiq bahsni hal qilish uchun har bir Ahdlashuvchi Tomondan tayinlangan bittadan hakam va ana shu ikki hakam tomonidan tayinlangan yana bir hakamdan iborat, jami uchta hakamdan tashkil topgan hakamlar sudiga berishi mumkin. Bahs hakamlar sudiga berilsa, Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri hakamni bahsni hakamlar sudiga berishlik haqida xabar olingan kundan boshlab oltmish (60) kun ichida tayinlaydi, uchinchi hakam esa birinchi ikkala hakam tayinlangan oxirgi sanadan boshlab kelgusi oltmish (60) kun ichida tayinlanishi lozim. Agarda Ahdlashuvchi Tomonlardan biri oʻzining hakamini koʻrsatilgan muddat ichida tayinlay olmasa yoki uchinchi hakamning nomzodi koʻrsatilgan muddat ichida tasdiqlanmasa, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti Kengashi Prezidenti Ahdlashuvchi Tomonlardan istagan birining talabiga koʻra tayinlamagan tomonga hakamni yoki uchinchi hakamni tayinlashi mumkin. Lekin uchinchi hakam tayinlanish vaqtida har ikkala Ahdlashuvchi Tomon bilan diplomatik aloqalari boʻlgan mamlakat fuqarosi boʻlishi lozim.
4. Agarda hakamni tayinlash Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti Kengashi Prezidentiga yuklatilgan taqdirda, agar Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti Kengashi Prezidenti bu vazifani amalga oshira olmasa, yoki u Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, tayinlash Vitse-prezident tomonidan amalga oshirilishi lozim, agarda Vitse-prezident ham bu vazifani amalga oshira olmasa, yoki u ham Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlsa, tayinlash Kengashning Ahdlashuvchi Tomonlardan birining fuqarosi boʻlmagan katta aʼzolari tomonidan amalga oshirilishi lozim.
5. Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan erishilgan boshqa nizomlarga muvofiq, Hakamlar sudi oʻzining tadbiri hamda hakamlar sudi joyini belgilashi lozim.
6. Hakamlar sudining qarori Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan soʻzsiz bajarilishi lozim.
7. Toʻlovlar hamda hakamlarning xarajatlarini oʻz ichiga olgan holda hakamlar sudining barcha xarajatlari Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻrtasida teng boʻlinadi. Mazkur Bitimning 3-moddasida koʻrsatilgan Kengashning uchinchi hakamni na/yoki tayinlamagan tomonga hakamni tayinlash borasidagi har qanday xarajatlari hakamlar sudi uchun xarajatlarning bir qismi deb hisoblanishi lozim.
20-modda
IKAOda roʻyxatdan oʻtish
IKAOda roʻyxatdan oʻtish
Ushbu Bitim, uning Ilovalari, va keyinchalik ularga kiritiladigan barcha oʻzgarishlar Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
21-modda
Bitimning kuchga kirishi
Bitimning kuchga kirishi
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlarini mazkur Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki qonunchilik tartibotlarini bajarib boʻlganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma ravishda xabardor qilgan kundan eʼtiboran kuchga kirada.
Tegishli tartibda oʻz hukumatlaridan vakolat olgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, kirish qismi, 21 ta modda va 1 ilovadan iborat boʻlgan ushbu Bitimni imzoladilar.
Jidda shahrida 2009-yil 7-aprelda, hijriy 1430 yil rabiuʼl axir 11 kunida, ikki asl nusxada har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitimni talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)
Ilova
Yoʻnalishlar jadvali
I. Oʻzbekiston Respublikasining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan har ikki tomonga parvozlarni amalga oshirishda foydalaniladigan yoʻnalishlar:
| Joʻnash manzillari | Oraliq manzillar | Saudiya Arabistoni Podshohligidagi manzillar | Tashqaridagi manzillar |
| Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi manzillar | Ikki manzil keyinroq belgilanadi | Jidda, Riyoz va Dammam | Ikki manzil keyinroq belgilanadi |
II. Saudiya Arabistoni Podshohligining tayinlangan aviakorxonasi tomonidan har ikki tomonga parvozlarni amalga oshirishda foydalaniladigan yoʻnalishlar:
| Joʻnash manzillari | Oraliq manzillar | Oʻzbekiston Respublikasidagi manzillar | Tashqaridagi manzillar |
| Saudiya Arabistoni Podshohligi hududidagi manzillar | Ikki manzil keyinroq belgilanadi | Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganch | Ikki manzil keyinroq belgilanadi |
III. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomon tayinlangan aviakorxonalari tomonidan foydalanilayotgan yoʻnalishlarga eslatma:
1. Har bir tayinlangan aviakorxona mazkur Bitimning Ilovasida koʻrsatilgan oraliq manzillar hamda tashqaridagi manzillardan, agarda har ikki Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida maxsus kelishuv boʻlmasa, mazkur manzillar hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomon davlat hududlari oraligʻida beshinchi havo ozodligi tijorat huquqidan foydalanilmaslik sharti bilan foydalanishi mumkin.
2. Har bir yoʻnalish aviakorxonani tayinlagan davlat hududidan boshlanishi yoki tugashi sharti bilan, tayinlangan aviakorxonalarning xohishiga koʻra, har qanday yoki barcha parvozlarni amalga oshirishda har qanday belgilangan yoʻnalishlardagi oraliq yoki tashqaridagi manzillar tushirib qoldirilishi mumkin.