19.06.2015 yildagi 284-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qarorining 22-bandidagi “XPK 149-moddasining birinchi qismiga muvofiq qoʻshimcha qaror qabul qilishga hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “xoʻjalik sudining qarorini” degan soʻzlardan keyin “va undirishni mol-mulkka qaratish natijasida soliq qarzi toʻlanmaganligini tasdiqlovchi dalillarni” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 13.2-bandda “taraflar” degan soʻz “shaxslar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishni yakka tartibda koʻrayotgan sud raisini rad qilish toʻgʻrisidagi ariza sud raisining oʻrinbosari tomonidan hal etiladi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 40-bandning toʻrtinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida” 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli qarorining 20-bandi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Oʻzlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni soʻrab xoʻjalik sudlariga murojaat qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar (fuqarolar, chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar) davlat bojini toʻlovchilardir, agar ular uni toʻlashdan ozod etilgan boʻlmasa.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 4.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4.1. Nazarda tutish kerakki, pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha daʼvoning bahosi talab qilinayotgan summadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha (masalan, mulkka egalik huquqi toʻgʻrisida, mulkdagi ulushga boʻlgan huquqni tan olish toʻgʻrisida, umumiy mulkdan ulushni ajratish toʻgʻrisida) davlat boji ushbu mulk yoki uning ulushi bahosidan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarni tuzishdan oldin kelib chiqqan nizolar boʻyicha, shartnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish toʻgʻrisida, shartnomani (bitimni) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida, shuningdek binoni boʻshatish toʻgʻrisida (koʻchirish toʻgʻrisida)gi daʼvolar baholanmaydi. Bunday daʼvolar boʻyicha davlat boji nomulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari uchun belgilangan miqdorlarda toʻlanadi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 4.7-bandning ikkinchi xatboshisi “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan holda esa toʻlanadigan davlat bojining miqdori eng kam ish haqining 25 foizidan kam boʻlmasligi lozim” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 21.3-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ — faoliyatni tugatish xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan u moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi sababli qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir chorasi hisoblanadi, oʻz navbatida yuridik shaxsni tugatish esa ruxsatsiz (litsenziyasiz) faoliyatni yoki qonun bilan taqiqlangan faoliyatni amalga oshirganligi yoxud moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ustav fondini shakllantirmaganligi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar oqibati hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “XPK 170-moddasi ikkinchi qismining 4-bandiga” degan soʻzlar “XPKning 156-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 7-bandning ikkinchi xatboshisi “yoki ushbu shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoxud xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini taʼminlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284-son