Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEʼYORLANADIGAN AYRIM XARAJATLAR NORMATIVLARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Reklama va vakillik xarajatlari normativlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum yillik hajmining 0,5 foizi miqdorida yillik xarajatlar normativlari belgilansin;
reklama uchun 2,0 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
savdo, xarid va taʼminot-sotish korxonalari uchun yalpi daromadning yillik hajmidan;
iqtisodiyotning qolgan tarmoqlari korxonalari uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushumning yillik hajmidan, qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshgan holda.
Keyingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi:
tasdiqlangan normativlarni soliq toʻlovchilarga yetkazsinlar;
idoraviy meʼyoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 9-aprel,
166-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 15-oktabrdagi 444-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 19-son, 183-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga
2-ILOVA
1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
| Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan yillik tushum (qoʻshilgan qiymat soligʻi ham qoʻshilgan) hajmi |
Smeta boʻyicha vakillik xarajatlarining | |
| eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdorigacha * | | tushum hajmining 1 foizi |
| eng kam ish haqining 3,5 ming baravaridan 35 ming baravari miqdorigacha | | eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdorigacha boʻlgan tushum hajmining 1 foizi + eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,2 foizi |
| eng kam ish haqining 35 ming baravaridan ortiq | | eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdorigacha boʻlgan tushum hajmining 1 foizi + eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,2 foizi + eng kam ish haqining 35 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,05 foizi |
Eslatma. Daromad (foyda)dan soliq toʻlaydigan savdo, taʼminot va sotish korxonalari vakillik xarajatlarining cheklangan miqdorlarini hisoblab chiqishda tovarlarni sotishdan olingan yalpi daromad koʻrsatkichidan foydalanadilar.
* daromad (foyda)dan toʻlanadigan soliq boʻyicha soliq solinadigan bazani hisoblab chiqishda hisobot sanasidagi eng kam ish haqi miqdoridan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 183-modda; 2006-y., 51-52-son, 507-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)