Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2005-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi hisobot taqdim etishning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 217-moddasida belgilangan muddatiga bundan buyon rioya etsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2006-yil 21-fevral,
227-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 2-son, 61-modda)