17.08.2015 yildagi 241-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2015/2016 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2015-yil 23-iyundagi PQ-2359-son, “Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 23-iyundagi 2360-son, “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-son va “Respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 30-apreldagi PQ-2170-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qitish bilan qamrab olishni ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 7-iyundagi 109-son, “2015/2016 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida” 2015-yil 3-iyundagi 145-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi yangilangan nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 17-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari va huquqlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasidagi xalqaro, xorijiy oliy ta’lim muassasalariga va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallariga joriy etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat komissiyasi kollegial maslahat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi, ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatib o‘tilganlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat komissiyasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi uning vakolatiga kiradigan ko‘rib chiqiladigan masalalar ko‘rsatilgan holda ushbu Nizomga ilovada keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat komissiyasining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mutaxassislariga istiqboldagi talabga moslik va o‘zaro bog‘liqlik ta’minlangan holda kelgusi o‘quv yiliga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda qarorning tegishli loyihasi shaklida Davlat komissiyasiga kiritiladigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilishga doir asoslangan va belgilangan tartibda kelishilgan takliflarni ko‘rib chiqish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi o‘quv yiliga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilishga doir qarorning kiritilgan loyihasini o‘rganish natijalari bo‘yicha keyinchalik har yili 10-aprelgacha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan hujjatning ko‘rsatib o‘tilgan loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilishi uchun Davlat komissiyasining bayon qarori bilan rasmiylashtiriladigan tegishli tavsiyalarni berish;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlar va o‘quvchilarni oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga tanlashda xolisonalik va ishonchlilikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga kirish imtihonlarini (test sinovlarini) tashkil etish va o‘tkazishda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlar va o‘quvchilarning bilimlarini baholash shakllari va mezonlarini belgilash va takomillashtirish, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga kirish uchun bilimlar (ballar) darajasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish imtihonlarini (test sinovlarini) o‘tkazish tartibini, test materiallari ekspertizasini o‘tkazishni hamda abituriyentlar va o‘quvchilarning bilimlarini baholashni takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni, takliflar va talablarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish imtihonlarini (test sinovlarini) o‘tkazish bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro, respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar g‘oliblari qonunchilikda belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishini ta’minlash;
(8-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy fuqarolarni oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish;
(8-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat komissiyasining vakolatlari doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish va tiklash masalalarini muvofiqlashtirish;
(8-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish imtihonlari (test sinovlari) yakunlarini chiqarish, tanlangan yo‘nalish, kasb-hunar ta’limi mutaxassisligi bo‘yicha abituriyentlarning bilimlari darajasini, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga oluvchi yagona talablar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga soluvchi qonunchilik talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘rish;
(8-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilishning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilanadigan kvotalari to‘laqonli bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul va bitiruvchilarni ishga joylashtirishning mosligini ta’minlash uchun istiqbolli talab prognozidan va ish beruvchilarning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan amaldagi ehtiyojidan kelib chiqib navbatdagi o‘quv yiliga qabul parametrlariga yanada tuzatish kiritish uchun qabul kvotasi to‘liq bo‘lmagan holda bajarilgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklarni aniqlagan holda oliy ta’lim muassasalariga qabul yakunlari bo‘yicha tahliliy materiallarni tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish masalalarini tartibga soluvchi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun kiritish;
(8-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish uchun qabul qilishni amalga oshirish bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining takliflarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat komissiyasining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotli mutaxassislarga istiqbolli talabning mosligi va o‘zaro bog‘liqligi ta’minlagan holda kelgusi o‘quv yiliga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirish ishlariga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tadbirlarga rahbarlik qiladi hamda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilishni, kirish imtihonlarini (test sinovlarini) tashkil etish masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining ishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining har bir yo‘nalishi bo‘yicha test sinovi fanlari ro‘yxatini va ularni baholash mezonlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan belgilangan har bir oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha qabul qilishning kvotalari doirasida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasiga qabul qilish kvotalarini ta’lim olib boriladigan tillar bo‘yicha taqsimlashni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinoviga qo‘shimcha ravishda ko‘p balli tizim bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘oliblarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun xalqaro, respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalarning maqomini e’tirof etish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarida xorijiy fuqarolarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi qiymatini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masalaning holati monitoringi (tahlili) natijalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov muddatlarini uzaytiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq talabalarning o‘qishini ko‘chirish va tiklash, shu jumladan akkreditatsiya qilingan xorijiy ta’lim muassasalaridan ko‘chirish va tiklash masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalariga har yilgi kirish imtihonlari (test sinovlari) natijalari bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi tarkibini va raisini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining takliflarini tahlil qiladi hamda abituriyentlar va o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish jarayonini yanada takomillashtirish masalalari bo‘yicha vakolatlar doirasida tegishli qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibiga, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari fanlari ro‘yxatiga, test sinovi savollari va topshiriqlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalari va ta’lim muassasalari orqali abituriyentlar va o‘quvchilarning e’tiboriga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-sinflarning bitiruvchilari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qishning keyingi shakllari bilan to‘liq qamrab olinishi ustidan har yilgi tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-sinflarning bitiruvchilari keyinchalik o‘qitish bilan qamrab olinishi ustidan monitoring olib boradi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar bo‘yicha ishlarning ahvolini umumlashtiradi hamda har yili 1-oktabrgacha yangi o‘quv yili boshlanishining boshlang‘ich bosqichi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berish uchun ma’ruza materiallarini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat komissiyasining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan boshqa vazirliklar va idoralar rahbarlarining bo‘lajak o‘quv yiliga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirish ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
(10-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Davlat komissiyasi a’zolarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining Davlat komissiyasiga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan shaxsiy hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish yuzasidan o‘tkaziladigan tadbirlar va ularning yakunlari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) quyidagi masalalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish imtihonlari (test sinovlari) natijalarini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining taqdimnomasi bo‘yicha kirish imtihonlarini (test sinovlarini) o‘tkazish va ularning yakunlarini chiqarishda yo‘l qo‘yilgan tashkiliy va texnik (hujjatlashtirishdagi) xatolarni tuzatish natijalari bo‘yicha abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abituriyentlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida chet tillari o‘qituvchilariga o‘tkir ehtiyojga duch kelayotgan chekka qishloq aholi punktlarida yashovchi shaxslar orasidan chet tillari o‘qituvchilari mutaxassisliklariga oliy ta’lim muassasalariga maqsadli qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomalari bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashga o‘tkir ehtiyoj mavjud bo‘lgan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlarni qo‘shimcha ravishda belgilangan tartibda o‘qishga qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlarning taqdimnomalari bo‘yicha ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) abituriyentlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun belgilangan tartibda idoralararo kengashlar chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) oldinga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish, tahliliy materiallar tayyorlash, test topshiriqlari ekspertizasini o‘tkazish uchun zaruriyat bo‘lganda ishchi (ekspert) guruhlar, idoralararo komissiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar izchil amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat komissiyasiga rais boshchilik qiladi, uning vakolatlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi samarali ishlashini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan vazifalar bajarilishi bo‘yicha Davlat komissiyasi a’zolari ishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi ish reglamentini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining kun tartibini belgilash va uning majlislarini chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi raisi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
(11-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati Davlat komissiyasining ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi majlislariga zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilishni va monitoring olib borilishini tashkil etadi va ularning natijalarini ko‘rib chiqish uchun Davlat komissiyasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Davlat komissiyasining a’zolariga tegishli qismi bo‘yicha tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, oliy ta’lim muassasalariga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborot va materiallarni belgilangan tartibda oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining ish yuritishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasining qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat komissiyasi o‘z faoliyatini Davlat komissiyasining ish reglamentiga va kun tartibiga muvofiq majlislarni tizimli asosda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi majlislari manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari taklif etilgan holda, zaruriyatga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisni Davlat komissiyasi raisi, u bo‘lmaganda Davlat komissiyasi raisining o‘rinbosari o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi a’zolari abituriyentlarni oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha faoliyatning qonuniyligi, xolisonaligi, ochiq-oshkoraligini ta’minlash sohasida qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan Davlat komissiyasining ishiga ko‘maklashadilar, qonunchilikka va Davlat komissiyasining qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
(14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat komissiyasining qarorlari Davlat komissiyasining majlisda ishtirok etayotgan a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bog‘liq ravishda Davlat komissiyasining majlisiga ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Istisno hollarda qarorlarni tezlikda qabul qilish maqsadida Davlat komissiyasining raisi ayrim masalalar bo‘yicha Davlat komissiyasining qarorlarini so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat komissiyasining qarorlari uning majlisi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Davlat komissiyasi majlisining bayonnomasiga uning barcha a’zolari tomonidan viza qo‘yiladi, mas’ul kotib tomonidan imzolanadi, Davlat komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat komissiyasi bayonnomasining asl nusxasi va unga materiallar Ishchi organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat komissiyasi o‘z faoliyatini uning yangi tarkibi tasdiqlanguniga yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining uning faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinguniga qadar amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasi faoliyatini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 33-son, 441-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)