Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2021 05.08.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2707
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2021
Hujjat 21.02.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2707]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 21-sentabrdagi 21/12-sonli “Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3283, 29.10.2020-y.) asosan 2021-yil 30-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19/16-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/16-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor — kredit va boshqa har qanday majburiyat boʻyicha bank oldida qarzdor boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning yirik ishtirokchisi (aksiyadori) — ustav kapitali yoki ovoz beruvchi ulushlarning (aksiyalarning) 10 yoki undan ortiq foiziga bevosita yoki bilvosita ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik tavakkalchilik — jami summasi bank birinchi darajali kapitalining 10 foizidan oshadigan bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxs quyidagi hollarda yuridik shaxsga katta taʼsir koʻrsatayotgan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning yirik ishtirokchisi (aksiyadori) boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs bilan tuzilgan rasmiy bitim asosida yoki boshqa istalgan usulda shaxsning faoliyatini boshqarish yoki rahbarlik qilish imkoniyatiga ega boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi hollarda bankning qarzdorlari bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdor(lar)dan biri boshqa qarzdor(lar)ga katta taʼsir oʻtkaza olishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning qarzdori boʻlgan toʻliq yoki kommandit shirkat, masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatning ishtirokchisi ayni bir paytda bankning qarzdori boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yoki undan ortiq qarzdor aynan bir shaxsning (bu shaxs bank oldida qarzdor yoki qarzdor emasligidan qatʼi nazar) taʼsiri ostida boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyati yoki shirkatning bankdan qarzdor boʻlgan ikki yoki undan ortiq ishtirokchisi aynan bir shaxs bilan solidar javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan boʻlsa (bu shaxs bank oldida qarzdor yoki qarzdor emasligidan qatʼi nazar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir qarzdor ikkinchisiga kredit sifatida olingan mablagʻlarni bergan boʻlsa yoxud ikki yoki undan ortiq qarzdorlar birgalikda yoki alohida holda kredit sifatida olingan mablagʻlarini bir shaxsga (bu shaxs bank oldida qarzdor yoki qarzdor emasligidan qatʼi nazar) bergan boʻlsa (ikki yoki undan ortiq qarzdorlar bir sotuvchidan jihozlar sotib olishi kabi, odatdagi tijorat operatsiyalari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki va undan ortiq qarzdorlar xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarida ishtirok etish yoki birgalikda faoliyat yuritish uchun bankdan olgan kreditlardan foydalansa va ushbu kreditlarni yagona manbadan toʻlashsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlarning birida moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan taqdirda toʻlov boʻyicha muammolar qarzdorlarning boshqasida ham yuzaga kelsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga toʻgʻri keluvchi tavakkalchiliklar (kreditlar) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar, banklararo depozitlar, yuridik shaxs ustav kapitaliga va boshqa qimmatli qogʻozlariga kiritilgan investitsiyalar, berilgan kafolatlar va ular boʻyicha toʻlab berilib, undirilmagan mablagʻlar, qabul qilingan kafolatlar (kafilliklar), bosqichma-bosqich toʻlash sharti bilan sotilgan aktivlar, akseptlar yoki akkreditivlar, lizing, qimmatli qogʻozlar va chet el valyutasini sotib olish boʻyicha har qanday huquqiy asoslangan majburiyatnoma, faktoring, repo, svop hamda hisoblangan foizlar va balansdan tashqari moddalarda aks ettirilgan majburiyatlar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/6-son qarori (roʻyxat raqami 2707-4, 21.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 10/20/2707-4/0201-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirishga doir barcha yuridik majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
overdraftlar (mijozlarning hisobvaraqlaridagi debet qoldiqlari);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga oʻtkazilgan (“umidsiz” deb tasniflangan) barcha summalar, qarzdorning toʻlash majburiyati u bankrot deb eʼlon qilinganligi natijasida yuridik jihatdan bekor qilingan hollar bundan mustasno.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2707-2, 03.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2707-2/0989-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng yuqori darajasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bankning bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdori bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bankning bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga toʻgʻri keluvchi taʼminlanmagan kredit (eʼtimodli kredit), shuningdek faktoring xizmatlari uchun tavakkalchilikning eng yuqori miqdori bank birinchi darajali kapitalining 5 foizidan oshmasligi zarur, bundan banklararo kredit (depozit)lar mustasno boʻlib, ushbu operatsiyalar mazkur Nizomning 5-bandi talabiga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/6-son qarori (roʻyxat raqami 2707-4, 21.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 10/20/2707-4/0201-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yirik tavakkalchiliklarning umumiy miqdori bank birinchi darajali kapitalining 8 barobaridan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizomning 5 — 7-bandlarida koʻzda tutilgan cheklovlar quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor qiymati kreditlarning 125 foizini qoplay oladigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy bankining qimmatli qogʻozlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yoki boshqa majburiyatlari bilan taʼminlangan kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar kredit beruvchi bankdagi depozitlar bilan taʼminlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro investitsiyalarni kafolatlash agentligi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi) hamda Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infrastruktura investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki, Yevropa Kengashining taraqqiyot banki bilan yuzaga keladigan tavakkalchiliklar, shuningdek bank aktivlari va/yoki balansdan tashqari moddalardagi majburiyatlari ushbu tashkilotlar tomonidan kafolatlanganda.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/6-son qarori (roʻyxat raqami 2707-4, 21.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 10/20/2707-4/0201-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kredit bankdagi depozitlar bilan taʼminlangan boʻlsa, u holda depozit kreditni taʼminlash uchun maxsus hisobvaraqqa kiritilishi hamda kredit shartnomasi yoki boshqa qoʻllaniladigan bitimda kredit qaytarilmagan holda bank depozitni ishlatishi mumkin ekanligi shart qilib qoʻyilishi lozim. Bank kreditini qaytarish muddati yetib kelgunga qadar maxsus hisobvaraqqa kiritilgan depozitdan mablagʻlarni olishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida zarur choralarni koʻrishi va nazorat oʻrnatishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Depozit chet el valyutasida kiritilgan boʻlsa, bu valyutaning qiymati kredit qoldigʻining kamida 105 foizini tashkil etishi lozim. Depozit valyutasining qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursi oʻzgarganda qayta baholanishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 2707-2, 03.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2707-2/0989-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bank rahbariyati mazkur Nizomga muvofiq talab qilinadigan darajada taʼminot qiymatini saqlab turishga doir tegishli choralarni koʻrishi lozim. Agar taʼminotning bozor qiymati tushib ketsa, bank 10 ish kuni mobaynida taʼminot miqdorini ushbu Nizomga muvofiqlashtirish choralarini koʻrishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2707-2, 03.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2707-2/0989-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hisobotni yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Har bir bank bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning hamda yirik tavakkalchiliklarga doir yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha yirik yoʻqotishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hisobotni yuritishi va har oyda bir marotaba Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaziy bankka taqdim qilinadigan hisobot har bir qarz oluvchi va bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi boʻyicha qarzdorlarning nomi, ular toʻlamagan bank krediti umumiy summasi hamda qarzdorning boshqa majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim. Shuningdek, hisobotga bankning yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha yirik tavakkalchiliklarning umumiy summasi ham kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizom kuchga kirgan sanada bankda bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilik miqdori belgilangan meʼyorlardan oshadigan boʻlsa, bunday aktivlar dastlabki shartlarda va muddatlarda toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning umumiy summasi kreditni berish vaqtida mazkur Nizomda koʻzda tutilgan cheklovlar doirasida boʻlib, keyinchalik belgilangan meʼyorlardan oshib borsa (bank umumiy kapitali darajasi tushishi yoki valyutaning ayirboshlash stavkasi oʻzgarishi sababli), bank mazkur holat haqida Markaziy bankni zudlik bilan xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 420-modda; 2017-y., 30-son, 744-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2018-y., 10/18/2707-2/0989-son, 06.09.2018-y., 10/18/2707-3/1845-son; 21.02.2020-y., 10/20/2707-4/0201-son)