19.06.2015 yildagi 283-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudlar tomonidan ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) protsessual muddatlar toʻgʻrisidagi normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga muvofiq Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiy sudlarning (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) eʼtibori ishlarni koʻrishda protsessual muddatlarga qatʼiy rioya etish iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishning, qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda koʻmaklashishning muhim omillardan biri hisoblanishiga qaratilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan birga ularning oʻz protsessual huquqlaridan insofli ravishda foydalanmasdan va protsessual majburiyatlarini bajarmasdan, sud muhokamasining asossiz ravishda uzaytirilishiga qaratilgan harakatlar (harakatsizlik)ning oldini olish choralarini koʻrishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Barcha protsessual harakatlar ishni koʻrayotgan sud, ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tomonidan IPK va boshqa qonunlar yoki sud tomonidan belgilangan muddatlar ichida bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKda yoki boshqa qonunlarda protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda ular sud tomonidan belgilanishi va uzaytirilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. IPK 119-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning oʻtishi kalendar sananing ertasidan yoki uning boshlanishi belgilab qoʻyilgan voqea sodir boʻlgan kundan boshlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari kerakki, yillar, oylar va kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatlarga ish kuni boʻlmagan kunlar ham kiradi, IPK 222-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish kuni boʻlmagan kunlar deganda, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan dam olish kunlari (shanba va yakshanba) va bayram (ishlanmaydigan) kunlari tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlar inobatga olishlari kerakki, protsessual muddatlarning tugashi bilan ishda ishtirok etuvchi shaxslar protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yoʻqotadi. Protsessual muddatlar oʻtkazilib berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma boʻlmasa, sud tomonidan koʻrib chiqilmaydi va ularni bergan shaxslarga qaytariladi. Ushbu qoida IPK va boshqa qonun hujjatlari talablari yoki sud topshirigʻiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim boʻlgan protsessual harakatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday holatda protsessual muddatlarning oʻtkazib yuborilganligi ushbu shaxslarni ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Protsessual muddatning tugash kuni IPKning 120-moddasiga muvofiq aniqlanadi. Protsessual muddatning tugash kuni deganda, ushbu muddatning oxirgi kuni, agar oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan boʻlsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni tushuniladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning tugashi tegishli kuni boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida (masalan, 28 yoki 29-fevralda) tugaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun muddat belgilanganda, ular ushbu muddat oxirgi kuni soat yigirma toʻrtga qadar bajarilishi lozim. Ushbu qoida elektron shaklda berilgan hujjatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda, agar ariza, shikoyat va boshqa hujjatlar muddatning oxirgi kuni soat yigirma toʻrtga qadar aloqa tashkilotiga yoki vakolatli shaxsga berilgan boʻlsa, agar protsessual harakatlar iqtisodiy sudda yoki boshqa tashkilotda bajarilishi lozim boʻlib, ular sud yoki boshqa tashkilotda ish kuni tugagan yoki tegishli operatsiyalar tugatilgan soatga qadar amalga oshirilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilgan hisoblanmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar inobatga olishlari lozimki, ish yuritish toʻxtatib turilgan kundan boshlab ish boʻyicha barcha protsessual muddatlarning oʻtishi ham toʻxtaydi va ish yuritish tiklangan kundan boshlab ularning oʻtishi davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessual muddatlarni qayta tiklash kuni boʻlib, ish yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar bartaraf qilinib, sudning ish yuritishni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqargan kuni hisoblanadi. Protsessual muddat qayta tiklangandan keyin protsessual harakat ish boʻyicha ish yuritish toʻxtatib turish paytiga qadar qolgan protsessual muddat davomida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. IPK 123-moddasining birinchi qismiga koʻra sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi boʻyicha ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning oʻtkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari kerakki, protsessual muddatni oʻtkazib yuborish sabablari sud tomonidan har bir holatlardan kelib chiqib, oʻz ichki ishonchi boʻyicha baholanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Sudlar hisobga olishlari lozimki, oʻtkazib yuborilgan protsessual muddat quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgandagina tiklanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) agar ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan protsessual muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) agar iltimosnomada koʻrsatilgan muddatni oʻtkazib yuborish sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) agar ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan iltimosnoma bilan bir vaqtda zarur boʻlgan protsessual harakatlar (ariza, shikoyat, protest berilsa, dalillar taqdim etilsa va boshqalar) amalga oshirilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Ariza, shikoyat (protest)ni berishning oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor etmasdan, sudyaning yakka oʻzi tomonidan ariza, shikoyat (protest)ni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi masala bilan bir vaqtda koʻrib chiqiladi. Iltimosnoma qanoatlantirilib, muddat tiklangan taqdirda, bu haqida ariza, shikoyat (protest)ni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi sudning ajrimida koʻrsatiladi. Muddatni tiklash rad etilganda, bu haqida ariza, shikoyat (protest)ni qaytarish toʻgʻrisidagi sudning ajrimida koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, ariza, shikoyat (protest)ni berish muddatiga rioya etilganligi haqidagi masalani hal etishda, agar ariza, shikoyat (protest) aloqa tashkilotiga topshirilgan boʻlsa, ariza, shikoyat (protest)ni berish sanasi konvertdagi shtempel yoki xat-xabarlarni qabul qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat boʻyicha aniqlanadi. Axborot tizimi orqali elektron shakldagi ariza, shikoyat (protest)ni berish sanasi va vaqti boʻlib, hujjatning axborot tizimiga kelib tushganligi haqidagi hujjat yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada qayd etilgan sana va vaqt hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. IPK 124-moddasining birinchi qismiga koʻra sud tomonidan belgilangan protsessual muddatlarni uning oʻzi uzaytirishi mumkin. Bunda nazarda tutish kerakki, sudlar IPK yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlarni uzaytirish huquqiga ega emaslar. Qonun hujjatlarida protsessual muddatlarni sud tomonidan uzaytirish nazarda tutilgan hollar (masalan, IPK 164-moddasining ikkinchi qismi) bundan mustasno.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan belgilangan protsessual muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi masala ishni koʻrayotgan sudya, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxsning tashabbusi bilan koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan protsessual muddatni uzaytirish masalasi boʻyicha tashabbus bildirilgan holatda muddatni uzaytirish uchun uning sud tomonidan dastlab belgilangan muddat davomida protsessual harakatlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligining uzrli sabablari koʻrsatilgan arizasi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza (IPK 143-moddasining ikkinchi qismi), daʼvo arizasi (ariza) (IPK 164-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari), sud qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi ariza (IPK 190-moddasining uchinchi qismi), yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisidagi ariza (IPK 191-moddasining uchinchi qismi), apellyatsiya shikoyati (protesti) (IPK 277-moddasining birinchi — uchinchi qismlari), kassatsiya shikoyati (protesti) (IPK 300-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari), nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza (IPK 312-moddasining uchinchi qismi), qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza (IPKning 332-moddasi), undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi arizasi (IPK 340-moddasining uchinchi qismi), ijro varaqasining (sud buyrugʻining) dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza (IPK 341-moddasining uchinchi qismi), sud hujjati ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ariza (IPK 342-moddasining toʻrtinchi qismi), sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi ariza (IPK 344-moddasining uchinchi qismi), ijro ishini yuritishni toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi ariza (IPK 345-moddasining uchinchi qismi), ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ariza (IPK 346-moddasining ikkinchi qismi) IPKda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi lozim.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar sudlar tomonidan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudya ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida daʼvo arizasi (ariza) sudga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan IPKning 163-moddasida nazarda tutilgan tegishli protsessual harakatlarni amalga oshirishi lozim.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday protsessual harakatlar belgilangan besh kunlik muddatning oxirgi ish kuni tugaguniga qadar bajarilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari kerakki, ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati bekor qilingan va ish yangidan koʻrishga yuborilganidan keyin uni ish yuritishga qabul qilish muddati IPK 163-moddasining birinchi qismiga mos holda ish yangidan koʻrishga yuborilgan sudga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan oshmasligi lozim.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ish ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish esa ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi koʻrilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak, ariza sudga kelib tushganidan keyin kamida bir oydan soʻng koʻriladigan moliyaviy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno. Bunda ishni birinchi instansiya sudida koʻrish muddati ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab keyingi oyning tegishli kunigacha hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, ish IPKning 164 va 221-moddalarida belgilangan muddatlarda koʻrilishi hamda ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda tayyorlanishi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan koʻrishga yuborilgan ish tegishincha IPKning 164, 221, 277 va 300-moddalarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. IPK 164-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq alohida hollarda ishni koʻrish muddati sud raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, ishni koʻrish muddatini uzaytirish haqidagi bildirgi sudya tomonidan sud raisiga IPK 164-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar tugaguniga qadar berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPKda ishni koʻrish muddatini uzaytirish uchun asoslar mavjud boʻlganda, uni bir necha marotaba uzaytirishni taqiqlovchi norma mavjud emas. Biroq bunda ishni koʻrishning umumiy muddati ikki oydan oshishi mumkin emas.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. IPK 17-moddasining toʻrtinchi qismi, 24-moddasi, 45-moddasining toʻrtinchi qismi, 47 va 48-moddalari, 158-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari, 160-moddasining birinchi qismi, 171-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishni koʻrish yangidan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, yuqorida qayd etilgan asoslarga koʻra ishni koʻrish yangidan boshlanishi IPKning 164-moddasida nazarda tutilgan ishni koʻrish muddatining yangidan boshlanishiga olib kelmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. IPK 158-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga koʻra ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir necha ish bitta ish yuritishga birlashtirilgan taqdirda, ular boʻyicha ishni koʻrish muddati keyinroq tayinlangan ish boʻyicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 159-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq bir yoki bir nechta birlashtirilgan talab alohida ish yuritishga ajratilgan taqdirda, ajratilgan talab boʻyicha ishni koʻrish muddati talablarning bir qismini ajratish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar inobatga olishlari lozimki, qoʻshimcha dalilni taqdim etish uchun protsessual muddat talab qilingan dalilning aloqa tashkiloti tomonidan yetkazib beriladigan vaqt hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan belgilangan protsessual muddat tugaguniga qadar ishda ishtirok etuvchi shaxs, shuningdek sud tomonidan muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilgan shaxs muayyan protsessual harakatlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan barcha choralarni koʻrishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxs, shuningdek sud tomonidan muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilgan shaxs sud tomonidan belgilangan protsessual muddatda dalillarni taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, u tegishli ajrim (topshiriq)ni olganidan soʻng besh kunlik muddat ichida, sud tomonidan belgilangan muddat besh kundan kam boʻlganda esa sud ajrimini olgan kundan boshlab zudlik bilan bu haqida sababini koʻrsatgan holda sudni yozma (elektron) shaklda xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. IPK 94-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza, ishni koʻrayotgan sudya tomonidan IPK 96-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlik sudida koʻrilayotgan daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza u iqtisodiy sudga kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmagan holda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoni taʼminlash chorasini almashtirish toʻgʻrisidagi masala sud majlisida hal etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Ammo ularning kelmaganligi daʼvoni taʼminlash chorasini almashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. IPK 171-moddasining birinchi qismiga muvofiq asoslar mavjud boʻlganda ishni koʻrish keyinga qoldirilishi mumkin. Sudlar shuni nazarda tutishi kerakki, sud majlisi ishni koʻrishga toʻsqinlik qilayotgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan oqilona muddatga qoldirilishi lozim, biroq ishni koʻrish muddati, qoldirishlarni hisobga olgan holda IPKning 164-moddasida nazarda tutilgan muddatlardan oshmasligi kerak.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. IPK 203-moddasining birinchi qismiga koʻra iqtisodiy sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari bayonnoma imzolanganidan keyin besh kunlik muddatda sud majlisining yoki protsessual harakatning bayonnomasi bilan tanishish hamda uning toʻla-toʻkisligi va toʻgʻri tuzilganligi xususida oʻz fikr-mulohazalarini berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, besh kunlik muddat bayonnoma raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolangan kundan eʼtiboran boshlanadi. Bunda, bayonnoma sud majlisi tugaganidan yoki alohida protsessual harakat bajarilganidan soʻng uch kundan kechiktirmasdan raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolanishi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sud majlisida eʼlon qilinadigan tanaffusning muddati IPKning 164 va 221-moddalarida nazarda tutilgan ishni koʻrish muddatiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni hisobga olishlari kerakki, asoslantirilgan hal qiluv qarorini tuzish uchun IPK 186-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddat hal qiluv qarorini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish uchun IPK 188-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan besh kunlik muddat hisobiga kiradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.1. IPKning 17 va 128-moddalariga koʻra har bir ish boʻyicha muhokama uzluksiz davom etadi. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra, sud majlisida tanaffus eʼlon qilishi mumkin. Bunda sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, majlisda tanaffus bir necha marotaba eʼlon qilinishi mumkin, biroq uzluksiz tanaffuslarning umumiy davomiyligi uch kundan oshmasligi lozim, bu muddatga ish kuni boʻlmagan kunlar kirmaydi.
(21.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.2. IPKning 188-moddasiga koʻra, sudning hal qiluv qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, hal qiluv qarori axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 222-moddasining oltinchi qismiga muvofiq huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, IPKning 188-moddasida hamda 222-moddasining oltinchi qismida belgilangan muddatlarni hisoblash sud hujjati eʼlon qilingan kundan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflarning elektron manzillari mavjud boʻlsa, sud hujjati ularga mazkur bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan muddatda yuboriladi.
(21.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.3. IPKning 197-moddasiga koʻra sudning ajrimi, shuningdek ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan ajrimlar qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
(21.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. IPK 189-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga koʻra qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar, yaʼni u qabul qilingan kundan boshlab bir oylik muddat tugaguniga qadar, huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha oʻn kunlik muddat tugaguniga qadar qoʻyilishi mumkin.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari kerakki, qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish uchun belgilangan muddat tiklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qonuniy kuchga kirmagan sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin bir oy ichida, huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan esa oʻn kun ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, oʻn kunlik muddatga hal qiluv qarori qabul qilingan kun kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart. Shuni inobatga olish lozimki, besh kunlik muddat apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori (ajrim)ni qabul qilgan birinchi instansiya sudiga topshirilgan kundan hisoblanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23.1. IPK 266-moddasining birinchi qismiga muvofiq apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi masala shikoyat (protest)ish bilan birga sudga kelib tushgan kunidan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
(23.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23.2. IPKning 277-moddasiga asosan apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda, sudning huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) esa u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
(23.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (ajrimi) ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (ajrimi) qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy davomida beriladi. Bunda kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun belgilangan bir oylik muddatga birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (ajrimi) qonuniy kuchga kirgan kun qoʻshilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24.1. Hal qiluv qarorini, ajrimni va qarorni qabul qilgan sud kassatsiya shikoyatini (protestini) ish bilan birga u kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Shuni inobatga olish lozimki, besh kunlik muddat kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiyada hal qiluv qarorini (ajrimni) qabul qilgan sudga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi.
(24.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24.2. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (ajrimi) ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) u ish yuritishga qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oydan oshmagan muddatda koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun belgilangan bir oylik muddat kassatsiya shikoyati (protesti)ni ish yuritishga qabul qilish haqidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlanadi va keyingi oyning tegishli kunida tugaydi.
(24.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. IPK 285-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida berilgan va kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin.
(25-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya (kassatsiya) shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatini tiklash toʻgʻrisidagi masalani hal etishda sudlar oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomada koʻrsatilgan sabablarning asosliligiga huquqiy baho berishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25.1. Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan shaxslar hamda ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmaganligi sababli ishni koʻrishda qatnashmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan berilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlarini berish uchun oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish IPKning 262 va 285-moddalarida nazarda tutilgan bir oylik muddat oʻtkazib yuborilganligi sababli rad etilishi mumkin emas.
(25.1-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar arizachining sud majlisi vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmaganligi haqidagi vajlariga baho berishda, taraflarning xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi ishda mavjud dalillarni tekshirishlari, agarda shikoyat ishga jalb qilinmagan shaxslar tomonidan berilgan boʻlsa, ular sud hujjati bilan oʻzlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligini qachondan boshlab bilgan yoki bilishlari lozim boʻlganligini aniqlashlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlar inobatga olishlari lozimki, IPK 262-moddasining ikkinchi qismi va 285-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi arizani berish uchun belgilangan muddat qatʼiy hisoblanadi.
(25.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25.2. Sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsga shikoyat qilinayotgan sud hujjatining yuborilmaganligi yoki oʻz vaqtida yuborilmaganligi oqibatida shikoyatni berish muddati oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berishning oʻtkazib yuborilgan muddati, agar apellyatsiya va kassatsiya shikoyati berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi ariza IPK 262-moddasining ikkinchi qismi va 285-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatda berilgan boʻlsa, tiklanadi.
(25.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25.3. Apellyatsiya va kassatsiya shikoyatini berishning oʻtkazib yuborilgan protsessual muddatini tiklash uchun apellyatsiya va kassatsiya shikoyatini berish toʻgʻrisidagi masalani yuqori turuvchi organ (mansabdor shaxs) bilan kelishish lozimligi, rahbar yoki vakilning xizmat safarida, mehnat taʼtilida yoxud davolanishda boʻlganligi, huquqshunos lavozimining vakantligi yoki ushbu shtat birligining mavjud emasligi, rahbarning almashganligi, shuningdek yuridik shaxsning boshqa turli ichki tashkiliy muammolari kabi boshqa holatlar uzrli sabablar deb baholanmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, nazorat shikoyati (protesti)ni taqdim etish mumkin boʻlgan, IPK 310-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan bir yillik protsessual muddat qatʼiy boʻlib, u tiklanmaydi. Belgilangan muddat oʻtkazib yuborilgan holda berilgan nazorat shikoyati (protesti)ni qabul qilish IPK 314-moddasining 2-bandiga asosan rad qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. IPK 312-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi nazorat shikoyatini qaytarish toʻgʻrisida va qabul qilishni rad etish haqida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi, nazorat shikoyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida va nazorat shikoyatini ish yuritishga qabul qilish hamda uni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqida esa shikoyat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. IPK 338-moddasining birinchi qismiga muvofiq ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran yoki sud hujjatining ijrosi kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib ijro etilishi belgilangan taqdirda, muddat tugagan kundan eʼtiboran uch yil ichida ijroga taqdim etilishi mumkin.
(28-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar nazarda tutishlari kerakki, ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati protsessual muddat hisoblanadi. Shu sababli u undiruvchining iltimosnomasi boʻyicha sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati oʻtkazib yuborilgan boʻlsa va bu muddat sud tomonidan tiklansa, ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini hisoblash oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlanadi, olti oylik muddatning oʻtishi esa yangidan boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. IPK 341-moddasining ikkinchi qismiga koʻra ijro varaqasining (sud buyrugʻining) dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza ijro varaqasini (sud buyrugʻini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtguniga qadar berilishi mumkin, bundan ijro varaqasi (sud buyrugʻi) davlat ijrochisi yoki ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan yoʻqotilgan va bu haqda undiruvchiga ijro varaqasini (sud buyrugʻini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtganidan soʻng maʼlum boʻlgan hollar mustasno. Ushbu hollarda ijro varaqasining (sud buyrugʻining) dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza ijro varaqasi (sud buyrugʻi) yoʻqotilganligi undiruvchiga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni inobatga olishi kerakki, bunday ariza ijro varaqasi berilgan kundan boshlab uch yil davomida ham, agar sud tomonidan ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash haqidagi ajrim chiqarilgan boʻlsa, ushbu muddat oʻtgandan keyin ham berilishi mumkin.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ishlarni koʻrishda sudlar IPK va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan protsessual muddatlarga qatʼiy va soʻzsiz rioya qilishlari va nizolarni qisqa muddatlarda koʻrib chiqishni taʼminlashlari lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283-son