Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik sudlari tomonidan ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) protsessual muddatlar toʻgʻrisidagi normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga muvofiq Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Xoʻjalik sudlarining (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) eʼtibori ishlarni koʻrishda protsessual muddatlarga qatʼiy rioya etish iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishning, qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda koʻmaklashishning muhim omillardan biri hisoblanishiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan birga ularning oʻz protsessual huquqlaridan insofli ravishda foydalanmasdan va protsessual majburiyatlarini bajarmasdan, sud muhokamasining asossiz ravishda uzaytirilishiga qaratilgan harakatlar (harakatsizlik)ning oldini olish choralarini koʻrishi lozim.
2. Barcha protsessual harakatlar ishni koʻrayotgan sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan XPK va boshqa qonunlar yoki sud tomonidan belgilangan muddatlar ichida bajarilishi lozim.
XPKda yoki boshqa qonunlarda protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda ular sud tomonidan belgilanishi va uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. XPK 96-moddasining uchinchi qismiga muvofiq yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning oʻtishi kalendar sananing ertasidan yoki uning boshlanishi belgilab qoʻyilgan voqea sodir boʻlgan kundan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatlarga ish kuni boʻlmagan kunlar ham kiradi, XPK 15518-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ish kuni boʻlmagan kunlar deganda, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan dam olish kunlari (shanba va yakshanba) va bayram (ishlanmaydigan) kunlari tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Sudlar inobatga olishlari kerakki, protsessual muddatlarning tugashi bilan ishda ishtirok etuvchi shaxslar protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yoʻqotadi. Protsessual muddatlar oʻtkazilib berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻlmasa, sud tomonidan koʻrib chiqilmaydi va ularni bergan shaxslarga qaytariladi. Ushbu qoida XPK va boshqa qonun hujjatlari talablari yoki sud topshirigʻiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim boʻlgan protsessual harakatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday holatda protsessual muddatlarning oʻtkazib yuborilganligi ushbu shaxslarni ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Protsessual muddatning tugash kuni XPKning 97-moddasiga muvofiq aniqlanadi. Protsessual muddatning tugash kuni deganda, ushbu muddatning oxirgi kuni, agar oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan boʻlsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning tugashi tegishli kuni boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida (masalan, 28 yoki 29-fevralda) tugaydi.
6. Protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun muddat belgilanganda, ular ushbu muddat oxirgi kunining soat yigirma toʻrtiga qadar bajarilishi lozim. Ushbu qoida elektron shaklda berilgan hujjatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda, agar ariza, shikoyat va boshqa hujjatlar muddat oxirgi kunining soat yigirma toʻrtiga qadar aloqa tashkilotiga yoki vakolatli shaxsga berilgan boʻlsa, agar protsessual harakatlar xoʻjalik sudida yoki boshqa tashkilotda bajarilishi kerak boʻlib, ular sud yoki boshqa tashkilotning ish kuni davomida bajarilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilgan hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sudlar inobatga olishlari lozimki, ish yuritish toʻxtatib turilgan kundan boshlab ish boʻyicha barcha protsessual muddatlarning oʻtishi ham toʻxtaydi va ish yuritish tiklangan kundan boshlab ularning oʻtishi davom etadi.
Protsessual muddatlarni qayta tiklash kuni boʻlib, ish yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar bartaraf qilinib, sudning ish yuritishni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqargan kuni hisoblanadi. Protsessual muddat qayta tiklangandan keyin protsessual harakat ish boʻyicha ish yuritish toʻxtatib turish paytiga qadar qolgan protsessual muddat davomida amalga oshirilishi lozim.
8. XPK 99-moddasining birinchi qismiga koʻra sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi boʻyicha ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning oʻtkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, protsessual muddatni oʻtkazib yuborish sabablari sud tomonidan har bir holatlardan kelib chiqib, oʻz ichki ishonchi boʻyicha baholanishi kerak.
8.1. Sudlar hisobga olishlari lozimki, oʻtkazib yuborilgan protsessual muddat quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgandagina tiklanishi mumkin:
1) agar ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan protsessual muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berilgan boʻlsa;
2) agar iltimosnomada koʻrsatilgan muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa;
3) agar ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan iltimosnoma bilan bir vaqtda zarur boʻlgan protsessual harakatlar (ariza, shikoyat, protest berilsa, dalillar taqdim etilsa va boshqalar) amalga oshirilsa.
Keyingi tahrirga qarang.
8.2. Ariza, shikoyat (protest)ni berishning oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor etmasdan, sudyaning yakka oʻzi tomonidan ariza, shikoyat (protest)ni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masala bilan bir vaqtda koʻrib chiqiladi. Iltimosnoma qanoatlantirilib, muddat tiklangan taqdirda, bu haqida ariza, shikoyat (protest)ni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi sudning ajrimida koʻrsatiladi. Muddatni tiklash rad etilganda, bu haqida ariza, shikoyat (protest)ni qaytarish toʻgʻrisidagi sudning ajrimida koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, ariza, shikoyat (protest)ni berish muddatiga rioya etilganligi haqidagi masalani hal etishda, agar ariza, shikoyat (protest) aloqa tashkilotiga topshirilgan boʻlsa, ariza, shikoyat (protest)ni berish sanasi konvertdagi shtempel yoki xat-xabarlarni qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat boʻyicha aniqlanadi. Axborot tizimi orqali elektron shakldagi ariza, shikoyat (protest)ni berish sanasi va vaqti boʻlib, hujjatning axborot tizimiga kelib tushganligi haqidagi hujjat yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada qayd etilgan sana va vaqt hisoblanadi.
10. XPK 99-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra sud tomonidan belgilangan protsessual muddatlarni uning oʻzi uzaytirishi mumkin. Bunda nazarda tutish kerakki, sudlar XPK yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlarni uzaytirish huquqiga ega emaslar. Qonun hujjatlarida protsessual muddatlarni uzaytirish nazarda tutilgan hollar (masalan, XPK 125-moddasining ikkinchi qismi) ushbu qoidadan istisno boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud tomonidan belgilangan protsessual muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi masala ishni koʻrayotgan sudya, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxsning tashabbusi bilan koʻrib chiqilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan protsessual muddatni uzaytirish masalasi boʻyicha tashabbus bildirilgan holatda muddatni uzaytirish uchun uning sud tomonidan dastlab belgilangan muddat davomida protsessual harakatlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligining uzrli sabablari koʻrsatilgan arizasi asos boʻladi.
11. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza (XPK 108-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari), daʼvo arizasi (ariza) (XPK 125-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari, 15517-moddasining birinchi qismi), apellyatsiya shikoyati (protesti) (XPK 167-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari), kassatsiya shikoyati (protesti) (XPK 185-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari), nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza (XPK 1921-moddasining beshinchi qismi), qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza (XPKning 207-moddasi), sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza (XPK 217-moddasining toʻrtinchi qismi) XPKda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar sudlar tomonidan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Sudya ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida daʼvo arizasi (ariza) xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmasdan XPKning 122-moddasida nazarda tutilgan tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirishi lozim.
Bunday protsessual harakatlar belgilangan oʻn kunlik muddatning oxirgi ish kuni tugaguniga qadar bajarilishi kerak.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati bekor qilingan va ish yangidan koʻrishga yuborilganidan keyin uni ish yuritishga qabul qilish muddati XPK 122-moddasining birinchi qismiga mos holda ish yangidan koʻrishga yuborilgan sudga kelib tushgan kundan boshlab oʻn kundan oshmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish esa ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak, ariza xoʻjalik sudiga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan soʻng koʻriladigan moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno. Bunda ishni birinchi instansiya sudida koʻrish muddati ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab keyingi oyning tegishli kunigacha hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, ish XPKning 125 va 15517-moddalarida belgilangan muddatlarda koʻrilishi hamda ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda tayyorlanishi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilishi lozim.
Yangidan koʻrishga yuborilgan ish tegishincha XPKning 125, 15517, 167 hamda 185-moddalarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. XPK 125-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq alohida hollarda ishni koʻrish muddati xoʻjalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, ishni koʻrish muddatini uzaytirish haqidagi bildirgi sudya tomonidan sud raisiga XPK 125-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan bir oylik muddat tugaguniga qadar berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
XPKda ishni koʻrish muddatini uzaytirish uchun asoslar boʻlganda, uni bir necha marotaba uzaytirishni taqiqlovchi normalar mavjud emas. Biroq bunda ishni koʻrishning umumiy muddati ikki oydan oshishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
15. XPKning 22-moddasi, 38-moddasining beshinchi qismi, 41 va 42-moddalari, 115-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 120-moddasining birinchi qismi, 128-moddasining ikkinchi qismi, 131-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni koʻrish yangidan boshlanadi.
Sudlarga tushuntirilsinki, yuqorida qayd etilgan asoslarga koʻra ishni koʻrish yangidan boshlanishi XPKning 125-moddasida nazarda tutilgan ishni koʻrish muddatining yangidan boshlanishiga olib kelmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. XPK 115-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga koʻra ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir necha ish bitta ish yuritishga birlashtirilgan taqdirda, birlashtirilgan ishni koʻrish muddati dastlabki daʼvoni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Bir yoki bir necha birlashtirilgan talab XPK 115-moddasining uchinchi qismiga asosan alohida ish yuritishga ajratilgan taqdirda, ajratilgan talabni koʻrish muddati ham dastlabki daʼvoni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Sudlar inobatga olishlari lozimki, qoʻshimcha dalilni taqdim etish uchun protsessual muddat talab qilingan dalilning aloqa tashkiloti tomonidan yetkazib beriladigan vaqt hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
Sud tomonidan belgilangan protsessual muddat tugaguniga qadar ishda ishtirok etuvchi shaxs, shuningdek sud tomonidan muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilgan shaxs muayyan protsessual harakatlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan barcha choralarni koʻrishi kerak.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxs, shuningdek sud tomonidan muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilgan shaxs sud tomonidan belgilangan protsessual muddatda dalillarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, u tegishli ajrim (topshiriq)ni olganidan soʻng besh kunlik muddat ichida, sud tomonidan belgilangan muddat besh kundan kam boʻlganda esa sud ajrimini olgan kundan boshlab zudlik bilan bu haqida sababini koʻrsatgan holda sudni yozma (elektron) shaklda xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
18. XPK 77-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan daʼvoni taʼminlash choralari bunday choralarni koʻrish toʻgʻrisidagi ariza xoʻjalik sudiga tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan nizoni hal etayotgan sudya tomonidan koʻriladi.
Agar daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilinmagan boʻlsa, uni ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish masalasi ham daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza koʻrilishi lozim boʻlgan muddatda hal etilishi kerak.
Daʼvoni taʼminlash chorasining bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasi ham shu muddatda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. XPK 131-moddasining birinchi qismiga muvofiq asoslar mavjud boʻlganda ishni koʻrish keyinga qoldirilishi mumkin. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, sud majlisi ishni koʻrishga toʻsqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan oqilona muddatga qoldirilishi lozim, biroq ishni koʻrish muddati qoldirishlarni hisobga olgan holda XPKning 125-moddasida nazarda tutilgan bir oylik muddatdan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
20. XPK 134-moddasining beshinchi qismiga koʻra xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari bayonnoma imzolanganidan keyin uch kunlik muddatda sud majlisining yoki protsessual harakatning bayonnomasi bilan tanishish hamda uning toʻla-toʻkisligi va toʻgʻri tuzilganligi xususida oʻz fikr-mulohazalarini berish huquqiga ega.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, uch kunlik muddat sud majlisi oʻtkazilgan kunning ertasidan yoki bevosita alohida protsessual harakat bajarilganidan keyin boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Sud majlisida eʼlon qilinadigan tanaffusning muddati XPKning 125 va 15517-moddalarida nazarda tutilgan ishni koʻrish muddatiga kiradi.
Sudlar hisobga olishlari kerakki, asoslantirilgan hal qiluv qarorini tuzish uchun XPK 145-moddasining birinchi qismida belgilangan muddat hal qiluv qarorini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish uchun XPKning 148-moddasida nazarda tutilgan besh kunlik muddat hisobiga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. XPK 149-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga koʻra qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar, yaʼni u qabul qilingan kundan boshlab bir oylik muddat tugaguniga qadar, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻn kunlik muddat tugaguniga qadar qoʻyilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish uchun belgilangan muddat tiklanmaydi.
23. Qonuniy kuchga kirmagan sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin bir oy ichida, huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan esa oʻn kun ichida beriladi.
Sudlar inobatga olishlari lozimki, moliyaviy jazo choralarini qoʻllash haqidagi arizani sudda koʻrish jarayonida moliyaviy jazo chorasini qoʻllashga asos boʻlgan nazorat qiluvchi organining qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida qarshi ariza bildirilgan boʻlsa, ishni koʻrish natijasi boʻyicha qabul qilingan sud hujjati ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu hujjat qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida beriladi.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, oʻn kunlik muddatga hal qiluv qarori qabul qilingan kun kirmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
23.1. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish masalasi sudya tomonidan XPK 122-moddasining birinchi qismiga mos holda oʻn kunlik muddatda hal etiladi. Bunda inobatga olish kerakki, oʻn kunlik muddatni hisoblash shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23.2 Sudning hal qiluv qarori (ajrimi) ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oylik, huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori (ajrimi) ustidan berilgan shikoyat (protest) esa oʻn besh kunlik muddat ichida koʻrib chiqilishi kerak.
Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun belgilangan bir oylik (huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻn besh kunlik) muddat apellyatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (ajrimi) hamda apellyatsiya instansiyasi sudining qarori (ajrimi) ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (ajrimi) yoki apellyatsiya instansiyasi sudining qarori (ajrimi) qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy davomida beriladi. Bunda kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun belgilangan bir oylik muddatga birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (ajrimi) yoki apellyatsiya instansiyasi sudining qarori (ajrimi) qonuniy kuchga kirgan kun qoʻshilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
24.1. Hal qiluv qarorini, ajrimni va qarorni qabul qilgan sud kassatsiya shikoyatini (protestini) ish bilan birga u kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga yuboradi. Shuni inobatga olish lozimki, besh kunlik muddat kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiyada hal qiluv qarorini (ajrimni) qabul qilgan sudga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24.2. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (ajrimi) yoki apellyatsiya instansiyasi sudining qarori (ajrimi) ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudiga kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda koʻriladi.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun belgilangan bir oylik muddat kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik ishi bilan birga Oliy xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan boshlanadi va keyingi oyning tegishli kunida tugaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning apellyatsiya (kassatsiya) shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimosnomasini koʻrib, muddatning oʻtkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya (kassatsiya) shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatini tiklash toʻgʻrisidagi masalani hal etishda sudlar oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomada koʻrsatilgan sabablarning asosliligiga huquqiy baho berishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
25.1. Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar hamda ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmaganligi sababli ishni koʻrishda qatnashmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan berilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini berish uchun oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish XPKning 158 va 176-moddalarida nazarda tutilgan bir oylik muddat oʻtkazib yuborilganligi sababli rad etilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar arizachining sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmaganligi haqidagi vajlariga baho berishda, taraflarning xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi ishda mavjud dalillarni tekshirishlari, agarda shikoyat ishga jalb qilinmagan shaxslar tomonidan berilgan boʻlsa, ular sud hujjati bilan oʻzlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligini qachondan boshlab bilgan yoki bilishlari lozim boʻlganligini aniqlashlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25.2. Sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsga shikoyat qilinayotgan sud hujjatining yuborilmaganligi yoki oʻz vaqtida yuborilmaganligi oqibatida shikoyatni berish muddati oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berishning oʻtkazib yuborilgan muddati tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25.3. Apellyatsiya va kassatsiya shikoyatini berishning oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatini tiklash uchun apellyatsiya va kassatsiya shikoyatini berish toʻgʻrisidagi masalani yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) bilan kelishish lozimligi, rahbar yoki vakilning xizmat safarida, mehnat taʼtilida yoxud davolanishda boʻlganligi, huquqshunos lavozimining vakantligi yoki ushbu shtat birligining mavjud emasligi, rahbarning almashganligi, shuningdek yuridik shaxsning boshqa turli ichki tashkiliy muammolari kabi boshqa holatlar uzrli sabablar deb baholanmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etish mumkin boʻlgan, XPK 1921-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan uch yillik protsessual muddat qatʼiy boʻlib, u tiklanmaydi. Belgilangan muddat oʻtkazib yuborilgan holda berilgan arizalar ilgari taqdim etilganidan qatʼiy nazar koʻrib chiqilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. XPK 1921-moddasining beshinchi qismiga muvofiq nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza bir oylik muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi kerak.
Bunda, agar ish oʻrganish va tekshirish uchun talab qilib olingan boʻlsa, bir oylik muddat oʻtganidan keyin arizani oʻrganish muddatini yana bir oyga uzaytirish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. XPK 213-moddasining birinchi qismiga muvofiq ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud ijroni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etishda belgilangan protsessual muddat tugagan kundan yoxud ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati protsessual muddat hisoblanadi. Shu sababli u undiruvchining iltimosnomasi boʻyicha sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Agar ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati oʻtkazib yuborilgan boʻlsa va bu muddat sud tomonidan tiklansa, ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini hisoblash oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlanadi, olti oylik muddatning oʻtishi esa yangidan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. XPK 216-moddasining birinchi qismiga koʻra undiruvchining ijro varaqasi dublikatini berish toʻgʻrisidagi arizasi ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat tugaguniga qadar berilishi mumkin.
Sudlar inobatga olishlari kerakki, bunday ariza ijro varaqasi berilgan kundan olti oy davomida, agarda sud tomonidan ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash haqidagi ajrim chiqarilgan boʻlsa, ushbu muddat oʻtgandan keyin ham berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Ishlarni koʻrishda sudlar XPK va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan protsessual muddatlarga qatʼiy va soʻzsiz rioya qilishlari va nizolarni qisqa muddatlarda koʻrib chiqishni taʼminlashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Toshkent sh.,
2015-yil 19-iyun,
283-son