Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq, shuningdek tijorat faoliyati uchun tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyat koʻrsatishi tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-iyul,
198-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 198-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “bojxona toʻlovlari va boshqa” soʻzlari “tegishli” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) qarorga ilovaning 41-bandidagi “bojxona toʻlovlari va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 12-avgustdagi 387-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 80-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshidagi “bojxona toʻlovlari va boshqa” soʻzlari “tegishli” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Ariza beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir oy mobaynida tijorat bankida talab qilib olinadigan depozit hisob raqami ochishi shart”;
b) 8-bandning ikkinchi xatboshidan “lekin tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan berilgan guvohnomaning amal qilish muddatidan koʻp boʻlmagan muddatda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) III va IV boʻlimlar, 38-band, 3-ilovaning 1 va 2-bandlari, 4-ilova hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisining Guvohnomasiga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 376-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 12-son, 137-modda) bilan tasdiqlangan Ruxsat beruvchi va boshqa hujjatlar, shuningdek ularni berish boʻyicha vakolatli organlar roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 31-band qoʻshilsin:
|
31. |
Tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 383-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2018-y., 09/18/605/1607-son)