T/r | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi | Mas’ul bajaruvchilar |
I. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun qonunchilikni takomillashtirish | |||||
1. | Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi�i yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | 2015-yil | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Davlat test markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
2. | Zamonaviy talablarni hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining yangilangan malaka talablarini, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2015-yil | — | Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tasdiqlangan malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Davlat test markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi |
3. | Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarining o‘tkaziladigan attestatsiyasi sifat darajasi uchun mas’uliyatni belgilagan holda attestatsiya komissiyalari raislari va a’zolari bilan mehnat shartnomalari tuzish tartibini tasdiqlash. | 2015-yil | — | Attestatsiya komissiyalari raislari va a’zolari bilan mehnat shartnomalari tuzish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, |
4. | Malaka attestatlarini zarur miqdorda tayyorlash, bunda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining har yili kutilayotgan kontingentini hisobga olish. | Har yili | Davlat budjeti mablag‘lari | Malaka attestati | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi |
II. Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy o‘quv-metodik va axborot-ma’lumotnoma bazasini shakllantirish | |||||
5. | Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarini zamonaviy darsliklar, o‘quv-metodik komplekslar hamda o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar, ma’lumotnoma-axborot nashrlari va boshqa o‘quv-ilmiy adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shu jumladan qayta tayyorlash va malaka oshirishning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy nashrlar va ilmiy jurnallar bilan muntazam ta’minlash. | 2015 — 2017-yillar | Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari doirasida | Bajaruvchilarning kompleks chora-tadbirlari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi |
6. | Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv rejalari modullari bo‘yicha o‘quv-metodik materiallarni, shu jumladan elektron formatda ishlab chiqish. | 2015-yil | Tasdiqlangan o‘quv-metodik materiallar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, | |
7. | Bosh ilmiy-metodik markaz portali asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot-ta’lim muhitini shakllantirish hamda onlayn-elektron o‘quv materiallari kutubxonasini tashkil etish. | 2015-yil | Resurslardan foydalanishning shaxsiy tizimiga ega bo‘lgan Internet resurslar | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, | |
III. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikalari va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlash | |||||
8. | Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan asoslangan ehtiyoj bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv auditoriyalari va xonalari ajratish. | 2015-yil | — | Vazirliklar va idoralar buyruqlari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi |
9. | Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun ajratilgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv auditoriyalarini joriy va mukammal ta’mirlashni belgilangan tartibda amalga oshirish. | 2015-yil | Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari doirasida | Bajarilgan ishlarning manzilli ro‘yxatlari, dalolatnomalari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi |
10. | Oliy ta’lim muassa�alarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning asoslangan buyurtmanomalari bo‘yicha mebellar, inventarlar, axborot-kommunikatsiya texnikalari hamda o‘qitishning texnik vositalari bilan belgilangan tartibda jihozlash. | 2015-yil | Budjet mablag‘lari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari | Jihozlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatlar | Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.08.2015 yildagi 242-son
Кучга кириш санаси
24.08.2015
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 12-iyundagi PF-4732-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy darajasini uzluksiz takomillashtirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Bazaviy oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni o‘qitishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikalari va texnik vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha tadbirlar kompleksi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ta’lim muassasalarining oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan to‘laqonli faoliyat yuritishini tashkil etish bo‘yicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni ko‘rsinlar.
3. Belgilansinki, oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun soatbay ish haqi to‘lash shartlari bilan jalb etiladigan shaxslarga soatbay ish haqi miqdori belgilangan miqdorlaridan 2015-yil 1-sentabrdan boshlab 25 foizga ko‘paytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)
4. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining ishlarini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni va har tomonlama yordam berilishini ta’minlasinlar.
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Y. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2019-y., 09/19/797/3793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)