Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019 13.08.2015 yildagi 238-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
238-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-avgustdagi 238-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani barqaror rivojlantirish va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida energiya samaradorligi, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish, yoqilgʻini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash, tashish va isteʼmol qilish (keyingi oʻrinlarda ishlab chiqarish va isteʼmol qilish deb ataladi), energiya va uning manbalari sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini nazorat qilish va ularning oʻzaro hamkorligini taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika komissiyasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari va Toshkent shahrining energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalaridan (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy komissiyalarning rahbarlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi, vazifalari, funksiyalari va huquqlari Respublika komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Respublika komissiyasining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda komissiyaning Ishchi organi deb ataladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Respublika komissiyasining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish Respublika komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yalpi ichki mahsulotning energiya sarfi hajmini qisqartirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyani tejaydigan texnologiyalar va tizimlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqat zamonaviy energiya jihatidan samarali va energiyani tejaydigan texnologiyalar bazasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiyalashni davom ettirish yoʻli bilan ishlab chiqariladigan mahsulotning energiya sarfi hajmini pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlarni va energiyani tejash dasturlarini ishlab chiqish va bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarni xalqaro amaliyotga muvofiq energetik tekshirish (energetik audit);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyaning tiklanadigan manbalarini, shu jumladan quyosh energiyasidan foydalanishning sinab koʻrilgan texnologiyalarini rivojlantirish, joriy etishni jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejaydigan asbob-uskunalar, priborlar va materiallarning yangi turlarini, shuningdek yoqilgʻi-energetika resurslari sarfini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqishni kengaytirish, ularni hamma joyda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy arxitektura-qurilish yechimlarini va qurilish konstruksiyalarining yangi, energiyani tejaydigan turlarini, shuningdek izolatsiyalovchi materiallarni qoʻllash orqali turar joy va maʼmuriy binolarni, sanoat obyektlarini qurishda va mavjudlarini rekonstruksiya qilishda energiya samaradorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida asosiy yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalda roʻyobga chiqarish yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining kelishilgan harakatlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida huquqiy tartibga solishni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish, shuningdek ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya jihatidan samarali iqtisodiyotni shakllantirishga va energiya tejalishini ragʻbatlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan takliflarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, energiyani tejashning tarmoq, mintaqaviy dasturlarini, shuningdek yoqilgʻi va energiyaning muqobil turlarini faol qoʻllagan holda yoqilgʻi-energetika resurslarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliyalar subyektlarining energiya jihatidan samarali texnologiyalarni va energiyaning muqobil manbalarini joriy etishga yoʻnaltirilgan rivojlanishning ustuvor dasturlari va investitsiya dasturlari amalga oshirilishi monitoringini olib borish, oʻz ehtiyojlari va texnologik ehtiyojlar uchun ishlab chiqarish va isteʼmol qilishda yoqilgʻi va energiya sarflarini maqbullashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki bozorning yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini, shu jumladan yoqilgʻi va energiyaning muqobil turlarini jalb etgan holda yoqilgʻi-energetika balanslarini diversifikatsiyalash yoʻli bilan qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini, energiyaning tiklanadigan va muqobil manbalarini rivojlantirish va joriy etishni ragʻbatlantiruvchi tarif siyosati masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalari prinsiplari va texnologiyalarini joriy etishda maʼmuriy toʻsiqlarni kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida tarmoq, mintaqaviy uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish, ularning samaradorligi va bajarilishi natijalari holatini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini, energiyaning tiklanadigan va muqobil manbalarini joriy etish va rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda energetik tekshirishlar (energetik audit) boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning energiya samaradorligi boʻyicha tavsiyalari bajarilishi monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Respublika komissiyasining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz majlislarida Respublika komissiyasining vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha Respublika komissiyasi aʼzolarining, hududiy komissiyalar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirishga, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish, hududiy komissiyalar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlariga topshiriqlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ orqali soʻrovlar yuborish yoʻli bilan Respublika komissiyasi vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha hududiy komissiyalar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlardan zarur materiallarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriyat boʻlganda Respublika komissiyasi ishiga ilmiy-tadqiqot muassasalari, jamoat birlashmalarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishi, yoqilgʻi-energetika resurslarini ishlab chiqarishning samaradorligini taʼminlash va isteʼmol qilishning holati, energiya samaradorligi, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish, yoqilgʻi va energiyaning muqobil turlarini jalb etgan holda yoqilgʻi-energetika balanslarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakati yoki harakatsizligi yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasida qonun hujjatlari buzilishiga olib kelgan rahbarlar va mansabdor shaxslarga nisbatan chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida tavsiyalar berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika komissiyasining raisi yoki uning oʻrinbosarining topshirigʻi boʻyicha energiyani ishlab chiqarish va isteʼmol qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish zarur boʻlganda vazirliklar va idoralar Respublika komissiyasiga belgilangan tartibda takliflar kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Respublika komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Respublika komissiyasining funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika komissiyasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va strategik rivojlantirishni tadqiq qilish masalalari boʻyicha respublikada ishlarni bajaruvchi hududiy komissiyalar, korxonalar va tashkilotlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar missiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar va energiyani tejash, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etishning tarmoq dasturlari ishlab chiqilishini tashkil qiladi, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro amaliyotga muvofiq korxonalar va tashkilotlarni energetik tekshirishlarni (energetik auditlarni) tashkil etish va oʻtkazishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasining vakolatlariga tegishli masalalar boʻyicha hududiy komissiyalarning, shuningdek korxonalar va tashkilotlarning faoliyati oʻrganilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani hisobga olish, nazorat qilish va boshqarish asboblarini, energiya jihatidan samarali va ekologik xavfsiz energetika qurilmalarini ishlab chiqarish boʻyicha sanoat bazasi rivojlanishiga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani ishlab chiqarish va isteʼmol qilishda undan oqilona foydalanish, energetik tekshirishlarni (energetik auditlarni) tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, tashkilotlar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish masalalarini oʻrganish boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini hamda energiyaning tiklanadigan manbalarini strategik rivojlantirishni joriy etish va tadqiq qilish, kam uglerodli energiyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha ishlarni bajaradigan tashkilotlarning, xalqaro tashkilotlar missiyalarining (dastlabki, oraliq, yakuniy) hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energetika boʻyicha tekshiruvlarni (energetika boʻyicha auditlarni), obyektlarni energetika boʻyicha pasportlashtirishni tashkil etish, oʻtkazish va ularning samaradorligi masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarining bajarilishi haqida hududiy komissiyalar rahbarlarining energiya samaradorligini va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirishga doir tadbirlarning ular tomonidan amalga oshirilishi boʻyicha hisobotlarini eshitadi;
(8-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-avgustdagi 605-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 32-son, 817-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiyani tejaydigan loyihalar hamda energiyaning muqobil manbalarini ishlab chiqarishga jalb etishni taʼminlovchi loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish, energiyani tejaydigan texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning joriy etilishini nazarda tutadigan loyihalarning investitsiya jalb etuvchanligini oshirish, yoqilgʻi-energetika resurslarini isteʼmol qilish va ulardan foydalanishni hisobga olish, ularning rejimlarini nazorat qilish va boshqarish tizimlarini, shuningdek energiyani tejashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining taqdimnomalari boʻyicha energiya taʼminotining maxsus respublika tarmoqlararo hisob raqamidagi pul mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalarning namunaviy tuzilmasini, vazifalari, huquqlari va funksiyalarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Respublika komissiyasi ishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika komissiyasiga rais boshchilik qiladi, u Respublika komissiyasi faoliyatiga rahbarlikni ishchi organ orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Respublika komissiyasi raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi ishlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi faoliyatining istiqbolli va joriy rejalarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi majlisining kun tartibini tasdiqlaydi, shuningdek Respublika komissiyasi majlisini chaqiradi va boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar aʼzolariga, ijro etuvchi hokimiyat organlariga Respublika komissiyasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha topshiriqlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi majlisi protokollarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari boʻladi, u Respublika komissiyasi raisi boʻlmagan vaqtda uning vazifalarini bajaradi va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi raisining topshirigʻiga binoan Respublika komissiyasi majlisini boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasining oʻzi oʻtkazgan majlislari natijalari boʻyicha qabul qilingan protokollarni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari Respublika komissiyasi raisining boshqa topshiriqlarini ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Respublika komissiyasi ishlarni Respublika komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi ish rejasi asosida tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ish rejasiga muvofiq Respublika komissiyasi tomonidan energiyani ishlab chiqarish va isteʼmol qilishda uning samaradorligini va undan oqilona foydalanilishini oʻrganish, yoqilgʻi va energiya ishlab chiqaradigan asbob-uskunalarning, energiya taʼminoti tizimlari va tarmoqlarining texnik holati, energiyaning tiklanadigan manbalari rivojlanishi bilan bogʻliq masalalar, shuningdek Respublika komissiyasi funksiyalariga muvofiq boshqa masalalar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq kun tartibidagi masalalarni oʻrganish Respublika komissiyasi aʼzosi boshchilik qiladigan ishchi guruh tomonidan, joyiga borgan holda tashkil etiladi. Ishchi guruhlarning tarkiblari Respublika komissiyasi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhlar masalalarni oʻrganish natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotnomani keyinchalik umumlashtirish va Respublika komissiyasiga taqdim etish uchun Respublika komissiyasining ishchi organiga topshiradi, maʼlumotnomaga oʻrganilgan masalalar boʻyicha Respublika komissiyasining kelishilgan qarorini ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Respublika komissiyasi majlisining kun tartibidagi masala boʻyicha materiallar ishchi organga masala koʻrib chiqiladigan oyning 20-kunidan kechikmay, lekin majlisning tegishli xabarnomada koʻrsatilgan oʻtkaziladigan sanasidan uch kun oldin taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Respublika komissiyasi majlisida masalalar hududiy komissiyalar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarini taklif etgan holda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisga taklif etilgan shaxslarning roʻyxati Respublika komissiyasining raisi yoki Respublika komissiyasining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qabul qilingan qarorlar Respublika komissiyasi majlisining protokoli bilan rasmiylashtiriladi va tegishli bajaruvchilarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Respublika komissiyasining ishchi organiga quyidagilar yuklanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi qarorlarining bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori bilan tasdiqlangan 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturining — “yoʻl xaritasi”ning, energiya samaradorligini oshirish, energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish, yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish sohasidagi boshqa tegishli qonun hujjatlarining oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlashga doir amaliy chora-tadbirlar rejasining roʻyobga chiqarilishi yuzasidan oʻz vaqtida va sifatli, faktlarga asoslangan monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalar, tashkilotlar, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini hamda energiyaning tiklanadigan manbalarini strategik rivojlantirishni joriy etish va tadqiq qilish, kam uglerodli energiyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari boʻyicha ishlarni bajaradigan xalqaro tashkilotlar missiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya sarfini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish boʻyicha hududiy va tarmoq dasturlarining bajarilishi yuzasidan monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida energetika tekshiruvlarini (energetika auditini) oʻtkazish xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilishni va ularning reyestrini yuritishni, energetika tekshiruvi (energetika auditi) natijalari, mahsulotlar va xizmatlarning energiya sarfi boʻyicha energetika pasportlari maʼlumotlari bazasini shakllantirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining energiya samaradorligini hamda energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish va rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasining har yilgi ish rejalari loyihasini, shuningdek Respublika komissiyasi majlislari materiallarini tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Respublika komissiyasining ishchi organi oʻz funksiyalarini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalardan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashidan, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, tashkilotlardan Respublika komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligini, energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalarini rivojlantirish va joriy etishni ragʻbatlantirish masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasiga yuklangan vazifalarni hal etish bilan bogʻliq ayrim muammolar boʻyicha takliflarni, shu jumladan tartibga solib borilishi Respublika komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublikada ishlayotgan xalqaro tashkilotlarni jalb etgan holda ishlab chiqish uchun vaqtinchalik va doimiy ishlaydigan ekspert hamda ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda ishchi guruhlarning kun tartibidagi masalalarini oʻrganish, Respublika komissiyasi majlisiga materiallarni tayyorlash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, ularning natijadorligini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalarda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida, tashkilotlarda Respublika komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha materiallar bilan tanishish, ulardan Respublika komissiyasi faoliyatini amalga oshirish, energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini joriy etish boʻyicha koʻrib chiqiladigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Respublika komissiyasi kotibi quyidagilarni taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasining ish rejasini ishlab chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish, shuningdek tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq Respublika komissiyasining joriy ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi energiya samaradorligining holati masalalarini oʻrganuvchi ishchi guruhlar bilan birgalikda Respublika komissiyasi majlisiga materiallar tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalar, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Respublika komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, Respublika komissiyasi raisiga tegishli axborot va takliflarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushgan xat-xabarlarni koʻrib chiqish hamda Respublika komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Respublika komissiyasi kotibi oʻz funksiyalarini amalga oshirish doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalar, vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan Respublika komissiyasining faoliyati, Respublika komissiyasi topshiriqlarining bajarilishi va ularning holati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha axborotlar soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshkent shahri hokimliklaridagi Respublika komissiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha materiallar bilan tanishish, shuningdek ulardan Respublika komissiyasi faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-avgustdagi 238-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi nizom III boʻlimining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Energiya taʼminotining maxsus respublika tarmoqlararo hisob raqamidagi pul mablagʻlaridan keyinchalik soliq solinmasdan, Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasining qaroriga koʻra belgilangan maqsadlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra, energiyani tejaydigan loyihalar hamda energiyani tejaydigan texnologiyalar va ishlab chiqarishlarni joriy etish, yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmoli hamda ulardan foydalanish rejimlarini hisobga olish, nazorat qilish va boshqarish tizimlarini, energiya tejamkorligining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishni nazarda tutuvchi energiyaning muqobil manbalarini ishlab chiqarishga jalb etish, loyihalarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni taʼminlaydigan loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish uchun foydalaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlarda xizmat yengil avtotransportdan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 2-apreldagi 154-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi ishchi organining soʻrovnomasi boʻyicha neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazning belgilangan limitdan ortiqcha sarflanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni keyinchalik ortiqcha sarflanishga yoʻl qoʻygan korxonalarga javobgarlik choralari koʻrish boʻyicha takliflar kiritish uchun taqdim etadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 20-son, 355-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari va kengashlari rahbarlari tarkibi toʻgʻrisida” 2004-yil 9-fevraldagi 60-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“6.

Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qarori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi 164-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan oʻtkazish Qoidalarining 3-bandidagi “Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha komissiya” soʻzlari “Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “2015-yil uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansi toʻgʻrisida” 2015-yil 12-martdagi 58-son qarorining 3-bandidagi “Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha komissiya” soʻzlari “Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-avgustdagi 238-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 18-noyabrdagi 518-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 122-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 6-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilova 36-bandining toʻrtinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-son qarorlari)” 2007-yil 11-maydagi 96-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 26-modda) 1-ilova 6-bandining “a” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 8-avgustdagi 174-son qarori)” 2008-yil 20-sentabrdagi 213-son qaroriga ilova 5-bandining “a” kichik bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9-sentabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 9-son, 64-modda) 1-ilova 45-bandining “a” kichik bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 32-son, 433-modda; 2017-y., 20-son, 355-modda, 32-son, 817-modda)