19.03.1993 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Transport sohasidagi hamkorlik prinsiplari va oʻzaro munosabatlarning shart-sharoitlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun intilishga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala mamlakat oʻrtasida, shuningdek, ularning hududlari orqali uchinchi mamlakatlarga yuk tashilishi va yoʻlovchilar qatnovini yengillashtirish istagini bildirib, quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar transportning barcha turlari sohasida oʻzaro iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantiradilar va chuqurlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning ikkala mamlakat oʻrtasida hamda ularning hududlari orqali yoʻlovchi va yuk tashuvchi transport barcha turlarining faoliyati uchun oʻz hududlarida oʻzaro bogʻliqlik qoidalariga asosan qulay sharoitlarni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining yuk tashuvchilari tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlari boʻyicha yoʻlovchilar va yuklarning tashilishi, shuningdek, ushbu tashishlarni bajaruvchi transport vositalari yoʻllar va boshqa aloqa yoʻllardan foydalanish yoki saqlash, transport vositalariga ega boʻlish yoki foydalanish bilan bogʻliq soliqlar va davlat yigʻimlaridan, shuningdek, yuk tashishlardan olinadigan daromadlar va foydalarga soliqlardan va bitimlardan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar transportning barcha turlari ishini tartibga soluvchi amaldagi qoidalar, nizomlar, yoʻriqnomalar, andozalar va texnik shart-sharoitlarni saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzgarishlar, shuningdek, ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning manfaatlariga daxl qiluvchi yangi meʼyoriy hujjatlarni joriy qilish Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz hududlarida amal qiluvchi transport qonunchiligining birxillashtirilishini taʼminlashga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni va yoʻlovchilarni temir yoʻl, havo va avtomobil transporti va tranzit bilan ikkala mamlakat oʻrtasida ularning hududlari orqali tashishni tashkil etish tartibi Rossiya Federatsiyasi Transport vazirligi (temir yoʻl orqali tashishlarni tashkil etish qismida — Rossiya Federatsiyasi yoʻllar vazirligi bilan) va Oʻzbekiston avtomobil transporti davlat aksionerlik korporatsiyasi (avtomobil transporti qismida), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviokompaniyasi (havo transporti qismida), Oʻrta osiyo temir yoʻl boshqarmasi (temir yoʻl transporti qismida) bilan tuziladigan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar xalqaro yuk tashishlarning avval SSSRning boshqa mamlakatlar bilan tuzgan hukumatlararo Bitimlari boʻyicha belgilangan amaldagi tartibini, shuningdek, transport soqasida SSSR ishtirokchisi boʻlgan konvensiyalar va boshqa bitimlarning Tomonlarning qonunchiligiga zid boʻlmagan qismlariga amal qilishini saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri uchinchi mamlakatlar bilan transport sohasida mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan kelishuvlar bilan belgilangan tartibni oʻzgartiruvchi uchinchi mamlakat bilan transport sohasida bitim tuzishda bu haqda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar har ikkala mamlakat transport korxonalari va tashkilotlarining toʻgʻridan toʻgʻriiqtisodiy aloqalari rivojlanishiga hamda transport sohasida qoʻshma korxonalar tashkil qilinishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar transport vositalarini tayyorlash va tuzatish sohasida ikkala mamlakat korxonalarining hamkorlik qilishiga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar muhandislar, texniklar va transport ommaviy kasblari mutaxassislarining Tomonlarning amaldagi metodikasi boʻyicha tayyorlanishini amalga oshiradilar. Oʻquv yurtini tamomlagandan keyin beriladigan malaka hujjatlari har ikkala davlat hududida yuridik kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala Ahdlashuvchi Tomonning transport tashkilotlari va firmalari oʻrtasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi hisob-kitoblar va toʻlovlar toʻgʻrisidagi amaldagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim bilan, shuningdek, har ikkala Ahdlashuvchi Tomon qatnashchisi boʻlgan xalqaro bitimlar bilan tartibga solinmagan masalalar Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining ichki qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning bajarilishini taʼminlash maqsadida, shuningdek, ikkala mamlakat oʻrtasida tashishlarda qiyinchiliklar paydo boʻlganda Ahdlashuvchi Tomonlarning mazkur Bitimning 5-moddasida koʻrsatib oʻtilgan vakolatli transport organlari muntazam aloqalarni amalga oshiradilar hamda oʻzaro maqbul yechimlarni ishlab chiqish uchun zaruratga qarab kengashlar oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim har ikkala Ahdlashuvchi Tomon uni maʼqullash uchun zarur boʻlgan barcha yuridik ish tartibi ularning qonunchilik qoidalariga muvofiq bajarilganligi toʻgʻrisida bir-birlariga maʼlum qilgan kundan boshlab kuchga kiradi hamda Ahdlashuvchi Tomonlardan biri Bitimning amal qilishini toʻxtatish haqidagi niyatini ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga yozma ravishda maʼlum qilganiga 90 kun toʻlgunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim 1993-yil 19-martda Toshkent shahrida har biri oʻzbek va rus tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi, har ikkala matn bir xil kuchga egadir.

(imzolar)