24.05.1993 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Hindiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida tuzilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo qatnovi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuyida “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Hindiston Respublikasi Hukumati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1944-yil 7-dekabrda Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani tan olgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro aviatsiyasi sohasida oʻzaro aloqalarni rivojlantirish hamda oʻzlarining tegishli hududlari oʻrtasida va sarhadlarida havo qatnovini yoʻlga qoʻyish hamda Bitim tuzish istagida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar xususida ahdlashdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
ATAMALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar matnda boshqa mazmun koʻzda tutilmagan boʻlsa, ushbu Bitimning maqsadlari yoʻlida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) “aviatsiya maʼmurlari” atamasi Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Fuqaro Aviatsiyasi Departamenti boshligʻini, Hindistonga nisbatan esa Fuqaro Aviatsiyasining Bosh direktorini, yoki xar ikkala tomonga nisbatan yuqorida uqtirib oʻtilgan tashkilotlar hozirgi vaqtda bajarayotgan ishlarni amalga oshirish vakolati berilgan har qanday shaxs yoki organni bildiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) “tayinlangan aviakorxona” atamasi bir Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlari yozma ravishda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlari uchun tayinlagan va ushbu Bitimning 3-moddasiga muvofiq vakolat berilgan aviatsiya korxonasini bildiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) “Konvensiya” atamasi 1944-yil 7-dekabrda Chikagoda imzolash uchun ochilgan Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyani, shuningdek, unga ushbu Konvensiyaning 90-moddasiga muvofiq kiritilgan har qanday Ilovani va Ahdlashuvchi Tomonlar eʼtirof etadigan Konvensiyaning 90 va 94-moddalariga muvofiq Ilovalarga va Konvensiyaga kiritilgan har qanday tuzatishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) “hudud”, “havo yoʻli”, “xalqaro havo yoʻli”, “tijoratga taalluqli boʻlmagan maqsadlarda toʻxtash” atamalari Konvensiyaning 2 va 96-moddalarida talqin etilgani kabi maʼnolarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
HUQUQLAR BERISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga Ilovada koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro havo yoʻllarida muntazam qatnovni yoʻlga qoʻyishi va amalga oshirishi uchun ushbu Bitimda tavsiflangan huquqlarni beradi. Bunday yoʻllar va yoʻnalishlar bundan buyon matnda “shartlashilgan yoʻllar” va “belgilangan yoʻnalishlar” deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Bitim qoidalariga muvofiq tayinlangan aviakorxonasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududidan qoʻnmagan holda uchib oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida tijoratga taalluqli boʻlmagan maqsadda qoʻnish; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida mazkur Bitimning Ilovasida muayyan yoʻnalish uchun belgilangan punkt(lar)da yoʻlovchilar, yuk yoki pochta olish va tushirish maqsadida qoʻnish huquqlaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu modda 2-bandining hech qaysi qoidasi bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga havo kemasi ichiga ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning hududidagi bir manzildan ikkinchi manzilgacha yuk olish huquqini beradi deb qaralmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining xalqaro parvozlarni bajaruvchi havo kemalarining oʻz hududiga uchib kelishi va undan uchib ketishini yoxud bunday havo kemalaridan foydalanish yoki ularning qatnovini tartibga solishga doir qonun va qoidalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga qarashli havo kemalariga nisbatan ham ular birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida boʻlgan paytlarida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ahdlashuvchi Tomonlardan birining yoʻlovchilar, ekipajlar, yuklar va pochtaning oʻz hududiga kelishini, oʻz hududida boʻlib turishini va oʻz hududidan joʻnatilishini tartibga soluvchi qonun va qoidalari, jumladan, pasport, bojxona, valyuta va sanitariya va karantinga doir rasmiyatchiliklarni tartibga soluvchi boshqa qoidalari Ahdlashuvchi Tomon tayinlagan aviakorxonaga qarashli havo kemasidagi yoʻlovchilarga, ekipajlarga, tashiladigan yuklar va pochtaga nisbatan ham ular birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududiga kelgan, unda boʻlib turgan va undan joʻnatilayotgan paytlarida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
AVIAKORXONA TAYINLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan yoʻllaridan foydalanish maqsadlarida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon uchun yozma tarzda bir yoki bir necha aviakorxona tayinlash huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday tayinlash toʻgʻrisidagi xabarni olganidan keyin ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2 va 3-bandlari qoidalariga muvofiq tayinlangan aviakorxonaning uchishiga darhol tegishli ruxsatnoma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasidan u odatda qayd etilgan maʼmurlar xalqaro havo yoʻllaridan foydalanish chogʻida Konvensiyaga muvofiq tatbiq etadigan qonunlar va qoidalarda koʻrsatilgan shartlarni bajarishga qodir ekanligini isbotlovchi dalillarni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tayinlangan aviakorxonaga egalik qilishda ustunlik va haqiqiy nazorat bu aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomonga yoki uning fuqarolariga tegishli ekanligini isbotlash uchun dalillarga ega boʻlmagan har qanday qoida har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan parvozlarga ruxsat berishni rad etishi yoki oʻzi tayinlangan korxona qanday boʻlganida ham 2-moddada koʻrsatilgan huquqlardan foydalanayotganida bajarishi zarur deb hisoblaydigan shartlar ijro etilishini talab qilish huquqiga egadir. Ushbu banddagi “egalik qilishdagi ustunlik va haqiqiy nazorat” iboralari shuni anglatadiki, agar tayinlangan aviakorxona oʻz yoʻllaridan ushbu Bitimga muvofiq foydalanadigan boshqa har qanday mamlakatning aviakorxonasi bilan har qanday shartnoma tuzsa, basharti, aviakorxonani taʼminlagan Ahdlashuvchi Tomon yoki uning fuqarolari tayinlagan aviakorxona mol-mulkining katta qismida egalik qilishi bilan birga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tayinlangan aviakorxonani boshqarish ustidan haqiqiy nazorat oʻrnatish, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yoʻllardan foydalanish chogʻida ishlatiladigan havo kemalari va qurilmalariga egalik huquqi va ularni haqiqiy nazorat qilish imkoniga ega boʻlsalar, aviakorxonani tayinlagan Ahdlashuvchi Tomon yoki uning fuqarolari egalik qilishda ustunlik va haqiqiy nazorat huquqiga ega deb qaralmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ana shu tarzda tayinlangan hamda tegishli ruxsatnoma olgan aviakorxona ushbu moddaning hamda 10 va 12-moddalarning barcha qoidalari bajarilgani xoldagina istalgan vaqtda shartlashilgan tashish ishlarini boshlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
PARVOZGA DOIR RUXSATNOMALARNI BEKOR QILISh YOKI AMALDA TOʻXTATIB QOʻYISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xar bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakornonasi oʻzining qonun va qoidalariga rioya etmayotgan boʻlsa yoki oʻz fikriga koʻra ushbu Bitimda nazarda tutilgan huquqlarning berilishiga sabab boʻlgan shartlar bajarilmayotgan boʻlsa, u parvoz uchun berilgan ruxsatnomalarni bekor qilish yoki amaldan toʻxtatib qoʻyish yoxud oʻzi zarur deb hisoblaydigan shartlar qoʻyish huquqini saqlab qoladi. 3-modda 4-bandining shartlari bajarilmayotgan xollarda ham shu qoidalar qoʻllanadi. Agar qonunlar buzilishini, qoidalar yoki ushbu Bitim shartlarining bundan buyoniga yana buzilishini bartaraf etish uchun parvozlarni toʻxtatish yoki boshqa sharoit zarur sharoitlar yaratish uchun shoshilinch harakatlar talab qilinmasa, bunday xatti-harakatlar ushbu Bitimning 16-moddasiga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi maslahatlardan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
YIGʻIMLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining tayinlangan aviakorxonalari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida havo kemalari aeroportlardan va boshqa aviatsiya asbob-uskunalaridan foydalanganlik uchun undiriladigan yigʻimlar eng maqbul rejim yaratib berilgan davlatlarning ana shunday xalqaro yoʻnalishlarda parvozni amalga oshiruvchi aviatsiya korxonalari (NDX aviatsiya korxonalaridan tashqari) toʻlaydigan yigʻimlardan yuqori boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
BOJXONA YIGʻIMLARI VA TARTIBOTLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga qarashli xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarni amalga oshiruvchi havo kemalari, shuningdek kerakli asbob-uskunalar, zaxira yonilgʻi va moylash materiallari, ana shunday havo kemalariga ortilgan yoki undagi idishlarga toʻldirilgan va ana shu havo kemasi toʻla foydalanishi uchun moʻljallangan kema ichidagi oʻzga zaxiralar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida bojxona soliqlari, inspeksion yigʻimlar va boshqa xil soliqlar va toʻlovlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga qarashli xalqaro parvozni amalga oshiruvchi havo kemalariga texnika xizmati koʻrsatish yoki ularni taʼmirlash uchun Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan birining hududiga olib kiriladigan ehtiyot qismlarga nisbatan ham ana shunday tartib qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan biri havo kemasining shtatdagi asbob-uskunalari, shuningdek undagi materiallar va oʻzga ehtiyot materiallar boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida undagi bojxona idoralarining ruxsati bilangina tushirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 1, 2 va 3-bandlarida gap borgan materiallarga nisbatan ularni bojxona kuzatuvi yoki nazorati ostida saylash talabi qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Istalgan Ahdlashuvchi Tomon hududidan bevosita tranzit boʻyicha uchib oʻtuvchi passajirlar oddiygina nazoratdan oʻtkaziladilar. Bevosita tranzitning bagaji va yuklari bojxona soliqlari va boshqa shu kabi yigʻimlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
ADOLATLI VA TENG ShAROITLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikkala Ahdlashuvchi belgilangan Tomonning aviakorxonalari uchun ikkala Tomon hududi oʻrtasida yoʻnalishlar boʻyicha shartlashilgan yoʻllardan foydalanish uchun adolatli va teng imkoniyatlar yaratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
TAYINLANGAN AVIAKORXONALARNING MANFAATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi shartlashilgan yoʻllardan Foydalanish chogʻida boshqa Ahdlashuvchi Tomon aviakorxonalarining manfaatlarini hisobga oladi. Bundan maqsad, ana shu aviakorxonalar amalga oshirayotgan tashishga nolozim tarzda taʼsir koʻrsatmaslikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
HAJMLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Muvofiqlashtirilgan tashish boshlanguniga qadar uning hajmlari va parvoz chastotalari ikkala Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya idoralari oʻrtasida 7 va 8-moddalarda bayon etilgan qoidalarga va ushbu moddaning qoidalariga muvofiqlashtirilishi hamda diplomatiya notalari almashlash bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan birining aviakorxonasi tayinlagan tashish hajmlarini va /yoki parvoz chastotalarini har qanday tarzda oshirish birinchi navbatda Ahdlashuvchi Tomonlar hududi oʻrtasida amalga oshiriladigan tashishga boʻladigan ehtiyojga asoslanishi va bunga aviatsiya idoralari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiqgina yoʻl qoʻyilishi lozim. Bunday kelishuvga erishilgunga qadar amaldagi hajmlar va chastotalar saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalariga qarashli havo kemalarining qoʻshimcha va charter reyslari boshqa Ahdlashuvchi Tomon fuqaro aviatsiyasi idorasining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunday parvozlar tasdiqlangan jadval boʻyicha bajariladigan parvozlarga tijorat jihatidan ziyon yetkazmasligi lozim. Qoʻshimcha yoki charter reyslari uchun arizalar reys boshlanishiga kamida 72 soat qolganida berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
PARVOZLARNI AXBOROTLAR BILAN TAʼMINLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlardan har birining aviatsiya maʼmurlari oʻzlari tayinlagan aviakorxonalari zimmasiga aviatsiya yoʻli ochilishidan oldin boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya idorasiga foydalaniladigan havo kemasining turi, harakat jadvali va grafigi, qoʻllaniladigan tariflar haqida maʼlum qilish, shuningdek parvozga taalluqli boshqa axborotlarni, shu jumladan aviatsiyasi idorasiga ushbu Bitim shartlari bajarilayotganligini isbotlash uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etish vazifasini yuklaydi. Ushbu moddaning talablariga havo qatnovida oʻzgarishlar yuz bergan hollarda ham amal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
STATISTIKA MAʼLUMOTLARI BILAN TAʼMINLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlardan har birining aviatsiya idoralari oʻzlari tayinlangan aviakorxonalari zimmasiga boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya idorasiga uning hududida yoki hududidan shartlashilgan yoʻllari boʻylab amalga oshirilgan tashuvning hajmlariga doir statistika maʼlumotlarini, shu jumladan havo kemasi parvozga koʻtariladigan va manzil belgilangan mamlakatlarga, yuk ortish hamda yuk tushirish joylariga doir statistika maʼlumotlarini maʼlum qilish vazifasini yuklaydi. Bunday maʼlumotlar har bir oy tugaganidan keyin imkon qadar qisqa fursatda tayyorlanmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
TARIFLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu moddaning keyingi bandlarida ishlatiladigan “tarif” degan ibora yoʻlovchilar va yuk tashish narxini hamda bunday narxlarni qoʻllash shartlarini, shu jumladan agentlik va boshqa qoʻshimcha xizmatlarning narxi hamda shartlarini anglatadi, biroq pochta tashish uchun haq toʻlash va uning shartlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri tayinlagan aviatsiya tashuvchisi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga tashishda yoki uning hududidan tashishda qoʻllaydigan tariflar tashishning qiymatiga, foydaning oqilona miqdoriga va boshqa aviatsiya kompaniyalarining tarif mezonlariga asoslanib, oqilona meʼyorlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 2-bandida uqtirib oʻtilgan tariflar imkon qadar har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonalari oʻrtasida muvofiqlashtiriladi va imkon qadar bunday kelishuvda IATA tartibotlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bunday tarzda oʻzaro muvofiqlashtirilgan tariflar ular joriy etilishiga kamida 90 (toʻqson) kun qolganida har ikkala Ahdlashuvchi Tomon aviatsiya maʼmurlarining tasdigʻiga taqdim etilishi shart. Alohida hollarda bu muddat yuqorida uqtirib oʻtilgan idoralarning oʻzaro kelishuviga muvofiq qisqartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bunday tasdiq oddiygina yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin. Basharti, aviatsiya maʼmurlaridan hech biri (ushbu moddaning 4-bandiga muvofiq) tariflar tasdiqlash uchun taqdim etilganidan keyin 30 kun mobaynida oʻzining norozi ekanligini bildirmasa, tariflar tasdiqlangan hisoblanadi. Ushbu moddaning 4-bandida nazarda tutilgani kabi tasdiqlash muddati qisqartirilsa, aviatsiya maʼmurlari 30 kundan kamroq muddat xususida kelishib olishlari mumkin, ular shu tarzda kelishilgan muddat ichida tarifga nisbatan oʻz noroziliklarini bildirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Basharti, tariflar ushbu moddaning 3-bandiga binoan muvofiqlashtirila olinmasa yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 5-bandiga binoan belgilangan muddat ichida boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq taqdim etilgan tariflarga nisbatan oʻz noroziligini maʼlum qilsa, har ikkala Ahdlashuvchi Tomonning aviatsiya maʼmurlari oʻzaro kelishuv asosida tarif belgilashga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Basharti, aviatsiya maʼmurlari ushbu moddaning 4-bandida belgilangani kabi taqdim etilgan tariflarga norozi boʻlsalar va ular ushbu moddaning 6-bandida belgilangan tartibda oʻzaro maqbul tariflar belgilashga muvaffaq boʻlmasalar, oʻrtadagi nizo ushbu Bitimning 18-moddasi qoidalariga muvofiq hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yangi tariflar belgilanguniga qadar ushbu moddaning qoidalariga binoan belgilangan tariflar oʻz kuchida qoladi. Biroq, bu shartga rioya etish tarifning amal qilish muddatini oʻzaro kelishib olingan muddatdan koʻpi bilan 12 (oʻn ikki) oyga uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13 modda
VAKOLATXONALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida belgilangan yoʻnalishlar boʻylab havo qatnovini taʼminlash uchun oʻz texnikasi va tijorat xodimlariga ega boʻlgan vakolatxonalar ochish hamda faoliyat koʻrsatish huquqiga ega. Bunday vakolatxonalar tegishli hududda amalda boʻlgan tartibga binoan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlari boshqa Ahdlashuvchi Tomonning aviakorxonasi havo qatnovini taʼminlashi uchun taʼsis etgan vakolatxona muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatishi yoʻlida zarur yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasi boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududida oʻzining tashishga doir hujjatlarini yozib berish va tashuvni sotish borasida teng imkoniyatlarga egadir. Bunday savdo-sotiq ishlari sotuv boʻyicha oʻz ofisi, shuningdek savdo-sotiq agentligi va/yoki turistik agentlik orqali mahalliy yoki erkin almashtiriladigan har qanday valyutada va kredit kartochkasi boʻyicha har qanday shaxs, tashkilot hamda muassasaga taalluqli boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
IShLAB TOPILGAN MABLAGʻLARNI OʻTKAZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tayinlangan aviakorxonasiga birinchi Ahdlashuvchi Tomon hududida topgan pul mablagʻlarining xarajatlaridan ortgan qismini oʻzining qarorgohiga oʻtkazish huquqini beradi. Bunday oʻtkazish tushum kelgan hududda amalda boʻlgan valyutani tartibga solish qoidalariga muvofiq har qanday konversiyalanadigan valyutada amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pul mablagʻlarini bunday tarzda oʻtkazish valyuta almashtirishning rasmiy kursi asosida, valyuta kursi yoʻq boʻlgani taqdirda esa — pul mablagʻi oʻtkazish vaqtida ustun boʻlgan bozor kursi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga soluvchi maxsus shartlashuv amalda boʻlsa, bunday shartlashuvning qoidalari ushbu moddaning 1-bandida uqtirib oʻtilgan mablagʻ oʻtkazishga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
AVIATSIYA XAVFSIZLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar fuqaro aviatsiyasining gʻayriqonuniy aralashuv xatti-harakatlaridan xavfsizligini taʼminlashga doir xalqaro qonunlardan kelib chiqadigan oʻz huquqlari va majburiyatlariga muvofiq bunday oʻzaro majburiyatlar ushbu Bitimning ajralmas qismi ekanligini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar zaruratga qarab, fuqaro havo kemasini gʻayriqonuniy tutqun qilishning, havo kemasiga undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, aeroportlar va qatnovni taʼminlash vositalariga xavf tugʻdiruvchi boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarning, shuningdek fuqaro aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid qilishning har qanday koʻrinishi oldini olishga qaratilgan har qanday koʻmak berishni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro munosabatlarini Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti tomonidan belgilangan va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi boʻyicha Konvensiyaga Ilovalarda tavsiflangan aviatsiya xavfsizligi talablariga muvofiq koʻradilar. Bu talablar har ikkala Ahdlashuvchi Tomon oʻzlari roʻyxatga olgan havo kemalarining xodimlaridan, xuddi shuningdek oʻz hududlarida doimiy yoki vaqtincha joylashib turgan havo kemalarining xodimlaridan, shuningdek oʻz hududlarida joylashgan aeroportlarning xodimlari faoliyatlarini yuqorida eslatib oʻtilgan aviatsiya xavfsizligi talablariga muvofiq amalga oshirishlarini talab qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri havo kemasiga xizmat koʻrsatayotgan xodimlarga nisbatan boshqa Ahdlashuvchi Tomon havo kemasi oʻz hududi chegaralariga kirib kelayotganida, undan chiqib ketayotganida yoki unda boʻlib turgan vaqtida ushbu moddaning 3-bandida uqtirilgan shartlarga rioya etilishi maqsadida zarur talablarni qoʻyishi mumkin. Har bir Ahdlashuvchi Tomon havo kemalarini himoya qilish va yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, qoʻl yukini, bagaj , yuklar va havo kemasiga olib chiqiladigan boshqa yuklarni yuk ortish va tushirishga qadar yoki ana shu jarayonlarda tekshirish uchun oʻz hududi doirasida adekvat va samarali chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlaydi. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning, basharti, aniq tahdid mavjud boʻlsa, oqilona doiralarda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan maxsus chora-tadbirlar koʻrishga doir soʻrovlarini xayrixohlik bilan qarab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Basharti, fuqaro havo kemasi tutqun qilib olinsa yoki uni tutqun qilish tahdidi mavjud boʻlsa yoki havo kemasi undagi yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolariga, aeroportlar va qatnovni taʼminlash vositalariga boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinsa, Ahdlashuvchi Tomonlar aloqa uchun imkoniyat yaratib berish orqali bir-birlariga turlicha koʻmak beradilar va bunday koʻngilsizlik yoki tahdidga jadal hamda beshikast barham berishning barcha zarur chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaning qoidalaridan har qanday tarzda chekinish ushbu Bitimning 4-moddasini koʻllashga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
MASLAHATLAShUV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmurlari ushbu Bitimni qoʻllash va talqin etish masalalari boʻyicha jips hamkorlik ruhida muntazam maslahatlashib turadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Basharti, Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimning istalgan bir shartini oʻzgartirish lozim deb hisoblasa, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning fikrini soʻrashi mumkin; aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida muzokaralar yoki yozishmalar orqali oʻtkazilishi mumkin boʻlgan bunday maslahatlashuvlar soʻrov berilgan kundan eʼtiboran 60 (oltmish) kundan kechiktirmay boshlanishi lozim. Shu tarzdagi maslahatlar natijasida oʻzaro kelishilgan har qanday oʻzgarishlar diplomatik notalari almashish orqali tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Basharti, oʻzgarishlar Ilovada belgilanadigan yoʻnalishlarga taalluqli boʻlsa, maslahatlar Ahdlashuvchi Tomonlar aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita amalga oshiriladi va ularning shartlashuvlari oʻzaro maktub almashish bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
NIZOLARGA BARHAM BERISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin etish yoki qoʻllashga doir har qanday nizoga aviatsiya maʼmurlari oʻrtasida bevosita muzokaralar orqali barham berilishi lozim, basharti, aviatsiya idoralari bir bitimga kelmasalar, nizo hal etish uchun Ahdlashuvchi Tomonlarga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
HAVO QATNOVIGA DOIR KOʻPTOMONLAMA KONVENSIYALARNI QOʻLLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konvensiyaning qoidalari ushbu Bitimga muvofiq belgilangan havo qatnoviga tatbiq etiladigan doiralarda Bitimning tarkibiy qismi sifatida Bitim amal qilish davrida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻz kuchida qoladi, biroq bundan har ikkala Ahdlashuvchi Tomon Konvensiyaga kiritilgan har qanday toʻldirishni ratifikatsiya qilgan va bu toʻldirish lozim tartibda kuchga kirgan xollar mustasno, tegishincha tuzatilgan Konvensiya ushbu Bitim amal qilishi davrida oʻz kuchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har ikkala Ahdlashuvchi Tomon ishtirokchisi boʻlgan havo qatnovi boʻyicha umumiy koʻptomonlama konvensiya kuchga kirgani taqdirda, ana shu soʻnggi konvensiya ustun turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-kodda
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, oʻzga qoida zikr etilmagan boʻlsa, ushbu Bitimning Ilovasiga nisbatan Bitimning bir qismi sifatida qaraladi va mazkur Bitimga tayanib ish koʻrishda Ilova ham eʼtiborda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
BITIMNING KUChGA KIRIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga binoan barcha zarur tartibotlar bajarib boʻlingach Bitim u imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
BITIM AMAL QILIShINI TOʻXTATISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlardan istalgan biri xohlagan vaqtida boshqa Ahdlashuvchi Tomonni ushbu Bitimni amaldan toʻxtatish istagida ekanligidan xabardor qilishi mumkin. Bunday xabarnoma bir vaqtning oʻzida Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkilotiga ham yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOʻLIM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hindistonning tayinlangan aviakorxonasi parvozning quyidagi marshrutlari boʻyicha havo yoʻllaridan foydalanish huquqiga ega buladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Joʻnash punkti

Oraliq punktlari

Belgilangan punktlar

Tashqaridagi punktlar

Hindistondagi punktlar

Qozogʻiston,

Qirgʻiziston,

Tojikiston,

Turkmaniston,

Ozarbayjondagi istalgan punkt

Toshkent

Qozogʻiston,

Qirgʻiziston,

Tojikiston,

Turkmaniston,

Ozarbayjondagi istalgan punkt

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning tayinlangan aviakorxonasi parvozning quyidagi marshrutlari boʻyicha havo yoʻllaridan foydalanish huquqiga ega buladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Joʻnash punkti

Oraliq punktlari

Belgilangan punktlar

Oʻzbekistondagi punktlar

Nyu-Deli

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IZOH:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hindistonning tayinlangan aviakorxonasi har bir reys chogʻida Toshkent bilan Kozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjondagi punktlar oʻrtasidagi qaytib bosib oʻtilmaydigan aylanma yoʻllardan foydalanish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnoma yuborilganidan keyin boshqa Ahdlashuvchi Tomon uni olgach oʻn ikki oydan keyin ushbu Bitim amal qilishdan toʻxtaydi, basharti, xabarnoma ikkala Tomonning oʻzaro roziligi bilan uqtirib oʻtilgan muddat ichida qaytarib olinmasa. Basharti, boshqa Ahdlashuvchi Tomon xabarnoma olganining tasdigʻi boʻlmasa, Fuqaro Aviatsiyasi Xalqaro Tashkiloti xabarnoma olganidan keyin oʻn toʻrt kun oʻtgach boshqa Ahdlashuvchi Tomonning tasdigʻi olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 24-mayda oʻzbek, hind va ingliz tillarida ikki nusxadan jami olti asl nusxada tuzildi, har uch tildagi matn bir xil kuchga ega. Talqin qilishda hamfikrlik boʻlmasa, ingliz tilidagi matn qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)