Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEʼYORLANADIGAN AYRIM XARAJATLAR NORMATIVLARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Reklama va vakillik xarajatlari normativlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash uchun mehnatga haq toʻlash yillik fondining 2 foizi miqdorida;
shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushum yillik hajmining 0,3 foizi miqdorida yillik xarajatlar normativlari belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi:
tasdiqlangan normativlarni soliq toʻlovchilarga yetkazsinlar;
idoraviy meʼyoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 9-aprel,
166-son
Reklama uchun yillik xarajatlar normativi
| Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan yillik tushum (qoʻshilgan qiymat soligʻi ham qoʻshilgan) hajmi |
Smeta boʻyicha vakillik xarajatlarining | |
| eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdorigacha * | | tushum hajmining2 foizi |
| eng kam ish haqining 3,5 ming baravaridan 35 ming baravari miqdorigacha | | eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdorigacha boʻlgan tushum hajmining 2 foizi + eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,5 foizi |
| eng kam ish haqining 35 ming baravaridan ortiq | | eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdorigacha boʻlgan tushum hajmining 2 foizi + eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,5 foizi + eng kam ish haqining 35 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,2 foizi |
Eslatma. Daromad (foyda)dan soliq toʻlaydigan savdo, taʼminot va sotish korxonalari reklama uchun xarajatlarning cheklangan miqdorlarini hisoblab chiqishda tovarlarni sotishdan olingan yalpi daromad koʻrsatkichidan foydalanadilar.
* daromad (foyda)dan toʻlanadigan soliq boʻyicha soliq solinadigan bazani hisoblab chiqishda hisobot sanasidagi eng kam ish haqi miqdoridan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga
2-ILOVA
1999-yil 9-apreldagi 166-son qaroriga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
| Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan yillik tushum (qoʻshilgan qiymat soligʻi ham qoʻshilgan) hajmi |
Smeta boʻyicha vakillik xarajatlarining | |
| eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdorigacha * | | tushum hajmining 1 foizi |
| eng kam ish haqining 3,5 ming baravaridan 35 ming baravari miqdorigacha | | eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdorigacha boʻlgan tushum hajmining 1 foizi + eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,2 foizi |
| eng kam ish haqining 35 ming baravaridan ortiq | | eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdorigacha boʻlgan tushum hajmining 1 foizi + eng kam ish haqining 3,5 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,2 foizi + eng kam ish haqining 35 ming baravari miqdoridan ortiq tushum hajmining 0,05 foizi |
Eslatma. Daromad (foyda)dan soliq toʻlaydigan savdo, taʼminot va sotish korxonalari vakillik xarajatlarining cheklangan miqdorlarini hisoblab chiqishda tovarlarni sotishdan olingan yalpi daromad koʻrsatkichidan foydalanadilar.
* daromad (foyda)dan toʻlanadigan soliq boʻyicha soliq solinadigan bazani hisoblab chiqishda hisobot sanasidagi eng kam ish haqi miqdoridan foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 183-modda; 2006-y., 51-52-son, 507-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)