Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.2017 06.08.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2708
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.03.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa davlat tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining adliya organlarida stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-avgustda 2708-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 28-fevraldagi 40-mh-sonli “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning adliya organlarida stajirovkadan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2862, 28.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa davlat tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining adliya organlarida stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (O. Hakimov) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi (M. Ishbekov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir M. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 6-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 6-avgustdagi 262-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa davlat tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarining adliya organlarida stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-avgustdagi 182-son “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy taʼminlash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2015-yil 4-iyundagi 149-son “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatlari faoliyatining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa davlat tashkilotlari (bunday buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) yuridik xizmatlari xodimlarining adliya organlarida stajirovka oʻtash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka — amaliy va nazariy tayyorgarlik natijasida olingan kasbiy bilim, oʻquv va amaliy koʻnikmalarni mustahkamlash va shakllantirishga, shuningdek ishning oʻziga xosligi, tayinlanayotgan lavozim boʻyicha funksional vazifalarni bajarish, kasbiy yoʻnaltirish uchun ilgʻor tajribani oʻrganishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllaridan biri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka oʻtaydigan shaxs (stajor) — yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Stajirovka yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarning kasbiy bilimlari, oʻquv va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash va shakllantirish, shuningdek ishning oʻziga xosligi, tayinlanayotgan lavozimi boʻyicha funksional vazifalarini sifatli bajarishi uchun ilgʻor tajribani egallab olishini taʼminlash maqsadida oʻtaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxs adliya organlarida stajirovka oʻtaydi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari markaziy apparatlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxs stajirovkani Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, tumanlar va shaharlar hokimliklari hamda boshqa davlat tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxs stajirovkani tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida oʻtaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Stajirovka oʻtashni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilot rahbari yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxsni stajirovkadan oʻtkazishni soʻrab u lavozimga tayinlagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tegishli adliya organiga murojaat etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya organi murojaat kelib tushgandan soʻng uni koʻrib chiqib, ikki oy ichida stajirovka oʻtashni tashkil qilishi va uni oʻtash boʻyicha aniq muddatni koʻrsatgan holda tashkilot rahbarini stajirovka boshlanishidan kamida bir hafta oldin yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Stajorni belgilangan muddatda stajirovka oʻtash uchun yuborish majburiyati tashkilot rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Stajirovka oʻtashni tashkil qilish adliya organlarining yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirishga masʼul tarkibiy boʻlinmasi (bundan buyon matnda masʼul boʻlinma deb yuritiladi) zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Stajorga metodik yordam koʻrsatish hamda uning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun adliya organlarining malakali va tajribali mutaxassislari orasidan stajirovka rahbari tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stajirovka rahbari etib stajorga yaqin qarindosh hisoblangan shaxslar tayinlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Stajirovka rahbari kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Stajirovka rahbari tomonidan masʼul boʻlinmaning funksional vazifalaridan kelib chiqib, har bir stajor uchun u tomondan bajariladigan ishlar mazmuni va muddati koʻrsatilgan stajirovka oʻtash rejasi ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stajirovka oʻtash rejasi masʼul boʻlinma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Stajirovka oʻtash rejasida stajor tomonidan yuridik xizmat xodimining funksional vazifalari va ularni bajarishda bilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati, norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti, normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritish, shartnomaviy-huquqiy va daʼvo ishlarni yuritish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini oʻrganish bilan bogʻliq tadbirlar belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Stajirovka oʻtash muddati ikki haftani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Stajirovkani oʻtashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Stajirovkani oʻtash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Stajirovkani oʻtashning birinchi kunida stajirovka rahbari stajorni stajirovka oʻtash rejasi, stajirovka oʻtash muddatlari, ichki mehnat tartib va kasb etikasi hamda texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari, shuningdek ish rejimining xususiyatlari bilan tanishtiradi hamda stajorga stajirovkani oʻtashi uchun zarur sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Stajirovka rahbari stajirovka davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajorga stajirovka oʻtash rejasida belgilangan tadbirlarni bajarish bilan bogʻliq materiallardan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajorning kasbiy bilimi va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish uchun unga tegishli tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka oʻtash rejasida belgilangan tadbirlarning bajarilishi va sifatini muntazam ravishda nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajorning ish vaqtidan samarali foydalanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Stajor stajirovka oʻtash davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka boʻyicha uslubiy va koʻrsatma materiallar bilan tanishishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovkani tashkil etish va oʻtashni nazorat qilish bilan bogʻliq tadbirlarda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovka oʻtash rejasida nazarda tutilgan barcha tadbirlarni stajirovka uchun belgilangan muddat ichida, toʻliq hajmda va sifatli bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi amaliy faoliyatda foydalanilishi mumkin boʻlgan hujjatlar namunalari va boshqa muhim materiallar toʻplamini yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stajirovkani oʻtash yakunlari boʻyicha hisobot tayyorlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlarida oʻrnatilgan tartib qoidalarga rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Stajor stajirovka oʻtash rejasida belgilangan tadbirlarni bajarib boʻlgach, u boʻyicha yozma hisobot tayyorlaydi. Hisobot stajor tomonidan imzolanadi hamda stajirovka rahbari tomonidan qabul qilinadi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Stajirovka rahbari tomonidan hisobotni qabul qilishda stajorning kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalarni qanchalik oʻzlashtirganligini baholash uchun u bilan masʼul boʻlinma xodimlari ishtirokida suhbat oʻtkaziladi va uning hisoboti muhokama qilinadi. Muhokama jarayonida stajorga zimmasiga yuklatilgan uning kasbi bilan bogʻliq vazifalarni amaliyotda qoʻllashga doir tavsiyalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama natijasi masʼul boʻlinma tomonidan rasmiylashtiriladigan bayonnomada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Stajirovka muddati tugaganidan keyin stajirovka rahbari tomonidan stajorga nisbatan tavsifnoma tuziladi va unda stajorning stajirovka oʻtash rejasida nazarda tutilgan tadbirlarni qanchalik oʻzlashtirganligi, tartib-intizomi, stajirovka davomida u tomonidan egallab olingan kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalar aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stajorning adliya organida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilmaganligi, stajirovka oʻtash rejasida koʻrsatilgan tadbirlarni toʻliq bajarmaganligi, stajirovkaga uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganligi ham tavsifnomada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tavsifnoma masʼul boʻlinma rahbari tomonidan imzolanadi va adliya organining yoʻllanma xati orqali stajorni yuborgan tashkilotga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Adliya organlari masʼul boʻlinmasi xodimlari tomonidan stajorga stajirovka oʻtash rejasi bilan bogʻliq boʻlmagan vazifa va topshiriqlar berilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Stajirovka oʻtagan shaxslarning hisobi masʼul boʻlinma tomonidan yuritiladi va stajirovka oʻtash bilan bogʻliq barcha hujjatlar ushbu boʻlinmada saqlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 424-modda)